O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Estradaning turlari va uning tarqalish oqimalari



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

2-§. Estradaning turlari va uning tarqalish oqimalari.  

Zamonaviy o’zbek estradasidagi oqimlari. O’zbek tinglovchisi uchun yangi 

bo’lgan  musiqiy  estrada  oqimi  repning  g’arblashgan,  paydar-pay  so’zlari 

ummoniga ko’mib borayotgan qalqib yurishi, yoshlar uning kelib chiqishi haqida 

o’ylashga  vaqti  yo’q.  Aytish  lozimki,  repning  tahlildan  yiroq  tovush 

kombinatsiyasi, ma’lum bir tartibga tushirilmagan usullari va ohanglari mazmunini 

yangilik deb, ko’r-ko’rona baholovchilar soni ko’plab kuzatilmoqda. Tanqidchilar 

repni  yo’nalish  sifatida  biron-bir  estetik  ta’sir  beruvchi  badiiy  janr  sifatida  ham 

qabul qilmayaptilar. Repning ifoda xususiyati, ya’ni - siniq usullari, noaniq ohang 

tizimi  yangilik  deb  baholanishi  yangi  oqimning  boshlanishi,  qolaversa,  uning 

badiiy  jihatlarining  asosiy  belgisi  paydar-paylik  ekanligi  repchilar  tomonidan 

o’zlariga ma’qul darajada izohlanib turibdi. Bu masala musiqashunoslik mezonlari 

bo’yicha ham g’ayritabiy - bepardalikka moslashishi mumkin.  

Repga  jo’rnavozlik  qilish  nafaqat  milliy,  balki  pop,  rok  va  hokazo  ijro 

uslublarida  foydalaniladigan  cholg’ularni  ham  noqulay,  to’g’rirog’i,  noaniq 

ifodaga  chorlaydi.  Bu  uslub  ijrochidan  ovoz  kuchi,  tembr  va  diapazon  talab 

qilmaydi.  Ohang  tizimi  ham  aytib  o’tganimizdek,  musiqiy  ohang  kanonlaridan 

yiroq,  ohanglashuvgacha  bo’lgan  intonatsiyada  shakllangan.  U  qo’shiqchining 

gavda  harakatlari,  oyoq  va  qo’l  harakatlari  bilan  mazmunan  bog’lanmagan.  Fon 



281 

 

sifatida raqs ijro qiluvchilar harakatlari va repchi harakati orasida sinxronlik yo’q. 



Ularning harakatlarida yaxlitlik - kompozitsiya kuzatilmaydi. Mavjud harakatlar va 

repchi ijrosi bir maqsadga bo’ysundirilmagan. Repchi ham, raqqoslar va raqqosalar 

ham o’zlarining alohida harakat turi atrofida chegaralanadi.  

Sof  intonatsiya  yo’qligi  tufayli  jo’rnavozlik  qiluvchi  cholg’ular  safida 

milliylik  alomatlarini  keltirib  chiqaruvchi  tovushlar  harakati  haqida  fikr  yuritish 

mumkin  ham  emas.  Sababi,  qayd  qilganimizdek,  bu  ijro  yo’nalishida  sof 

intonatsiya  g’alizlik  belgisi  sifatida  tushuniladi.  Qo’shiqchi  intonatsiyasining 

tozaligi bepardalikka yaqin tovushlar majmuidan tashkil topishi ular uchun muhim 

omil sanaladi.  

Xorij  rep  tovush  tizimini  to’g’ridan-to’g’ri  ko’chirib,  badiiy  boyitish 

maqsadini amalga oshirishda ham, ijroga shaxsiy talqin - ifodasini qo’llashda ham 

noaniqliklar  mavjud.  Pop,  qisman  rok  yo’nalishida  ijod  qiladigan  ijrochilar 

sahnalardan  tashqari  turli  xalq  marosimlari  (to’ylar,  bayramlar  va  hokazo)da 

ishtirok  etsalar,  rep  faqat  sahnada  qolib  ketmoqda.  Unda  mujassam  bo’lgan 

repperona g’oya zamonaviy xorij musiqa psixologiyasidan sharq, xususan, o’zbek 

tinglovchisi  tafakkuriga  moslab,  tabiiy  tarzda  singdirilmas  ekan,  uning  faoliyati 

ommalashmaydi.  Uning  estetik  ma’naviy  ta’siri  milliy  musiqa  va  uning  haqiqiy 

durdonalari  bilan  hali  tanishib,  bahra  olib  ulgurmagan  yoshlar  ruhiyatini  badiiy 

jihatdan  nomukammal,  mavhum  mazmun  bilan  chalg’itmasligi  kerak.  Sharqona 

estetik vazifa ular uchun ham ijod mahsuli bo’lishi lozim.  

Rep  oqimining  dastlabki  shakllanishi  davridagi  omadsiz  izlanishlar  davri 

o’tdi. Bunday asarlar ijodkorlari yangi topilma qilayotganlar kabi, sharq va g’arb 

ijodkorlaridan ko’chirma qila boshlashlari bilan birgalikda ana shu ijod printsipini 

o’zlari darajasidagi fikrlovchi san’atkorlarga ham singdira boshladilar. Chunonchi, 

rep  yo’nalishi  ijodkorlari  yaratayotgan  qo’shiqlar  shou-biznes  talablariga 

moslashtirilib,  xalq  badiiy  tafakkuri  qobig’idan  chiqishi  oddiy  holga  aylanib 

bormoqda.  Bu  borada  ayrim  taniqli  estrada  qo’shiqchilarining  fikrlarida  ham 

noaniqliklar  mavjud.  Xususan,  maqomlarni  maromiga  yetkazib  ijro  etadigan 

san’atkorlar nega uch-to’rt kun kontsert bera olmayapti-yu, kecha chiqqan repper 



282 

 

uch kun kontsert berdi? Chiptalar yetmay qoldi



Shou-biznesni to’g’ri qabul qilish 

kerak.  Qanaqa  rep  uslubi  yoki  yo’nalishida  ijod  qilayotgan  yoshlarning  yo’li 

to’silishi  yoki  ushbu  yo’nalishga  barham  berilishi  kerak,  degan  fikrdan  endi 

ko’plar  voz  kechdi.  Shuning  bilan  birgalikda  ularning  niyati  faqat  chipta  sotib, 

odam yig’ishdan iborat, xalq badiiy tafakkuridan yiroq bo’lgan Chet el andazasini 

milliy  musiqiy  talablarga  zid  qo’yib,  sharm-hayo,  ibo,  qolaversa,  qo’shiq  aytish 

san’atini o’zlashtirmasdan kuylashdir deganlar ham o’zgardi.  

Shuningdek,  rep  yo’nalishidagi  qo’shiq,  raqs  va  ularga  jo’rnavozlik 

qiluvchi  cholg’ular  sadosidagi  ayrim  tovushlar  badiiy  nuqtai  nazardan  repning 

spetsifik xususiyatiga mos kelsada, asar sifatida bajaradigan vazifasi estetik nuqtai 

nazardan uzoq, mazmunsiz, fikri o’rinli, bular ham falsafiy mulohaza yurita oladi, 

degan tushuncha egallamoqda.  

Endi  repchi  qaysi  musiqiy  janr  yo’nalishida  tarbiyalanishi  jumboq  bo’lib 

turibdi, sababi, nomukammal tovush fonini tuzish, raqssimon gavda harakatlari va 

qo’shiq mazmunini qo’l orqali ifodalash – yaxlit badiiy to’kislikdan uzoqligi bunga 

sabab  bo’lmoqda.  Demak,  bu  yo’nalishda  ham  sharqona  me’yor  bo’lishi  ushbu 

oqim mazmuniga oydinlik kiritadi. Tamomila mustaqil janr sifatida mavjud estrada 

yo’nalishlari  qobig’ida,  ularga  qaram  bo’lmasada,  qo’shiq  kuylash  printsiplari 

repchilar tomonidan o’zlashtirilishi kerak bo’ladi. Aks holda, uning yaratilishi va 

ijro printsiplari mavhumligicha qolib ketishi mumkin.  

Estradada  zamonaviylik  va  milliylik.  Bastakor  aranjirovkachilar  I. 

Akbarov,  Ye.  Shiryayev,  E.  Salixov,  E.  Jivayev  va  boshqalar  ijodida  milliylikka 

tayanib yaratilgan musiqiy asarlar paydo bo’ldi. XX asr  - o’tgan asrning ikkinchi 

yarmi  estrada  musiqasi  ham  alohida  janr  darajasida  san’at  turi  sifatida  shakllana 

boshladi. Chunki, ularning dastlabki asarlari estrada-simfonik orkestr jo’rligida ijro 

qilingan bo’lsa, so’ngra elektrlashtirilgan gitaralar, undan keyinroq gitaralar safiga 

qo’shilgan  organlar  va  boshqa  cholg’ular  ishtirokidagi  ansambllarda  amalga 

oshirila  boshlandi.  Qayd  qilingan  cholg’ular  o’zbek  milliy  musiqa  ijrochiligida 

ishtirok  etmasa-da,  ular  orqali  milliy  ifoda  berish  uchun  turli  yondashuvlar, 

izlanishlarga olib borildi.  



283 

 

Shunday  bo’lsa-da,  milliy  musiqa  tovush  vositasi  -  milliy  cholg’ulardan 



foydalanish  keng  miqyosda  o’z  aksini  topgani  emas  edi.  Keyingi  yillarda  milliy 

cholg’ular  ijrosi  Madaniyat  va  sport  ishlari  vazirligi  qoshidagi  estrada-simfonik 

orkestr faoliyatida o’z ifodasini topmoqda.  

Endilikda  estrada  qo’shiqlari  orasida  milliylik  kanonlariga  tayanib 

yaratilgan  asarlar  qatorida  qo’yilayotgan  ko’chirmachilik,  g’aliz  intonatsiya, 

quroqlashgan ohang tizimi va hokazo ijrochilik bilan bog’liq unsurlarni yoritishga 

urg’u berilmoqda.  

Estrada  xonandasining  kasbiy  darajasi  mumtoz  musiqa  ijrochilari  qatorida 

millat  badiiy  g’oyasi  va  ichki  dunyosini  anglash  bilan  birgalikda,  xalq  tarixi, 

sotsial  o’zgarishlar  va  ma’naviy  talab  asosida  to’ldirilishi  lozim.  Bu  ma’lum  bir 

musiqiy  oqim  yoki  shaklga  intilish  bilan  belgilanmasdan,  davr  badiiy  g’oyasiga, 

xalq merosiga bog’liq kechishi maqsadli hisoblanadi.  

Musiqadagi  estrada  janri,  bu  -  turli  madaniyatlar,  xalqlar  badiiy  g’oyalari 

aks etgan musiqa turidir. Lekin, uning barcha ko’rinishlariga yengil musiqa - inson 

ruhiga faqat hayotbaxshlik kayfiyatini olib kiruvchi omil sifatida qaraladi.  

Bu  yo’ldagi  izlanishlar  ohang  o’g’irligi,  ya’ni  qaroqchilik  nokasbiy 

darajadagi  mutaxassislar  orasida  o’zi  yozib,  o’zi  kuylovchilar  safini  kengaytirib 

yubordi.  Sun’iy  tarzda  to’qiladigan  jo’rovozlik  bilan  birga  qo’shiqchi  ovozidagi 

nuqsonlarni  kompyuter  yordamida  tekislash  ham  yo’lga  qo’yildi.  Bu  haqiqiy 

san’atda  an’ana  bo’lib  kelgan  uzviylikni,  hatto  davomiylikni  ham  inkor  qiluvchi 

inkubator ko’rinishni joriy qilishdir.  

Jahon  estradasi  yulduzlari  orqasidan  izlab  quvish,  ularga  ko’r-ko’rona 

taassub qilish, hatto nazardan qolganlariga ham sajdada bo’lish hozirgi kunda keng 

avj  oldi.  Bu  o’zbek  estradasidagi  musiqa  janriga  nisbatan  o’tkinchi  janr  yoki 

nomustaqil ijod turi sifatida qarovchilar safini kengaytirdi.  

Estrada  musiqasi  boshqa  tizimga  o’tib  ketdi,  uning  endi  xalqchil  bo’lishi 

qiyin  yoki  mumkin  emas  qabilida  aytilayotgan  tezislarning  ko’payishiga  imkon 

yaratildi. Natijada  milliy  estrada  degan  tushuncha  hali-hanuz  mezonsiz  qolmoqda 




284 

 

va unga milliy musiqa janrlari qatorida o’z estetik qiymatiga ega san’at turi sifatida 



jiddiy qaralmay kelinmoqda.  

Vaholanki, o’zbek milliy estrada qo’shiqchiligi tamal toshini qo’ygan Botir 

Zokirov  va  uning  izdoshlari,  zamondoshlari  Yunus  To’rayev,  Staxan  Rahimov, 

Alia  Yoshpe  va  boshqalar  o’zbek  estradasi  sahnasida  milliy  va  nomilliy  kuylash 

uslubini  sintezlashtirish  natijasida  uni  shaklan  va  mazmunan  uyg’unlashtirishga 

erishganlar.  

Mazkur  bog’liqlik  turli  me’yoriy  ko’rinishlarga  ega.  Pirovardida,  o’zbek 

kasbiy  qo’shiqchiligidagi  nola,  qochirimlaridek  bezaklari  ko’p  xalqlarda  mavjud 

emas. Hatto qator jahon estrada yulduzlari tabiatida ham bizchalik tovush bezaklari 

mujassamlashmagan.  Shunday  ekan,  nima  uchun  ayrim  yulduzlar  uslublari  bizda 

majburan ifoda topishi shart bo’lishi kerak?!  

Mumkin,  ularda  mujassam  bo’lgan  ijro  texnikasi  ko’p  jihatlari  bilan 

bizning kasbiy estrada qo’shiqchilarimiznikidan ustundir. Lekin, ular o’ta qadimiy 

madaniyati,  urf-odatlariyu  qadriyatlarini  asrlar  davomida  saqlab,  boyitib 

kelayotgan  xalq  vakillaridan  badiiy-g’oyaviy  jihatdan  ustun  bo’lmasalar  kerak. 

Ana shu milliylik unsurlari mushtarak bo’lgan ijrochilik tizimi hayot qonuniyatlari 

kesimida  dunyoviy  tasavvurga  ega  bo’lgan  B.  Zokirov,  Yu.  To’rayev,  N. 

Abdullayeva,  M.  Mavlonov,  G’.  Yoqubov,  O.  Nazarbekov,  M.  Nomozov,  G. 

Mamazoitova, kabi qator ijod sohiblarini etkazib berdi. Ularning ovoz dinamikasi, 

diapazonlari va tembrlari naqadar rang-barngaldigini ko’rish mumkin.  

Taniqli  munaqqidlardan  birining  maqola  muallifi  tilga  olgan:  Axloqi 

buzuq,  ma’nan  qashshoq  odam  sahnadan  turib  tomoshabinni  poklik  va 

olijanoblikka  da’vat  eta  olmaydi,  degan  so’zlari,  nazarimizda,  nafaqat  teatr 

aktyorlariga,  balki  sahnaga  chiqayotgan  har  bir  ijrochiga  (xonanda,  raqqosa, 

qiziqchi va hokazo) ham tegishli.  

Xalqimizning  ma’naviy  kamolotida  barcha  san’atlarning  o’ziga  xos  o’rni 

bor.  Jumladan,  qo’shiqchilik  san’ati  ham  bu  borada  alohida  ahamiyat  kasb  etib 

borayotgani  hammamizga  ma’lum.  Negaki,  qo’shiqni  har  uni  televidenie,  radio 

to’lqinlari,  ko’cha-kuyda,  bozorlarda,  hatto  avtotransport  vositalarida  ham 



285 

 

eshitamiz.  Quloqqa  yoqadimi-yo’qmi  eshitishga  (tinglashgaemas)  majburmiz. 



Yoshi  ulug’lar  ham  buholatga  ko’nikib  bo’lishdi.  Shuning  uchun  bugun  qaerga 

bormaylik,  kim  bilan  suhbatlashmaylik,  gap  aylanib  estrada  xonandalariga  kelib 

taqalyapti. Haqiqatan, yangi-yangi ovozlar ko’payib boryapti.  

Yurtimiziste’dodlarga  boy.  Ana  shu  yoshlarningemin-erkin  ijod  qilishi 

uchun  barcha  shart-sharoitlar  yaratilgan.  Ammo  sholi  orasida  kurmagi  ham 

bo’lganidek, bu sohaga muayyan tayyorgarliksiz kirib kelayotganlar ham oz emas. 

Ana  shunday  chala  savod  xonandalar  tufayli  sayoz,  tumtaroq  matnli  qo’shiqlar 

ko’payib  bormoqda.  Bu  borada  ommaviy  axborot  vositalari  orqali  tez-tez 

chiqishlar  ham  bo’lyapti.  Afsuski,  bunday  chiqishlarni  ko’p  hollarda  aksariyat 

ziyolilar  o’qiydi.  Xonandalarning  birortasi  tanqidiy  maqolalarni  o’qirmikan,  deb 

o’ylab  qolasan  kishi.  Ochig’inia  ytish  kerak,  bugun  qo’shiqchilik  san’ati  va 

qo’shiqchilar oldida talay vazifalar turibdi.  

Qo’shiq  millat  madaniyatining  o’ziga  xos  ko’zgusi  ekan,  xonandalar 

umuminsoniy  qadriyatlarni  o’zida  mujassam  etgan,  xalqimizning  orzu-umidlarini 

ifodalaydigan, ertangi kunga umid va ishonch tuyg’ularini uyg’otadigan, yurtimiz 

shonu-sharafini  ko’taradigan  qo’shiqlar  yaratish  yo’lida  mudom  izlanishlari, 

ustozlar sabog’idan ibrat olib yashashi zarur, deb o’ylaymiz. Haqiqiy ijodkorning 

qalbi  doimo  uyg’oqbo’ladi.  Shunday  qalblardan  taralgan  ezgu  navolargina 

xalqning ko’ngliga etib boradi.  


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish