147
soxibiga aylana olmaydigan xayvon bolasidan fark kiladi. Shunday kilib, yukorida aytilganlar orkali chakalokning
inson zotiga mansubligi tasdiklanadi va fakat individ tushunchasida kayd etiladi (bundan farkli ularok, xayvon
bolasi dunyoga kelishi bilanok va xayotning oxiiga kadar jonzot deb yuritiladi). "Individ" tushunchasida kishining
nasl-nasabi xam mujassamlashgandir. Yangi tugilgan chakalokni xam, katta yoshdagi odamni xam, mutafakkirni
xam, akli zaifni xam, yovvoyilik boskichidagi kabilaning vakilini xam, madaniyatli mamlakatda yashayotgan
yuksak bilimli kishini xam individ deb xisoblash mumkin.
Shunday kilib, konkret individ deb ataganda biz juda kup narsalarni aytgan bulamiz. Aslini olganda, bu
bilan uning potensial ravishda inson ekanligi aytilgandir. Uning bundan keyingi va xatto juda xam umumiy tarzdagi
ta'rifi fazilatlarini bayon etilishi va izoxlanishini takozo kiladi. Bunday fazilatlarsiz u fakat boshkalarga
uxshamaydigan emas, balki ular kabi xarakat kilmaydigan, fikrlamaydigan, iztirob xam chekmaydigan, jamiyat
a'zosi sifatida, tarixiy jarayonning ishtirokchisi sifatida sosial alokalarga jalb xam etilmagan real kishi emas, balki
demografik ma'lumotnomalardagi jonsiz birlik xolida koladi, xolos. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi aloxida
sosial fazilat kashf etadi, shaxs bulib yetishadi. Individ xali bolaligidayok tarixan tarkib topgan ijtimoiy
munosabatlar sistemasiga jalb etiladi. U bu sistemani allakachon tayyor xolda uchratadi. Kishining jamiyatdagi
bundan keyingi rivojlanishi munosabatlarning shu kadar chigalliklarini vujudga keltiradiki, bu xol uni shaxs sifatida
shakllantiradi.
Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabat jarayonida xosil kilinadigan xamda ijtimoiy
munosabatlarning individga ta'sir utkazish darajasi va sifatini belgilaydigan sistemali tarzdagi sosial fazilat shaxs
tushunchasi bilan ifoda etiladi.
Individning aloxida sosial fazilati sifatidagi shaxsning uzi nimaq Eng avvalo, agar biz shaxs individning
fazilati ekanligini tan oladigan bulsak, bu bilan biz individ va shaxsning birligini tasdiklagan va ayni paytda bu
tushunchalarning bir-biriga uxshashligini inkor etgan bulamiz (misol uchun, yoruglikni sezuvchanlik
fotoplenkaning xususiyati xisoblanadi, lekin fotoplenka-bu yoruglikni sezuvchanlik, yoki yoruglikni sezuvchanlik-
bu fotoplenka degan ma'noni anglatmaydi). "Shaxs va individ" tushunchalarining bir-biriga uxshashligini barcha
yetakchi sovet psixologlari - B.G.Ananyev, A.N.Leontyev, B.F.Lomov, S.L.Rubinshteyn va boshkalar inkor
etishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: