O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Ovoz imkoniyatlari, uning gigienasi va talqini bilan bog’liq



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

2-§. Ovoz imkoniyatlari, uning gigienasi va talqini bilan bog’liq 

qonuniyatlar. 

Xonandalarni  ijro  faoliyatining  oxirigacha  benuqson,  saviyasini  va 

imkoniyatini  to‘la  saqlanib  qolishi  bir  qator  ijro  va  jismoniy  xolatlar  bilan 

bog’liqdir. Xonandalarning doimiy nazoratda saqlanishi lozim bo‘lgan tomonlari, 

bu tabiat bergan ovozni saqlash, ya'ni asrash. Ikkinchidan, sixatlik xususiyatlariga 

katta ahamiyat berish, uchunchidan, talqin qonunlariga rioya qilishdan iboratdir. 

Xonandaning 

ovoz 


imkoniyatlari. 

Odatda, 


musiqaning 

negizini 

tashkiletuvchi jarayon tovushdir. Tovush - bu zoxiriy ko‘rinish. Unga turli vosita, 

harakatlar  bilan  erishish  mumkin.  Tovushlarning  ma'lum  balandlikka  ega 

bo‘lganliklari  esa  musiqiy  tovush  hisoblanadi.  Musiqiy  tovushlarni  ma'noli,  xis-

tuyg‘ular  orqali  mukammal  tarannum  etishga  eng  avvalo  inson  ovozi  qodir. 

Xonanda  ovozida  tovush  kuchi,  balandligi,  qattiqligi  va  barchasini  uyg‘unligida 

hosil bo‘ladigan tembri  mavjud.  O‘zbek an'anaviy  xonandalik  san'atida shu bilan 

birga  ko‘rinishga  ega  bo‘lmagan,  lekin  his  etishda  anglanadigan  ovoz  tarovati, 

mungi,  dardi,  bezagi,  xirgoyisi  bor  bo‘lib,  darxaqiqat  to‘laqonli  ma'noga  ega 

bo‘lgan  ovozni  tashkil  etadi.  Chunonchi,  mumtoz  xonandalik  amaliyotida  aynan 

mana  shu  jihatlar  ijroning  extirosli  xususiyatlari  sifatida  ijobiy  baholanilib 

kelingan. 

Ovozning  barcha  tarkibiy  xususiyatlaridan  keng  foydalanib,  barcha 

imkoniyatlari  yordamida  ijodiy  yondoshib,  tinglovchi  qalbiga  ta'sir  eta  olish, 

mumtoz xonandalikni kasb etgan namoyandalarga xos talqin hisoblanadi. Zero, har 

bir  xonanda-xofiz  (ijrochi), tinglovchilarning  ro‘hiy  ozuqa  olishlarida  o‘z  ta'sirini 

ko‘rsatadi. 

Inson  ovozining  musiqiy  jihatlarini  belgilovchi  o‘z  imkoniyatlari  borligi 

aniq.  Ularning  bir  qatori  tabiiy  iste'dod  bilan  bog’liq  bo‘lsa,  ayrimlari  saboq, 

mashq va tajriba jaryonida shakllanishini e'tirof etib o‘tishi lozimdir. 

O‘zbek  an'anaviy  xonandalik  san'ati  amaliyotida  juda  ko‘p  ovoz  turlari 

uchraydi. Mutaxassis xonandalar tomonidan ular o‘z xususiyat va sifatlaridan kelib 

chiqib  nomlanib  kelingan.  Masalan:  “Tik  ovoz”,  “Dovudiy  ovoz”,  “Kuchli 




121 

 

ovoz”,”Xasta  ovoz”,  “Dardli  ovoz”,  “Manqa  ovoz”,  “G‘alati  ovoz”,  “Baqiroq 



ovoz”, “Mungli ovoz”, “Qo‘ng‘iroq ovoz”, “Yoqimli ovoz” va x.k. Xonandaning 

ovozi  faqat  ularning  eshitilishi  bilan  emas,  balki  ijro  diapozoni,  ovozning 

ohangdorligi,  talafuzning  to‘g‘riligi,  hush  yoqimliigi  bilan  ham  xarakterlanadi. 

Ovozlarning  balandligi  nuqtai  nazardan  past  va  yuqori  registrlarga  bo‘lish 

mumkin. Odatda, registr tushunchasi ovoz diapozonining bir qismini tashkil etadi. 

Musiqiy  ovozlarni  ishlatish  texnikasiga  ko‘ra  tadqiqotchi  olimlar  3  turga 

ajratadi.  Ya'ni,  “Binnigi”  (dimoq),  “Guligi”  (tomoq)  va  “Ishkami”  (korin)  va har 

bir usulga alohida ilmiy-nazariy ta'rif berib o‘tgan. Ma'lumki, xonandalikda aytim 

yo‘li  (usuli)  ovoz,  nafas  va  ovoz  chiqarish  apparatlarining  bir-biriga  uzviy 

bog’liqligida hamda tufri ishlatish natijasida yuzaga keladi.  

Binnigi  -  ijro  sun'iy  usul  bo‘lib,  ovozlarning  qo‘shilib  ketishi  va  asosan 

dimog‘da sadolantirishdir.  

Guligi  -  O‘zbekistonning  barcha  vohalarida  keng  tarqalgan  bo‘lib,  ijro 

jarayonida  xonandaning  tomog‘iga  kuch  berib,  qiyinchilik  bilan  talqin  etishi, 

so‘zlarni noaniq ifoda etishi, ovozni kuchaytirishi, bezashi kabi sun'iy usullardan 

foydalanishidir. 

Ishkami  -  O‘rta  Osiyo  xalqlari  orasida  eng  yoqimli  va  sifatli  ijrodir.  Bu 

toifa  ijrochilar  chuqur  nafas,  kuchli  tembr,  keng  diapozon  mobaynida 

yangroq,tushunarli va yengil sadoli ovozdir. 

O‘zbek  an'anaviy  xonandalik  san'atidagi  ovoz  talqin  etish  texnikasi  3 

usuldan  tashqari  katta  ashulachilar  va  maqom  ijrochilari  amaliyotida  ko‘p 

uchraydigan  ovozni  jag‘  orasiga  olish  usuli,  ya'ni  sun'iy  ovoz  hosil  qilish  musiqa 

nazariyasi  fanida  “falset”  ovoz  deb  ataladi.  Ana  shu  suni'iy  ovozni  qo‘llash  ham 

mavjud. Kayd etish joizki, falset ovoz talqini o‘zbek xonandalari tomonidan ko‘p 

qo‘llaniladigan uslullardan biridir. 

Xonandalikdagi  ovoz  talqini  past,  o‘rta  va  yuqori  registrlarga  bo‘linadi. 

Yuqori registr - bosh  miyya bilan bog‘liq tovushlar tarannumi hisoblanadi. Falset 

ham  ongli  ravishda  sun'iy  tarannum  etiladigan  sohta ovozdir. Falset, imkoniyatga 

qarab  va  mahorat  doirasida  deyarli  barcha  xonandalik  tarmoqlarida  ishlatilib 



122 

 

kelingan.  Hattoki,  soxta  ovozni  asl  ovoz  bilan  uyg‘unlashib  ketgan  ko‘rinishlari 



ham  amaliyotda  uchraydi.  O‘zbek  mumtoz  xonandaligida  falsetning  keng 

qo‘llanilishi, turli ko‘rinishlarda foydalanishlari kuzatiladi. 

Falset  -  odatda,  falset-xonandaning  tabiiy  ovoz  imkoniyatlaridan  kelib 

chiqaruvchi  sun'iy  ovozdir.  Bu  usul  Farb  musiqa  madaniyatida,  vokal  ashula 

ijrochiligida  keng  va  ma'lum  tartibda  qo‘llaniladi.  O‘zbek  ustozona  musiqa 

talqinida falset o‘ziga hos shaklda ishlatiladi. yevropa ashula ijrochiligida asarning 

ma'lum qismida qo‘llaniladigan bu usul O‘zbekiston vohalari, ayniqsa Xorazm va 

Farg‘ona-Toshkent  ijro  yo‘llariga  mansub  xonandalarning  talqinidan  munosib 

o‘rin olgan. Ijro jarayonida falset turli shakllarda namoyon bo‘ladi.  

Odatda, ko‘pchilik xonandalar qisman bu usulga murojaat etib, asarning avj 

qismlarini  falset  usulidan  foydalangan  holda  ijro  etadilar.O‘zbek  musiqa 

ijrochiligida,  aynan  ustozona  musiqa  namunalari  (maqomlar)ni  ijro  etish 

amaliyotida “falset” usulidan keng foydalaniladi. 

Xususan,  o‘zbek  mumtoz  hofizlari  ijrochilik  an'analarining  negizida  faqat 

bir  ashulachilik  uslub  turadi  deyish  noo‘rin.  Chunki,  og‘zaki  an'anaga  munosib 

bo‘lgan  musiqa  merosimizning  ijro  jarayonlari  o‘ziga  xos  shart-sharoit,  joy  - 

maqon bilan bog‘liqdir. Shu bilan birga musiqa san'atining namoyandalari bir qator 

janrlarning targ‘ibotchisi sifatida faoliyat ko‘rsatganlar.  

Aksariyat  hollarda,  zamon  va  makon  bilan  bog‘liq  musiqiy  san'atga  hos 

namunalarni  bastakor  asarlari  va  bastakorlar  ijodlarini,  zamon  ruhiyati  bilan 

sug‘orilgan asarlarni ijro etishga uringanlar. Shu bois, ustozona musiqa ijrochilari 

talqinida  shiddat,  zavq-shavq,  joziba  yuqori  tembr,  badihago‘ylik  va  sayqal  kabi 

jihatlar  munosib  tizimini  topishi  uchun  ikki-uch  ashulachilik  uslubini  bilish  va 

undan o‘rinli, munosib foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishlari lozimdir.  

Chunki, har bir ashulachilik uslubi o‘ziga hos ijobiy va salbiy tomonlariga 

ega.  Ularning  ijobiy  xususiyatlaridan  foydalanish  ijrochilikda  o‘z  samarasini 

ko‘rsatadi. Shu bilan birga musiqiy namunalarning ichki xususiyatlari, rivojlanish 

jarayoni,  tabiati  (dinamikasi),  shiddati  ma'lum  darajada  bu  xususiyatlardan 

foydalanishni  taqozo  etadi.  Shu  o‘rinda  mumtoz  musiqa  ijrochilik  an'analarida 



123 

 

ustoz  xonandalar  “guligi”  bilan  “ishkami”  ashula  uslubidan  keng  foydalanib 



kelingan. 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish