Mehnat boylikning otasi va nihoyatda faol prinsipidir, er esa uning
onasidir
» degan fikr ham V.Pettiga tegishlidir. Bu g'oyaning shunisi to'g'riki,
mehnat boylikning yakkayu-yagona manbai emas, chunki gap moddiy boylik,
iste'mol qiymatlari hosil qilish ustida borganda faqat mehnat emas, balki tabiat
ham ishtirok etadi, ammo to'g'ri qoida tovarning qiymatiga ham xato ravishda
noo'rin qo'llaniladi. Shunday qilib, V.Petti o'zining qiymatning mehnat
nazariyasiga qarama-qarshi o'laroq, qiymat manbai sifatida mehnat bilan birga
tabiatni ham qabul qilishni talab etadi. Buning sababi shuki, u iste'mol qiymati
manbai sifatida ham, qiymat manbai sifatida ham bir xil gavdalangan.
Qiymat nazariyasi bilan daromadlar, ish haqi va renta to'g'risidagi nazariyalar
bevosita bir-biriga bog'liq. V.Petti boshqa (D.Rikardo, T.Maltus) klassik maktab
vakillari kabi, ish kuchini emas, balki mehnatni tovar deb hisobladi (aslida ish
kuchi ham tovardir).
V.Petti mehnatni tahlil etishga kirishadi. Har bir konkret mehnat aniq narsani
(baxt-saodatni), iste'mol qiymatini yaratadi. Qiymat ikki qismdan iborat: 1)
iste'mol qiymati, 2) almashuv qiymati - mahsulot almashsa yoki sotilsa yuzaga
chiqadi. Masalan, dehqon mehnatida shunday umumiylik borki, unga ko'ra barcha
mehnatlarni bir-biri bilan solishtirish (chog'ishtirish) mumkin, narsalar (baxt-
saodat) - tovarlarni almashuv qiymati bilan, ish vaqtini sarflash, umuman
ishchilarning unumli energiya sarflashi bilan aniqlash mumkin. Bundan abstrakt
mehnat tushunchasi kelib chiqadi va buni birinchilardan bo'lib V.Petti tushuna
boshladi. U mehnatning tabiiy bahosini ish haqi deb biladi va uning miqdorini
aniqlashni o'zining vazifasi qilib qo'yadi. O'sha davrda Angliyada ish haqi qonun
bilan tartibga solingan, uning eng yuqori pog'onasi ishchilarning hayoti uchun
zarur bo'lgan jismoniy minimum mablag'lardan iborat edi (sog'lom odamning
kunlik o'rtacha ovqati). Petti har bir ishchi «yashash, mehnat qilish va ko'payish
uchun» kerakli narsani olsa bas, degan qisqacha xulosalarga keladi. Bu holatni
V.Petti nazariy jihatdan isbotlamoqchi bo'ldi. U o'yladiki, agar ishchilarga
ko'rsatilgan minimumdan masalan ikki hissa ko'p haq to'lansa, ular ikki marta
kamroq ishlaydilar.
Tirikchilik uchun zarur mablag'lar nazariyasi xato bo'lib, avvalo ishchi kuchi
qiymatiga kiruvchi tarixiy va ahloqiy elementlarni o'z ichiga oladi. Shu bilan birga
bu nazariyaning ijobiy tomoni ham mavjud bo'lib, ishchilar o'zlari yaratgan
qiymatning faqat bir qismini (tiriklik uchun kerakli minimum mablag'ni)
olayotgani ma'lum bo'lib qoldi. Mehnat tufayli yuzaga kelgan qiymatning boshqa
qismi esa qo'shimcha mehnat natijasi sifatida namoyon bo'ladi, bu qo'shimcha
qiymat uningcha rentadir.
U ishlab chiqarmaydigan aholiga - dindorlar, advokat, amaldorlarga salbiy
munosabatda bo'ldi, xuddi shuningdek u sotuvchilar sonini ham keskin kamaytirish
123
tarafdori edi. Tadbirkorlar va er egalarining daromadlarini belgilash uchun
umumiy bo'lgan «Renta» tushunchasi kiritiladi.
V.Petti renta nazariyasini ham ishlab chiqdi (siz ham rentani bir eslang).
Uning fikricha, renta mahsulot (natura) ko'rinishida ish haqi va urug'likni
ajratgandan keyin qoladigan mahsulot miqdoriga teng bo'lishi kerak. Demak, bu
holda renta qo'shimcha mahsulotga teng. Pul holidagi renta qo'shimcha
mahsulotning kumush miqdoriga teng qiymatidir.
V.Pettida foyda tushunchasi alohida kategoriya shaklida yo'q, renta barcha
qo'shimcha qiymatga teng miqdor deb baholanadi. Shu sababli renta to'g'risidagi
nazariyada amalda qo'shimcha qiymat haqida gap boradi. Qiymatni mehnat sarflari
sifatida qarab, V.Petti birin-ketin renta (qo'shimcha qiymat)ni qo'shimcha mehnat
natijasi ekanligini aniqlaydi. Buni fermerning foydasi sifatida ham qaraydi.
Ish haqi va rentani mehnat asosida yuzaga kelgan qiymatning bir bo'lagi
sifatida tahlil etib, Petti muhim qisqacha xulosalar chiqaradiki, unga ko'ra ish haqi
va renta bir-biriga qarshi. Masalan, deydi u, bir bushel (36.4 kg) bug'doy 60
pensdan sotiladi, undan 20 pensi er rentasiga, 40 pensi er egasining ish haqi
sifatida berilsa va ish haqi 1/8 ga yoki kuniga 8 dan 9 pensga ko'tarilsa, er
egasining 1 bushel bug'doydagi hissasi 40 dan 45 ga ko'tariladi, er rentasi esa 20
dan 15 pensga (ya'ni 5 pensga) kamayadi.
V.Petti rentaning kelib chiqishi to'g'risida ham muhim va qiziqarli fikrlarni
beradi (umuman, renta absolyut va differensial bo'ladi). Differensial rentaning
kelib chiqishini u er uchastkalarining turlicha joylashganligi bilan tushuntiradi
(birinchi sabab, ya'ni bozorga uzoq-yaqinligi, masofa, transport sarflari). U
rentaning ikkinchi sababini ham aniqlab, erning tabiiy unumdorligining turlicha
ekanligini ko'rsatgan (o'zbek xalqida ham «Erdan erning farqi bor, etmish ikki xil
narxi bor», degan yaxshi makol bor). Olimlarning fikricha, V.Petti differensial
rentani Adam Smitdan ham yaxshi bayon etgan.
Absolyut renta haqida gap borganda shuni aytish kerakki, bu renta erga
xususiy mulkchilik bo'lganda namoyon bo'ladi. V.Petti er bahosi masalasini juda
qiziq va noyob ravishda hal etishga uringan. Uning fikricha, erni sotib oluvchi har
yili renta olish huquqini qo'lga kiritgan shaxsdir. Shu sababli erning bahosi bir
yillik rentani ma'lum bir songa ko'paytirish orqali aniqlanadi. Hamma masala
shunda bo'lib, uni tanlash talab etiladi. Xo'sh, u nima bo'lishi mumkin?
V.Petti bu savolga javoban shunday deydi: er sotib oluvchi o'zi va o'ziga
yaqin avlod-ajdodlarining manfaatlarini e'tiborga olib ish yuritadi. Uningcha,
odatda uch avlod vakillari bir vaqtda hamkorlikda yashaydilar: buva (50 yosh),
o'g'il (28 yosh) va nabira (7 yosh). U shu uch avlodning hamkorlik davrida
yashagan yillar rentasi yig'indisini er bahosi deb qabul qiladi. U Angliya uchun
bunday son 21 yilga teng ekanligini aniqlaydi. Demak, erning bahosi shuncha bir
yillik rentalar yig'indisiga teng, degan qisqacha xulosalar chiqariladi.
V.Petti erni sotib oluvchi uchun er yillik daromad manbai ekanligini
tushungan. Shunga muvofiq u erning bahosi shunday summaga teng bo'lishi
kerakki, bu summa har yili olinadigan renta huquqini beradigan bo'lishi kerak, deb
to'g'ri hisoblagan. Amalda
erning bahosini
kapitallashgan rentadek hisoblash orqali
V.Petti
masalaning mohiyatini to'la va to'g'ri tushungan.
124
Ammo erning bahosi masalasi hali to'la hal etilmadi, chunki erning bahosi
ikki omilga bog'liq: 1) er rentasining miqdori, 2) prosent (foiz) darajasi. V.Petti esa
yuqorida qayd etilganidek, ssuda prosentini er bahosidan chiqargan. Bu qiyin
ahvoldan chiqish uchun u er bahosi rentaning 21 ga ko'paytirilganiga teng deb
hisoblagan (uch avlod - buva, ota va nevara birgalikda 21 yil yashaydilar va erdan
birga foydalanadilar, degan qisqacha xulosalar). Erning asl bahosi masalasini
boshqa olimlar to'g'ri hal etdilar.
V.Pettining «
Do'stlaringiz bilan baham: |