148
jixatini suroknomalarda aks ettirib va aniklab bulmaydi. aytib utilganidek, suroknomalar shaxsning tuzilishiga
umumiy ta'rif berish xukukiga da'vogarlik kilar ekan, aslida individuallikni tavsiflashga, individuallik xislatlarining
uning bir asosiy belgilari (omillari) atrofida tashkil bulishi prinsiplarini topishga urinishlar bilan cheklanadi.
Majoziy ma'noda aytganda individual-psixologik xislatlarning keng "kolleksiyasi" yorliklar takiladigan
("shizotimiya-siklotimiya" "introversiya-ekstroversiya", "xissiyotlilik-vazminlik" va xokazo) bir kancha
"vitrinalarda" joylashtiriladi.
Jumladan, psixologiyada individuallikning kupgina xislatlari-moslashuvchanlik, tajovuzkorlik, mayillik
darajasi, tashvishlanish va shular kabilar aniklangandir. Bular jumlani individning uziga xosligini kursatadi. Bu
psixologik xodisalar uz moxiyatiga kura uzaro munosabatda bulib, oshkor yoki oshkora bulmagan xolda allakanday
muxitning mavjudligini takozo etadi. Shaxs aynan ana shunday muxitga nisbatan moslashuvchanlik, tajovuzkorlik
tashvishlanish va xokazolarni namoyon kiladi. Bordiyu, agar odamlarning individual fazilatlari bu tadkikotlarda
izchil, uzgaruvchan, rang-barang mazmunli tarzda namoyon bulsa, u xolda sosial muxit uzgarmaydigan,
shakllanmagan (amorf), mazmunsiz, "umuman muxit" sifatida tasavvur kilinadi. Sosial muxitning "shaxs-
muxit"dan iborat uzaro munosabatiga kiyosan as'ana bulib kolgan mexanistik tarzda talkin kilinishi muxitni yo faol
shaxsning uz kuch-gayratlarini ishga soladigan maydon sifatida, yoxud gurux tarzida shaxsga tazyik kursatuvchi
kuch sifatida izoxlaydi. Shaxsning va uni kurshab turgan sosial muxitning uzaro birgalikdagi xarakatining faol
xususiyati tugrisidagi tasavvur garb fanida na shaxs psixologiyasining nazariy kismlari tukimalariga va na shaxsiy
tadkik etishning psixologik metodlariga kiritilmagandir.
Boshka tadkikotlarda kishi individualligining ekstrapunitivligi (uzining xususiy muvaffakiyatsizliklari
uchun aybni boshka odamlarga agdarish mayli) kabi belgisi yaxshi jamoa a'zosining fe'l-atvoriga xos bulish-
bulmasligi, ya'ni bu uning shaxsida mukarrar namoyon blish-bulmasligi aniklandi. Oldiniga shaxs testi yordamijda
ekstrapunitivligi yakkol sezilib turgan sportchilar (sportning uynaladigan turlariga oid komandalarning a'zolari ular
juda xam kupchilik edi) guruxi aniklanadi. Individuallikning ushbu belgisi ular uchun yetakchi xisoblanmish sport
faoliyatida ularning shaxsiga oid fazilatlarni anik kursatib beradigandek tuyuladi. Xakikatda esa sportchilarning
yaxshi uyushgan guruxlarida (xakikiy jamoalarda), shaxsiy test ma'lumotlariga binoan ekstrapunitiv shaxslar uz
komandasi a'zolariga nisbatan jamoaning aynan bir xil bulib kolishiga karatilgan munosabatda bula boshlashibdi
(11.6.ga karang), ya'ni shaxsning ekatrapunitiv belgisiga tomomila karama-karshi fazilatni namoyon kilishibdi.
Shunday kilib, inson shaxsining tuzilishi individuallikning tuzilishiga karaganda keng ekanligi
shubxasizdir. Shu boisdan bunga, birinchi navbatda, uning individualligini kursatadigan va fakat extirosda, ichki
kiyofada, kobiliyatlarda va xokazolarda ancha keng ifodalanadigan fazilatlari va umumiy tuzilishigina emas, balki
shaxsning rivojlanish darajasi xai xil bulgan guruxlarda, ana shu gurux uchun yetakchi xisoblangan faoliyat orkali
ifodalanadigan individlararo munosabatlarda uzini namoyon etishni xam kushish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: