O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Siyosiy  arifmetika
»  asari  to'la  ravishda  uning  vafotidan  keyin 
bosilib  chiqdi  (kitob  uning  o'g'li  lord  Shelbern  tomonidan  nashr  etilgan).  Buning 
sababi shuki, unda Angliya va Fransiyani chog'ishtiruvchi ma'lumotlar bor edi. Bu 
asar yangi fan - statistikaga asos soldi. Bu davrda hali bu tushunchaning o'zi yo'q 
edi («statistika» so'zi XVIII asr oxirida paydo bo'ldi).  
V.Petti  birinchilardan  bo'lib  davlat  statistika  xizmati  tuzish  zarurligi 
masalasini  ko'tardi  va  ma'lumot  to'plashning  ayrim  yo'nalishlarini  belgilab  berdi. 
Uningcha, mamlakatdagi aholining umumiy soni, joylashuvi, yoshi va kasbi hamda 
boshqa  ma'lumotlar  muhimdir.  Iqtisodiy  ko'rsatkichlardan  asosiy  tovarlarning 
ishlab  chiqilishi  va  iste'moli,  aholi  daromadi,  boylik  taqsimoti  haqidagi 
ma'lumotlar kerakli hisoblangan. Pettining kuzatishlaricha, mamlakatda faqat soliq 
va tashki savdo bo'yicha ayrim ma'lumotlar bor edi, xolos. Biror masala haqida gap 
ochilar  ekan,  Petti  «
avval  hisoblab  ko'rish  kerak
»  degan  fikrni  aytishni  yaxshi 
ko'rar 
edi. 
Statistika 
bilan 
shug'ullanganligi 
tufayli 
ma'lum 
ma'noda 
«rejalashtirish»  masalalari  ham  ko'tarilgan.  Masalan,  u  «ishchilar  kuchi  balansi» 
bilan shug'ullanib, mamlakatga shuncha vrach va advokat kerak, demak, oliy o'quv 
yurtlariga  yiligi  shuncha  talaba  qabul  qilish  kerak, degan  hisob-kitoblarni  keltirar 
edi.  Odatda  u  Angliya  va  Fransiyaning  iqtisodiy  ahvolini  solishtirib,  qaysi  davlat 
boyroq ekanligini aniq faktlar bilan ko'rsatishga intilgan.  
«Siyosiy  arifmetika»  kitobining  mukaddimasida  u  o'z  uslubining  yangi 
ekanligini 
ta'kidlab, 
qiyosiy 
(ozroq, 
ko'proq, 
yaxshiroq, 
yomonroq) 
ko'rsatkichlardan aniq statistik raqamlar - son, og'irlik bilan boshqa o'lchovlar tiliga 
o'tish  kerakligini  aytadi.  U  milliy  daromad,  milliy  boylik  haqida  gapiradi  va 
Angliyaning milliy boyligini hisoblab chiqadi (ma'lumki, bu ko'rsatkichlar hozirgi 
kunda  juda  muhim  ko'rsatkich  hisoblanadi).  Masalan,  u  Angliyaning  moddiy 
boyligini 250 million funt sterling deb baholaydi, ammo aholining 417 million funt 
sterling pulini ham shunga qo'shish kerak, deydi.  
V.Pettining  iqtisodiy  ta'limoti  aholining  soni  va  tarkibidan  boshlanishi 
nihoyatda  muhimdir.  Uning  g'oyasi  o'zidan  keyingi  Maltusdan  keskin  farq  qiladi, 
agar Pettining fikri bo'yicha «
aholi - boylikning asosi
» bo'lsa, Maltusda aholining 
tez  o'sishi  kambag'allikning  asosidir.  V.Petti  Angliyaning  milliy  daromadini  ham 
hisoblab  chiqdi.  Uning  hisobiga  ko'ra,  Angliyaning  pul  shaklidagi  boyligi  barcha 
boylikning  faqat  3%  teng  ekan.  Xuddi  shundan  hozirgi  davrning  milliy  hisob 
schetlari  yuzaga  keldi,  unga  qarab  ishlab  chiqarish  hajmini,  bu  boylikning  aholi 
o'rtasida  taqsimotini  (iste'mol,  jamg'arma,  eksport,  aholi,  asosiy  sinflar,  guruhlar 
daromadi)  va  boshqalarni  bilib  olish  mumkin.  Albatta,  hozirgi  davr  bilan 
solishtirganda  bu  hisob-kitoblarda  jiddiy  uslubiy  xatoliklar  bor  edi.  Masalan,  u 
milliy daromadni aholining iste'mol sarflari yig'indisi deb bilgan, ya'ni jamg'arma, 
bino, qurilish, asbob-uskuna, erni yaxshilashga ketgan kapital qo'yilmalar hisobga 


 
125 
olinmasa  ham  bo'laveradi,  deb  noto'g'ri  o'ylagan.  Ammo  XVII  asrdagi  Angliya 
uchun  bunday  yo'l  ancha  realistik  edi,  chunki  jamg'arma  normasi  past  bo'lgan, 
Angliyaning  moddiy  boyligi  nisbatan  sekin  o'sayotgan  edi.  Sal  keyinroq 
V.Pettining bu xatolari uning izdoshi Gregori King tomonidan to'g'rilandi va XVII 
asr oxiridagi Angliya milliy daromadi nihoyatda to'g'ri hisoblab chiqildi.  
E'tibor  berib  qaraydigan  bo'lsak,  V.Pettining  so'nggi  asarlari  ko'proq  aholi, 
uning  o'sishi,  joylashuvi  va  ish  bilan  bandligi  masalalariga  bag'ishlangan.  V.Petti 
zamondoshi  va  do'sti,  mayda  savdogar  Jon  Graund  bilan  birgalikda  demografik 
statistika  faniga  asos  soldi.  1662  yildan  boshlab  Angliya  aholi  sonining  umumiy 
soni,  tug'ilish,  o'lim  va  tabiiy  o'sish  masalalari  bo'yicha  kitoblar  yuzaga  kela 
boshladi.  

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish