O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


-MAVZU. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

7-MAVZU. A. SMITNING IQTISODIY TA'LIMOTI 
 
7.1. Klassik maktab g'oyalari shakllanishining tarixiy shart-sharoitlari. 
Klassik iqtisodiy maktabning to'la shakllanishi  
 
XVIII  asrning ikkinchi  yarmida  klassik  iqtisodiy  maktab britaniyalik olimlar 
A.Smit  va  D.Rikardo  asarlarida  eng  yuksak  cho'qqiga  ko'tarildi.  Bu  hol  tasodifiy 
emas edi, chunki bu olimlar yashab ijod etgan davrda Angliyada chuqur iqtisodiy, 
sosial va siyosiy o'zgarishlar ro'y berayotgan edi.  
Angliya  jahonda  eng  rivojlangan  va  sanoatlashgan  davlatga  aylana  boshladi, 
iqtisodiyotda  va  ijtimoiy  hayotda  kapitalistik  munosabatlar  hal  qiluvchi  o'rinlarni 
egalladi. Mamlakatda yuksak rivojlangan qishloq xo'jaligi va tez o'sayotgan sanoat 
mavjud  edi,  faol  tashqi  savdo  olib  borilardi.  Yangi  jamiyatga  xos  sinfiy  ajralish 
yaqqol  bo'lib,  ishchilar,  sohibkorlar,  er  egalari  -  lendlordlar  va  fermerlar  bor  edi. 
XVIII  asr  o'rtalariga  kelib  Angliyada  amalda  dehqonlar,  ya'ni  yomenlar  sinfi 
chegaralash agrar islohoti tufayli tarix saxnasidan tushdi.  
Kapitalning  dastlabki  jamg'arilishi  natijasida  hosil  bo'lgan  pul  kapitali 
(manbalari:  past  ish  haqi,  mustamlaka  siyosati,  ayniqsa  noekvivalent  savdo,  qul 
savdosi, erlarning dehqonlardan tortib olinishi, bosqinchilik urushlari va boshqalar) 
tobora  ko'p  miqdorda  sanoat  va  qishloq  xo'jaligiga  qo'yila  boshladi.  Yirik 
markazlashgan  manufakturalar  va  kapitalistik  fermalar  tobora  muhim  ahamiyat 
kasb  eta  boshladi.  Agar  XVIII  asr  boshida  mamlakat  hali  agrar  holatda  bo'lsa, 
sanoatning  iqtisodiyotdagi  hissasi  tobora  tez  o'sib  bordi.  Angliya  industrial  agrar 
davlatga  aylandi.  Manufakturalar  soni  oshdi,  ulardagi  ishchilar  soni  ko'paydi, 
ishchilarning ahvoli nihoyatda og'ir bo'lib, qattiq ekspluatasiyaga duchor qilindi.  
Manufakturalar  soni  tez  oshib  borgani  bilan  ichki  va  tashki  bozordagi  o'sib 
borayotgan mahsulotlarga bo'lgan talab to'la qondirilmas edi, taklif esa etarli emas 
edi.  
Asr  o'rtasida  Angliya  boshqa  mamlakatlarga  nisbatan  manufakturadan 
fabrikaga  o'tishga  yaqin  turar  edi.  Angliya  sanoat  inqilobi  arafasida  edi. 
Mamlakatning  sanoat  mahsulotlari  jahon  bozorida  yuqori  baholangan  va  talab 
tobora  ortgan,  ammo  davlat  tomonidan  kiritilgan  savdo-sotiqdagi  proteksionizm 
siyosati,  feodalizm  davridagi  bir  qancha  tartib  va  cheklashlar,  qonunlar  davr 
talabiga  javob  bermay  qo'ydi,  ularning  borligi  kapitalizm  rivojiga  to'sqinlik  qilar 
edi.  Hali  kam  sonli  savdo  va  sanoatdagi  sohibkorlar  sinfi  bu  davrda  progressiv 
o'zgarishlar  tarafdori  edi,  ammo  ekspluatasiya  usullari  ishchilar  sinfining 
qarshiligiga  uchray  boshladi.  Undan  tashqari,  yangi  o'zgarishlarga  hali  ancha 
kuchli  va  uyushgan  dvoryanlar  sinfi  ham  to'siq  edi.  Angliya  sanoati  egalari  erkin 
sohibkorlik  faoliyatini  kuchaytirishni,  feodalizm  qoldiqlarini  tugatishni  talab 
qilardi.  Shu  sababli  sohibkorlar  sinfi  yangi  kapitalistik  ishlab  chiqarish  usulini 
ilmiy jihatdan to'la tahlil qiladigan iqtisodiy ta'limotlarga muhtoj edi.  
Shunday  qilib  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmi  va  XIX  asrning  birinchi 
choragida  Buyuk  Britaniyada  boshqa  davlatlarga  nisbatan  iqtisodiy  g'oyalarning 
rivojlanishi  uchun nihoyatda qulay  sharoitlar  yuzaga  keldi,  bu  g'oyalar  A.Smit  va 
D.Rikardo  ta'limotlarida  o'z  aksini  topdi.  Bu  tadqiqotlar  aslida  sohibkorlar 
mafkurasini  himoya  qilgan  bo'lsa  ham,  bu  mafkuraning  apologetlari  (ko'r-ko'rona 


 
132 
ataylab  yoqlovchilari)  emasdilar,  ular  o'z  asarlari  va  yaratgan  ta'limotlarida  bu 
tuzumning  barcha  faoliyatini  to'la-to'kis  ma'qullamadilar,  uni  bo'yab  ko'rsatishga 
urinmadilar, bu jamiyatdagi ilg'or tomonlarni ko'rsatish bilan birga undagi ko'pgina 
qarama-qarshilik va nuqsonlarni ochib tashladilar, ishchilar sinfiga, uning ahvoliga 
achinish,  rahm-shafqat  va  xayrihohlik  munosabatida  bo'lganlar.  Ular  tomonidan 
yaratilgan  ta'limot  ingliz  klassik  iqtisodiyotining  asosi  bo'ldi  va  jahon  iqtisodiyot 
fikriga katta ta'sir ko'rsatdi.  
Bu olimlar o'zlaridan avvalgi merkantilizm, ilk klassik maktab va fiziokratizm 
g'oyalarini  mukammal  o'rganib,  shular  asosida  yangi  iqtisodiy  maktabning 
shakllanishini nihoyasiga etkazdilar. Aslini olganda ular bozor iqtisodiyoti asosini 
yaratdilar. Klassik maktabning to'la shakllanishida ayniqsa sanoat inqilobi katta rol 
o'ynadi (bu ibora muomalaga 75-80 yil ilgari taniqli tarixchi A.Toynbi tomonidan 
kiritildi  va  Toynbining  o'zi  buni  1760  yilda  Shotlandiyadagi  yirik  Kerron 
metallurgiya  zavodining  ishga  tushishi  bilan  bog'laydi).  R.Xeylbroner  va 
L.Turoularning  fikriga  ko'ra  shu  davrda  bozor  jamiyati  («

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish