- mashq
Xotira va tasavvur uchun mashqlar
Har bir talaba o‘z yonida o‘tirgan talabani kuzatadi. So‘ngra unga orqa o‘girib, xotirasida saqlanib qolganlarni gapirib beradi.
O‘z qo‘llarini o‘rganish. Chap qo‘l o‘ng qo‘ldan nimasi bilan farq qilishini aniqlash kerak. Oyoqlar-chi?
Qo‘l soatingiz xaqida batafsil gapirib bering.
Yoningizdagi talaba bilan buyumlaringizni almashing, sinchiklab
o‘rganing. So‘ngra xotirada qolganlarini gapirib bering.
Hamma yarim doira shaklida o‘tiradi. Bir talaba ularning o‘tirish tartibini o‘rganib, tashqariga chiqadi. So‘ngra xonadagilar o‘rin almashadilar. Tashqariga chiqqan talaba qaytib kirib, ularni avvalgi o‘rinlariga o‘tqazadi.
Hikoya to‘qish: Bir talaba so‘z yoki jumla bilan xikoyani boshlab beradi, qolganlar mantiqdan kelib chiqib, shu tarzda birma-bir so‘z qo‘shib boradi. Bu mashqda biron manzarani ko‘z oldiga keltirib, ta’riflab berish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |