O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Pul to'g'risida bir necha ogiz so'z



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet151/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

Pul to'g'risida bir necha ogiz so'z
» kitobi 32 ta savol 
va  javob  tariqasida  Angliyada  pul  chaqasini  qaytadan  zarb  etish  masalasiga 
bag'ishlangan. Bu aslida kichik bir parcha pul nazariyasining ustuni edi. Unda Petti 
merkantilizmdan  butunlay  voz  kechadi  va  pulni  umumiy  ekvivalent  vazifasini 
bajaruvchi  maxsus  tovar  deb  hisoblaydi.  Pulning  qiymati  ham  boshqa  tovar  kabi 
sarflangan  mehnat  miqdori  bilan  aniqlanadi,  almashuv  qiymati  esa  qimmatbaho 
metallni  qazib  olishga  ketgan  mehnat  sarflari  bilan  belgilanadi.  Eng  muhim 
masala, bu mamlakatdagi pulning miqdori, ya'ni oborotdagi pul masalasi edi.  
Muomaladagi  pulning  miqdori  tovar-to'lov  oborotlari  yoki  oxir-oqibatda 
realizasiya  qilinayotgan  tovarlar,  ularning  bahosi  (to'g'ri  proporsiya)  va  pulning 
muomala  chastotasi  (teskari  proporsiya)  bilan  aniqlanadi.  O'sha  davrda  qimmatli 
metallardan qilinadigan chaqa pullar bank tomonidan chiqariladigan qog'oz pullar 
bilan  (ma'lum  chegarada)  almashtirilishi  mumkin  degan  to'g'ri  qisqacha  xulosalar 
chiqariladi.  
Uning  fikricha,  pul  inson  organizmidagi  yog'ga  o'xshaydi,  chunki  yog'ning 
ortig'i  ham,  kami  ham  ziyondir,  ya'ni  uning  me'yorda  bo'lgani  yaxshi  (uning 
vrachligini eslang).  
V.Petti  davlatning iqtisodiyotga  aralashuviga ham  e'tibor berdi, bu  aralashuv 
rivojlanishga yordam berishi kerak, lekin boshqa paytda davlat iqtisodiyotdan uzoq 
bo'lishi  kerak.  Uning  fikricha,  vrach  kasalni  davolaganda  iloji  boricha  sun'iy 
dorilardan  kamroq  foydalangani,  ko'proq  ob'ektiv  omillarni  ishlatgani  ma'qul 
(davlat aralashuvi zarur holda va me'yorda bo'lgani yaxshi).  
V.Petti  o'zining  tabiiy  baho  to'g'risidagi  ta'limotida 
qiymatning  mehnat 
nazariyasiga
  asos  soldi. Bu  klassik  maktabning  asosiy  nishonasi  (belgisi)  sifatida 
qaraladi.  U  vaqt  va  tasodifiy  omillar  ta'sirida  o'zgarib  turuvchi  bozor  bahosi 
(«siyosiy baho») ga tabiiy bahoni (qiymat deb bilgan) qarama-qarshi qo'ydi. Tabiiy 
baho  ichki  bozor  bahosiga  teng  bo'lishi  kerak.  Chunki  u  mehnat  miqdori  bilan 
o'lchanadi. U non bahosi bilan kumushni solishtiradi va ularning bahosi sarflangan 
mehnat  miqdori  bilan  tenglashtiriladi.  Bu  misolda,  ya'ni  non  kumushga 
almashtirilganda  almashuv  proporsiyasi  asosida  shu  mahsulotlarni  ishlab 
chiqarishga  sarflangan  mehnat  yotadi,  demak  qiymat  mehnat  bilan  aniqlanadi. 
Undan  tashqari,  tovarning  qiymati  kumushni  qazib  olishdagi  mehnat 
unumdorligiga to'g'ri proporsionaldir, sarf-xarajat usuli qo'llaniladi. Shunday qilib, 
V.Petti iqtisodiyot tarixida qiymatning mehnat nazariyasi kurtaklarini ta'rifladi. Bu 
olimning  katta  ilmiy  xizmatidir.  Ammo  Petti  qiymatni  almashuv  qiymati  bilan 
qorishtirib  yuboradi  va  almashuv  qiymatini  almashuv  jarayonida  qanday  shaklda 
bo'lsa,  shunday,  ya'ni  pul  shaklida  ifoda  qiladi.  U  qiymatning  bevosita  manbai 
sifatida faqat konkret mehnatning aniq bir ko'rinishini, oltin va kumush qazishdagi 
mehnat  (ya'ni  pul  materiali)ni  ko'rgan,  xolos.  Uningcha,  tarmoqlardagi  ishlab 
chiqarilgan  mehnat  mahsulotlarining  qiymati  shu  mahsulotlarni  nodir  metallarga 
almashuvi  natijasida  aniqlanadi.  Olimning  merkantilistik  qarashlari  bu  erda  ham 
saqlangan  (kamchiligi).  U  abstrakt  mehnat  bilan  konkret  mehnatni  farqlamaydi. 
Unda  qiymat  bilan  iste'mol  qiymati  tushunchalari  o'rtasida  aniq  farq  ko'rinmaydi, 
ayrim holda ular qorishtirib yuboriladi. Konkret mehnat iste'mol qiymatini yaratsa, 
abstrakt mehnat umumiy qiymatni yaratadi.  


 
122 
Petti  merkantilistlardan  farqli  ravishda  boylik  bu  pul  haqida  qimmatbaho 
metall  va  toifalardangina  iborat  emas,  balki  mamlakatdagi  erlar,  uylar,  kemalar, 
tovarlar hatto uy jihozlarini ham boylik deb hisoblaydi.  
Mamlakat boyligini oshirish  uchun odamlarni qamqxonalarga tashlash emas, 
pullik jarimalar kiritish kerak deydi. Yirik o'g'rilarni esa «qullik»ka sotib, ishlatish 
zarur.  Shu  bilan  birga  pulning  jamiyatdagi  roli  to'g'ri  talqin  etilmagan 
(savdogarlarni qisqartirish taklif etiladi).  
«

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish