Milliy istiqlol va zamonaviy musiqa taraqqiyoti.
1-§. Miliy istiqlol musiqa taraqqiyotining garovi.
Istiqlol sharofati bilan o’tgan davrlar mobaynida musiqiy san'atimiz yangi
bosqichlarga ko’tarildi. Jahon musiqiy madaniyati bilan xamkorlik rishtalari
yangidan bog’landi. O’zbek xalqining boy musiqa merosini, sharq musiqa
madaniyati bilan mushtarakligini nazarda tutgan muxtaram Prezidentimizning -
263
Sharq musiqasining jahon madaniy merosida tutgan o’rni buyuk. Bu musiqa ming-
ming yillardan beri odamlar dilini poklab, ularni ruhan yuksaltirib kelmoqda»
degan so’zlari buning yorqin dalilidir.
Darxaqiqat, bugungi kunda o’zbek musiqa san'atining jahon musiqiy
san'atiga qo’shayotgan hissasi beqiyosdir. Turg’un Alimatov, Abduhoshim
Ismoilov, Munojot Yo’lchiyeva, Yulduz Usmonova, Nasiba Abdullayeva singari
xalq sevgan mashxur san'atkorlarni, - Yalla, - Sug’diyona, Milliy simfonik orkestr
singari jamoalarni jahon sahnalaridagi muvaffaqiyatlari taxsinga sazovordir.
Shuningdek, o’tgan o’n ikki yil davomida qator istedodli yoshlar nufuzli xalqaro
tanlov va festivallarning sovrindorlari bo’lishdi. Pianino ijrochilari Ulug’bek
Polvonov, Gulnora Alimova, Nargiza Alimova, Irina Gulrzarova, Rustam
Abdullayev, yosh xonandalar - Anna Guzairova, Saida Mamadaliyeva, Sevara
Nazarxonova, kamonli torli cholg’u ijrochilari - Dilshod Nazarov, Sunnat
Ibroximov, Marina Sarkisova, Anastasiya Yudenich, Ali Izmaylov shular
jumlasidandir.
Istiqlol yillarida musiqiy madaniyatimizni rivojlantirish sohasida
Prezidentimizning qator farmonlari va qarorlari e’lon qilindi.
Bular orasida:
-
O’zbeknavo gastrol - konsert birlashmasini tashkil etish to’g’risida
(1996),
-
O’zbekiston - Vatanim manim qo’shiqlar bayramini o’tkazish to’g’risida
(1996),
-
Respublikada musiqiy ta'limni, madaniyat va san'at o’quv yurtlari
faoliyatini yaxshilash to’g’risida (1996),
-
O’zbekistonda estrada san'atini yanada rivojlantirish to’g’risida (1998,
2001) singari farmon va qarorlar respublikamizda musiqiy san'atni yanada
yuksaltirish borasida qo’yilgan qadamdir.
Ayniqsa, 1997 yildan buyon har ikki yilda Samarqand shahrida
o’tkazilayotgan - Sharq taronalari xalqaro musiqa festivali xalqaro maydonda
yurtimiz nufuzini yanada oshirib yubordi. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning 40
264
dan ortiq davlatlari vakillari ishtirok etmoqda. Bu festivalda o’zbek xonanda va
ijrochilarining sovrinli o’rinlarni egallashi tahsinga sazovor bo’lmoqda. Bundan
tashqari, Toshkent shahrida 1998 yildan boshlab xalqaro simfonik musiqa
festivalining o’tkazilishi, unda jahonning ko’zga ko’ringan dirijyorlari va
ijrochilarining qatnashishi, 1995 yildan boshlab - Ilxom – XX Xalqaro zamonaviy
kamer musiqasi festivalining o’tkazilishi xam musiqiy san'atimiz nufuzini
oshirmoqda.
Mustaqillikning birinchi yilidan boshlab zo’r ko’tarinkilik ruxi bilan
o’tkazilayotgan Mustaqillik va Navro’z bayramlari shodiyonalari, musiqamiz
rivojiga ham o’zining salmoqli hissasini qo’shib qo’shmoqda.
Xalq folklor ijodiyoti, an'anaviy kasbiy musiqa, harbiy vatanparvarlik
ruhidagi musiqiy yo’nalish, xar bir viloyatning o’ziga xos musiqiy qirralarini
o’zida mujassamlashtirgan ijrolar yuksak professionallik darajasiga ko’tarildi.
Ayniqsa, milliy estrada ruhidagi qo’shiqlar, yangi-yangi estradamiz yulduzlarini
kashf etdi. Shu-ningdek, Buxoro, Xiva, Termiz, Nukus shaharlarining yubiley
tantanalariga tayyorlangan konsert dasturlari, «Avesto»ning 2700 yilligi,
«Alpomish» dostonining 1000 yiligi, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Al-Farg’oniy
kabi buyuk ajdodlarimizning qutlug’ sanalariga bag’ishlangan konsert dasturlari
xam musiqiy ijrochiligimizning yuksalib borayotganligidan dalolat bermoqda.
Ushbu barcha katta tadbirlarda yangi musiqiy dasturlar rejissurasi shakllandi.
Mazkur konsert dasturlarini jaxonning 50 dan ortiq davlatlari
televidenielari to’g’ridan - to’g’ri efirga uzatdilar. Mustaqillik yillarida o’zbek
xalqining asrlar davomida go’zal ma'naviy boyligiga aylanib kelgan milliy
musiqasiga katta e'tibor be-rildi. Xalq folklor musiqasi ijrochiligi yuqori darajaga
ko’tarildi.
O’tgan davrlar mobaynida ushbu yo’nalishga bag’ishlangan qator ko’rik
tanlovlarning o’tkazilishi fikrimizning dalilidir.
1.
Katta ashula ijrochiligi va oilaviy ansambllar (Qo’qon, 1991, Shaxrisabz,
1994);
2.
Alla ijrochilari (Toshkent, 1992, 1994, 1998, 2000; Marg’ilon, 1996);
265
3.
Tuy-marosim qo’shiqlari ijrochilari (Toshkent, 1993);
4.
Folklor-etnografik jamoalari «Chashma» tanlovi (Toshkent, 1994);
5.
«Istexdod» nomli yosh xonandalar (Toshkent, 1995);
6.
Baxshi - shoirlar (Denov, 1991, Narpay, 1993, Toshkent, 1995, 1997,
Termiz, 1999);
7.
Maqom ijrochilari va xalq cholg’ulari ansambllari (Shaxrisabz, 1996);
8.
Barxayot siymolar (Toshkent, 1996, 1997, 1998);
9.
Oilaviy ansambllari (Jizzax, 1998);
10.
folklor-etnografik ansambllari (Toshkent, 1999);
11.
M. Uzoqov va J. Sultonov nomidagi yosh xonandalar (Marg’ilon,
1997, 1999, 2001);
12.
Xoji Abdulaziz Abdurasulov nomidagi yosh xonandalar (Samarqand,
1997);
13.
Komiljon Otaniyozov nomidagi yosh xonandalar (Urganch, 2001);
14.
Yunus Rajabiy nomidagi IV Xalqaro va V Respublika Maqom
ijrochilari (Toshkent, 1995, 1999);
15.
Oilaviy ansambllar (1995) va folklor-etnografik jamoalari (1996)
telefestivallari shular jumlasidandir.
Istiqlolning o’tgan davrlari mobaynida xalq musiqa ijodiyoti yo’nalishi
yangi bosqichga ko’tarildi. Musiqiy folklorni xalqimizning etnik joylanishi
sharoitidan, barcha voxalarning urf-odatlari nuqtai nazaridan kelib chiqqan xolda
tabiiy ijroviy ko’rinishi, kiyimlari va o’ziga xos musiqa sozlaridagi musiqiy
ko’rinishi saqlanib qolmoqda. Yangilik sifatida xalq folklor ijrochiligining milliy
estrada yo’nalishiga uyg’unlashgan xolda yangi ijroviy namunalari xam namoyon
bo’lmoqda. Bu ko’rinishlar xalq musiqiy folklor ijodiyotini yangilanish bosqichiga
ko’tarilganidan dalolatdir.
Respublikamizda ushbu janrda ijod qilayotgan:
-
Besh qarsaq;
-
Boysun;
-
Gulyor;
266
-
Omonyor;
-
Gulchehralar;
-
Doston;
-
Besperde;
-
Orzu;
-
Yor-yor;
-
Chavgi;
-
Moxi Sitora singari ko’plab ansambllar o’zlarining yorqin ijodlari bilan
namuna bo’lmoqdalar.
Yana bir xalqona musiqiy yo’nalish mumtoz an'anaviy musiqiy ijrochiligi
soxasida xam e'tiborli ishlar amalga oshirildi. Asrlar qa’ridan, ajdodlarimizdan
bizga meros bo’lib kelgan xalq an'anaviy kasbiy musiqamiz yangi-yangi boy
an'analarni davom ettirmoqda.
Bu borada Turg’un Alimatov, Orifxon Xotamov (marxum), Fattoxxon
Mamadaliyev (marxum), G’ulomjon Xojiqulov, Abduxoshim Ismoilov, O’lmas
Rasulov, Temur Maxmudov, Mamasiddiq Madaliyev singari mashxur bastakorlar,
xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari yorqin misol bo’la oladi. Ushbu
maqom va an'anaviy yo’llarni xalqqa yetkazishda xofiz va xonandalarning xam
xizmatlari beqiyosdir. Xofizlik ijrochiligining yangi-yangi avlodlari yetishib
chiqmoqda. Musiqiy merosimizning yetakchi yo’nalishlaridan bo’lmish xalq
baxshichilik va dostonchilik san'ati xam jadal suratlar bilan rivojlanmoqda.
Alpomish dostonining 1000 yilligini bayram qilinishi bu soxada yangi qo’yilgan
qadam bo’ldi.
Istiqlol yillarida xalq mumtoz qo’shiqchiligini, xalq baxshichilik san'atini
rivojlantirish borasida talay ishlar qilindi. Bu borada Prezidentimiznig farmoni
bilan:
-
O’zbekiston Respublikasi xalq xofizi;
-
O’zbekiston Respublikasi xalq baxshisi faxriy unvonlarini tasis etilishi
ushbu soxaga bo’lgan e'tibordan dalolatdir.
267
Xalq musiqa ijodiyotini ilmiy taxlil qilish, musiqa ilmini amaliyot bilan
bog’lash borasida o’zbek musiqashunos olimlarining xizmatlari xam beqiyos
bo’lmoqda. Natijada bu borada qator o’quv uslubiy qo’llanmalar, monografiyalar,
ilmiy maqolalar chop etilmoqda. Ilmiy izlanish natijasida yangi-yangi ilmiy-
tadkiqot ishlari yuzaga kelmokda. Bularning barchasi xalq musiqiy ijodiyotining
mumtoz kasbiy musiqasini ilmiy asoslangan yo’nalishda o’rganish va ijro etishda
muxim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |