- mashq
Diqqatni charxlash
Ko‘rish va eslab qolish
O‘qituvchi stol ustiga bir necha buyumlarni qo‘yadi.Talaba ularni ko‘rib yodda saqlab qolishi kerak.Talaba orqa o‘girganida buyumlar joyi o‘zgartiriladi. Talaba o‘girilib buyumlarni avvalgi joyiga qo‘yishga harakat qilishi kerak.
Talaba bir guruh o‘quvchilarni ko‘rib chiqadi va orqa o‘giradi. O‘quvchilar kiyimlarini bir-birlari bilan almashtiradilar. Sinaluvchi o‘quvchi guruhga qarab kiyimlarni o‘z egalariga qaytarishi kerak.
(Xuddi shunday mashq o‘tirgan joylari bilan almashtirish orqali ham bajariladi)
Mashg‘ulot o‘tkazilayotgan xonani ko‘zdan kechirish:
qanday?
Xona ichida necha hil rang bor ekan?
Kimning sochi qanday rangda?
Qizlardan kimning sochi qanday rangda?
O‘g‘il bolalardan kimning sochi qanday oldirilgan.?
Siz o‘tirgan kursining hajmi, rangi, qanday yog‘ochdan tayyorlangan?
Do'stlaringiz bilan baham: |