437
Ovoz mashqlarining asosiy vazifalari.
Men ish faoliyatim davomida M.Donets–Tesseyr
(Maria Eduardovna Donets-Tesseyr, 1889-1974 Sobiq
Ukraina Sovet opera qo'shiqchisi “coloratura soprano”,
musiqa
o'qituvchisi,
vokal
bo'yicha
Kiyev
konservatoriyasining professori - 1953 yildan, sobiq
Ukraina SSR xalq artisti - 1965)ning №-4 sonli to’plamidan foydalanganman. Bu
mashqlardan asosiy maqsad ovozni qizdirish, ovoz pardalarini sozlash, og’iz
bo’shlig’idagi tanglay, bo’g’iz, til, tovushninng elastik xarakatlanishini rivojini:
lablarning erkin xarakatlanishi, til, og’iz bo’shlig’ini, bo’g’iz va yuzlar
mushyaklarining, iyak xarakati va nafas yo’lining bir maromda xarakatlinishini
ta'minlashdan iborat.
438
Ovoz mashqlarini bajarishda quyida berilgan mashqlardan men o’z ish
jarayonimda foydalanib kelaman, lekin bu mashqlarni hamma ovozda kuylash
mumkin, faqat ovoz balandligi, ovoz pardalarning o’zgarishi, avj, ovoz texnik
sozlamalar, bo’g’iz, iyak va ichki va tashqi organizmlarimizga ahamiyat berish
kerak. Ayniqsa talabalarda kuylash, ohang qabul qilish, tinglash qobiliyati bo’lishi
shart. Ushbu mashqlar tovush texnik holatimizni xilma xilligini va uning og’ir,
yengillik darajasi bilan ham belgilanadi.
Mashqning boshida kuylash yani ovoz pardalarini, ovoz tovush to’lqinlarini
kuylash ya'ni bo’g’izni xarakatga keltirishga tayyorlash ya'ni “jismoniy tarbiya”
o’tkaziladi. Kuylashdan oldingi birinchi bosqichda yuqori ohangdan boshlash
yaramaydi. Masalan: Soprano “sol” ya'ni 2 oktavadan, metstso-soprano “fa” ya'ni 2
oktavagacha kuylanib bir yoki yarim ton siljishi kerak. Shunday xolatda ovoz
to’liq diapazonga 5-6 mashqdan so’ng o’rta diapazondan o’tishi mumkin. Shu
o’rinda pedagog qanday qilib ovoz pardasida frosirovka ya'ni notekislik yuz
bermaganligini aniqlaydi? Ba'zida bu holatni tinglash bilan aniqlab bo’lmaydi.
Baland pardada aytib bo’lgach past pardaga o’tishga o’quvchi bir oz qiynaladi
albatta shu holat bo’lmasligi uchun past parda bilan aytishni ko’proq mashq bilan
qaytarish zarur. Agar ovoz jarangli, tiniq, bir maromda, ohang bilan jaranglasa,
demak u to’g’ri forsirovkasiz yangradi deyiladi. Agar ovoz qo’shiqchilar tili bilan
aytganda “o’tirib qolgan”, ustki sozlar jarangsiz, og’ir, qo’pol bo’lsa bu xolatda
frosirovkali xisoblanadi. Bu jarayonda ovoz pardasi yemiriladi va uni siliqlash
aniqrog’i pardozlash kerak. Bo’g’iz va og’izdan kelayotgan tovushni sozlamasa
ovoz pardasiga zarar yetishi tabiiy.
Ovoz mashqlarining asosiy vazifalari bilan tanishsak:
1.
Kuylashda nafasni vokal ixtisosiga mos darajada olish;
2.
Kuylashda “artikulyatsiyani” tug’ri ishlatish;
3.
Tomoq (ovoz) mushaklarini rivojlantirish;
4.
Sof intonatsiyaga erishish;
5.
Ovoz diapazonini (doirasini) kengaytirish;
6.
Barcha kuylash texnikalari: kuychanlik (kantilena), stakkato, non
439
legato, tayanchli tovush (opyortqy zvuk), falg’tset, tovush filirovkasi, ovoz
dinamikasi (forte, piano) ni egallash;
7.
Estrada xonandaligi uslubidagi barcha texnik yo’nalishlarini egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: