236
2-topshiriq. Ma‘lumotlarni puhta o‘zlashtiring. Nutq uslublarining
o‘xshash va farqli jihatlarini qiyoslang.
O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud:
So`zlashuv uslubi.
Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish
jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi
so
`
zlashuv uslubi
sanaladi. So`zlashuv uslubi
adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi.
So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha
dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki
shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq
sanaladi.
So`zlashuv
uslubida
so`zlar
ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy
bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos
xususiyati uning erkinligidir.
So`zlashuv nutqida ona tilidagi bor
imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir
NUTQ
USLUBLARI
Badiiy
uslub
So`zlashuv
uslubi
Ilmiy
uslub
Publisistik
uslub
Rasmiy-
idoraviy
uslub
Adabiy til me‘yorlariga
qat‘iy amal qilingan
so`zlashuv uslubi
adabiy
so`zlalashuv uslubi,
bunday xusuiyatga ega
bo`lmagan so`zlashuv
uslubi esa
oddiy
so`zlashuv uslubidir.
So`zlalashuv uslubining
o`ziga xos xususiyati uning
erkinligidir. So`zlar tartibi
erkin, asosiy maqsadni
ifodalovchi gap bo`lagi
ajratib ko`rsatiladi, fikr
so`zga mantiqiy urg`u berish
237
toifaning nutqida o`ziga xoslik seziladi:
olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi,
dehqonning so`zlashuvida farq bo`ladi. Hatto,
erkagu xotinlar so`zlashuvi o`rtasida ham ba‘zi
farqlar bo`ladi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik
qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta‘sirchan
bo`ladi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi
grammatik qurilishi soda, qisqa, mazmunan
ta‘sirchan bo`ladi. Bunda xalq maqollari va masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va
qo`shiqlar, so`z o`yinlari-pichinglar, hazil – mutoyi balar, askiya va qochirmalar
muhim manba sanaladi. Jonli nutq jarayonida uslubiy bo`yoq iboralaridan
(
Onaginang o`rgilsin! Qoqindig`ing bo`lay!)
keng foydalaniladi. Jonli so`zlashuv
nutqida «xom» ibora va gaplar, behayo so`zlar ham uchraydi. Ba‘zan bunday
qatlamlar badiiy asarlardan ham o`rin oladi:
Hoy xotin, tavba qildim, endi ichsam,
birovdan pul olsam, go`rimda to`ng`iz qo`pay.
Har holda hamma toifa kishilarning suhbati, so`z va gaplari tushunarli bo`ladi.
Chunki, umumiste‘moldagi so`z, ibora va jumlalardan foydalaniladi.
Badiiy uslub.
Badiiy uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, adabiy
tilning barcha imkoniyatlarini o`z ichiga olish bilan birga, unda o`zbek shevalariga,
kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste‘moldan chiqib ketgan tarixiy
so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o`quvchiga
estetik zavq bag`ishlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: