Boylik, pul va o'lponlarning tabiati to'g'risida
mulohaza
» asarida iqtisodiy inqiroz davrida nima ro'y berishini yorqin va obrazli
ifodalab beradi, uningcha, odamlar faqat etishmovchilikdangina emas, ortiqcha
boylikdan ham o'lishi mumkin ekan. Tasavvur qilingki, deydi u, 10-12 odam bir-
biridan ajratilib, zanjirband qilingan. Birida oziq-ovqat ko'p, ammo boshqa hech
narsa yo'q; ikkinchisida esa kiyim-kechak serob, uchinchisida ichimliklar ko'p va
hokazo, ammo ular bu mahsulotlarni almasha olmaydilar. Zanjirlar bu oddiy
insonlarga tushunarsiz inqirozlarni keltirib chiqaruvchi iqtisodiy kuchlardir.
Buagilber insoniyat tarixida XX asrda bir necha bor ro'y bergan yirik iqtisodiy
inqirozlarni oldindan ko'ra bilgandek (ma'lumki, ishsizlik va qashshoqlik sharoitida
sutlar dengizga to'kilgan, ekin maydonlariga o't qo'yilganligi aniq).
Merkantilistlardan farqli ravishda u boylikning manbai almashuv sohasi emas,
balki ishlab chiqarish degan edi. Almashuvni esa ishlab chiqarish rivojining sharti
sifatidagina qaraydi.
Buagilber V.Pettidan holi, mustaqil ravishda qiymatning mehnat nazariyasiga
asos soldi, u bozor bahosi va «haqiqiy baho»ni farqlagan, «haqiqiy baho mehnat
sarfi bilan belgilanadi», degan. U haqiqiy baho deganda, ishlab chiqarishning turli
tarmoqlari o'rtasida mehnat taqsimotining to'g'ri proporsiyasini tushungan.
Shunday proporsional taqsimotning zaruriy shart-sharoiti sifatida ishlab
chiqaruvchilar orasidagi erkin raqobat yotadi.
V.Pettidan farqli ravishda (qiymatni pul shaklida ifodalashni taklif etgan)
Buagilber qiymatning pul shaklini qat'iy ravishda inkor etgan, shunday zaruratga
ehtiyoj yo'q degan. Agar V.Pettining diqqat markazida pullar v boshqa tovarlar
o'rtasidagi almashuv munosabatlari turgan bo'lsa, Buagilberning e'tibori
tovarlarning tovarga bevosita munosabati, ya'ni tovarlarning to'g'ridan-to'g'ri
almashuviga qaratilgan edi. Buagilber uchun shu narsa xarakterli ediki, u pulga
keskin qarshi bo'lgan, pulda barcha yovuzlik va ofatlarning manbai
mujassamlangan, tovarlarning «haqiqiy baho» asosida almashuvi buzilishining
sababi ham shunda deydi u. U oltin va kumushni buyuk yovuzlik deb baholaydi,
pulga qarshi mutaassiblik (fanatizm) bilan kurashadi. Pulning yagona yaxshi
tomoni shundaki, u almashuvni osonlashtiradi. Oltin va kumush o'rnini qog'oz pul
bemalol qoplaydi. Ko'rinib turibdiki, olim pulning barcha funksiyalarini tushunib
etmaydi. Pul umumiy ekvivalent bo'lib, uning rolida qiymatga ega bo'lgan
tovarlargina xizmat qilishi mumkin. Shu sababli uningcha, tovar ishlab
chiqarilishini saqlagan holda, pulni yo'q qilish kerak. Shu erda u iqtisodiy
munosabatlarning ikki shakli o'rtasidagi chambarchas aloqani tushunmadi, uning
bir shaklini (tovar) saqlab, ikkinchi (pul) shaklini yo'q qilmoqchi edi.
Olim tovar ishlab chiqarishning asl maqsadi faqat iste'molni qondirishda deb
xato o'ylagan (iste'mol va almashuv uchun).
Demak, Buagilberning eng buyuk xizmati shundaki, u qiymatni sarflangan ish
vaqtiga tenglashtirdi. Lekin u tovar ishlab chiqarishning qulay tomonini saqlagan
holda uning salbiy tomonlarini tugatishni orzu qiladi. Agar Pettining iqtisodiy
ta'limotida almashuv qiymati asosiy bo'lsa, Buagilberda iste'mol qiymati bosh rolni
o'ynadi. Aslida ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi.
Buagilber qarashlaridagi cheklanganlik (faqat dehqonlarni himoya qilishi,
sanoat va savdoni etarlicha baholamasligi), bizningcha tarixan bo'lib, Fransiya
130
kapitalizmi rivojining xususiyatlaridan kelib chiqadi, nazariy jihatdan orqaga
qarash bor. Agar Angliyada sanoat, savdo va hatto qishloq xo'jaligida kapitalistik
munosabatlar to'la g'alaba qozongan bo'lsa, uning iqtisodiyoti mehnat taqsimoti,
raqobat, kapital va ishchi kuchlarining faolligi bilan xarakterlanar edi; Fransiyada
esa bu munosabatlar endi shakllana boshlagan edi, xolos.
Do'stlaringiz bilan baham: |