O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet157/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

3-Modul. Estrada san’ati.  

1-mavzu. O’zbek estrada san’ati.  

1-§. Estrada tushunchasi va uning xalq hayotidagi o’rni.  

Estrada

 (ispancha  -  taxtasupa),  estrada  sanʼati  -  1)  keng  maʼnoda  - 

koʻngilochar,  ommabop  badiiy  (abadiy,  musiqiy,  raqs,  tomoshaviy  va  boshqalar) 

janr va shakllarning umumiy ifodasi; 2) tor maʼnoda - sahnaviy professional sanʼat 

turi.  Rossiya  va  boshqalar  baʼzi  mamlakatlarda  Estrada  Angliyada  myuzikxoll, 

Fransiyada varyete, kafeshantan, kabare, AQShda shou, revyu kabi atamalar bilan 

yuritiladi.  Estradaning  kelib  chiqishi  xalq  ogʻzaki  ijodi  bilan  bogʻliq  boʻlsada,  u 

muayyan  (tijorat-  ommabop)  sanʼat  turi  sifatida  19-asrda  Yevropa  yirik 

shaharlarining  demokratik  ijtimoiymadaniy  muhitida  yuzaga  kelgan.  Estradaning 

asosiy  shakli  -  maxsus  joylarda,  muntazam  ravishda  oʻtkaziladigan  Estrada 

konsertidir.  U  bir  nechta  (yoki  yakka)  artist  (soʻz  ustasi,  xonanda,  raqqos,  aktyor 

va  boshqalar)ning  badiiy  tugal,  turfa  mazmundagi  kichik  chiqishlaridan  iborat 

boʻlib, ifoda  vositalarining loʻnda va  yorqinligi, oʻziga xosligi,  ishtirokchilarning 

tomoshabin  bilan  bevosita  muloqotda  boʻlishi  bilan  ajralib  turadi.  Estrada 

tomoshalari  baʼzan  konferansiya  birlashtirgan  mavzuli  dastur  asosida  tuziladi. 

Yevropada  Estrada  tomoshalari  dastlab  kafe  va  restoranlarda,  keyinchalik 




275 

 

moslashtirilgan  teatr  binolari  va  boshqalar  joylarda  oʻtkazilgan.  Ularda  soʻz 



ustalari,  qoʻshiqchilar,  raqqos  va  raqqosalar,  shuningdek,  akrobat,  koʻz 

bogʻlovchilar ishtirok etgan. Hozirda estrada sahnalarida monolog, fel’eton, hajviy 

hikoya  kabi  nutq  janrlari,  Estrada  (milliy,  bal  va  boshqalar)  raqsya,  kuplet  va 

Estrada  qoʻshigʻi,  koʻpgina  sirk  turlari  (akrobatika,  jonglyorlik,  fokus  va 

boshqalar),  teatr  miniatyurasi,  qoʻgʻirchoqbozlar  chiqishlari,  pantomima  va 

boshqalar mavjud.  

Estrada  XIX  asr  oxirlariga  kelib  bu  tushuncha  yakka  tartibda,  kichik 

shaklda ijro qilish ma’nosini anglata boshladi. Dramaturg pesa, rejissyor spektakl, 

aktyor  obraz  yaratadi.  Uchchala  jarayon  bir  kishida  mujassam  bo’lib,  u  kichik 

shakldagi  tomosha  yaratsa,  nomer  deb  ataladi.  Tomosha  –  nomer  yaratish  san’ati 

XX  asrdan  boshlab  estrada  deb  atala  boshlandi.  Nomer  yaratgan  va  uni  san’at 

darajasida  namoyish  qilgan  shaxs  estrada  aktyori  deb  nomlana  boshlandi. 

Ma’lumki,  XX  asr  o’zbek  musiqa  san’atida  keskin  yangilanishlar  davri  bo’ldi 

vanoan’anaviy  bastakorlik  ijodiyoti  hamda  yangi  kontsert  shakllari  yuzaga  keldi. 

Shu munosabat bilan musiqiy madaniyatga ham - estrada tushunchasi kirib keldi.  

Oʻzbekistonda  (boshqa  Sharq  mamlakatlarida  boʻlgani  kabi)  Estradaning 

rivojlanishi  quyidagi  koʻrinishlarda  boʻlgan:  bir  tomondan  unda  anʼanaviy  sanʼat 

namunalari sahna talablariga moslashtirib oʻzgartirilgan (mas, Tamaraxonim va M. 

Qoriyoqubov  ijrosidagi  xalqlalarlarining  sahna  talqinlari,  Yusufjon  qiziq  askiya 

anʼanalariga  asoslangan  konferansyelik  chiqishlari  va  boshqalar)  yoki  milliy 

janrlar negizida yangi sahna turlari yaratilgan (M. Turgʻunboyeva Usta Olim bilan 

birgalikda  ijod  qilgan  "Paxta",  "Pilla"  kabi  ommaviy  sahna  raqslari).  Ikkinchi 

tomondan Oʻzbekiston Estradasi chet el sanʼati shakl va uslublari (mas, jaz, estrada 

orkestri,  myuzikxoll)ni  oʻzlashtirishi  bilan  boyidi.  1956  yildan  Oʻzbek  estrada 

teatri,  keyinchalik  Oʻzbek  davlat  estrada  birlashmasi  (1996  yilgacha)  faoliyat 

koʻrsatgan.  

Hozirda  Oʻzbekistonda  Estrada  sanʼatini  rivojlantirish,  Estrada  jamoalari 

hamda  yakka  ijrochilar  faoliyatini  muvofiqlashtirish  kabi  vazifalar  "Oʻzbeknavo" 

birlashmasiga yuklatilgan. Estrada oʻquv yoʻnalishi sifatida maxsus taʼlim tizimiga 



276 

 

kiritilgan. 



1996 

yildan 


Toshkent 

estrada 


kolleji, 

Oʻzbekiston  davlat 

konservatoriyasi va boshqalar sanʼat (musiqa) oʻquv yurtlarida  Estrada fkultetlari 

faoliyat koʻrsatmoqda.  

Dastlabki  paytlarda  uning  qo’llanish  doirasi  nihoyatda  keng  bo’lganligi 

bilan  tavsiflanadi.  Bu  xususda  O.  Bekovning  quyidagi  fikr-muloxazalari 

e’tiborlidir:  -  Yorqin  rang-barang,  keskin  o’zgarishlar  asosida  tuzilgan,  ammo 

o’zaro bog’lanmagan estrada kontserti amalda barcha badiiy ijodiyotning nazm va 

musiqadan  to  tsirkgacha  qariyb  barcha  turlari  namunalarini  o’z  komiga  torta 

olishga  qodir  ekanligini  namoyish  etdi  va  nihoyat  filarmonik  kontsert  va  teatr 

spektakllaridan farqli o’laroq tomoshabin va artistlar orasidagi o’ziga xos muloqat, 

yengil  bog’liqlik  kabi  estrada  san’ati  ijrochilik  tabiatining  asosiga  aylandi.  Shu 

jumladan,  tomosha  jarayonida  tinglovchi  bilan  doimiy,  bevosita  bog’liq  bo’lish 

holati  o’ziga  xos  konferans  kabi  estrada  janrining  yuzaga  chiqishiga  ham  sabab 

bo’ldi. Muallif - estrada atamasini sahnaviy san’at kesimida talqin etarkan, uning 

belgilovchi  fazilatlari  sifatida  -  Jonli,  o’ziga  xos  sodda  musiqiy  shakllar,  gohida 

mualliflarning  yorqin,  shuningdek,  jo’nlashtirilgan  intonatsion  aylanma  hamda  - 

Ommaviy  raqsbop  usullarga  yondashuvlarini  alohida  ta’kidlaydi.  Ushbu  fikrlar 

o’zbek  musiqa  madaniyating,  asosan,  1920-1950  yillariga  taalluqlidir.  Ta’kidlash 

joizki,  hozirgi  O’zbekiston  voqeyligida  -  estrada  atamasi  nafaqat  sahna  bilan 

bog’liq  holda,  balki  musiqada  o’ziga  xos  yo’nalishni  tavsif  etishda  ham 

qo’llaniladi.  Demak,  musiqa  madaniyatida  estrada  atamasi  tor  ma’noda  ma’lum 

ijro va badiiy unsurlar birligiga asoslangan musiqa namunalarini ifoda etadi.  

Binobarin, bu o’rinda estrada istilohi xususiy tushuncha sifatida namoyon 

bo’lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda ushbu kesimdagi estradaga oid musiqiy 

estrada  tushunchasini  qo’llab  uning  zaminida  jadal  usulga  asoslangan  barcha 

sahnaviy musiqa janrlarining majmuini anglash maqsadga muvofiqdir.  

Shunday qilib, estrada so’zining lug’aviy ma’nosidan kelib chiqqan holda, 

ya’ni  uning  keng  ma’noda,  umumiy  sahna  san’ati  tushunchasi  sifatida  va  tor 

ma’noda  musiqiy  estrada  ya’ni  maxsus  tayyorgarligi  bo’lmagan  tinglovchi 

osongina  tushuna  oladigan  (jo’n)  xordiq  chiqarish  maqsadlariga  xizmat  qiluvchi 



277 

 

shaklan  va  mazmunan  oddiy,  tez  esda  qolarli  kuy  va,  asosan,  raqsbop  usullar 



(zaminida  ma’lum  qadar  -  bit,  ya’niy  jadal  usul)ni  mujassam  etgan  musiqa 

namunalariga qo’llash maqsadga muvofiqdir.  

Nazarimizda,  musiqiy  estrada  atamasini  tor  ma’noda  qo’llash  pirovardida 

pop-myuzik  atamasi  bilan  teng  ma’nolikka  va  mazkur  andazada  ijod  etilgan 

asarlarni musiqiy soha darajasida tasniflash kabi qulaylikka erishiladi. Ayni paytda 

atamalardagi  bir-biri  bilan  uzviy  bog’liq  kesishuv  va  tafovutlar  ham  bartaraf 

etilishi mumkin.  

O’zbek  musiqiy  estradasi shakllanishi  jarayoni  folklor  namunalari  muhim 

zamin bo’lganligini alohida ta’kidlash zarur. Bunda qo’shiq, lapar va ayniqsa sho’x 

yallalarning  raqsbopligi,  yengil  ohang  –  usullari  qo’l  kelgandi.  Ayni  paytda  bu 

holat o’zbek musiqiy estradasining milliylik asosini ham ta’minlovchi vositalardan 

bo’ldi.  

XX  asr  boshlarida  ijtimoiy-siyosiy  vaziyatlar  o’laroq  shakllana  boshlagan 

o’zbek estrada qo’shiqchiligini shartli ikki davrga bo’lish mumkin: 

-

 

an’anaviy janrlar – qo’shiq, lapar, yallalar rivojlangan davr;  



-

 

folklor janrlari musiqiy estrada talablari asosida usluban qayta ishlanish 



boshlangan davrdir.  

O’zbekiston Mustaqillikka erishgan davrdan boshlab yaratilayotgan san’at 

asarlari orasida Vatan, istiqlol, ozodlik, millat haqidagi qo’shiqlar keng o’rin oldi. 

Boshqa  san’at  turlari  qatorida  eng  ommaviy  san’at  turi  –  musiqiy  estrada  rivoji 

uchun yangi sharoit, yangi tizim joriy etildi.  

1996 yil 5 apreldagi O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining (PF-

1419-son)  Farmoniga  binoan  O’zbeknavo  gastrol-kontsert  birlashmasi  tashkil 

etildi. 2001 yilda Vazirlar Mahkamasining Estrada qo’shiqchilik san’atini yanada 

rivojlantirish  to’g’risidagi  (2001  yil  26  iyundagi  272-sonli)  qarori  e’lon  qilindi. 

Qarorda Respublika keng musiqiy jamoatchilik vakillari, estrada san’atining taniqli 

namoyondalari,  Ma’naviyat  va  ma’rifat  Kengashi,  Madaniyat  va  sport  ishlari 

vazirligi, O’zteleradiokompaniya, Yozuvchilar uyushmasi, Bastakorlar uyushmasi, 

Badiiy  akademiya  va  boshqa  manfaatdor  tashkilotlarning  takliflari  asosida 



278 

 

O’zbekiston  qahramoni,  O’zbekiston  xalq  shoiri  Erkin  Vohidov  raisligida  Milliy 



estrada san’atini rivojlantirish va muvofiqlashtirish Kengashi tuzildi, uning asosiy 

vazifasi etib: 

1.

 

Estrada  jamoalari,  yakkaxon  ijrochilar  hamda  boshqa  san’atkorlarning 



faoliyatini  muvofiqlashtirish,  ularning  ijodiy,  iqtisodiy,  huquqiy  manfaatlarini 

himoya qilish;  

2.

 

Zamonaviy 



estrada 

san’atining 

o’zbek 

musiqa 


madaniyati 

taraqqiyotidagi  o’rni,  g’oyaviy-badiiy  yo’nalishlari,  uni  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlar bilan uyg’unlikda rivojlantirish tamoyillarini belgilash;  

3.

 



Mamlakat  miqyosida  o’tkaziladigan  bayramlar,  festivallar,  ko’rik-

tanlovlar, tomosha-shoular, xalq sayllari va boshqa madaniy - ma’rifiy tadbirlarga 

doir tavsiyalar tayyorlash;  

4.

 



Milliy  estrada  san’atining  monitoringini  tashkil  etish,  sohani 

rivojlantirish  masalalariga  bag’ishlangan  turli  anjumanlar,  ilmiy-  ijodiy 

simpoziumlarni muntazam ravishda o’tkazib borish, o’z davriy nashrlarini yo’lga 

qo’yish;  

5.

 

Soha rivojiga munosib hissa qo’shayotgan san’atkorlarning nomzodlarini 



davlat  mukofotlariga  tavsiya  qilish,  o’zining  turli  nufuzli  mukofotlarini  ta’sis 

qilish, estrada namoyondalari, avvalambor, yoshlarni moddiy va ma’naviy jihatdan 

rag’batlantirish,  tegishli  o’quv  yurtlariga  tavsiya  etish  va  hokazolar  ko’rsatilgan 

edi.  


Estrada  san’atini  rivojlantirish  borasidagi  ishlarning  samaradorligini 

oshirish  uchun  O’zbeknavo  gastrol-kontsert  birlashmasi  tugatilib,  uning  negizida 

Milliy  Estrada  san’atini  rivojlantirish  va  muvofiqlashtirish  Kengashining  asosiy 

maqsad  va  vazifalarini  ado  etadigan  xo’jalik  hisobidagi  O’zbeknavo  estrada 

birlashmasi  tashkil  etilishi  belgilab  qo’yildi.  Birlashma  qoshida  ijodiy 

ko’maklashuvchi vakillar guruhi kengashi faoliyat ko’rsata boshladi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  qarori  nafaqat  estrada 

qo’shiqchiligi  sohasida  faoliyat  yurituvchi  sub’ektlar,  balki  umuman  musiqa 

san’ati ijrochiligi bilan shug’ullanuvchi guruhlar va yakka shaxslar ijodiy faoliyati 



279 

 

uchun  keng  yo’l  ochib  berdi  va  mazkur  soha  vakillari  oldiga  tegishli  vazifalarni 



qo’ydi.  Ayniqsa,  san’atkorlarning  ijodiy  nufuzi,  mahorati,  professional  malakasi, 

repertuar  saviyasiga  qarab  O’zbeknavo  estrada  birlashmasi  tomonidan  maxsus 

ruxsatnoma  (litsenziya)lar  berilishi  yo’lga  qo’yildi.  Bu  mazmunan  sayoz,  badiiy 

jihatdan  zaif  qo’shiqlarning  ma’naviy  tarbiya  ishiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatishini 

cheklash  bilan  birgalikda,  kasbiy  ijrochilik  me’yorini  belgilashda  muhim  omil 

bo’ldi.  O’z-o’zidan  litsenziya  asosida  faoliyat  yuritadigan  san’atkorlarning 

maqomi  kasbiy  ijrochilarga  tenglashtirildi.  Oddiy  qilib  aytganda,  haqiqiy  ijodga 

ko’mak beruvchi va rivojlantiruvchi maxsus tashkilot ish boshladi.  

O’zbeknavo  estrada  birlashmasining  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  va 

viloyatlar  hududiy  bo’linmalari  faoliyatlariga  ham  rahbarlik  qilishi,  mazkur 

tashkilot oldiga qo’yilgan vazifalarni markazlashgan tarzda boshqarilishini ko’zda 

tutilganligi  bilan  birgalikda,  badiiy-g’oyaviy  yaxlitlikni  ta’minlashga  ham 

qaratildi.  O’zbeknavo  estrada  birlashmasi  bilan  Anor  Nazarov,  Alisher  Ikromov, 

Alisher  Rasulov,  Doni  Ilyosov,  Bahrulla  Lutfullayev,  Dilorom  Omonullayeva, 

Sultonali  Rahmatov  kabi  bastakorlar,  Qodir  Mo’minov,  Shokir  Ahmedov, 

Ma’mura  Ergasheva,  Nasiba  Madrahimova,  Muyassar  Sotvoldiyeva,  Viloyat 

Oqilova  kabi  baletmeysterlar  ijodiy  hamkorlik  qilmoqda.  Bu  hamkorlik  Ozodbek 

Nazarbekov,  G’ulomjon  Yoqubov,  Zulayho  Boyxonova,  Sobir  Mo’minov,  Ilhom 

Farmonov,  Gulsanam  Mamazoitova,  Avaz  Olimov,  Izzat  Ibragimov,  Abdulla 

Shoma’rupov, Rayhon G’anieva, Rashid Xoliqov, Anvar G’aniev, G’iyos Boytoev, 

Mahmud  Namozov,  Mavluda  Asalxo’jaeva,  Tohir  Sodiqov,  Sevara  Nazarxon, 

Shuhrat  Qayumov,  Feruza  Jumaniyozova,  Dilnoza  Ismiyaminova,  Samandar 

Hamroqulov,  Yodgor  Mirzajonov,  Jahongir  Otajonov,  Jasur  Mirsagatov,  Sardor 

Rahimxon,  Iroda  Dilroz,  Lola  Ahmedova,  Firdavs  Pazleddinov,  Hulkar 

Abdullaeva, Abduvali Rajabov, Sevinch Mo’minova, Shahlo Rustamova, Og’abek 

Sobirov,  Anvar  Sobirov,  Akmal  Isroilov,  Hosila  Rahimova,  Toshpo’lat 

Matkarimov,  Aziz  Rajabiy  va  boshqalar  ijodining  mavzu  jihatdan  boyishida 

muhim o’rin tutdi.  




280 

 

Ular  tomonidan  yaratilgan  asarlar  Mustaqillik,  Navro’z,  O’zbekiston  - 



Vatanim manim, Nihol, Sharq taronalari va shu kabi o’nlab Xalqaro va Respublika 

ko’rik-tanlovlarida,  festival-forumlarda,  bayram  va  tok-shoularda  ijro  qilina 

boshlandi.  Ularning  orasida  Ozodbek  Nazarbekov,  Nasiba  Abdullayeva, 

G’ulomjon  Yoqubov,  G’iyos  Boytoev,  Mahmud  Nomozov,  Gulsanam 

Mamazoitova kabi o’nlab xonandalar tomonidan ijro qilingan qo’shiqlar milliyligi 

hamda  badiiy-g’oyaviy  saviyasining  yuqoriligi  bilan  ajralib  turadi.  Qo’shiqlarda 

aks  etgan 

milliylik, 

Vatanga 

sadoqat, 

qolaversa,  xonandalar  qalbida 

shakllanayotgan  tafakkur  -  estrada  qo’shiqchiligida  jiddiy  izlanish,  yangi 

yo’nalishlarni  topish  jarayoni  kechayotganidan  dalolat  desak,  mubolag’a 

bo’lmaydi.  




Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish