- mashq
Harakatlar nazorati
Harakatlarni birlashtirish ko‘nikmalari sahna harakati darslarida maxsus mashqlar orqali o‘zlashtiriladi. Bu yerda murakkab bo‘lmagan bitta misol bilan chegaralanamiz. Talabalar biron – bir qo‘shiqni kuylashganda ularning harakatlar tartibini o‘qituvchi aniqlaydi. Masalan talaba:
qo‘shiqning birinchi uch qatorida o‘z o‘rnidan tezda turadi va o‘z o‘rindig‘ini sekin aylanib o‘tib, uning orqasida to‘xtaydi;
to‘xtash vaqtida keyingi ikki qatorni kuylaydi;
o‘rindiq o‘z joyiga qo‘yilgach, to‘xtaydi va qo‘shiqning uchinchi qatorini kuylaydi;
turgan joyida qimirlamasdan bir qator kuylaydi;
o‘rindiq ustida turib, qaddini rostlab, yana bir qator kuylaydi;
qatorlar oralig‘idagi pauzada tez sakrab tushish kerak;
tik turib keyingi ikkita qatorni kuylaydi;
boshlang‘ich qatorni takrorlab, o‘rindiqni tezda avvalgi holatiga qaytarish lozim;
keyingi qatorlarida o‘rindiqni sekin aylanib o‘tadi va o‘tirib oladi.
Buyruq bo‘yicha qo‘shiq boshlanadi, ritmni buzmasdan, talabalar berilgan harakatlarni o‘zlashtiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |