172
Asarda o‗z ifodasini topgan ba‘zi leksemalar davr o‗tishi bilan is‘temoldan
tushib, hozirda arhaizmga aylanib qolganligini ham qayd etish lozim. Маsalan,
bergo‗ - qarz; oto‗nch - qarz; o‗ro‗nch - pora; og‗ur - davlat; yomg‗a -mollarni
saqlovchi va ularni yig‗uvchi (amaldor); sart - savdogar; terchi - muzd, ish haqi
oluvchi.
Keltirilgan dalillardan ijtimoiy-siyosiy hayotning, bilish jarayonining xilma-xil
sohalariga oid ko‗pdan-ko‗p terminlarning qayd etilganligi va ulardan
ayrimlarining ham o‗sha davrdagi ma‘nolari bilan qo‗llanayotganligi ayon. Bundan
ularning hozirgi kunlargacha yetib kelishida turli davrlarda tuzilgan lug‗atlarning
ham ahamiyati beqiyos ekan, degan xulosaga kelish qiyin emas. Iqtisodiy terminlar
o‗z ifodasini topgan lug‗atlar jumlasiga yana quyidagilarni kiritish mumkin:
―Badoyi-ul lug‗at‖, Shayx Sulaymon Buxoriyning lug‗ati, L.Budagov, V.V.
Radlov tomonidan jonli turkiy tillar va lahjalar hamda turkiy yozma yodgorliklar
materiallaridan foydalanib tuzilgan lug‗atlar va boshqalar.
O‗zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiyning ilmiy yoki badiiy
asarlarida ko‗plab asli o‗zbekcha (ko‗pi umumturkiy) iqtisodiy terminlar
ishlatilgan.
Zero, xalqlarning iqtisodiy va madaniy aloqalari hayotiy zaruriyat bo‗lgani
tufayli shu jarayonda bir tildan ikkinchi tilga leksemalar o‗tib turadi. Har bir tilning
lug‗aviy tarkibida etimologik jihatdan shu tilning o‗ziniki bo‗lgan so‗zlardan
tashqari, o‗zga tillarning lug‗aviy unsurlari bo‗lishi tabiiydir.
Navoiy asarlarida faqat umumturkiy iqtisodiy atamalar qo‗llanib
qolmay, ularning arabcha, fors-tojikcha sinonimlari o‗z ifodasini
topganki, quyida keltiriladigan misollar shundan dalolat beradi:
savdopisha-savdogar-savdogarchilik; sarmoya-davlat-mablag‗;
bay‘ona-baho, qiymat, bay puli; manfaat-foyda-daromad; boj-
xiroj; dastmoya-farmoya-naqd-pul-naqdina;narx-baho; nafaqa-
maosh-xarajatva boshqalar
173
Alisher Navoiy asarlarida arabcha va fors-tojikcha lug‗aviy birliklarning
ko‗plab qo‗llanishining qator obyektiv sabablar bilan bog‗liq ekanligi ayrim
tadqiqotlarda ta‘kidlangan. Ulardan ma‘lum bo‗lishicha, o‗zbek tilida o‗zlashma
qatlamning o‗ziga xos xususiyatlari aks eta boshlagan. Bunday qatlamlardan
tashkil topgan sinonimiya shular jumlasidandir. Fikrimizni iqtisodiyotga oid
quyidagi sinonimik qatorlar tasdiqlay oladi:
Ma‘lumki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o‗zbek tiliga rus
tilidan va rus tili orqali Yevropa tillaridan so‗z va terminlar kirib kela boshladi.
O‗zbek tili leksikasidagi bunday o‗zgarish O‗rta Osiyoning chor Rossiyasiga
qo‗shib olinishi natijasida mamlakat hayotida yuz bergan siyosiy va ijtimoiy-
iqtisodiy o‗zgarishlar bilan bog‗liq edi. Asrlar mobaynida arab, fors,tojik tillari
o‗zbek tili leksikasining boyishida o‗z o‗rnini egallab kelgan bo‗lsa, qayd etilgan
davrdan boshlab bu rolni rus tili o‗ynay boshladi.Rus tilining o‗zbek tili leksikasi
taraqqiyotiga ta‘siri bu tildan faqat so‗zlar olishdangina iborat bo‗lmay, lug‗at
boyligining oshishiga, so‗z yasashning ayrim jihatlariga va semantik tizimning
kyengayishiga ham ta‘sir ko‗rsatdi.
1950-yillarning ikkinchi yarmidan iqtisodiyot terminologiyasi rivojlanishida yangi
davr boshlandi. Bu davr iqtisod fani bilimdonlarining iqtisod fanini tartibga solish
borasidagi ishlarini kuchaytirish, o‗zbek tili so‗z yasash vositalarining faollashuvi,
yangi-yangi terminlar yasalishi va iste‘molga kirib kelishi bilan Xarakterlanadi.
Albatta, bu rivojlanish jarayonining o‗ziga xos sabablari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: