O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

Xonanda  ovozi

 -  odamning  ovoz  aʼzolari  yordamida  musiqali  tovushlarni 

hosil qilish qobiliyati. Musiqa uquvi rivoji natijasida bolalik davridan qaror topadi. 

13  yoshida  yetilib,  toʻliq  hajmi  (1,5  oktava)ga  erishadi.  O’gʻil  bolalar  Xonanda 

ovozi rastalik davridan keyin bir oktava pasayib yoʻgʻonlashadi, oʻzgaradi, baʼzan 

xonandalik  xususiyatlari  ham  yoʻqoladi.  Buni  oldini  olish  maqsadida  Italiyada 

XVII-XVIII  asrlarda  eng  yaxshi  Xonanda  ovoziga  ega  oʻgʻil  bolalar  baʼzan 

bichilgan

5

.  Xonanda  ovozi  xususiyatlari  uning  jarangdorligi,  shiradorligi,  uzoq 



sadolanishi  va  kuchliligiga  bogʻliq.  Odatda,  mashq  qildirilmagan  ovoz  va 

professional Xonanda ovozi boʻladi. Har bir Xonanda ovozi tabiiy xususiyatlarga 

qarab,  opera  konsert,  kamer,  estrada  yoki  anʼanaviy  mumtoz  ashulalari 

ijrochiligiga muvofiqlashtirilib, tarbiyalanishi mumkin. Xonanda ovozi sadosining 

ravon, tekis yoki, aksincha, siqilib chiqishi ashulachilik usullariga ham bogliq. 

Xonanda  ovozi  diapazoni  bir  nechta  registrga  ajratiladi.  Turli  registrdagi 

tovushlar  har  xil  tembr  va  yangroqlikka  ega.  Masalan,  erkaklar  ovozining  pastki 

diapazoni  (koʻkrak  registri)  shirali  va  kuchli  yangraydi,  baland  tovushlar  registri 

esa  jarangli  va  quruqroq  sadolanadi.  Ayollar  ovozi  esa  pastki  tovushlar  (koʻkrak 

registri), markaziy (oʻrta balandlikdagi) va baland tovushlar registrlariga boʻlinadi. 

Professional  Xonanda  ovozi  diapazoni  2  oktavaga  ega  boʻlishi,  registrlar 

oʻrtasidagi tovushlar esa tekis sadolanishi kerak. 

                                                 

4

 



https://uz.wikipedia.org/wiki/Xonandalik_uslubi

 

5



 

https://uz.wikipedia.org/wiki/Xonanda_ovozi

 



115 

 

Xonanda  ovozi  yoʻgʻon-ingichkaligiga  va  shiradorligiga  qarab  Yevropa 



xonandaligida 6 turga boʻlinadi. Ayollar Xonanda ovozi - soprano, metssosoprano 

va  kontralto,  erkaklar  Xonanda  ovozi  -  tenor,  bariton  va  bas.  Erkak  ovozlaridan 

nisbatan  baland  va  ochiqroq  yangraydiganlari  lirik,  yoʻgʻon  va  quyuqroq 

eshitiladigan  ovozlar  dramatik  turlarga  ajratiladi  (masalan  lirik  tenor).  Oʻzbek 

milliy  xonandaligida  tovushlar  koʻlami  keng  ,  salobatli  kuchga  ega  "nor  ovoz", 

barcha  pardalarda  aniq  eshitiladigan  "jarangdor  kuvrak  ovoz",  shuningdek,  "tik 

ovoz", "pang ovoz", "xasta ishkami ovoz" kabi tushunchalar qoʻllaniladi

6



Xonanda  ovozi  sadosi,  koʻpincha,  soʻz  talaffuz  etilishi  bilan  bogʻliq. 

Ijrosida  badiiy  matnni  tinglovchilarga  ravshan  qilib  yetkazishda,  xususan,  unli 

tovushlarni aniq aytish va Xonanda ovozini nutq intonatsiyasi unsurlari bilan uzviy 

bog’lay olish muhim ahamiyatga ega.  



An'anaviy xonandalik san'ati mahorati

 - 

O‘zbek musiqa san'ati ijrochiligida 

xonandalik  ustozdan-shogirdga  an'ana  asosida  o‘tib,  shaklanib,  rivojlanib,  turli 

sharoitlarga moslashgan holda bizgacha yetib kelmoqda. Xalq ijodiyotidagi folklor 

aytimlari,  og‘izaki  an'anadagi  kasbiy  musiqa  -  maqomlar,  vokal  va  zamonaviy 

zamonaviy  musiqa  ijrochiligida  xonandalik  asosiy  o‘rinda  turadi.Yuqorida  tilga 

olinayotgan  har  bir  yo‘nalish  o‘zining  shakl  va  ijrochilik  nuqtai  nazaridan  o‘z 

uslubi,  qonun-qoidalari  va  shaklu-shamoillariga  egaligi  xususida  musiqashunos 

olim S.Bekmatov o‘z tadqiqotlarida keltirib o‘tgan. Ular orasida tarixiy tajribalar 

asosida  shakllangan  va  eng  mukammal  an'analarni  o‘zida  mujassam  etgan 

an'anaviy  xonandalik  yo‘nalishio‘zining  ijrochilik  uslubi,  shakl  va  xalqchilligi 

bilan a'lohida ahamiyatga ega bo‘lib kelmoqda.  

Mazkur  yo‘nalish  azal-azaldan,  o‘zbek  xalqining  eng  go‘zal  urf-odatlari, 

an'ana,  qadriyat  va  milliy  ruxiyatini  yuzaga  chiqarib,  xalqimizning  boy 

ma'naviyatini dunyo xalqlari oldida aslligi va o‘ziga xosligini ko‘rsatib kelmoqda. 

Shu  bois  ham  xonandalik  an'anasi  va  uning  aytim  yo‘nalishlari,  uslublari 

shakllanib,  rivojlanib  kelmoqda.  An'anaviy  ashula  ijrochiligi  san'ati  aholi  orasida 

keng  ommalashdi.  Ayniqsa,  ularning  janr  jihatidan  keng  qamrovliligi,  ijro 

                                                 

6

 F.



Mamadaliyev, Milliy musiqa ijrochiligi masalalari, T., 2001.

 



116 

 

uslublarining  kengligi,  joy  va  makon  an'analarining  o‘ziga  xos  mahalliy 



uslublarida  namayon  bo‘lishi  bilan  ahamiyatlidir.  Darhaqiat,  natijada  shaxsiy 

hamda  mahalliy  unsurlar  bilan  xarakterlanuvchi  ijro  uslublar,  keyinchalik  ijro 

maktablari yuzaga keldi. Andijon, Xorazm, Marg‘ilon, Qo‘qon xofizlik maktablari 

yoki  Xamroqul  Qori,  Xojixon  Boltaev, Xoji  Abdulaziz  Abdurasulov, Mamatbuva 

Sattorov, Juraxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov kabi shaxsiy ijro uslublari yuzaga 

keldi. Xonandalik san'atida bilim hamda amaliy unsurlar alohida o‘rin egallaydi.  

Shunay  unsurlardan  biri  va  birlamchi  jarayon  bu  -  ovozdir.  Shuningdek, 

ijro  mahorati,  so‘z  talaffuzi,  kuy  ohang  va  ijodiy  jarayon  mutanosibligi,  bo‘lib 

mutaxassislar mazkur jarayonni azal-azaldan ijrochilik amaliyotida katta axamiyat 

kasb  etib  kelyotganligini  e'tiborga  olib,  quyidagi  bo‘limlarga  ajratgan  holda 

o‘rgangan. Jumladan:

 

-

 



ijrochilik san'ati; 

-

 



ovoz imkoniyatlari va talqini bilan bog‘liqqonuniyatlar; 

-

 



matn hamda talaffuz masalalari; 

-

 



so‘z va oxang; 

-

 



ijro madaniyati; 

Xonandalik ijrochiligi tarkibidan shakllangan yo‘nalish sifatida zamonaviy 

estrada xonandaligi aytish mumkin. U eng yosh yo‘nalish sifatida musiqashunoslik 

ilmida  mavjud  bo‘lgan  to‘rtta  asosiy  lokal  mahalliy  uslubda  rivojlanib,  keng 

qamrovli  uslublarga  boy,  turli  yo‘nalishlarda  shakllanib  rivojlanib  kelganligini 

ko‘rish mumkin. Unda she'r matni, musiqa, diklamatsiya, talaffuz, ruhiyat bor.  

Xonandalik  amalining  zamirida  mavjud  bo‘lgan  ana  shu  o‘ziga  xos 

bosqichlar,  tom  ma'noda  o‘ziga  xos  darajalarni  yuzaga  keltirganki,  ular  xalk 

orasida  qo‘shiqchi,  laparchi,  yallachi,  doston,  termachi,  ashulachi,  talqinchi, 

savtxon, nasrxon, zikir, jahrchi, go‘yandachi, aytimchi, xonanda va nihoyat hofiz 

kabi  nomlar  bilan  atalishga  olib  kelingan.  Bular  esa  o‘z  o‘rnida  xonandalik 

san'atining turlari sifatida amaliyotda shakllangan.  

Ijrochilarning  har  biri  har  tomonlama  mukammal  xisoblanib,  eng  yukori 

darajasigacha  erishishga  muyassar  bo‘lganini  esa  “Hofiz”  deb  yuritish  an'anaga 




117 

 

aylangan.  Chunonchi,  hofiz  keng  qamrovli  hamda  ijrochilik  mahoratining  yuqori 



bosqichiga erishgan mutaxassisga berilgan darajadir. 

Ma'lumki,  yer  yuzida  mavjud  xalqlar  tarixiy  shakllanish  jarayonida 

insoniyatning  eng  go‘zal  fazilatlarini  uzida  mujassamlashtirgan  va  kator 

an'analarni meros sifatida avloddan-avlodga yetkazib, avaylab kelganlar. Ayniksa, 

ijtimoiy  hayotdagi  muhim  voqyea,  omil  va  tadbirlarni,  chunonchi,  kundalik 

turmush  bilan  bog’liq  bo‘lgan  urf-odat,  qadriyat,  udumlar  va  marosimlarni 

saqlashga  katta  e'tibor  berganlar.  Ijtimoiy,  iktisodiy-siyosiy  vokealar  ta'sirida 

xalkning  tili,  ma'naviyati,  ruhiyati  bilan  bog’liq  xususiyatlarning  shakllanishi, 

rivojlanishi  va  ular  asosida  yangidan-yangi  oqim,  yo‘nalishlarning  yuzaga  kelishi 

madaniyatning asosiy qonuniyatlaridan biri hisoblangan.  

Azal-azaldan  hayotning  turli  tarmoqlarida  muayyan  shart-sharoitlar, 

voqe'lik, ma'naviy extiyojlar bilan bog’liq marosim, tadbir va amallar rang-barang 

ko‘rinishlarda tarkib topgan. Avlodlarning asrlar osha u yoki bu tadbirga amal qilib 

kelishlari jarayonida ularga bo‘lgan ehtiyoj uzilib qolmaslik, marosimlarni sharoit 

taqozo  etgan  vaqtda  o‘tkazib  turish  va  muntazam  davom  ettirish  asta  sekin  rasm 

bo‘lib kelgan. 

Musiqa san'ati ijrochiligida ovoz, cholg‘uning bir-biriga hamohangligi o‘ta 

muhimdir.  Bevosita  aytim  jarayoni  ijrochi  tomonidan  yakka,  juft,  guruhli  yoki 

ommaviy  tarkibda  amalga  oshiriladi.  Ijrochi  xonandalarniqo‘shiqchi,  laparchi, 

yallachi,  termachi,  baxshi,  dostonchi,  navonoz,  mug‘anniy,  xonanda,  ashulachi, 

aytimchi,  dostonchi,  baxshi,  xalfa,  shoir,  nasrchi  va  xofiz  kabi  nomlar  bilan  atab 

kelingan. 

O‘zbek  musiqasining  ohanglari,  eng  muhimi,  ruhiyati,  ayniqsa  hofizlikda 

o‘z  aksini  topgan.  Shu  bois,  ularni  o‘zbek  estrada  xonandaligi  yoki  o‘zbek 

akademik xonandaligi deb atash allaqachon so‘zlashuv tilimizda o‘rnashib bo‘ldi. 

Xonandalikda  yukori  saviyaga  erishib  mumtozlik  kasb  etganlarni,  ya'ni  mumtoz 

musiqa  namunalarini  ijro  etuvchi  aytim  sohiblarini  “ashulachi”,  “maqomchi” 

nomlari bilan birga, XIX asrning 30-yillaridan boshlab “hofiz” deb atash tilimizda 

allaqachon rasm bo‘lib ulgurdi. 



118 

 

Yuqorida keltirilgan har bir atamada musiqiy janr xususiyati to‘la ifodasini 



topadigan bo‘lsa, “hofiz” ham bu o‘rinda qator tarkibiy xususiyatlari bilan bog‘liq 

holda o‘zining ayrim jihatlarni namayon etgan. “Hofiz”  - arabcha “xifz” so‘zidan 

olingan  bo‘lib,  aslida  “asrovchi”,  “yodda  saqlovchi”  ma'nolarini  anglatadi.  Shu 

bois  bo‘lsa  kerak  o‘tmishda,  ijro  talqini  bilan  bog’liq  kasb  egalari  hamda 

amallarida  xifz,  ya'ni  esda  saqlash  muhim  hisoblangan  va  talqin  etish  jihatlarini 

o‘zida mujassam etganlari bu nom bilan atalib kelingan.  

XX  asrning  30  yillariga  kelib  mumtoz  musiqa  merosi  va  xalq  yo‘llariga 

mansub  yirik  shakldagi  ashulalar  ijrochilari  -  mohir  xonanda  va  mashhur 

ashulachilarni  hofiz  deb  yuritish  rasman  keng  ommalashdi.  Xukumat  tomonidan 

ham  1939  yili  “Xalq  hofizi”  deb  nomlangan  faxriy  unvon  ta'sis  etildi.  Unga 

birinchilar qatorida mashxur xonandalar Jo‘raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov va 

Ortiqxo‘ja  Imomxo‘jayevlar  sazovor  bo‘ldilar.  1991  yili  mohir  ashulachilarga 

berilgan  bu  oliy  unvon  (qariyb  60  yillik  tanaffusdan  so‘ng)  qayta  tasdiqlanib, 

Ochilxon  Otaxonov,  Odiljon  Yusupov,Fattoxxon  Mamadaliyev  va  Xasan 

Rajabiylar  hamda  1993  yili  Muxammadjon  Karimov,  Ruzmat  Jumaniyozov, 

Orifxon Xotamov va O‘lmas Saidjonovlar unga sazovor bo‘ldilar.  

Mustaqillik  sharofati  bilan  «Xalq  Xofizi»  faxriy  unvoniga  Quvondik 

Iskanadarov,  Eson  Lutfullayev,  Ismoiljon  va  Isroiljon  Vaxobovlar,  Maxmudjon 

Yo‘ldoshev, Maxmudjon Tojiboyev, Beknazar Do‘stmurodov, Farxod Davlatovlar 

sazovor bo‘ldilar. 




Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish