Hatti - harakat – ma’lum makon va zamonda kichik doiradagi berilgan shart -sharoit bilan kurashishda maqsad yo‘lida amalga oshiriladigan psixofizik jarayon.
Baholash - bir voqeadan boshqa voqeaga o‘tish jarayoni.
Berilgan shart- sharoit – bu qarama –qarshilik.
Hissiyot – rolning berilgan shart-sharoitlarida haqqoniy hatti-harakat qilish, fikr yuritish.
Ichki kechinma – pesa yoki ssenariyning berilgan shart-sharoitlarida hatti -harakat qilayotgan aktyorning xotirasidagi hissiyotlar tufayli beixtiyor vujudga kelgan his - tuyg‘ulari.
Ohang –aktyor ichki kechinmasi xususiyatlaridan biri.
To‘rtinchi devor - teatr pardasining qizil chizig‘igacha bo‘lgan makon va ana shu parda ortida tomoshabin borligi nazarda tutiladi.
Xarakter (fe’l-atvor) - aktyor ijrosi orqali qayta gavdalangan timsolning mantiqiy betakror qilig‘i, odati, xislati tufayli namoyon bo‘ladigan xususiyat.
Kurash - pesa yoki ssenariyning berilgan shart – sharoitidagi kurash - aktyor ijodining mahsuli. Kurash –aktyor hatti - harakatining faollashishiga sabab bo‘ladi.
To‘qnashuv (konflikt) - to‘sqinlik demakdir. Partnyor yoki partnyorlarning qarama -qarshi, adovatli hatti-harakati.
Sehrli “Agarda” - artistni yashab turgan hayotdan ijod yaratiladigan olamga o‘tib oluvchi qurol.
Kichik doiradagi shart-sharoitlar–tez o‘zgarib turgan, bizga eng yaqin joylashgan o‘zgaruvchan manzaralarni kichik doiradagi shart - sharoitlar deb ataymiz.
Aktyor tasavvuri - hayotiy (real) muxitda, turli sharoitlarda aktyor o‘zini ko‘ra olish qobiliyati, o‘sha vaziyatda qahramon o‘rnida o‘zini ko‘ra bilish salohiyati.
Fantaziya - ehtimoldan uzoq bo‘lgan (irreal) sharoitlarda aktyor o‘zini ko‘ra olish qobiliyati yoki aslida yo‘q manbaalarni ko‘rishi. Irreal bu -
haqiqiy hayotda mavjud bo‘lmagan, afsonaviy, diniy, ertaklar olami xaqida fantastik qarash, ilmiy gipoteza.
Munosabat- kichik doiradagi shart - sharoitga bizning emotsional, intellektual va psixofizik yoki ruhiy reaksiyamiz - javobimizdir.
Eshitish - bu so‘zlashayotganlarga, ovoz yoki musiqaga diqqatni qaratish.
Ichki monolog - aktyorning roldagi o‘y-fikri. Ichki monolog – aslida ichki dialog
Matn ostidagi tub ma’no (podtekst) - fikrning nozikligi, aktyorni sahnaviy hatti-harakatining sirliligi, “istehzo”, “qochirim” bilan aytilgan so‘z, tagida yashirin ma’nosi bor matn yoki gapning boshqacha ma’nosi.
Aktyorning hissiy (emotsional) xotirasi - bu uning hayotida boshidan kechirganlari yoki boshqa odamlarning fe’li, hatti-harakatlari natijasida xotirasida muhrlanib qolgan hissiyotlari.
Sur’at - bu aktyorning roldagi botiniy harakati tezligi.
Marom - uning asabiy holati, faoliyati. Qaxramonning jismoniy hatti - harakati va ruhiy hissiyoti, kayfiyati.
Mantiq va izchillik- aktyor tomonidan sahnada gavdalantirilayotgan shaxsning jismoniy faoliyati, o‘y fikrlari hayotiyligi.
So‘z hatti-harakati - so‘z orqali ta’sir o‘tkazish demakdir. So‘z bilan hatti- harakat qilish jarayonida eng muhimi “sukut saqlash” orqali muntazam fikriy kurash, hatti-harakat qilishdir.
Nutq ifodaviyligi – so‘zlarda unli tovushlarni kerakli joylarda cho‘zib talaffuz etish va har bir so‘zda oxirgi undosh tovushlarni aniq talaffuz qilish nutq ifodaviyligiga olib keladi.
Sahnaviy muhit - hatti– harakat sodir bo‘layotgan makondagi kayfiyat, joy va vaqtni his qilish.
Rolning yetakchi hatti – harakati - aktyorning butun spektakl davomida qizil ipdek ta’kidlanib turuvchi asosiy hatti – harakati hisoblanadi.
Rolning oliy maqsadi – bu tomoshabinga, tinglovchiga ta’sir etish yo‘lida aktyor hatti-harakatining asosiy maqsadi va rolning g‘oyaviy mazmuni. Spektaklning yetakchi hatti – harakati – bu spektaklning eng
oliy ahloqiy g‘oyasi, oliy maqsadi uchun kurash jarayonidagi asosiy hatti-harakat.
Spektaklning oliy maqsadi – bu tomoshabinga ta’sir kuchini o‘tkazish yo‘lida so‘nggi ma’naviy, g‘oyaviy maqsad.
Badiiy saviya - ijodkorning o‘zini qurshab turgan muhitga nisbatan munosabatlari yig‘indisi.
Teatr etikasi – aktyorlarning yuksak ahloqiy madaniy mehnati va munosabatidir. Aktyorlar ishi bir – biriga bog‘liq bo‘lganligi sababli, teatrda qulay sharoit, ijodiy muhit va odob talab qilinadi.
Aktyorning fuqarolik burchi– aktyorning o‘z xalqiga, davlatiga, shu davlatning san’ati va madaniyatiga bo‘lgan sadoqati, munosabatidir.
Aktyor – shaxs – tinimsiz kurash orqali o‘z san’ati bilan jamiyatni yuksak g‘oyalar sari yetaklovchi ijodkor inson.
Ilhom –ong osti, ong usti va beihtiyor aktyor, rejissyor hamda ssenograf mahsulining namoyon bo‘lishi.
Ong osti ijodi – aktyor hayotida o‘z boshidan kechirganlari.
Ijodiy izlanish - bu badiiy timsol yaratish jarayonidagi ulkan mehnat.
Impprovizatsiya- badihago‘ylik.
Aktyor – sahnada rol ijro etuvchi shaxs.
Artist- san’atkor. Komediya –adabiy janr. Tragediya – adabiy janr.
Mikrofon –ovoz kuchaytiruvchi moslama.
Tembr –ovoz jarangi. Soprano – ovoz turi. Bariton – ovoz turi.
Dialog – ikki kishining suhbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |