Kayfiyat
- shaxsning faoliyati, xulqi, muomalasi va ruhiy jarayonlariga
maʼlum vaqt davomida taʼsir qilib turuvchi hissiy holat. Insonning hayoti va
faoliyati davomida shodonlik, hazilkashlik, zerikish, qaygʻurish kabi his-tuygʻular
uning ruhiy holati tizimiga aylanadi. Kayfiyat insonning butun faoliyatiga kuchli
taʼsir koʻrsatadi. Masalan, kishi xursand boʻlib turganida uning koʻziga hamma
narsa yaxshi, aks holatda esa yomon boʻlib koʻrinishi mumkin. Yaxshi
kayfiyat individ, guruh, jamoada ishchanlik, oʻzaro yordam, hamkorlik,
hamdardlik, iliq ruhiy muhitni, samimiy muomala maromini shakllantirishning,
jismoniy va aqliy mehnat samaradorligini oshirishning kafolatidir
39
. Ijtimoiy
hayotdagi turli voqealar, yaʼni mehnat muvaffaqiyati, taʼlim yutugʻi, rahbar bilan
xodim, oʻqituvchi bilan talaba oʻrtasidagi munosabatlar, oiladagi shaxslararo
muomala maromi, turmushning quvonch va tashvishlari, shaxsning qiziqishi,
nimadandir qoniqish yoki qoniqmaslik hissi kayfiyatning manbalari hisoblanadi.
39
https://uz.wikipedia.org/wiki/Kayfiyat
219
Odamning ruhi tushib, noxush kayfiyatda yurishi - uning turmushida muammolar
yuzaga kelganidan, halovati buzilganidan dalolat beradi. Obʼyektiv va subʼyektiv
vaziyat, sharoit, sababiy bogʻlanish kayfiyat barqarorligini belgilaydi.
Kayfiyatning
xususiyatlari koʻp jihatdan shaxsning individual-tipologik
fazilatlariga bogʻliq. Inson oʻzini oʻzi boshqarish imkoniyatidan kelib chiqqan
holda K.ini muvaqqat davr oraligʻida qatʼiyatlikda tutishi, hatto holat oʻzgarishiga
yoʻl qoʻymasligi mumkin.
Iroda
— odamning oʻz faoliyati va psixik jarayonlarini oʻzi boshqarishda
namoyon boʻladigan qobiliyati
40
. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar-kan,
oʻziga xukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi: Irodauchun "men
xohlayman" degan kechinma emas, balki "kerak", "bajarishim shart" degan
kechinma xosdir.
Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan
mustahkam irodani talab qiladi. Iroda mehnatda paydo boʻladi va toblanadi.
Irodaning ongdagi faoliyati harakat maqsadini belgilashda, maqsadga erishish
vosi-talari va yoʻlyoʻriqlarini oldindan aniqlab, maʼlum qarorga kelishda hamda bu
qarorni ijro etishda namoyon boʻladi. Odamda Irodaning qay darajada ekanligi
maqsadni qanday roʻyobga chiqarishida koʻrinadi. Irodaviy harakat jarayonlarida
kishi ichki va tashqi toʻsiqlarga duch keladi. Ichki toʻsiqlar kishining oʻziga, uning
ichki mayllariga xos holat. Kishining ichki mayllarini yenga olish, oʻzini
boshqarish va oʻz ustidan hukmronlik qila bilish layoqati ichki iroda deb ataladi.
Tashqi toʻsiqlar tevarakatrofdagi voqelikda uchraydi. Kishining ana shunday tashqi
toʻsiqlarni yenga olish layoqati tashki iroda deb ataladi. Irodaviy faoliyatda tashqi
toʻsiqlarni yengish (tashqi iroda) ichki toʻsiqlar (ichki iroda) ni yengish bilan uzviy
bogʻliq.
Irodaning muhim sifatlari: oʻzini tuta bilish, dadillik, qatʼiylik, chidam va
toqat, prinsipiallik, mustaqillik va boshqalar. Iroda kuchi shu sifatlarning qay
darajada namoyon boʻlishiga qarab belgilanadi. Kishi yuksak gʻoyalarga
asoslangan ongli qatʼiyat va sabot bilan oʻz harakati yoʻlidagi toʻsikdarni yengar
40
https://uz.wikipedia.org/wiki/Iroda
220
ekan, u kuchli iroda egasi hisoblanadi. Iroda kishining harakteri bilan uzviy
bogʻliq, uning shakllanishida muhim rol oʻynaydi
41
.
Iroda – o’z oldiga qo’yilgan maqsad sari intilib, erishishga muvaffaq
bo’lishliqdir va bu doim xar ishda omad bag’ishlaydi. Irodali inson o’z maqsadi
yo’lida barcha tusiqlarni yenga oladi. Maqsadga erishish uchun esa odam nimani
xoxlayotganini yaxshi bilishi va bu xoxish xayot talabi bo’lmog’i kerak.
Kuylashni o’rganayotganda, xonandalik faoliyatida kuchli iroda kerak.
Irodasiz odam xonanda bo’lishga urinmasa xam bo’ladi. O’z maqsadidan
chekinmasdan oldinga intilmoqlikni mashq qilish, irodani kuchli bo’lishiga olib
keladi. Xar bir faoliyat texnikaga egalikni talab qiladi. Kuylash texnikasiga ega
bo’lishlik diqqatni bo’lmaydi va fikrni ijodiy maqsadga to’liq qaratadi.
Ijodiy faoliyat texnik jixat kabi avtomatik bulmasligi kerak. Ijod - bir-biriga
o’xshashlikni inkor etadi, u yangiliklarni talab qiladi. Artistlikni pul topish uchun
kasbga aylantirgan inson taqlid qiladi, ya’ni tayyor ijoddan foydalanadi, ijodkor
inson yangi obrazlar yaratishga intiladi. Ijodiy faoliyat material yozish - ijod uchun
tayyorgarlik, katta mexnat – ilxomlanish - (bu organizmning aktiv xolati) va
butunlay ijodga kirishishlikni talab qiladi. Insonning dunyoqarashi qancha keng
bo’lsa ijod shuncha unumli bo’ladi. Xonandalik pedagogikasida ijodga yondoshish,
xar bir o’quvchining o’ziga xosligini nazarda tutishni talab qilnadi.
Shaxs - qiziqishlar, iqtidor va iste’dod, temperament va xarakterlar
mujassamligidir. Bu xislatlarning barchasi inson unib o’sgan muxitning
qandayligiga bofliq. Qo’shiq kuylashga o’ta qiziqish, u bilan shug’illanishni
xoxlash, to’siqlarni yengib, muvaffaqiyat qozonish garovidir. Xaqiqiy o’qituvchi
uchun xar bir ovoz yangi kitobday. U doimiy izlanishda va qachon o’z maqsadiga
erishsa, o’z ishidan ko’ngli to’ladi. Iqtidorli deb, biz o’z ishini oson xal qila
oladigan insonga aytamiz. Odamlar iste'dod bilan tug’ilmaydilar, ularga
iqtidorning zarralari berilgan bo’ladi. Iqtidor faoliyat davomida sayqallanib,
rivojlanadi. Shuning uchun iqtidorli inson o’zni topishi uchun u bilan shug’ullanish
kerak. Iqtidorni bolalikdan rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Lekin o’g’il
41
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
221
bolalarda mutatsiya o’tmaguncha buning iloji yo’q. Iqtidorning barcha sifatlariga
ega odamni biz - iste'dodli deymiz. Juda ko’p iste'dodli insonlar o’zda
yaratuvchilik va faylasuflik sifatlarini jamlagan bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |