– mashq
Kuzatuvchanlik
Do‘stlaringizning tashqi ko‘rinishi sizga yaxshi ma’lummi?
O‘ngdagi qo‘shningizni diqqat bilan sinchiklab kuzating. Siz shu paytga qadar undagi sezilmagan biron bir xususiyatini toping. Uning ko‘zlari qanaqa, qanday shaklda? Qanday rangda? Sochlari-chi? Chapdagi qo‘shni bilan solishtiring. Farqi nimada? Qo‘llari qanday? Barmoqlarining uzunligi, yo‘g‘onligi va tirnog‘ining shakli qanday?
O‘giriling va yon qo‘shningizni eslab, uni bizga tasvirlab bering. Har biringiz yarim doirada turgan istagan sahnadoshingizni tanlab, uni kuzating… Endi orqangizni o‘girib, yon qo‘shningizga tasvirlab bering.
Siz shunday tasvirlangki, kursdoshlaringiz kimni kuzatganingizni tushunsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |