O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/449
Sana02.01.2022
Hajmi3,04 Mb.
#311066
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   449
Bog'liq
Ўзбек тилини соҳада қўлланилиши мажмуа 2020 2021

 

 

4-topshiriq.  Konfutsiy  ta‘limoti  asoslarini  o‘qing  va  muhokama  qiling. 

Hayotiy vaziyatlar asosida misollar bilan mustahkamlang.  

Konfutsiy ta‘limoti asoslari 


153 

 

Etikaning oltin qoidasi: 



«O‘zing uchun qilishni istamagan narsani 

boshqalar uchun ham qilma». 

 

«Sen o‘zingni boshqalar tanishi uchun munosibmisan?» - shundangina bezovta 



bo‘lsang arziydi. 

Oqil insonlar boshqa insonlar bilan kelishib yashaydilar, ammo, boshqalarning 

ortidan  ko‘r-ko‘rona  yurmaydilar,  axmoqlar  esa  boshqalarga  ko‘r-ko‘rona 

ergashadilar, ammo, ular bilan kelisha olmay yashaydilar. 

 

Oqil  insonning  qalbi  sokin  bo‘ladi,  boshqalar  esa  doimo  bezovta  bo‘lib 



yashaydilar. 

 

Oqil  inson  o‘z  hayotida  uch  narsadan  ehtiyot  bo‘lishi  lozim:  hayotiy  kuchlar 



jo‘shgan  yoshlik  chog‘ida  ayollarga  elakishishdan,  hayotiy  kuchlari  quvvatga 

kirgan  yetilgan  davrida  raqobatdan  va  hayotiy  quvvati  so‘nayotgan  qarilik 

chog‘ida qizg‘anchiqlikdan. 

 

Oqil inson boshiga tushgan barcha ko‘ngilsizliklarda o‘zini ayblaydi, aqlsizlar 



esa boshqalarni ayblaydi. 

 

Oqil  inson  boshqalar  bilan  kelishib  yashaydi,  axmoqlar  esa  o‘zlariga 



o‘xshaganlarni izlab topadi. 

 



154 

 

Oqil  inson  o‘zining  boshqalardan  ustunligini  biladi,  ammo,  buni  o‘zgalarga 



namoyish  qilishdan  qochadi.  U  barcha  bilan  kelishadi,  ammo,  xech  kimsa  bilan 

salbiy ma‘noda tilbiriktirmaydi. 

 

Oqil  inson  juda  ko‘p  ovqat  eyish  va  boy  yashashga  intilmaydi,  u  ishni  tez 



bajaradi va sokin so‘zlashadi. Aqlli insonlar bilan muloqot qilganida esa, ulardan 

ko‘proq o‘rganishga harakatqiladi. 

 

Oqil  inson  boshqalarga  o‘zlaridagi  afzalliklarni  ko‘rishga  yordam  beradi, 



ammo,  insonlarning  kamchiliklarini  topishni  o‘rgatmaydi.  Axmoqlar  esa  xuddi 

shuning teskarisini qiladilar. 

 

Oqil inson hamma narsadan burchni afzal ko‘radi. 



 

Oqil  inson  chidam  bilan imkoniyat  axtaradi va  bir  narsaga  erishadi, ahmoqlar 

esa harakatsizholda omadni kutib yuraveradilar. 

 

Oqil inson qiyinchiliklarga bardosh beradi, boshqalar esa boshiga qiyinchiliklar 



tushganida noma‘qul ishlar qiladilar. 

 

Oqil inson lo‘nda gapirib, aql bilan harakat qiladi. 



 

O‘z  burchini  bilmagan  shijoatli  oqil  inson  qo‘zg‘olonchi  bo‘lishimumkin,  o‘z 

burchini bilmagan shijoatli axmoq inson esa qaroqchilik qilishi mumkin. 

 



155 

 

Uyning  shinam  sharoitlariga  bog‘lanib  qolgan  erkakni  chinakam  oqil  inson  deb 



bo‘lmaydi. 

 

Oqil inson faqatgina burchni biladi, boshqalar esa, foydanigina bilishadi. 



 

Hech  nimani  bilmagan  inson  farog‘atda  bo‘ladi,  chunki,  u  boshqalarga 

tushunarsiz bo‘lib qolishdan qo‘rqmaydi. 

 

Uydan  tashqarida  bo‘lganingizda  o‘zingizni  go‘yo,hurmatli  mehmonlarni  qabul 



qilgandek tuting. 

 

Insonlar 



xizmatidan 

foydalanganingizda 

o‘zingizni 

xuddi 


tantanali 

marosimdagidek tuting. O‘zingiz istamaganlarni boshqalarga ham ravo ko‘rmang. 

Xuddi shunda davlatda ham, oilada ham kelishmovchilik bo‘lmaydi. 

 

O‘zingizga qattiqqo‘l va o‘zgalarga yumshoq munosabatda bo‘ling  – shunda Siz 



o‘zgalarning yomon munosabatida himoyalanasiz. 

 

Qadimda  insonlar  o‘zlarini  mukammallashtirish  uchun  bilim  olganlar,  hozir  esa 



boshqalarni xayron qoldirish uchun o‘qiydilar. 

 

Tartib bor mamlakatda harakatlarda va so‘zlashishlarda botir bo‘ling, tartib yo‘q 



mamlakatda  esa  harakatlarda  faol  bo‘ling,  ammo,  so‘zlashishda  ehtiyotkor 

bo‘ling. 

 



156 

 

Boshqalarni  o‘zingdek  hurmat  qilishga  intilish  va  ular  bilan  o‘zingizga  qanday 



munosabat  istasangiz,  shunday  munosabatda  bo‘lish  –  insonparvarlikning 

asosidir. 

 

O‘zining  bilmasligini  bilgan  holda  bilim  olishga  intilgan  kimsalargagina 



maslahatlar 

bering. 


O‘zining 

orzulariniyaxshilabtushuntira 

olmaydigan 

kimsalarga  yordam  berishga  harakat  qiling.  Kvadratning  bir  burchagini  tushuna 

olib,  qolgan  uch  burchagini  tasavvur  qila  oladigan  insonlargagina  ta‘lim  berish 

maqsadga muvofiqdir. 

 

Atigi,  ikki  insondan  iborat  bo‘lgan  jamoada  ham  ulardan  nimanidir  o‘rganish 



mumkin - ularning ijobiy tomonlarini o‘zlashtirish va kamchiliklaridan ibrat olish 

lozim. 


 

Oqil inson yolg‘iz qolmaydi, u albatta, o‘z hamfikrlarini topadi. 

 

Oqil  inson  keng  bilim  doirasiga  va  katta  ruhiy  quvvatga  ega  bo‘lib,  uning  ishi 



og‘ir va yo‘li uzoq bo‘ladi. 

 

Hozirgi  vaqtdagi  eng  birinchi  xatoyingiz  –  o‘zining  ilgarigi  xatolaringizni 



tuzatishga intilmasligingizdir. 

 

Agar,  ishga juda ham berilib ketsangiz, rahbarning iltifotidan mahrum bo‘lasiz, 



Agar,  do‘stlikda  juda  ham  bag‘ri  kenglik  qilsangiz,  do‘stlarning  iltifotidan 

mahrumbo‘lasiz. 

 



157 

 

Agar, insondagi tarbiyani tabiiylik bosib ketsa, u yovvoyi bo‘ladi, ammo,Agarda 



undagi  tarbiyalilik  tabiiylikni  bosib  ketsa,  u  yozma  ma‘lumotlarning  bilimdoni 

bo‘lib qoladi. Tabiiylik va tarbiyalilik muvozanatda bo‘lgan kimsalargina haqiqiy 

oqil inson hisoblanishi mumkin. 

 

Agar,  o‘zing  to‘g‘ri  bo‘lsang,  barcha  ko‘rsatmalaringni  buyruqsiz  ham 



bajarishaveradi.  Ammo,  agar,  o‘zing  ham  egri  bo‘lsang,  buyruq  berilsa  ham, 

ko‘rsatmalar bajarilmaydi. 

 

Agarda, ezgu ishlar qilish imkoniyati bo‘lsa, Hatto,, ustozni ham oldinga o‘tkazib 



yubormang. 

 

Agar, senda yomon niyat bo‘lmasa, yomon ish ham qilmaysan. 



 

Agarda,  inson  qat‘iy,  bir  so‘zli,  oddiy  va  kamgap  bo‘lsa,  u  insoniylikka  juda 

yaqinlashgan bo‘ladi. 

 

Yomon  narsa  haqida  shikoyat  qilish  –  yomonlikni  ikki  marta  ko‘paytirishdir, 



uning ustidan kulish esa – uni yo‘qotish bilan barobardir. 

 

Barcha jinoyatlar ichida eng og‘iri – vijdonsizlikdir. 



 

Bema‘ni so‘zlar o`yini yaxshi ishlarni yo‘qqa chiqaradi, mayda-chuyda jihatlarga 

e‘tibor bermaslik esa buyuk ishlarni tugatadi. 

 

Haqiqiy inson barcha narsaga o‘z kuchi bilan erishadi. 




158 

 

 



Yoshlarga  kamsitish  bilan  munosabatda  bo‘lish  yaramaydi,  chunki,  ular  katta 

bo‘lganlarida buyuk insonlar bo‘lib yetishishlari mumkin. 

 

Hech  bir  inson  xato  qilishdan  xoli  emas,  uning  qilgan  xatolarini  ko‘rib,  uning 



insoniylik darajasini bilish mumkin. 

 

Ishonchga sazovor bo‘lmagan inson bilan biror ish qilish maqsadga muvofiq emas 



– chunki, o‘qi yo‘q aravada yurib bo‘lmaydi. 

 

Agarda  davlat  aql  bilan  boshqarilsa,  yetishmovchilik  va  kambag‘allik  uyat 



hisoblanadi,  ammo,agarda,  davlat  aqlga  muvofiq  ravishda  boshqarilmasa,  boylik 

va obro`-e‘tibor ham uyat hisoblanishilozim. 

 

Faqatgina, foyda olish uchun harakat qilish yomonlikni ko‘paytiradi. 



 

Agar, so‘zlashishni va so‘zlar ma‘nosini bilmasang, insonlarni tushuna olmaysan. 

 

Maqsadi bir bo‘lmaganlar birgalikda reja tuzmaganlari ma‘qul. 



 

Agarda, so‘zlar o‘z ma‘nolarni yo‘qotsalar, insonlar ozodlikni yo‘qotadilar. 

 

Agar, kimdir o‘z-o‘zini anglay  olmasa va biror-bir nimaga qattiq berilib ketsa  – 



ko‘rib turib, ko‘rmaydi, eshitib turib, eshitmaydi va sezib turib, sezmaydi. 

 



159 

 

Insonlar  qadimda  ko‘p  gapirishni  yoqtirmaganlar,  ular  o‘z  so‘zlariga  javob  bera 



olmasliklarini sharmandalik deb tushunganlar. 

 

Insonlar  kambag‘allikdan  va  hech  kim  ularni  tanimasligidan  qo‘rqadilar; 



ammo,agar, unisidan ham, bunisidan ham qutulishning imkoni bo‘lmasa, u holda 

bunga ko‘nikish ma‘qul bo‘ladi. 

 

Insonlar  o‘zlari  uchun  boylik  va  shon-sharaf  istaydilar;  ammo,agar,  bularga 



to‘g‘ri yo‘l bilan erishib bo‘lmasa, ulardan voz kechgan ma‘qul. 

 

Sukut saqlash – yaxshi do‘st, u hech qachon aldamaydi. 



 

Dono  inson  hayajonlanishni  bilmaydi,  odamiy  inson  tashvishni  bilmaydi,  botir 

inson esa qo‘rquvni bilmaydi. 

 

Boshqa  insonlar  seni  tanimasligidan  bezovta  bo‘lmagin,  ammo,  sen  insonlarni 



bilmasligingdan bezovta bo‘lishing mumkin. 

 

Qo‘shnining  tomida  qor  yig‘ilib  qolgani  tufayli  shikoyat  qilishdan  avval  o‘z 



ostonangni tozalab ol. 

 

O‘zingizdan ma‘naviy jihatdan pastroq bo‘lgan kimsalar bilan do‘stlashmang. 



 

Meni boshqa insonlar tushunmasliklaridan xafa bo‘lmayman, ammo, men boshqa 

insonlarni tushuna olmasligimdan xafa bo‘laman. 

 



160 

 

So‘zlashishga  loyiq  inson  bilan  so‘zlashmaslik  –  bu  insonni  yo‘qotish  bilan 



barobar.  So‘zlashishga  noloyiq  inson  bilan  so‘zlashish  esa  –  so‘zlarni 

yo‘qotishdir. Dono inson esa insonlarni ham, so‘zlarni ham yo‘qotmaydi. 

Taqdirni  anglamasdan  turib,  oqil  inson  bo‘lish  mumkin  emas.  Burchni 

anglamasdan  turib,  hayotda  to‘g‘ri  yo‘l  topib  bo‘lmaydi.  So‘zlarning  asl 

ma‘nosini anglamasdan turib, insonlarni bilib bo‘lmaydi. 

Oliy haqiqat va pastkash tentaklik hech qachon o‘zgarmaydi. 

Tartib-qoidalarni o‘zlashtirmay, biror-bir darajaga erishib bo‘lmaydi. 

Kimdir so‘radi: «Yomonlikka yaxshilik qilish kerakligi rostmi?» 

Ustoz  javob  berdi:  «U  holda  yaxshilik  qanday  qaytariladi?  Yomonlikka  o‘ziga 

mos bo‘lgan javob beriladi, yaxshilikka esa yaxshilik qaytariladi» 

Hozirgi  paytda  ota-onalarni  hurmat  qilish  –  ularni  boqishni  eplash  deb 

tushuniladi. Ammo, otlar va itlar ham ovqatlanishni istaydilar. Agar, izzat-hurmat 

tushunchasi bo‘lmasa, bu ikki holatni qanday qilib bir-biridan farqlash mumkin. 

Yomonlik  uchun  u  nima  tufayli  qilinganiga  qarab  baho  bergin,  yaxshilikka  esa 

yaxshilik bilan javob ber. 

O‘z tabiiy xususiyatlari bilan insonlar bir-birlariga juda yaqinlar, ammo, odatlari 

bo‘yicha esa bir-birlaridan juda olisdadirlar. 

Salgina  mehribon  bo‘lishga  harakat  qilsangiz,  yomon  ishlar  qila  olmaydigan 

bo‘lib qolasiz. 

Yomon  insonlar  bilan  uchrashish  va  ularni  tinglash  –  yomon  ishlarning 

boshlanishihisoblanadi. 

Tayyorgarlik  ko‘rmagan  insonlarni  urushga  jo‘natish  ularga  sotqinlik  qilish 

bilanbarobardir. 

Kerakli  narsalarni  bilmasdan  turib  bir  ish  bilan  shug‘ullanish  o‘z-  o‘zini 

qiynashga  aylanadi.  Bilmasdan  turib,  ehtiyot  bo‘lish  qo‘rqoqlikka  olib  keladi. 



161 

 

Bilimsiz  botirlik  qilish  axmoqlik  bo‘ladi.  Tushunmasdan  ochiq  ko‘ngilchanlik 



qilish qo‘pollik hisoblanadi. 

Mehribon o‘g‘il - ota-onasini o‘z betobligi bilangina xafa qila oladigan farzanddir. 

 

O‘z-o‘zini  yenga  olish  va  burchlariga  sodiq  bo‘lish  –  xuddi  shu  sifatlar  haqiqiy 



insoniylikdir.  Insoniy  bo‘la  olish  yoki  bo‘la  olmaslik  faqat  o‘zimizgagina 

bog‘liqdir. 

Oqil inson bilan uchrashganda, uningdek bo‘lishni o‘ylagin. Pastkash inson bilan 

uchrashganda esa, o‘zingga e‘tibor ber va o‘zing haqingda fikr qil. 

Aqlli  inson  bilan  birga  bo‘lganda  uch  xatoga  yo‘l  qo‘yish  mumkin:  bu  so‘zlar 

unga yetib bormasligini anglab turib unga gapirish – bu yangilishish, gaplar unga 

yetib borishini bilib turgan holda unga gapirmaslik – bu biqiqlik, uning chehrasini 

kuzatmasdan turib unga gapiraverish – bu ko‘rlik. 

Eng  munosib  insonlar  dunyodagi  barcha  kishanlardan  xoli  bo‘lganlar,  ulardan 

so‘ng  bir  joyga  yopishib  olishdan  qochganlar  yurganlar,  ulardan  so‘ng  esa 

dunyoviy  ne‘matlarga  asir  bo‘lishdan  qochganlar  yurganlar,  ulardan  so‘ng  esa 

yomon so‘zlarni aytishdan qochganlar yurganlar. 

Yaxshi  boshqaruv  siri  quyidagilardir:  rahbar  -  rahbarday  bo‘lshi,  xizmatchi  -

xizmatchiday bo‘lishi, ota - otaday bo‘lishi va o‘g‘il esa o‘g‘ildaybo‘lishidir. 

Jahldor insonning ichi zaharga to‘la bo‘ladi. 

So‘z to‘g‘ri bo‘lishi kerak, harakat esa qat‘iy bo‘lishi lozim. 

Ota-onaga  xizmat  qilishda  ularga  iloji  boricha  yumshoq  gapiring.  Agar,  sizning 

maslahatlaringiz  ish  bermasa,  ilgarigidek  izzatli  va  iltifotli  bo‘ling.  Agarda 

qalbingiz tug‘yonga kelsa ham, o‘zingizning norozi ekanligingizni bildirmang. 

Mukammal  inson  barcha  xatolarni  o‘zidan  qidiradi,  pastkash  insonlar  esa 

boshqalarni ayblaydi. 



162 

 

Miltiqdan  o‘q uzish  bizga haqiqatni  qanday  qidirish kerakligini o‘rgatadi:  Agar, 



mergan  nishonga  ura  olmasa,  boshqalarni  ayblamaydi,  balki,xatoni  o‘zidan 

qidiradi. 

Ayollar  va  pastkash  insonlar  bilan  yaxshi  munosabatlar  o‘rnatish  juda  qiyin: 

Agar, ularni o‘zingga yaqinlashtirsang, ular Haddan oshib ketadilar, agar, ularni 

o‘zingdan uzoqlashtirsang, seni yomon ko‘rib qolishadi. 

Keyinchalik  vujudga  keladigan  qiyinchiliklar  haqida  o‘ylamaydiganlarni  yaqin 

oradagi noqulayliklarkutadi. 

Haqiqiy  insonparvar  odamgina  dildan  sevadi  va  nafratlana  oladi.  Eng  dono 

va eng tentak insonlarnigina o‘qitibbo‘lmaydi 

Ko‘pincha juda chiroyli so‘zlaydigan va tashqi ko‘rinishi kishini o‘ziga tortadigan 

insonlar haqiqiy inson bo‘lmaydilar. 

O‘z  uyidagilarni  yaxshilikka  yetaklay  olmagan  inson  o‘zi  ham  biror  bir  narsani 

o‘rgana olmaydi. 

 

Fikrlamasdan  o‘qiydigan  inson  qattiq  yanglishadi,  fikrlaydigan,  ammo,  o‘qishni 



istamaydigan inson esa qiyinchiliklarga duch keladi. 

 

O‘tmishdagi  ma‘lumotlardan  foydalanib,  yangi  narsalar  kashf  qila  oladigan 



insongina ustoz bo‘lishga loyiq hisoblanadi. 

Aql  bilan  ish  ko‘rish  uchun  har  bir  insonda  uch  imkoniyat  mavjud:  birinchi  va 

maqbuli  –  fikrlash;  ikkinchi  va  eng  yengili  –  boshqalarga  o‘xshash,  uchinchi  va 

eng qiyini – tajriba. 

Bosiq vazmin inson kamroq adashadi. 

Boshqa  insonlarni  ham  xuddi  o‘zingizdek  hurmat  qilish  va  biz  o‘zimiz  uchun 

nima  qilishlarini  istasak,  u  bilan  ham  xuddi  shunday  muomala  qilish  –  bundan 

afzalroq munosabat turi bo‘lmaydi. 




163 

 

Doimo o‘zingizdagi bilimlar kam ekanligini sezgandek va har doim ularni yo‘qotib 



qo‘yayotgandek o‘qing. 

Xatolarini bilib turgan holda, ularni o‘zi tan olgan insonni topish juda ham qiyin. 



 


Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   449




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish