Byudjet (ingl. byudjet - hamyon, mablag') belgilangan muddat uchun ishlab chiqilgan, me'yorlashtirilgan hamda qonuniy ravishda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar yig'indisini ifodalaydi hamda davlatning oldida turgan maqsad va vazifalarini moliyaviy ta'minlashga mo'ljallangan pul mablag'lari fondini shakllantirish va xarajat qilish shaklini aks ettiradi.
Davlat byudjetining mazmunini yoritishga turli davr va turli yo'nalishdagi iqtisodiy maktablar vakillari fikr bildirgan. Masalan, “Davlat byudjeti deyilganda, eng avvalo, ikki tushunchaning qo'shilishini tushunmoq kerak: birinchisi davlat miqyosida yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni taqsimlash natijasida vujudga keladigan iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlar (iqtisodiy kategoriya) va ikkinchisi shu kategoriyaning namoyon bo'lish shakli sifatida davlatning asosiy moliyaviy rejasi”9, deb izohlangan.
Agar xorijiy adabiyotlardagi “davlat byudjeti” tushunchasining talqiniga nazar tashlasak, masalan, “Public budgeting systems” nomli qo'llanmada keltirilishicha, “davlat byudjetining kelib chiqishi, rivojlanishi va isloh qilib borilishi davlat boshqaruvidagi rasmiy shaxslarni o'z xatti-harakatlari uchun javobgarlik va mas'uliyatga chaqirishga bo'lgan intilish bilan bog'liq”10. “Demokratik jamiyatda byudjet - bu hukumatning kuch va imkoniyatlarini cheklash, bir qolipga solish vositasi sifatida qaralishi mumkin”11.
O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan moliya yili yakunlari bo'yicha tahliliy maqsadlar uchun hamda byudjet tizimi byudjetlarining (byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari bundan mustasno) barcha tushumlari va xarajatlarini hamda O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'larini, ular o'rtasidagi transfertlarni hisobga olmagan holda hisobga olib borish uchun tuziladi.
Davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan ta'minlash uchun mo'ljallangan markazlashtirilgan pul jamg'armasi davlat byudjetining mohiyatini ifodalaydi. Uning samarali faoliyat ko'rsatishi iqtisodiy o'sishning sifatiga va ijtimoiy farovonlikning darajasiga bevosita ta'sir ko'rsatadi. Davlat byudjetining barqarorligi mamlakat iqtisodiyoti va eng avvalo, uning ijtimoiy sohasi holatini xarakterlaydigan eng muhim ko'rsatkichlardan biridir12.
O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti YIM va milliy daromadning taqsimlanishi jarayonida davlatning jamiyat oldidagi vazifalarini bajarishi uchun maqsadli ravishda shakllantirilgan markazlashtirilgan pul fondi bo'lib, mamlakatda yashovchi barcha aholining moliyaviy manfaatlarini ifoda etadi.
Rivojlagan mamlakatlarda kuzatilayotgan moliyaviy-iqtisodiy inqirozning mavjudligiga qaramasdan, mamlakatimizda kuzatilayotgan barqaror iqtisodiy o'sish sur'atlarining ta'minlanishida izchil olib borilayotgan byudjet-soliq siyosatining ahamiyati g'oyat yuksakdir. Buni, o'z navbatida, keyingi yillarda kuzatilayotgan byudjet profitsiti, rejalashtirilgan davlat byudjeti daromad ko'rsatkichlarining orttirib bajarilayotgani, davlat byudjeti ijrosining g'aznachilik tizimi yanada rivojlantirilishi natijasida byudjet xarajatlarining manzilli va maqsadli sarflanayotgani bilan izohlash mumkin. “Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustuvor yo'nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi”13.
O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibini quyidagi rasm orqali ifodalaymiz.
Davlat byudjeti
*
Davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari
к
г '
O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari
O'zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Byudjet kodeksi”ga muvofiq15, O'zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjeti tarkibiga Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari va O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi mablag'lari kiritilgan.
Davlat byudjeti quyidagi darajadagi byudjetlardan iborat: O'zbekiston Respublikasining respublika byudjeti; Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlari. Qoraqalpog'iston Respublikasi byudjeti tuzilmasiga Qoraqalpog'iston Respublikasining respublika byudjeti, Qoraqalpog'iston Respublikasi tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Viloyatlar mahalliy byudjetlari tuzilmasiga viloyat byudjeti, tegishli viloyatlar tumanlari va shaharlarining byudjetlari kiradi. Toshkent shahar mahalliy byudjeti tuzilmasiga shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning byudjetlari kiradi.
O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetining tarkibiy tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin (2-rasm).
rasm. O'zbekiston Respublikasi davlat byudjeti16
Bir qator ilmiy adabiyotlarda davlat byudjetining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini yoritishda uning: iqtisodiy kategoriya sifatida; moddiy tushuncha sifatida; huquqiy kategoriya sifatida mavjud ekanligi va amal qilishi nazarda tutilgan (3-rasm).