O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


-§. Estradada – “ommaviy madaniyat”ning suqilib kelishi



Download 24,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/217
Sana21.01.2022
Hajmi24,55 Mb.
#393960
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   217
Bog'liq
13818 1631871226

 

3-§. Estradada – “ommaviy madaniyat”ning suqilib kelishi.  

O’zbekiston  Respublikasi  Mustaqilligining  dastlabki  kunlaridan  barcha 

sohalarda bo’lgani kabi o’zbek milliy musiqa madaniyatiga har qachongidan ham 

jiddiy  e’tibor  qaratildi.  21  mart  umumxalq  Navro’z  bayrami  sifatida  keng 

nishonlandi.  Ramazon  hayiti,  Qurbon  hayiti  kabi  diniy  qadriyatlarmiz  qayta 

tiklandi va ularning Respublikamizning barcha xududlarida milliy bayram sifatida 

keng  nishonlanishi  tashkil  etildi.  Bu  jarayondan  ilhomlangan  san’atshunos, 

musiqashunos,  folklorshunos,  madaniyatshunos  olimlarimiz  o’z  oldilariga  katta 

vazifalarni qo’ydi. Respublikamiz bo’ylab musiqiy folklor ekspeditsiyalari tashkil 



286 

 

etildi.  Aholi  orasida  sho’rolar  mafkurasi  tufayli  qatog’on  ostiga  olingan  taqib 



qilingan  musiqiy  meros  qayta  o’rganildi.  Natijada  boy  musiqiy  meros  yig’ildi. 

Xalqning  turmush  tarzi  bilan  bog’liq  bo’lgan  mazkur  musiqa  ijodiyotini 

maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktab dasturlarida kiritib o’qitish 

tashkil  etildi.  Xalq  ta’limi  tizimi  umumta’lim  maktablarida  musiqa  darslarini 

haftasiga  keng  o’qitish  ishlari  jadal  olib  borildi.  O’quv  dasturlarida  esa  xalq 

qo’shiqlarini o’rganish keng yo’lga qo’yildi. Natijada o’sib kelayotgan yosh avlod 

tarbiyasida milliy musiqa sadolari o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatdi.  

Frantso’z  musiqashunos  olimi,  doktor  Frederik  Leotar  1997-2012  yillar 

davomida  O’zbekistonda  musiqiy  folklor  ekspeditsiyasi  uyushtirib,  o’zbek  milliy 

musiqa madaniyati xususida fikr bildirib, shunday degan edi – O’zbek xalq musiqa 

madaniyati  nihoyatda  boy  va  rang-barang,  eng  muhimi  u  o’zining  sofligi  va  asl 

holatini  yo’qotmaganligi  tarixiy  mo’jiza.  Biz  frantso’zlar  san’atimiz  va 

madaniyatimizni sofligini va aslligini allaqachon unutib bo’ldik. Endi uni boshqa 

xalqalar  madaniyatidan qidirmoqdamiz. Fikrim  dalili  sifatida  frantso’z, shvedtsar, 

nemis,  ingliz,  belgiyalik  va  boshqa  yevropa  xalqini  bir  joyga  jamlab  qo’ysak  uni 

faqat  tilidan  bo’lsamasa,  yuz  tuzilishi  yoki  kiyinishidan  umuman  farqlab 

bo’lmaydi.  O’zbek  xalqining  Buxoro-Samarqand,  Xorazm,  Surxondaryo-

Qashqadaryo  va  Toshkent-Farg’ona  lokal  (mahalliy)  uslubidagi  kuy-ohang,  hatto 

o’ziga xos kiyinish odobi, gapirish shevasi orqali bir-biridan ajratish mumkin. Bu 

xalqning  tarixan  o’zligini  yo’qotmaganligidan,  boy  ma’naviy  merosini  saqlab 

qolganligidan  va  hatto  o’z  madaniy  merosiga  naqadar  sadoqatli  ekanligidan 

dalolatdir degan edi.  

O’zbek  xalqi  musiqa  madaniyati  tarixan  boy  va  rang-barang  merosga 

egaligi  ayni  haqiqat.  Qilingan  ishlar  tahsinga  loyiq,  biroq,  ommaviy  madaniyat 

xuruji o’z-o’zidan yo’q bo’lib ketgan emas. Aksincha u o’z ko’rinishini o’zgartirib 

yoshlarimiz  hayotiga  suqilib  kirishga  harakat  qilmoqda.  Xo’sh  ommaviy 

madaniyatga  berilayotganlar  yoshlarimizning  qaysi  qatlamini  tashkil  qilmoqda?. 

Bu  kabi  zaharli  ―virusdan  qutilish  uchun  qanday  qo’shimcha  tadbirlarni  amalga 

oshirish maqsadga muvofiq?.  



287 

 

Nazarimizda, 



ommaviy 

madaniyatga 

taqlid 

qilayotganlar 

asosan 

umumta’lim maktab o’quvchilaridir. Shubhasiz ushbu yoshda taqlidga beriladigan, 

qiziquvchan,  balog’at  yoshda  bo’ladilar.  Biz  ularni  bu  davrda  erkin,  o’z  xoliga 

qo’yib,  turli  taqlitlar  ta’siriga  tushib  qolishini  tomoshabin  sifatida  kutib 

turmasligimiz  lozim.  Bu  o’rinda  umumta’lim  maktablarda  musiqa,  tasviriy  san’at 

va  sport  to’garaklarini  muntazam  maxsus  dasturlar  asosida  tashkil  etish, 

umumta’lim  maktablarining  boshlang’ich  sinflarida  musiqa  va  rasm  darslarini 

salmog’ini  oshirish  lozim.  Natijada,  birinchidan,  o’quvchilarni  aqliy  va  aniq 

fanlarni  oson  o’zlashtirishda  yengillik  tug’iladi.  Ikkinchidan,  ommaviy 

madaniyatning  bir  ko’rinishi  shubhasiz  bu  -  shovqinli  ritmik  tovushlardan 

uzoqlashadi.  Uchinchidan,  yoshlarimizni  milliy  musiqa  san’ati  ta’sirida 

tarbiyalanishiga  erishiladi.  To’rtinchidan,  o’quvchi-yoshlar  milliy  musiqa  ta’limi 

ta’sirida  Ona-Vatanga  muhabbat,  kattalarga  hurmat,  do’stlariga  izzat,  ota-onaga 

mehr,  millati  va  diniga  nisbatan  sadoqat,  milliy  g’urur  va  iftixor  ruhida 

tarbiyalanadi.  

Shu o’rinda aytish joizki, umumta’lim maktablarida turli musiqiy va badiiy 

tadbirlar, tanlov va musobaqalarni doimiy tashkil etib borish ham  yaxshi natijalar 

beradi.  Ayniqsa,  milliy  musiqa  san’ati  xususida  yosh  ijrochilar  tanlovini 

umumta’lim  maktablari  miqyosida  tashkil  etish,  o’zbek  milliy  cholg’u  ijrochilik 

ansambllari  faoliyatini  yo’lga  qo’yish,  maktablarda  musiqa  to’garaklarini  tashkil 

etish va unda xalq qo’shiqchilik namunalarini o’rganish ishlarini keng targ’ib etish, 

muhokama etilayotgan masalani yanada yaxshilashga yordam beradi.  

O’zbekiston  Yozuvchilar  uyushmasidagi  bir  yig’inda  millatning  taniqli 

adibi  shunday  dedi:  ―Ommaviy  madaniyat  to’foni  dunyo  davlatlari  sarhadlarini 

buzib  o’tayapti.  Bu  xavf  bizga  ham  kirib  keldi.  Ommaviy  madaniyatning  xavf-

xatari,  bo’hroniga  qarshi  turganlar  bugun  juda  ko’pchilikni  tashkil  qilar,  lekin 

yillar  o’tavergach  bunday  ayanchli  hodisalarga  kishi  ko’nikib  qolmaydimi?  O’n 

yildan  keyin  necha  foiz  odam  unga  qarshi  bo’ladi,  o’n  besh  yildan  keyin-chi? 

Yigirma, o’ttiz yildan keyin-chi?  



288 

 

Xavotirlar asosli. Qayg’urib, o’rtanib bunday deyishga asos bor. Adib haq. 



Bundan  20-25  yil  avval  Yevropa,  okean  orti  davlati  filmlarida  ko’rardik,  o’zidan 

ketgan  qiz-juvonu,  ayol  chalishlarni.  Shular  kino-yu,  rok  kontsertlar  orqali 

tasavvurimizda o’rnashdi. Avval tasavvurimizda. Keyin… Keyin, yillar o’tib ko’z 

o’ngimizda paydo bo’la boshlashdi. Ey-yey, bizga nima, bu bizning millatdoshimiz 

emas,  sayyoh-mayyohdir,  keladigan-ketadigandir,  dedik.  Keyin…  Keyin,  ochig’i 

bugun esa, o’sha yarimi oydin, kindigiga sirg’a, burniga xalqa, quloqqa allambalo 

taqinchoqlar taqqanlar orasida o’zimiznikilarni ham ko’ra boshladik.  

Ey,  o’zbekmi  anavi,  o’g’il  bolami,  qizbolami?  O’zbekmasdirov. 

Talmovsiraganday  bo’ldik…  Lekin,  yer  yorilsa-yu  yerga  kirsangiz  ham  shu  –

o’zbek  bolalari  orasida  ham  shundaylar  paydo  bo’ldi.  Bu nimadan?  Bu qaerdan? 

Javob  qisqa.  Ommaviymadaniyat,  umumturqlik,  umum  fe’llikka  intilishning 

dabdabali g’oyalari keltirgan kasofat, ofat!  

Bugun bittadir, ikkitadir o’zidan ketgan qiz-juvon, yoki o’zini erkin sanab 

qulog’iga sirg’a urgan - azamat. Bundaylarga butun millatimiz qarshidir, ehtimol. 

Bu  yaxshi.  Ko’pning  qarashi  qarg’ishni  qaytaradi.  Lekin  ommaviy  madaniyat 

girdobiga tushib, Xudoning qarg’ishiga yo’liqqanlar safi ertaga yana bitta-ikkitaga 

ko’paysa,  bularning  davrasi  kengaysa,  o’z-o’zidan  bunday  sharmisorlikka  qarshi 

bo’lganlar  safi  kamayib  bormaydimi?  Gap  birgina  kindigiga  sirg’a  taqib, 

yalang’och  yurganlar  haqida,  yoki  simi-simbati  o’zgargan  haligichalishlar  haqida 

ketmayapti,  balki,  mafkurasi  buzilib  bo’lganlar  haqida  ketayapti,  mafkurasizdan 

esa bundan ham yomon narsalarni kutish mumkin.  

Ommaviy  madaniyat  globallashuv  ko’lankasi  ostida  kirib  kelayapti. 

Ezgulik nurini to’sib, yomg’ir olib keladigan ko’lanka bulutining saxovati yerning 

gullab-yashnashi  uchun  nafi  tegmaydi.  Yerga  nur  va  toza  havo,  shamollar  ham 

kerak.  

Ommaviy madaniyat - sen ham bizday bo’l, o’zingni o’yla, xohlaganingni 

qil,  kiyim  kiyma,  xohlasang  jinsdoshing  bilan  nikohdan  o’t,  xohlasang  hayvon 

bilan taqdirdosh bo’l (!?), erkin yasha, atrofga qo’l silta, sen o’zing uchun yasha, 

qanaqa ota-ona? Qanaqa qarindosh-urug’?. xullas, aytgulik deguligi yo’q aqidalar 



289 

 

singdirilgan  usul va vositalar orqali targ’ib qilinmoqda. Bu kompyuter  (internet), 



qo’l  telefon,  ayrim  telekanallar,  turli  xil  parnonashrlar,  filmlar,  shou  dasturlar  va 

hokazo…  Yaxshini  yomondan,  oqni  qoradan  ajratish  davridagi  balog’at 

yoshidagilar qismati uchun esayuq oridagi usullar inson hayotiga tajovuz qiladigan 

o’qotar qurollardan ko’ra ham xavfliroqdir. Quroldagi o’q bitta odamni nishonga 

oladi, ommaviy madaniyat o’qi esa ming-millionlab insonlar ongiga qaratiladi.  

Bugun  biz  uchun  xavotir  olishimizga  asoslar  ham,  misollar  ham  bor. 

Bularni  ipidan  ignasigacha  yozib,  izohlab  o’tishni  ep  ko’rmadik.  Biroq,  dunyo 

aynib,  dunyo  buzilib,  mafkura  poligoni  yadro  poligonlaridan  xavfliroq  tus 

olayotgani  haqiqat.  Katta  adib  aytgani  kabi  insonni  ezgulik,  oqibat,  yaxshilik, 

mehr-muhabbat,  sadoqat,  sevgi  vafoga  undovchi,  yorug’lik,  axloq  va  adab 

targ’ibotchisi  bo’lgan  adabiyotnin  gulkan,  dunyoviy  namoyandalari  ham  negadir 

jim  turganday…  Nobel  mukofotini  olgan  yozuvchi-shoirlar  ham  bugun  dunyo 

buzilib  ketayapti,  dunyo  qo’ldan  ketayapti,  jim  turolmayman,  jim  turmasligimiz 

kerak,  deb  bong  urishmayapti.  Jim  o’tirishibdi.  Xafsalasizlik,  mudroqlik  yoki 

maydakashlik tomirotganday… Yo’q, dunyo bunday xafsalasizlik kako’nikmasligi 

kerak.  


Siz  bilan  biz  esadunyoning  bir  bo’lagimiz.  Kerak  bo’lsa,  bizning 

oilamizning  o’zi  dunyodan  kattaroq  dunyo  bo’lishi  mumkin.  Hammamiz 

o’zimizni, bolamizni, uyimizni mafkuraviy ildizimizni asrasak, dunyoni asrayotgan 

bo’lamiz.  

Musiqiy ta’lim va tarbiyada tizimiylik, izchilllik, davomiylik printsipi har 

bir darsda o’zining tuzilishi va mazmuni bilan ilmiy asosda tashkil topishi lozim. 

Musiqa  xaqidagi  bilimlar  doirasi,  musiqa  ta’limi  va  tarbiyasi  keng,  atroflicha 

bo’lishiga  e’tibor  qaratish  asosiy  omildir.  Bunda  inson  yaratgan  musiqaga  oid 

qoidalar, xulosalar, umumlashgan musiqaviy tajribalar o’z aksini topgan. Darsning 

barcha  o’quv  faoliyatlari  hamda  keyingi  darslarning  o’zaro  mantiqiy  bog’lanishi 

tizimlilik  asosini  tashkil  etadi.  Xulosa  qilib  aytganda,  pedagogikaning 

umumdidaktik  printsiplari,  musiqa  madaniyati  darslarida  muhim  ahamiyatga  ega 

bo’lib,  musiqa  va  hayot  uyg’unligini,  mehnat  qobiliyatlarining  rivojlanishi, 



290 

 

bunyodkorlikka yo’naltirilganligi bilan katta o’rin tutadi. Uzliksiz ta’lim - ijodkor, 



ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxs shakllanishi va yuqori malakaviy raqobatbardosh 

kadrlarni tayyorlash uchun zarur shart- sharoitlar yaratadi.  

Demak, musiqa darslari ham raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning barcha 

turlarini,  Davlat  Ta’lim  Standartlari,  kadrlar  tayyorlash  tizimi  va  uning  faoliyat 

ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.  

 


Download 24,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish