O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


AKTYORLIK SAN’ATI TURLARI



Download 242,1 Kb.
bet7/68
Sana16.01.2022
Hajmi242,1 Kb.
#378288
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
Bog'liq
aktyorlik mahorati

AKTYORLIK SAN’ATI TURLARI

Biz yuqorida teatr san’ati va uning ifoda vositasi, materiali bo‘lgan aktyorlik san’ati o‘zining ibtidoiy davridan ma’lum bir shaklni topishga, aktyorlik san’atining o‘ziga xos maktabini yaratishga, davr uchun mos bo‘lgan teatr san’atini kashf etishga urinib keldi, dedik. Darhaqiqat, ana shu izlanishlar jarayonida aktyorlik san’atining turli yo‘nalishlari paydo bo‘ldi va bu jarayon bugungi kunda ham ba’zi bir ko‘rinishlarda o‘z faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Lekin bu yo‘nalishlar orasida eng xavflisi diletantizm nomini olgan ijro uslubidir. Diletantizm - hech qanday maktabni tan olmaydi, teatr san’ati, uning mashaqqatli mehnati haqida yuzaki bilim bilan kifoyalanadi. Bu yo‘nalish aktyorlari va rejissyorlarining sahnaviy ishida kasbiy uquv bo‘lmaydi, bilim olish, ko‘nikma hosil qilish va malaka oshirish kabi tushunchalar ularga begona.



Yana bir yo‘nalish - sahnaviy hunarmandlikdeb ataladi. Bu yo‘nalish “qolip”ga, ya’ni, boshqa aktyorlarning ijro uslubiga taqlid qilish, o‘zgalarning hatti-harakatlari shaklini, qolaversa, o‘zining ham boshqa rollarida ishlatgan topilmalarini takroriy qo‘llashga asoslangan.

Teatr san’atida yana bir yo‘nalish borki, bundan talaba-aktyorlarni juda ehtiyotkorlik bilan asrash lozim. Bu – taqlidiy san’at deb ataladi. Bu san’at turi repetitsiya jarayonida topilgan ichki kechinma va hatti-harakatlarni spektaklda faqat shaklan takrorlashga asoslangan. Taqlidiy san’at haqiqiy sezgi va ichki kechinmalarni ijodiy san’at darajasiga ko‘targandek tuyuladi, ammo tomoshabinni hayajonlantirib, larzaga solmaydi, uni hayratlantirmaydi.



Badiiy ijod degan tushuncha ham borki, busan’at olamida yangi qadriyatlar yaratadi. Rejissyor - spektakl orqali, aktyor - insonlarning yangi qiyofasini yaratish orqali namoyon bo‘ladi. Badiiy ijodga inson timsolini

yarata olish, yangilikni - qadriyatdek va qadriyatni - yangilikdek talqin qilish orqali erishiladi.



Kechinma san’ati esa har safar yangidan ijod qilishga, yangidan yashashga, bugungi repetitsiya jarayonini unutishga va ertaga yana yangidan, xuddi birinchi marta qilayotgandek aniq maqsad yo‘lida hatti - harakat qilishga asoslangan san’at turidir. Har bir ijro davomida aktyorning ichki kechinmasi rolning hissiyotlar i bilan qorishib ketadi, bu jarayon tomoshabinning ko‘z o‘ngida sodir bo‘layotganligi uchun ham uni hayajonlantiradi, hayratga soladi va o‘z ortidan ergashtiradi.


Download 242,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish