Korporativ
Individual
Talab etiluvchi
Harizmatik
Yopiq
Faoliyat jabhasidagi
Kasbiy
Ijtimoiy
Oiladagi
shaxsiy
Rahbar imidji uchun zarur boʻlgan xususiyatlar quyidagilardan iboratdir:
1.Ishchanlik qobiliyati;
2.Oʻzini koʻrsatishga moyillik va qo‗rqmaslik;
3.Konflikt vaziyatlarni yechimga olib kela olish;
4.Hamma bilan hamkorlik oʻrnata olish;
5.Aloqaga kirishuvchanlik, ya‘ni keng ma‘noda muomala qila olish
qobiliyati;
6. Boshqalarga nisbatan mehrli, ochiq, samimiy, to‗gʻri, teng, mulozamatli
muomala qila olish;
Imidjning quyidagi turlari farqlanadi:
Har bir inson bir necha imidjga ega
bo
ʻladi:
151
7. Birovlarni ishontira olish, oʽzining ortidan ergashtira olish, oʽzgalarga ta‘sir
oʻtkaza olish;
8.Turli sharoitlarga tez moslasha olish, odamlarga va sharoitlarga nisbatan
moslashuvchanlik;
9.Optimizm, o‗z maqsadlarining to‗gʻriligiga komil ishonch.
Yuqorida tilga olingan asosiy vazifalar qatorida biznesmen imidjini yaratish
ham bugungi kunning dolzarb vazifasi sifatida kun tartibiga qoʻyilmoqda. Imidj
o‗zi nima? Imidj soʽzining ingliz tilidan o‗zbek tiliga tarjimasi "koʻrinish‖,
"qiyofa‖, "siymo‖, "timsol‖ ma‘nolarini anglatadi. Imidj bu nafaqat koʻrinish,
balki nutq, muomala orqali namoyon boʻladigan tarbiyaviy jihatlarni ham o‗z
ichiga qamrab oladi. Tashqi qiyofa orqali insonlarning qiziqishlarini orttirgan
holda, o‗zini namoyon qila olish, o‗ziga ogʻdira olish va e‘tiborni qarata olish
biznesmen faoliyatida muhim sanaladi.
Jamoat oldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani eslarida
saqlashlari lozim: qisqa gapirishlari va asosiy ma‘nosini ochib berishlari kerak.
Birinchi o‗rinda ma‘ruzachi jamoat oldiga chiqib soʻzlashidan asosiy maqsad
nimaligini aniqlab olish kerak, chunki, jamoat ma‘ruzachini emas, ma‘ruzani
tinglashga kelgan bo`ladi. Agar, hamkoringiz ma‘ruzachi bo‗lsa, uni tanishtirib,
so‗ng o‗rningizga o`trishingiz va soʻzlarini oxirigacha tinglashingiz lozim.
Shundan so‗ng o‗rningizdan turib, uni qo‗lidan tutib, yaxshi ma‘ruzasi va ketgan
vaqti uchun tashakkur bildiring.
Oxirgi paytlarda firmaning vujudga kelishi, nafaqat ichki, balki tashqi
savdoda ham uning tan olinishi – taqdimot namoyish marosimi orqali voqe
bo‗lmoqda. Uning ijobiy tarzda o‗tkazilishi sheriklar bilan bo‗lgan keyingi
muzokaralarda muvaffaqiyat keltiradi. Ochilish marosimi haqidagi xabar
matbuotda yoritiladi; ochilish marosimining e‘loni; yo‗riqnomada tashkilotning
mahsuloti va rusumlari bilan tanishuv, mutaxassislarning chiqishi, maxsus texnika
vositasida filmlarni namoyish qilish; banket; sizning savdo-sotiq bo‗yicha
ishonchli sheriklaringiz; boshlanish vaqti – 17.00 da; manzil kirish – taklifnoma
asosida; ma‘lumot uchun telefon raqamlari:
152
Taqdimot yaxshi chiqishi uchun mutaxassislarni jalb qilmoq darkor.
Avvalambor, taqdimotning joyi va vaqti belgilanadi. Undan so‗ng ssenariy ishlab
chiqiladi. Taqdimotning vaqti odatda 1,5
2 soatdan oshmaydi. Uni tushlikdan
so‗ng, soat 15 larda o‗tkazgan yaxshi (17.00-19.00). Odatda taqdimotni
tashkilotning tashqi savdo xizmatining boshqaruvchilaridan biri ochadi. Aynan u
tashkilotning barcha rahbarlarini tanishtirib chiqadi. So‗ng esa film (10-15
daqiqa) ko‗rsatiladi va tashkilotning faoliyati haqida, uning eksport qilish
imkoniyatlari to‗g‘risida ma‘lumot beriladi (30 daqiqadan oshmasligi lozim).
Qolgan vaqt esa savollarga javob berish uchun ajratiladi. Taqdimot o‗tayotgan
joy turli xil reklama to‗ldirilgan plakatlar, stendlar bilan bezatiladi. Taqdimot
qatnashchilariga firmadan esdalik sifatida suvenirlar taqdim etiladi. Reklama
sovg‘alari sifatida odatda unchalik qimmat bo‗lmagan narsalar: yon daftarchalar,
taqvimlar, avtoruchkalar, kuldonlar, zajigalkalar, ko‗krak nishonlari, futbolka,
bosh kiyim va h.k. hadya qilinadi. Bu narsalarga firmaning nomi, ba‘zida esa
uning manzili va faoliyatining xususiyati yoziladi.
Taqdimotda tovarlarning namoyishi reklamaning eng ishonchlisi
hisoblanadi. Ayniqsa, bu mashina, jihozlarning namoyishi bo`lsa, Xaridorni
mahsulotning sifatli ekanligiga ishonch hosil qila oladi. Hamkorlik faoliyatiga
potensial mijozlarni jalb qilmoq juda zarur. Bu masalan, moslamalarni sinab
ko‗rishda, kiyimlarni kiyib ko‗rishda, materiallarning mustahkam ekanligini
ekspertiza orqali sinab ko‗rishda qatnashish va h.k. Bo‗lishi mumkin. Mijoz tovar
bilan shaxsan tanishib, qo‗l bilan ushlab ko‗rish imkoniga ega bo‗lsa, unda
onglanmagan tarzda firmaga nisbatan ishonchi orta boradi. Po‗stinning
yumshoqligini, matoni chidamli ekanligini yoki kompyuterdagi tekst redaktori
bilan ishlashning qulayligini his qilishi orqali paydo bo‗lgan taassurotni
mustahkamlovchi hissiy belgilalar hamma joyda oʻzini namoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |