O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. O’zbek estrada san’atining asoschisi - Botir Zokirov



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

 

6-§. O’zbek estrada san’atining asoschisi - Botir Zokirov. 

Bugun  o’zbek  estrada  qo’shiqchiligining  asoschisi  Botir  Zokirov  tavallud 

topgan  kun.  Botir  Zokirov  hayot  bo’lganida  ushbu  kun  84  yoshga  to’lardi.  Botir 

Zokirovning  kundaliklarini va  Fotima  Sharipovaning  Zokirovlar  sulolasi  haqidagi 

Abadiyat ibtidosi kitobi yaratildi. Ta’sirli kitob. Jaholat borligi uchun ham yaxshi 

insonlarning, buyuk g’oyalarning qanchasi muallifining qalbida armon bo’lib qolib 

ketadi.  

Mazkur  kitobda  Botir  Zokirovning  kundaligidagi  bitiklar  havola  qilingan. 

Nazarimda  insonlardagi  loqaydlik  va  befarqlik  dunyomizni  yanada  ko’proq 

to’ldirmoqda,  u  go’yo  zamonaviy  san’atimizni  aks  ettirayotgandek.  Tuzsizlik  va 

kaltafahmlik, baxillik va ikkiyuzlamachilik-loqaydlik hukmidagi bosh illatlar mana 

shular.  Iste’dodlilarni  yerto’lalarga  haydab  u  tantana  qilmoqda,  kulmoqda. 

Kimlarki  zaifroq  bo’lsa,  ular  dosh  berolmasdan  turli  yo’llar  bilan  hayotdan 

ketayotir.  

Bir  xillarning  boshiga  ichkilik  yetmoqda,  boshqa  birlari  kasbini 

o’zgartirmoqda,  yana  bir  xillar  o’z  joniga  suiqasd  qilsa,  to’rtinchi  toifa  yashash 

uchun moslashmoqda.  

Hayotimning qo’shig’in topolsaydim  

Dunyoda kishilarni olijanob, poklikka e’tib da’vat.  

Baxilligu tubanlik, xudbinligu riyoga,  

Kurashlarga chorlasa meni u azalu abad.  

Tilimning soqovligi do’zax o’tidan yomon,  

U menga shivirlaydi.  

Yashamagin yaxshisi.  

Yashashga kuch topganlarga qanday hasad qilaman,  

Qanday topay men o’sha alam va haq sasini.

  



299 

 

Inson  nega  kuyga,  qo’shiqqa  oshufta?  Navo  og’ushida 



goho  bor-yo’qligini  ham  unutib  qo’yadi,  nega?  Kuy-qo’shiqda 

qanday  sehr  borki,  ko’ngilda  mehr  uyg’otadi?  Botir  Zokirovning 

qo’shiqlarini  tinglagan  inson  mana  shu  savollar  girdobida  qoladi. 

Goh milliy ohangdagi qo’shiqlardagi tug’yon, dardlarni tinglasak, 

goho  arab,  eron,  hind,  livan,  meksikacha,  italyancha,  suriyacha  qo’shiqlarini 

tinglab mehr-muhabbat u qay  millatdan bo’lishidan qat’iy nazar inson qalbiga bir 

xil  dard  solishini  anglaymiz.  O’zbek  estrada  san’atining  asoschisi  va  yorqin 

yulduzi,  O’zbekiston  xalq  artisti  Botir  Zokirovning  jahon  musiqa  san’atida  o’z 

munosib o’rni bor. Tiniq, mayin, maftunkor ovoz sohibi bo’lgan bu ulug’ san’atkor 

betakror qo’shiqlari bilan o’ziga haykal qo’yib ketgan insondir.  

Botir  Zokirov  -  O’zbek  professional  estrada  san’ati  asoschilaridan  biri, 

dunyo  tan  olgan  estrada  yulduzi  Botir  Zokirov  26-aprel  1936  yilda  Toshkent 

shaxrida  san’atkorlar  oilasida  dunyoga  keldi.  Uning  otasi  Karim  Zokirov  o’zbek 

opera  san’atining  sarbonlaridan  biri,  onasi  Sh.  Saidova  o’zbek  xalq  qo’shiqlari, 

laparlari va yallalarining ajoyib ijrochisi edi.  

Umuman Zokirovlar oilasi o’zbek xalqining musiqa madaniyatiga salmoqli 

xissa  qo’shgan  sulola  sanaladi.  Botir  Zokirovning  bolaligi,  yoshligi,  san’at 

muxitida tarbiyalanadi. Uning xotirasi va eshitish kobiliyati juda kuchli edi. Rasm 

chizishga, shexr yozishga ishqiboz edi. 

San’atda  birinchi  ustozlari  Oʻzbekiston  xalq  artisti

58

 

(1939)  otasi  Karimjon  aka  Zokirov  (12.03.1912  –  19.02.1977), 



onasi  O'zbekistonda  xizmat  ko'rsatgan  artist  (1952)  xonanda, 

aktrisa  Shohista 



(Shoista)

  Saidova  (1917  – 

7.02.2000)  bo’ldilar.  U  yoshlikdan  qo’shiqni 

dildan  sevib  kuylashni  odat  qildi.  Uning  birinchi  qo’shigi 

Qaydasan, seni kutaman deb atalgan va o’n to’rt yoshida Majnun 

deb  nomlangan  kartinani  chizdi.  1952  yili  Toshkent  davlat 

konservatoriyasining  vokal  fakul’tetiga  o’qishga  kirdi.  O’sha  davrda  estrada 

                                                 

58

 

https://uz.wikipedia.org/wiki/Zokirovlar



 


300 

 

san’atida qaldirg’och sanalgan. Yoshlik estrada ansambliga qatnay boshladi. 1958 



yilda shu ansambl bazasida O’zbekiston Davlat estrada orkestri tuzildi. Orkestrni 

tuzishda Botir Zokirov jonbozlik ko’rsatdi.  

Singlisi  O'zbekistonda  xizmat  ko'rsatgan  artist 

 

(1965) 


Luiza  Zokirova

59

  (7.01.1938)  bilan  ushbu  ansamblda  ishlay 



boshladi. Orkestr Botir Zokirovning ijodiy yo’lini qat’iy belgilab 

berdi.  1957  yilda  Moskvada  o’tkazilgan  o’zbek  dekadasida 

mashhur  arab  kompozitori  Dorish  Al-Attoshning  -  Arab  tangosi 

qo’shigi  birinchi  marta  yangradi  va  chaqmoq  kabi  Botir  Zokirov  nomini 

qo’shiqsevarlar  qalbiga  olib  kirdi.  Bu  kutilmagan  omad,  shuxrat  va  kelajakka 

ishonch edi. Bu qo’shiq xonanda dasturining mukaddimasi bo’lib qoldi va minglab 

nusxada plastinkalar chop etildi.  

1959  yilda  -  Gullar  ochilganda  badiiy  filmida  qahramonlardan  birini 

obrazini yaratadi va qo’shiq ijro etadi

60

. 1963 yilda esa Seni izlaring badiiy filmida 



shoir  Turob  Tula  va  kompozitor  Ikrom  Akbarovning  G’azli  qo’shigi  yangradi. 

Keyinchalik  Ikrom  Akbarov  bilan  xamkorlikda  Qaro  ko’zligim,  Yor  kel,  Ey 

sarbon,  Seni  yo’qlab  singari  mashhur  qo’shiqlar  dunyoga  keldi.  Botir  Zokirovni 

ayniqsa,  

Moskvalik  tomoshabinlar  intiqlik  bilan  kutishardi.  Mashhur  kontsert 

zallarida chiptalar oylab oldindan sotilib bo’lardi. 1966 yili Moskva Myuzik – xolli 

bilan  Parijga  qilgan  ijodiy  safari  xonandaga  chinakamiga  jahonshumul  shuhrat 

keltirdi.  Jahonga  mashhur  Olimpiya  estrada  teatri  sahnasida  20  kun  davomida 

kontsertlarda  qatnashdi.  O’zi  sevib  ijro  etgan  qo’shiqlari  qatorida  Do’st  haqida 

qo’shiq, O’lkam qizi, Meni tashlab ketma singari frantso’zcha qo’shiqlar ham bor 

edi. Ayniqsa, Maro bebus qo’shig’ini tomoshabinlar qaytalab aytdirishdi.  

Gastrolning  so’ngi  kunlarida  kontsertlarning ikkinchi  bo’limida  faqat  o’zi 

kuyladi.  O’sha  paytda  Parij  gazetalari  Botir  Zokirovni  jahonning  mashhur 

qo’shiqchisi Sharlr Aznaur bilan tenglashtirib yozishdi. Oradan yigirma  yil o’tib, 

                                                 

59

 



https://www.kino-teatr.ru/kino/acter/315936/

 

60



 

https://www.kino-teatr.ru/kino/movie/sov/13888/annot/

 



301 

 

O’zbekistonlik  taniqli  adiblardan  biri  frantsiyadagi  safari  chog’idagi  bo’lgan 



uchrashuvda:  O’zbeklardan  kimlarni  bilasizlar-deb  so’raganida,  Shoir  Alisher 

Navoiyni, xonanda Botir Zokirovni, deb javob berishgan ekan. Botir Zokirov turli 

tillarda  qo’shiq  kuylardi.  U  boshqa  xalqlar  qo’shiqlarini  kuylashdan  oldin  o’sha 

xalqning  tarixi,  turmushi,  madaniyati  va  san’atiga  oid  xar  xil  adabiyotlarni  o’qib, 

o’rganardi.  Shuning  uchun  ham  ko’pgina  xorijiy  tillarda  aytgan  qo’shiqlari  unga 

katta shuxrat olib keldi. Uni xindlar – xind, ruslar – rus, arablar – arab, frantso’zlar 

–  frantso’z,  deb  atashardi.  Vaholanki,  u  o’zbek  xonandasi  edi.  1972  yilda  O’rta 

Osiyoda birinchi va sobiq ittifoqda uchinchi bo’lgan Myuzik-xoll guruhini tuzdi.  

Myuzik-xoll  -  bu  estradaning  eng  yuksak  chuqqisi  hisoblanadi.  U  estrada 

ansambli,  dramatik  aktyor,  tsirk  artistlari,  raqs  guruhlari  singari  bir  qancha 

janrlarni  o’zida  mujassamlashtirgan  san’atdir.  Sindbod  sayohati,  Sharq  bozori, 

Sharq  ertagi,  Toshkent  to’yi  deb  nomlangan  dasturlari  bilan  respublikamizning 

turli  shaharlarida,  Moskvadagi  Rossiyadagi  Oktyabr  kontsert  zallarida  oylab 

kontsertlar bergan.  

Botir  Zokirov  jahonning  mashhur  ijodkorlari  Chingiz  Aytmatov,  Rasul 

Hamzatov, Nozim Xikmat, Yuriy Silantev, Iosif Kobzon, Mixail Ulyanov, Sergey 

Obraztsov,  Tamaraxonim  singari  yozuvchi  va  san’atkorlar  bilan  mustahkam 

do’stlik  va  ijodiy  aloqalar  bog’lagan  edi.  Jahonning  birinchi  kosmonavta  Yuriy 

Gagarin 1963 yil 31 dekabr kuni Goluboy Ogonyok yangi yil bazmida, diktorning 

Eng  sevimli  xonandangiz  kim?  degan  savoliga:  -  Mening  yaxshi  ko’rgan 

qo’shiqchim Botir Zokirov, deb javob bergan edi. 

 Fazogir Toshkentga kelganida Botir Zokirovni ko’rish istagini bildiradi va 

u  gastrolda  bo’lganligi  sababli,  uyiga  kelib  onasi  Shoxista  opani  ko’rib  ketadi. 

Botir  Zokirov  sehrli  muyqalam  sohibi  sifatida  o’zidan  ko’plab  betakror  asarlar 

qoldirdi.  Majnun,  Oqshom,  Avtoportret,  Buxoro  manzarasi,  Saraton,  Moskva 

manzaralari, Qrim manzaralari, Yolgizlik, Ko’cha, Anor pishganda singari asarlari 

shular  jumlasidandir.  Xikoyanavis  yozuvchi  sifatida  Ona,  Muysafit,  Paxlavon  - 

yetakchi, Tabassum xikoyalari Shark yulduzi, Guliston jurnallarida chop etildi.  




302 

 

Botir Zokirov o’zbek milliy estrada san’atini rivojlanishini jon dilidan istar 



edi.  U  faqat  xalqona  milliy  estrada  san’atini  tarafdori  edi  va  bu  xaqda  kuyinib 

matbuotda fikrlarini bildirar edi. Shu yo’lda tinimsiz izlanar edi.  Umrining oxirgi 

yillarida  ukasi  bastakor  va  aktyor,  O'zbek  estrada  xonandasi,  "Yalla"  vokal-

instrumental  ansamblining  badiiy  rahbari  (1976  yildan) 

Oʻzbekiston  va  sobiq  Sovet  Ittifoqining  yana  besh 

respublikasi  xalq 

artisti  (1987),  San'at 

sohasidagi 

O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mukofoti  laureati  Farrux 

Zokirov  (16.04.1946)  rahbar  bo’lgan  mashhur  Yalla 

ansambli  bilan  birgalikda  ijod  qildi.  U  sahnaga  qanday  yonib  chiqqan  bo’lsa, 

umrini  oxirigacha  shunday  yonib  kuyladi.  Xamisha  har  qanday  vaziyatda 

iymoniga, e’tiqodiga, o’zligiga sodiq qoldi. Bu buyuk san’atkor o’zbek estradasiga 

asos soldi. Yoshlikdan chirmab olgan surunkali kasallik natijasida umri davomida 

olti  marta  jarroxlik  stoliga  yotdi  va  49  yoshida  olamdan  o’tdi.  Unga  O’zbekiston 

xalq  artisti  faxriy  unvoni  berilgan,  vafotidan  so’ng  Prezidentning  Farmoni  bilan 

Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan  mukofotlangan. Uning nomida har yili yosh 

estrada xonandalarining ko’rik tanlovi o’tkazilib turiladi.  

Botir  Zokirov  kompozitorlardan  Ikrom  Akbarovning  "Yor,  kel",  "Rahno", 

"Gazli",  "Qaydasan",  "Seni  eslayman",  Mutal  Burhonovning  "Maftun  bo’ldim", 

"Namedonam,  chinom  dorod",  Sayfi  Jalilning  "Majnun  monologi",  "Kechalari 

yulduz  sanab",  Enmark  Solihovning  "Kuz  keldi  yana"  va  boshqa  qo’shiqlarini 

kuylab xalqimizning estrada sanhatiniga asos solgan va durdonalar bilan boyitgan. 

Zamonaviy estrada uslubida qayta ishlangan sharqu g’arb navolari sanhatkorning 

dovrug’ini jahonga yanada kengroq yoydi. Hindcha "Meychale", "Nechun xayolga 

cho’mding",  "Dil  orzusi",  eroncha  "Maro  bebus",  "Ayriliq  qo’shig’i",  livancha 

"Go’zal",  meksikacha  "Alvido,  muhabbat",  italyancha  "Yashasin  muhabbat", 

suriyacha "O’tmishimga yig’layman", misrcha "Arab tangosi" kabi qo’shiqlarning 

har  birini  asl  tilda,  benazir  ijro  talqinida  kuylagan.  Botir  Zokirovning  muyqalam 

sohibi sifatida chizgan "Avtoportret", "Saraton", "Gumbazlar", "Bolalik ko’chasi", 

"Chor  Minor"  kabi  jami  200  dan  ortiq  rangorang  asarlari  shinavandalarga  yaxshi 



303 

 

tanish.  Adabiyot  va  shehriyat  sohasida  u  bir  qancha  hikoya,  ocherk  va  shehrlar, 



shuningdek,  Ikrom  Akbarov  tomonidan  bastalangan  "So’g’d  elining  qoploni" 

operasi  uchun  libretto  muallifi  bo’lgan.  Kinoaktyor  sifatida  Botir  Zokirov  yosh 

muhandis  ("Gullar  ochilganda"),  Rabindrat  Tagor  ("Olovli  yo’llar"),  Abdullo 

("Dahoning yoshligi") kabi obrazlarni yaratishga muvaffaq bo’lgan. Botir Zokirov 

ijodiga  bag’ishlangan  "Menga  qo’shiq  chizib  ber",  "Aytilmay  qolgan  qo’shiq", 

"O’sha,  o’tgan  kunlar"  nomli  hujjatli  filmlar  suratga  olingan.  Mashhur  xonanda 

o’zbek  estrada  sanhati  dovrug’ini  sobiq  Ittifoq  respublikalari,  Frantsiya, 

Avstraliya, Germaniya, Kuba hamda Afrika qithasi mamlakatlarida keng yoydi.  

Botir  va  Luiza  Zokirovaning  dilbar  qo’shig’i 

"Baxt  qaydasan?"  deb  nomlanadi.  Zamonaviy  tilda 

aytilganda  bu  qo’shiq  duet  hisoblanadi.  Botir 

Zokirov:  Baxt  qayerdasan,  qani  sening  yorug’ 

qiyofang,  -  desa,  Luiza  Zokirova  unga  baxt  qorli  cho’qqilarda,  daryolarda, 

kuylanayotgan  qo’shiqlarda  deb  javob  beradi.  Qahramon  tog’  cho’qqilariga 

ko’tariladi,  daryolardan  o’tadi,  qo’shiqlar  yaratdi-  baxt  o’zi  qaydasan?  Shunda 

Luizaning chuqur va uzoqqa chorlovchi ovozi aks-sado beradi: Men yoningdaman, 

agar  qurbing  yetsa  meni  quvib  yet…    Ba’zan  qo’shiq  yoki  biror  san’at  asari 

insonning  taqdiriga  aylanadi.  1938  yilda  Zokirovlar  xonadonida  qizaloq  dunyoga 

keladi.  Ota-ona  opera  san’ati  ixlosmandlari  emasmi,  qizaloqqa  Shillerning  "Makr 

va muhabbat" dramasi qahramoni Luizaning ismini qo’yishadi. Uyda uni Zyuzyu 

deb erkalashar, Botir Zokirov esa uni Lyulyu deb chaqirardi.  

Oilada  yakka-yu  yagona  qiz  emasmi  oilada  uni  barcha  suyar,  u  oilaning 

duru gavhari hisoblanar, aka-ukalari uning barcha istagini bajarishga tayyor, Luiza 

ular nazarida malikalardek edi. Qiz nafaqat tashqi tarafdan go’zal, balki qalbi ham 

shu  qadar  sof  ediki,  barcha  bilan  samimiy  suhbatlashar,  ochiqko’ngil,  birovni 

aldashni bilmasdi. O’zgalarni aldayotganligini bilib qolsa chidab turolmas, to’g’ri 

so’zlayotganda  yaqinlarini  ham  ayamas  shuning  bilan  birga  juda-juda  mehribon 

edi.  



304 

 

Luiza  qo’shiq  kuylashni  erta  boshladi.  Ilk  bora  qo’shiqchi  sifatida  17 



yoshida chiqdi. 1955 yilda Moskvaga ketayotgan Hindiston bosh Vaziri Javoharlal 

Neru  Toshkentda  uch  kun  mehmon  bo’ldi.  Oliy  mehmonning  sharafiga 

uyushtirilgan kontsertda Luiza ilk bora hindcha qo’shiq kuyladi.  

Qo’shiq  mehmonlarga  manzur  bo’ldi.  Ular  kuchli  hayajonlanganlaridan 

ko’zlarida  yosh  qalqidi.  Indira  Gandi  qizning  yuzlaridan  o’pdi,  Neru  unga  fil 

suyagidan  ishlangan  to’g’nog’ich  sovg’a  qildi.  Sharq  musiqasiga  qiziqish  tufayli 

Luiza maktabni bitirib chet tillar institutiga kirdi. Bu yerda u ozgina o’qib, estrada 

Luizani  shu  qadar  rom  etdiki,  estrada  xonandasi  sifatida  u  qisqa  vaqt  mobaynida 

o’z  muxlislarini  topdi.  Toshkentdagi  hech  bir  kontsert  uning  ishtirokisiz 

o’tmaydigan bo’ldi.  

Xonanda  qo’shiqlari  yozilgan  grammafon  plastinkalari  ko’z  ochib 

yumguncha  sotilib  ketardi.  Taqdir  insonga  istehdodni  sahovat  bilan  ulashib,  uni 

omad  va  shon-sharafga  burkab,  bahzan  uning  irodasini  sinash  uchun  og’ir 

sinovlarni  ham  yuborarkan.  Luiza  Zokirova  ham  ana  shunday  qismatga  duchor 

bo’ldi.  Boshqalarga  doimo  jon  kuydirib  o’zining  sog’ligiga  qaramasdi.  Kasallik 

allaqachon  boshlanganiga  qaramasdan  u  hech  kimga  buni bildirmagan, uzoq  vaqt 

shifokorlarga  murojaat  qilmagandi.  Og’riq  qoldiruvchi  dorilar  kor  qilmagach  u 

shifoxonaga borishga majbur bo’ldi.  

Luizani  onkologiya  dispanseriga  tekshirishga  yubordilar.  Onkologiya 

markazida  doktor  Shek  tekshirish  natijalarini  ko’riboq,  darrov  operatsiya  qilish 

kerakligini  bildirdi.  Luiza  qarindoshlari  bilan  maslahatlashish,  balki  vidolashish 

uchun shifokordan bir kungagina ruxsat so’radi. Oilaviy kengashda Farrux Zokirov 

qathiy  qarorini  bildirdi:  "Luiza  hozir  tig’  ostiga  yotishi  mumkin  emas,  u 

operatsiyani  ko’tara olmaydi.  Turkona dorilar  bilan davolashni  qo’llab  ko’raylik-

chi, zora nafi tegsa".  

O’zbekistonda dovrug’i ketgan namanganlik Muhiddin tabib Luizani bir oy 

mobaynida  dorivor  giyohlar  bilan  davoladi.  Natijada  kuchli  og’riq  to’xtadi. 

Davolanish  natijalarini  bilish  maqsadida  yana  tekshirtirish  uchun  Onkologiya 

markaziga  borganlarida  doktor  Shek  ularni  endi  qabul  qila  olmasligini  bildirdi. 



305 

 

Biroq  tekshiruvlar  natijasida  o’simtani  o’sishi  va  kuchli  shamollash  to’xtaganligi 



aniqlandi. Zararli o’simtalarni kesib tashlash, kasallikni tag-tomiri bilan yo’qotish 

maqsadida  Luiza  Zokirovani  operatsiya  qilishdi.  Xudoning  inoyati,  yaqinlarining 

ruhan  qo’llab-quvvatlashlari  va  o’zining  irodasi  bilan  Luiza  Zokirova  xavfli 

kasallikni  yengdi.  To’qsoninchi  yillar  miyonasida  Luiza  Zokirova  turmush 

o’rtog’ining rahyi bilan doimiy yashash uchun AQShga ko’chib ketdi.  

Qizi  Nargiza  Zokirova,  nabiralari  Sabina,  Auel,  Laylolarni  qo’llab-

quvvatlab  yashamoqda.  U  yerda  ham  u  o’zbek  qo’shiqlarini  kuylamoqda.  Luiza 

Zokirova umrning cho’qqisini zabt etish uchun mana shunday qorli yo’llarni bosib 

o’tgan,  hayot  sinovlariga  bardosh  berish  orqali  baxtini  topgan  mana  shunday 

zahmatkash o’zbek ayolidir.  

Zamonaviy  o’zbek  estradasi  asoschisi  Botir  Zokirov xotirasiga  bag’ishlab 

o’tkazilgan  tadbir  haqida  so’z  yuritadigan  bo’lsak



  - 

ushbu  tadbir  yosh  ijodkor 

avlodni  musiqa  san’ati  tarixi  hamda  mashhur  vakillari  bilan  tanishtirish,  yosh 

o’g’il-qizlarning ijrochilik  mahorati  oshirish,  yosh va katta  avlodlar uchrashuvini 

amalga  oshirish  hamda  O’zbekiston  Respublikasida    2015  yil  –  Keksalarni 

e’zozlash yili Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taominlash doirasida 

tashkil etilgan. Tadbir 2015 yil 30 aprel kuni kuni soat 15:00 da muassasa faollar 

zalida o’tkazildi.  

Tadbirda o’zbek estrada san’atining asoschisi Botir Zokirovning hayoti va 

ijodi,  musiqa  yo’nalishiga  qo’shgan  hissasi  haqida  so’z  bordi.  Xotira  tadbiriga 

taklif  etilgan  mehmonlardan  san’atshunoslik  fanlari  doktori,  professor, 

O’zbekistonda  xizmat  ko’rsatgan  sanoat  arbobi  To’xtasin  G’afurbekov, 

O’zbekiston  xalq  artisti  Farrux  Zokirov,  O’zbekiston  xalq  artisti  Nasiba 

Abdullaeva,  O’zbekiston  xalq  artisti  Xayrulla  Sa’diev,  sanoatshunoslik  fanlari 

nomzodi,  doktorant  Gulshanoy  Tursunova,  Xalqaro  tanlovlar  laureati  Ravshan 

Zokirovlar  xalqimizning  taniqli  qo’shiqchisi  Botir  Zokirov  haqida  o’z  xotiralari 

bilan  o’rtoqlashdilar.  Ijodiy  kecha  yakunida  muassasa  o’quvchilari  tarkibidan 

iborat orkestr o’z san’atini namoyish etdi.  

 



306 

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish