Akilova Komola "Falsafa"dan yakuniy nazorat ishi. Qadriyatlar falsafasi



Download 14,88 Kb.
Sana13.02.2022
Hajmi14,88 Kb.
#447550
Bog'liq
2 5208533159418795220


Akilova Komola "Falsafa"dan yakuniy nazorat ishi.
1.Qadriyatlar falsafasi
2.Jamiyatda inson tushunchasi
3.Globall muammolarning falsafiy yechimi
4.Korrupsiya tushunchasi
5.Inson va o‘lim tushunchasi
Javoblar
1.Qadriyatlar - narsa va voqealar, jamiyat, moddiy va ma`naviy boyliklarning ahamiyatini ifodalash uchun qo`llanadigan tushuncha. Qadriatlarni G`arb mamlakatlarida "Aksiologiya" fani o`rganadi. Bu atama ilmiy bilimlar sohasiga XX asrning ikkinchi yarmida nesim aksiologi Ý.Gartman va frantsuz olimi P.Lapi tomonidan kiritilgan. Aksiologiyani qadriyatlar to`g`risidagi fan yoki to`g`ridan-to`g`ri "qadriyatshunoslik" deb atash ham mumkin. Har bir fanga o`z nomini bergan asosiy tushunchalar bo`lgani kabi "qadriyat" tushunchasi ham "qadriyatshunoslik"atamasi uchun shunday asos bo`la oladi. Farbda bu atama yunoncha "axio" (qadriyat)va "Logos" (fan, ta`limot) tushunchalaridan tashkil topgan. Qadriyat va qadriyatlar milliy g`oyaning muhim kategoriyalaridan biri, bo`lib, qadriyatlar axloqiy qoida va me`yorlar, ideallar va maqsadlardagi baholash mezoni va usullarini ham o`zida aks ettiradi. Ular halollik, poklik, o`zaro yordam, adolatlilik, haqiqatgo`ylik, 
ezgulik, tinchlik, shaxs erkinligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar, burch, vijdon, or-nomus, mas`uliyat kabi axloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo`ladi. Qadriyat o`z tabiatiga ko`ra, ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega.Ijtimoiy taraqqiyot jarayonida u o`zgaradi va takomillashadi. SHuning uchun qadriyat to`g`risidagi ta`limotlar ham takomillashib, rivojlanib boradi. Milliy ma`naviy qadriyatlar tushunchasi, uning ta`rifi va tavsifi. Demak, "Qadriyat"tushunchasi - judà keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi - ma`naviy qadriyatlardir.Milliy-ma`naviy qadriyatlar - "milliylik", "Ma`naviyat" va "qadriyat" tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi. Qadriyatlar deyilganda inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo’lgan, millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlari yo’lida xizmat qilishdagi erkinlik, ijtimoiy adolat, tenglik, xaqiqat, ma`rifat, go’zallik, yaxshilik, xalollik, burchga sadoqatli singari fazilatlar majmun tushuniladi. O’tmishdagi barcha falsafiy ta`limotlarda qadriyatlarning mohiyati va ularning jamiyat taraqqiyotida tutgan o’rni masalasiga katta e`tibor berilib, ular ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning maxsuli, jamiyat ma`naviy kamolotining muhim omili ekanligi ko’rsatib o’tiladi. Qadriyatlar jamiyat taraqqiyotining, moddiy va ma`naviy boyliklar rivojining yakuni, inson kamolotining kelajak uchun ham katta ahamiyat kasb etadigan ijobiy maxsulidir.Insonning ob`ektiv olamiga nisbatan aktiv faoliyati, moddiy va ma`naviy muhit, yashash,shartsharoitlarining rivojlanishi vorislik asosida sodir bo’lib, yangiyangi qadriyatlarning shakllanishga, o’tmishdan meros bo’lib o’tganlari esa davr ruxi, yangi ijtimoiy extiyoj talablari asosida rivojlanishiga olib keladi. Buning natijasida ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, manaviy taraqqiyotning imkoniyatlari xam kengayadi. 

2.Jamiyat biz tanlamagan haqiqatdir, biz yaratmaymiz va nazorat qila olmaymiz, lekin bizni nazorat qiladi va bizni muayyan darajada nazorat qiladi. "Insonning jamiyatdagi o'ziga xos xususiyatlari - bu nima?" - so'rayman. Ushbu savolga javob bu maqolada keltirilgan. Sizdan bu murakkab masalani tushunishingiz so'raladi, nima uchun bunday ekanligini tushunish uchun va boshqacha qilib aytganda, biz biron narsani o'zgartirishimiz mumkinmi? "


JAMIYAT NIMA?
Jamiyatda insonning o'ziga xos xususiyatlari juda murakkab va ko'p qirrali. Jamiyat ko'plab farqli tarkibiy qismlarning o'zaro ta'siri natijasida murakkab tizimlar shaklida shakllanadigan murakkab bir xildir. Bundan qat'iy nazar, u o'zlarining tabiiy harakatlariga rioya qilgan holda shaxslarning o'zaro ta'siri va o'zaro bog'liqligi natijasida shakllanadi. Insonning jamiyatdagi o'ziga xosliklari, individualligi va inson tabiati bir-biri bilan bog'liq.
Biz, shaxslar, murakkab mavjudotlar. Inson tabiatining murakkabligi uning ko'p o'lchovli konstitutsiyasida, turli xil ehtiyojlar bilan aks ettirilgan. Uning ko'pgina jihatlari orasida o'zini o'zi himoya qilish, raqobat, aloqa zarurligi, adolat tuyg'usi va erkinlikning chanqoqligi kabi narsalar mavjud. Shunga qaramay, bizning xatti-harakatlarimiz asosli emas, chunki odamning aql-zakovatiga ega bo'lishiga qaramasdan, uning ehtiyojlarining ierarxiyasi bizni haqiqat va mantiq talablaridan qat'iy nazar o'z-o'zini himoya qilish, raqobat instinktiga moslashtiradi. Inson tabiatining ko'pgina jihatlari, shuningdek, qarama-qarshi, ziddiyatli xususiyatga ega. Shuning uchun, masalan, hokimiyat va erkinlik, tenglik va adolat istagi o'rtasida doimiy va murosasiz kurash olib borishimiz kerak.
Murakkablik har qanday tabiat hodisasining tabiiy xislati bo'lganligi sababli, jamiyat fenomeni sifatida barcha kompleks tizimlarga taalluqli umumiy o'zgarishlarga va o'zgarishlarga bog'liq. Bu xususiyatlar va naqshlar tizimning barcha darajalarida, oiladan boshlab, milliy va global uyushmalar bilan yakunlanishi mumkin. Insonning jamiyatdagi o'ziga xos xususiyatlari ko'p omillarni hisobga olishi kerak.
Murakkab tizimlar ular butunlay butun tizimning reaktsiyasi birma-bir qismlarining reaktsiyasidan kelib chiqmaganligi va ularning summasi sifatida aniqlanolmasligi bilan xarakterlanadi. Murakkab tizimlarning betarafligi ikki xususiyatga bog'liq: ularning tahmin qilinmasligi va nosozligi. Bunday tizimlar nosimmetrikdir, chunki ularning xatti-harakati tarkibiy qismlarning xatti-harakatidan farq qiladi. Haqiqatan ham, agar munosabatlar munosabatlari mavjud bo'lsa, barchaning xatti-harakatlari tarkibiy qismning xatti-harakatiga va aksincha. Jamiyat insonga ta'sir qilgani uchun, undan hech kim uni ajratmasligi mumkin. Jamiyat, barcha murakkab tizimlar singari, bir butun bo'lib, shaxslar tomonidan nazorat qilinmaydi. Shaxslar faqat unga ta'sir qilishi va tizimni tashkil etuvchi turli xil tadbirlarda ishtirok etishi mumkin, ammo uni nazorat qila olmaydi. Murakkab tizimlar oldindan aytib bo'lmaydi. Nonlineer tizimlarda sharoitlardagi eng kichik o'zgarish oldindan aytib bo'lmaydigan katta o'zgarishlarga olib kelishi mumkin. Jamiyatda shunga o'xshash narsa sodir bo'ladi. Turli hodisalar, hodisalar ko'pincha kutilmagan, kutilmagan va ba'zan noxush oqibatlarga olib keladi.

3.Globallashuv – yangi falsafiymavzu sifatida Hozirgi davr haqida aniqroq tasavvur hosil qilish uchun XX asr boshigacha jahon tarixi asosan mustaqil rivojlangan va bir-biriga jiddiy ta’sir ko’rsatmagan sivilizatsiyalardan iborat bo’lganini nazarda tutish muhimdir. Hozirgi zamonda dunyo so’nggi yuz yillik ichida yuz bergan jamiyat hayoti barcha jabhalarining faol integratsiyalashuvi natijasida sezilarli darajada o’zgardi va yaxlit bir butun organizmga aylandi. Buning oqibati o’laroq, ayrim xalqlar va butun insoniyatning ijtimoiy ongida global jarayonlar va ularning ta’sirida yuzaga kelgan umumiy (dunyo miqyosidagi) muammolar bilan belgilangan jiddiy o’zgarishlar yuz bera boshladi. Jahon hamjamiyati o’z rivojlanishining Yangi bosqichiga qadam qo’ygani, u avvalgi bosqichlardan nafaqat o’zgarishlar miqyosi, balki faollik darajasi va universal xususiyati bilan ham farq qilishi ayon bo’ldi.Bu o’zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – er kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Er sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir. SHuningdek globallashuv global makonning tutashligi, yagona jahon xo’jaligi, umumiy ekologik o’zaro aloqadorlik, global kommunikatsiyalar va shu kabilar bilan tavsiflanadi.


Globalistika. Jahon rivojlanishining eng Yangi tendentsiyalarini anglab yetish borasidagi ko’p sonli sa’y-harakatlar globallashuv jarayonlarining mohiyati, tendentsiyalari va sabablarini, ular ta’sirida yuzaga kelayotgan global muammolarni aniqlash va bu jarayonlarning oqibatlarini anglab yetishga qaratilgan fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasi – globalistika paydo bo’lishiga olib keldi. Kengroq ma’noda «globalistika» atamasi globallashuvning turli jihatlari va global muammolarga oid ilmiy, falsafiy, madaniy va amaliy tadqiqotlarni, jumladan ularning natijalarini, shuningdek ularni ayrim davlatlar darajasida ham, xalqaro miqyosda ham iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jabhalarda amalga joriy yetish borasidagi amaliy faoliyatni ifodalash uchun qo’llaniladi.Globalistika mustaqil ilmiy yo’nalish va ijtimoiy amaliyot sohasi sifatida 1960-yillarning oxirlarida shakllana boshladi, lekin uning paydo bo’lishi uchun ob’ektiv asoslar ancha oldin yuzaga kelgan edi.Global jarayonlarning shakllanish tarixi. Hozirgi globallashuv jarayonlarining ilk nishonalariga XV asr oxirlaridan boshlab duch kelish mumkin, XIX asr boshiga kelib esa u amalda real shakl-shamoyil kasb etdi. Bu pirovardida yagona geografik, ma’lum darajada iqtisodiy va siyosiy jahon maydoni shakllanishiga olib kelgan Buyuk geografik kashfiyotlar yuz bergan davr edi. Ayni shu davrda dunyoni tushunishga nisbatan geotsentrik yondashuvlar geliotsentrik yondashuvlarga o’rin bo’shatdi, insoniyat esa, nihoyat, kun va tunning almashishini to’g’ri talqin qilishga muvaffaq bo’ldi. Fan falsafadan ajralib chiqib, bilimlar to’planishi va texnikaning rivojlanishiga kuchli turtki berdi, fan-texnika taraqqiyoti va sanoat inqilobi yuz berishiga sabab bo’ldi. So’nggi zikr etilgan voqealar pirovard natijada insonning tabiatni o’zgartiruvchi imkoniyatlari va uning atrof muhit bilan munosabatini butunlay o’zgartirdi.Yer kurrasi shar (globus) ko’rinishida ekanligini nazariy va amaliy jihatdan isbotlab insoniyat o’z tarixida birinchi bo’lib savdo-sotiq sohasida dunyo darajasiga chiqdi va dunyo miqyosida xalqaro munosabatlarga asos soldi. Ayni shu davrda ilk transmilliy savdo kompaniyalari vujudga keldi. Tez orada ularning faoliyati sof savdo chegarasidan tashqariga chiqdi va ular qullarni qo’lga kiritish va ularni ekspluatatsiya qilish, bosib olingan hududlarda plantatsiyalar va manzilgohlar barpo yetish jarayonida ishtirok eta boshladi, nihoyat, o’z davlatlari amalga oshirayotgan mustamlakachilik siyosatining asosiy ijrochisiga aylandi.

4.Korrupsiya- mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish maqsadida qonunlarni buzish bilan bog‘liq bo‘lgan mansab faoliyatidan foydalanishdir.


UMUMIY TUSHUNCHASI
Korrupsiya - “davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar,imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi”, deb ta’rif

berilgan.


“YURIDIK ATAMALAR QOMUSIY LUG‘ATI”DA
1) mansabdor shaxslar tomonidan davlat mulkini o‘g‘irlash, talon taroj qilish;
2) rasmiy maqomdan norasmiy foydalanish natijasida shaxsiy foyda ko‘rish uchun o‘z hizmat vazifasini suiste’mol qilish;
3) ijtimoiy burch bilan shaxsiy foyda o‘rtasidagi manfaatlarning nizosi.
KORRUPSIYA MAZMUNI
2. Korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy zaminlari va kuchayishining sabablari
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, hozir dunyoda har yili 1 trillion AQSH dollari miqdorida pora beriladi. Jahon iqtisodiyoti har yili korrupsiya tufayli 2,6 trillion dollar mablag‘dan ayriladi, bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizidir.
Korrupsiyaning xavfi ko‘p qirralidir
birinchidan iqtisodiyot negizlariga bolta uradi va islohotlar jarayoniga to‘sqinlik qilib uning asl mohiyatiga putur etkazadi va bu bilan islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradi
ikkinchidan jamiyatning ma’naviy asoslariga zarar keltiradi (vatanparvarlik, insonni o‘z imkoniyatini namoyon qilishi)
uchinchidan o‘sayotgan avlodning ongini zaharlaydi
to‘rtinchidan xorijiy sarmoyadorlani cho‘chitib yuboradi va eng asosiysi, xalqaro hamjamiyatda bu davlat to‘g‘risida salbiy tasavvurni yuzaga keltiradi.
Inson sivilizatsiyasi o‘sishi natijasida, jinoyatchilikning turlari ortib bogan va korrupsiya yuzaga kelgan.Barcha davlatlardagi jinoiy harakatlarda asosan birinchi o‘rinda moddiy manfaat, yuqori lavozimni olish va lavozim orqasidan tekin boylik orttirish yotadi.
Korrupsiya iqtisodiyotni tanazzulga etaklab, davlat boshqaruvini izdan chiqfaradi. Fuqarolarda davlat boshqaruviga nisbatan ishonchsizlikni uyg‘otib, halol yo‘l bilan maqsadga erishish kabi orzu- xavaslarini yo‘qqa chiqaradi. Korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ichidan emiradi.
Shu bois bu illatga er yuzida barcha davlatlar o‘z hududidagi xolat va sharoitdan kelib chiqib turli usullarda kurash olib boradilar.

5.Har bir ongli yoshda o'lim haqida o'ylaydi. O'limdan keyin bizni nima kutmoqda? Boshqa dunyo bormi? Biz faqat biologik mavjudotmizmi yoki har birimiz o'limdan keyin boshqa dunyoga ketadigan ma'lum bir ruhga egamizmi? Ko'ngilda paydo bo'ladigan ko'plab savollardan biri noma'lumdir. Biror kishi boshqa dunyoga ketishdan oldin iztirob, og'riq yoki aksincha, barcha his-tuyg'ularni boshdan kechiradimi?


Ko'rib chiqilgan masalalar paydo bo'lgan paytdan boshlab odamlarni tashvishga solib kelgan va hozir ham tashvishga solmoqda. Olimlar ushbu sirli hodisani o'rganishda davom etmoqdalar, ammo faqat bir nechta savollarga javob berish mumkin.

O'layotgan odamlarning tuyg'ulari.


O'layotgan odamning jismoniy hissiyotlari, birinchi navbatda, uni o'limga olib kelgan narsaga bog'liq bo'ladi. U kuchli og'riqni ham, yoqimli his-tuyg'ularni ham boshdan kechirishi mumkin.
Psixologik idrokga kelsak, o'lim paytida ko'pchilik instinktiv ravishda qo'rquv, vahima va dahshatni his qiladi, o'limga "qarshilik ko'rsatishga" harakat qiladi.
Biologiyaga ko'ra, yurak mushagi qisqarishini to'xtatgandan va yurak to'xtagandan so'ng, miya taxminan besh daqiqa davomida ishlashni davom ettiradi. Taxminlarga ko'ra, bu so'nggi daqiqalarda odamning ongida uning hayoti haqida o'ylash, yorqin xotiralar paydo bo'ladi va inson go'yo o'z mavjudligini "jamlaydi".
Tabiiy o'lim normal fiziologiya qonunlariga muvofiq sodir bo'ladi va tananing tabiiy qarishi yoki bachadonda homila rivojlanmagan taqdirda paydo bo'ladi.
G'ayritabiiy o'lim quyidagi sabablarga ko'ra sodir bo'lishi mumkin:
Turli jiddiy va (onkologik, yurak-qon tomir va boshqalar) tufayli;Mexanik ta'sir:, elektr toki urishi;Kimyoviy hujum: yoki;Aniqlanmagan - butunlay sog'lom ko'rinadigan odam yashirin kasallik yoki kasallikning o'tkir o'tkir shaklidan to'satdan vafot etadi.Huquqiy nuqtai nazardan o'lim quyidagilarga bo'linadi:

Zo'ravonliksiz;Zo'ravonlik.


Zo'ravonliksiz o'lim keksalik, kasallikning uzoq davom etishi va shunga o'xshash boshqa holatlarda sodir bo'ladi. Zo'ravon o'lim qotillik va o'z joniga qasd qilishni o'z ichiga oladi.
O'lim bosqichlari.O'lim paytida odam nimani boshdan kechirishi mumkinligini yaxshiroq tushunish uchun siz tibbiy nuqtai nazardan ta'kidlangan jarayonning bosqichlarini ko'rib chiqishingiz mumkin:
Preagonal bosqich. Ayni paytda qon aylanishi va nafas olish tizimida nosozlik yuzaga keladi, buning natijasida to'qimalarda gipoksiya rivojlanadi. Bu davr bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi;Terminal pauzasi. Ayni paytda odam nafas olishni to'xtatadi, miyokardning ishi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi;Agonal bosqich. Tana hayotga qaytishga harakat qilmoqda. Ushbu bosqichda odam vaqti-vaqti bilan nafas olishni to'xtatadi, yurak zaif va zaifroq ishlaydi, buning natijasida barcha organ tizimlarining ishlashida nosozliklar mavjud;Klinik o'lim. Nafas olish va qon aylanishi to'xtaydi. Bu bosqich taxminan besh daqiqa davom etadi va aynan shu daqiqada insonning yordami bilan hayotga qaytishingiz mumkin;Biologik o'lim - odam nihoyat o'ladi.
Muhim! Faqatgina klinik o'limni boshdan kechirgan odamlar o'layotgan odamda qanday his-tuyg'ular bo'lishi mumkinligini aniq ayta oladilar.
Saraton o'limning eng keng tarqalgan sabablaridan biridir. Afsuski, xatarli karsinomaning davosi hali topilmagan va saratonning 3 va 4 bosqichlari davolab bo'lmaydigan kasallikdir. Bunday vaziyatda shifokorlar qila oladigan narsa - bemorning og'rig'ini maxsus analjeziklar yordamida kamaytirish va insonning hayotini biroz uzaytirishdir.
Saraton bilan og'rigan odam har doim ham o'lim paytida og'riqni boshdan kechirmaydi. Ba'zi hollarda, saraton kasalligining o'limidan oldin, u ko'p uxlashni boshlaydi va oxir-oqibat komaga tushadi, shundan so'ng u hech qanday jismoniy kasallikni sezmasdan, ya'ni to'g'ridan-to'g'ri uyquda vafot etadi. Boshqa vaziyatda onkologik bemorning o'lim bosqichlari quyidagicha:
Download 14,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish