- mashq
Tempo – ritm - sur’at va marom uchun mashqlar
Bu mashq talabadan temp -sur’at (shiddat)ni va ritm -maromni qabul qilib olishni, so‘ngra yonidagi sherigiga uzatishni talab qiladi.
- O‘qituvchi biror maromni qarsak orqali taklif etadi. Talaba shu maromni eslab qolishi, qaytarishi va qo‘shnisiga uzatishi kerak.
Ichki hatti-harakat va ichki so‘zni qarsaklar orqali ifoda etib,
qo‘shnisiga uzatilishi kerak.
Mazkur mashq savo l- javoblar, bahs tariqasida o‘tishi mumkin.
Qarsak davomida o‘qituvchi savol beradi, talaba esa savolga javob berish barobarida qarsakni qo‘shnisiga uzatadi.
Gurux to‘rtga bo‘linadi. Birinchi gurux –butun nota, ikkinchi gurux –yarim nota, uchinchisi -chorak, to‘rtinchisi –nimchorak nota hajmida qarsak chaladi. Xuddi doira usuliga o‘xshab.
Yuqoridagi jarayonni to‘xtatmasdan guruxlar o‘z usullari bilan almashinadi.
Bir talaba oddiy usulni qo‘shnisiga uzatadi, u takrorlaydi va
o‘zidan usulni qo‘shib keyingi ishtirokchiga, keyingi ishtirokchi ham
avvalgi ikki usulni qaytarib, o‘zidan qo‘shib to‘rtinchisiga uzatadi . Mashq oxirgi ishtirokchigacha davom etadi va murakkablashib boradi.
Har bir isonning vaziyatga qarab o‘ziga yarasha o‘zgaruvchan maromi bor. Talabalar xayotda ularni kuzatib, sabablari haqida muloxaza yuritishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |