O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 242,1 Kb.
bet5/68
Sana16.01.2022
Hajmi242,1 Kb.
#378288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
aktyorlik mahorati

Ikkinchidan, ijodkor san’atning qaysi jabhasida faoliyat yuritmasin, uning kasbiy layoqatiga poydevor aktyorlik san’atining elementlarini o‘zlashtirishi orqali qo‘yiladi. Hozirga kelib davlat va nodavlat teleradiokanallarida boshlovchilikka kasbiy talabnoma bo‘yicha aynan aktyorlik san’ati yo‘nalishida bilimga va buni tasdiqlovchi diplomga ega bo‘lgan mutaxassislar ishga olinmoqda. Demak, bu ikki masala bir-birini bevosita va bilvosita to‘ldiradi. Agar bu ishga jiddiyroq va kengroq yondashilsa, professional aktyorlarni tarbiyalash barobarida, boshlovchilikning spesifik xususiyatlaridan xabardor suxandon mutaxassislarni tayyorlash borasida ham anchagina yutuqlarni qo‘lga kiritish mumkin. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 1 - fevraldagi Respublika “Yosh suxandonlar” tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori va O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2017 yil 7 - fevralda qabul qilingan Respublika “Yosh suxandonlar” tanlovi nizomi bunga turtki beradi.

Mustaqil O‘zbekistonimiz o‘tgan qisqa vaqt ichida xuquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda dadil qadamlarni tashladi. Vatanimiz o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlab, shu yo‘ldan dadil ildamlamoqda. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning deyarli har bir kitobida, har bir ma’ruzasida ma’naviyat masalasiga alohida urg‘u berilib, davlatning rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun ma’naviyat asosiy xal qiluvchi kuch ekanligi, xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va yuksaltirish davlat va jamiyatning eng muhim vazifasi ekani alohida qayd etib o‘tilgan. Bundan tashqari ajdodlarimiz ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, asrab - avaylash, o‘tmishda yashab o‘tgan buyuk siymolarni yod etish zarurligi ta’kidlangan.

Hozirgi davrda milliy g‘oya, milliy mafkura masalasining ko‘tarilishi ham bejiz emas, zero iymoni baquvvat, vatanparvarlik tuyg‘usi, milliy ruhi kuchli insonlargina jamiyatdagi iqtisodiy va ma’naviy o‘zgarishlarni amalga oshira oladi. Ushbu fikrlar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning “ Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” nomli asarida ham batafsil bayon

qilingan. Ma’naviyatni yuksaltirishda va xalq ommasining jahon madaniyati va san’ati xazinasidan bahramand bo‘lishida san’atning roli beqiyos ekanligi shubhasizdir. 1998 yil 26 martda qabul qilingan “O‘zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni sahna san’ati ufqlarini kengaytirishga olib keldi. Chunki O‘zbekistonda asrlar osha yashab kelayotgan tomosha san’atini teatr aktyorisiz tasavvu r etib bo‘lmaydi. Har bir aktyor chiroyli gapira olishi, madaniyatli nutqqa ega bo‘lishi, notiqlik san’ati sirlaridan voqif bo‘lishi va, albatta, badiiy so‘z ustida ishlay olishi zarurdir. Shundagina milliy va umumbashariy qadriyatlar aks etgan asarlar, tom ma’noda zamon qahramoni gavdalangan spektakllar sahna yuzini ko‘rishi va buyuk kelajak uchun xizmat qilishi mumkin. Bu ulkan ishlarning debochasi, yuqorida aytganimizdek, ijodkor shaxs tarbiyasiga bog‘liqdir.


  1. Download 242,1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish