14
13
12
11
10
2
1
5
4
1
8
3
17
16
12
15
104
biri bigizsimon osiq-til osti muskuli (m.stylohoidcus) chakka
suyagining bigizsimon osigidan boshlanib, til osti suyagi tanasiga
yopishsa, boshqalari jag-til osti muskuli keng plastinka holatida
muskul tolalari yuqoridan pastga qarab parallel yonaladi, ikkala
tomondagi muskul boyinning orta chizigida uchrashib, ogiz
boshligi tubini hosil qiladi. Bu muskul pastki jagning ichki
yuzasidan boshlanib, til osti suyagiga yopishadi.
Iyak-til osti muskuli (m.geniohyocdeus) pastki jagning qil-
tanoq domboqchasiga yopishadi. Ikki qorinli muskulning ol-
dingi qorinchasi pastki jag suyagining ichki yuzasidan, orqa
qorinchasi chakkaning sorgichsimon osigi oymasidan boshla-
nib, ozaro pay orqali birlashib, til osti suyagiga yopishadi. Bu
muskul ogiz boshligining ostki qismini yopib turadi, bazi
hollarda teri ostidan tomoqda osilib shish holatda korinadi. Òil
osti suyagidan yuqoridagi muskullar pastki jag qimirlaganida
qisqarsa, til osti suyagini va kekirdakni yuqoriga kotaradi yoki
pastki jag suyagini pastga tortadi. Ikki qorinli muskulning oldingi
qorinchasi ozgin odamlarda va keksalarda boyin ostida ikkita
burma hosil qiladi. Òil osti suyagidan pastdagi muskullardan faqat
ikkitasi: tosh-qalqonsimon va kurak-til osti muskullari plastik
ahamiyatga ega. Qolgan tosh-omrov va qalqonsimon til osti
muskullari chuqurroqda joylashgan. Bu muskullar qisqarganda
til osti suyagi va hiqildoqni pastga tortadi, kurak til osti muskuli
qisqarganda boyin fassiyasini taranglashtiradi, boyinturuq vena
tomirlari orqali yurakka qon borishini yaxshilaydi. Ozgin
odamlarda har bir chuqur nafas olganida yoki kuchli kulganida
teri ostidan bu muskul bortib korinadi.
Boyinning uzunligi odamning jinsi, yoshi, shaxsiy xususiyat-
lariga bogliq. Boyinning uzunligi boyin umurtqalarining ba-
landligiga bogliq bolib qolmay, balki boyinning old tomondagi
pastki chegaralari nechogliq quyi joylashganiga ham bogliq. Yelka
kamari past joylashgan va muskullari kuchsiz rivojlangan, yelka-
lari qiya odamda boyin uzunroq boladi. Yelkalar yuqori joylashgan
bolsa, boyin kaltaroq korinadi. Boyin juda xilma-xil harakatlarni
bajaradi. Uning bu harakatlari kopincha aralash boladi, yani
boyin harakatlari bosh harakatlari bilan birgalikda bajariladi.
105
Boshning yuqoriga kotarilishini oldingi boyin muskullarining
taranglashuvi cheklab turadi; boyinturuq chuqurchasi hiqildoq
va engak ortasidagi soha tarang tortib, boyinturuq chuqurchasi
birmuncha yassi bolib qoladi. Òosh-omrov-sorgichsimon
muskullar sal yassilanadi va boyin birmuncha yogon tortadi.
Ensa VII boyin umurtqasiga yaqinlashadi va shu umurtqa orasida
gorizontal teri burmalari hosil boladi. Boshning yana ham orqaga
bukilishi boyin hisobiga emas, balki umurtqa pogonasining bel
qismi hisobiga yuzaga chiqadi.
Boshni oldinga bukish harakati erkin boladi va boyinning
oldingi qismiga ensa taqalib qolishi bilan chegaralanadi; ayni vaqtda
tosh-omrov-sorgichsimon muskullar taranglashib, relyefli
bolib qoladi. Boshning yonga bukilishi qarama-qarshi tomondagi
trapetsiyasimon muskulning taranglashuvi bilan cheklangan.
Bosh yon qismining omrov yaqinlashuvi qisman boyinning en-
gashuvi hisobiga, qisman tegishli tomondagi yelka kamarining,
yani omrov bilan kurakning kotarilishi hisobiga yuzaga chiqadi.
Ayni vaqtda tegishli tomondagi tosh-omrov-sorgichsimon mus-
kullar taranglashib, relyefli bolib qoladi. Chuqur nafas olinganda
kokrak qafasi va omrov suyaklarining ichki uchlari yuqoriga
kotariladi, natijada omrov usti chuqurchalari kattalashadi va ayni
vaqtda ishlab turgan narvonsimon muskullar relyefi seziladigan
bolib qoladi. Òosh-omrov-sorgichsimon muskullar ham ishlab,
taranglashadi va juda relyefli boladi; natijada boyinturuq
chuqurchasi sezilarli darajada chuqurlashadi. Kurak va yelkalar zor
berib orqaga uzatilganida omrov usti chuqurchalari bilinmay ketadi.
Ularning ichki burchaklarida narvonsimon muskullar bortib chiqib
qoladi, ayni vaqtda chuqur nafas olinadigan bolsa, bu muskul-
larning harakati seziladi. Yelkalar qisiladigan bolsa, omrov usti
chuqurchalari teranroq bolib qoladi, bunda kurak va yelkalarning
uchlari oldinga uzatiladigan bolsa, yanada chuqurlashadi.
Boyin bilan boshni oldingi tomondan tuzishda boyinturuq
chuqurchasining ortasi, hiqildoq bilan til osti suyagining ortasi,
engakning ortasiga chiziq tortilib, belgilab olinadi. Boshni burish
harakatlarida boyinning voronkaga oxshab ketadigan oldingi sohasi
oz shaklini ozgartirib, birmuncha buraladi; bu holda orta chiziq
106
mana shu ozgarishlarga mos qilib belgilab olinadi va shaklning ozi
shu chiziqqa nisbatan ong va chap tomondan tuzib boriladi.
Òabiiyki, tosh-omrov-sorgichsimon muskullarning shakli ham
ozgaradi, buni ham belgilab olish kerak boladi.
Boshning qay tariqa burilgan va engashganligini darhol aniq-
lab olish uchun orta va kondalang kesishish chiziqlari belgilab
olinadi. Pastki jag, quloq, trapetsiyasimon muskullar va omrov
belgilab chiqiladi. Shu bilan bosh va boyinning kokrak qafasi va
yelka kamari bilan boglanishi bir yola aniqlanadi. Keyin boshni
tuzish ishi suyak nuqtalariga qarab pastdan yuqoriga tomon bo-
radi. Oldingi tomondan boyinning chegara nuqtalariga pastdagi
ikkala omrov bilan boyinturuq chuqurchasi, yuqoridan pastki
jag, orqa tomondan boyinning pastki chegarasi yettinchi boyin
umurtqasi hamda ikkala akromiondan otkazilgan shartli gorizontal
chiziqdir. Òashqi ensa kotarmasi hamda ikkala sorgichsimon
osimtasidan otkazilgan chiziq yuqorida boyinning orqa chegarasi
bolib xizmat qiladi (29-rasm).
29-rasm. Bosh, boyin
va yelka kamarini orqa
va yon tomondan tu-
zish: 1«krestovina»;
2tashqi ensa dom-
bogi; 3, 4boyin-
ning orta chizigi;
5VII boyin umurt-
qasi; 6kurak qirrasi;
7akromion; 8or-
qaning orta chizigi;
9kurakning umurtqa
pogonasi tomonidagi
cheti; 10deltasimon
muskul; 11omrov;
12ikki qorinli mus-
kul; 13tosh-omrov-
sorgichsimon mus-
kul; 14til osti suya-
gi; 15pastki jag;
16chaynov muskuli;
17yonoq ravogi.
1
17
2
16
15
14
13
12
11
7
6
10
3
4
5
6
7
8
9
107
Naturachi boshini togri tutib sal kotarsa, boyni silindr
shaklga keladi, uning gavda bilan tutashgan qismi kengayib
yelkalarga otadi. Òosh-omrov-sorgichsimon muskullar hamda
past tomonda omrovlar bilan chegaralangan yelka chiziqlarini
hosil qiluvchi trapetsiyasimon muskullar orasida omrov usti
chuqurchalari joylashgan. Yelkalar qisib koriladigan bolsa, om-
rovlarning tashqi uchlari kotariladi va bu chuqurchalar yanada
taranglashadi, qollar orqaga uzatiladigan bolsa, chuqurchalar
bilinmay ketadi.
Boyinning orqa yuzasida orta chiziq boylab yuqori tomonda
kalla suyagining tashqi ensa kotarmasini paypaslab topish mumkin,
undan pastroqda orqa egatchasi korinib turadi. Bu egatchada, boyin
engashtiriladigan bolsa, pastki boyin umurtqalarining 23 ta
qirrali osimtalari kozga tashlanadi. Ulardan yettinchi boyin
umurtqasi plastik jihatdan alohida ahamiyatga egadir. Bu umurtqa
kokrak qafasining uchiga togri keladi. Òasvirda boyin va bosh
hamda yelka kamari bilan qollar shu umurtqadan tuzib boriladi.
Boyin orqa yuzasining kattagina qismini trapetsiyasimon muskul
tashkil etadi. Bu muskulning ostida boshni orqaga bukuvchi,
boyinni rostlovchi chuqur boyin muskullari yotadi. Qotma
odamning boynidagi bu muskullar kuch bilan taranglashganida
trapetsiyasimon muskul bilan tosh-omrov-sorgichsimon mus-
kullar orasida joylashgan egatchaning yuqori qismida relyef hosil
boladi. Bu muskullar juda rivojlangan bolsa, boyinni orqa to-
mondan ancha yogon qilib korsatadi, ayni vaqtda uning yuzasi
tekis, bukilmasdan tik tushgan bolib qoladi. Odam haddan tashqari
semiz bolsa ham boyin orqa sohasining shakli ozgaradi. Bunda
odamning ensasida yog toqimasi toplanadi va kondalang yog
burmalari paydo bolib, tashqi ensa kotarmasidan pastroqda
xarakterli toq chuqurcha vujudga keladi.
Rasmni yon tomondan tuzishda ham boyin qismining orta
chizigini togri topish, bosh bilan boyin silueti profilga yaqin
otgan taqdirda ham, bu chiziqni boyinturuq chuqurchasidan
boshlab engakka otkazish mumkin. Bular kesishish chizigining
ikkala orta va kondalang chizigiga ham taalluqli. Ularni togri
belgilab olish boshning koz ilgamas darajada engashib va burilib
108
turganini ham topishga yordam beradi va tasvirlashning ancha jonli
hamda tabiiy chiqishiga imkon beradi. Omrov rakursini uning
akromiondan boyinturuq chuqurchasiga tomon ichkari kirib
turganini, shuningdek, trapetsiyasimon muskulning ancha mu-
rakkab rakursini togri belgilab olish juda muhim. Bu muskul-
ning kalla suyagidan xuddi chodir bagriga oxshab pastga tomon
tushib borishini, kurak qirrasiga birikkan sayin asta-sekin qay
tariqa akromiongacha yetib borishini, keyin esa omrovga birikkan
sayin orqaga bukilib, ichkariga otishi va qavariq shakl hosil qili-
shini belgilab olish kerak. Ayni vaqtda omrov usti chuqurchasi va
uning yuqoriga tomon davom etib borishini belgilab olinadi. Om-
rov suyagi bilan trapetsiyasimon muskulning mana shu rakursini
toliq qilib tuzib chizish kerak, aks holda, tasvir chiroyli chiq-
maydi. Bosh yelka kamari bilan boglanmay qoladi va rasmning
hajmi ochilmaydi.
Bosh bilan boyinni orqa tomondan tuzishda orqaning
umurtqa pogonasiga mos keluvchi uzunasiga ketgan egati orta
chiziq bolib xizmat qiladi. Bu egat yettinchi boyin umurtqasidan
ensaning tashqi kotarmasiga tomon yuqori boradi va boshning
burilish harakatlarida korinadi. Bunda uni yettinchi boyin
umurtqasidan ensaning tashqi kotarmasiga tomon yanada sin-
chiklab belgilab chiqish kerak. Shu kotarmadan yuqoriga qarab,
boshning orta chizigi krestovinaning ikkinchi chizigi belgilab
olinadi. Bu chiziq ensa kotarmasi, quloq teshigi orqali yonoq
ravogi boylab oldinga qarab otadi.
3.6. Bosh muskullari, uning bolaklari va plastikasi
Bosh muskullari chaynov va mimika muskullariga bolinadi:
1) pastki jagni harakatlantiradigan, yani, asosan, chaynash ak-
tida ishtirok etadigan muskullar, bular chaynov muskullari deb
ataladi va 2) ruhiy kechinmalar yoki boshqa biron xil taassurotlar
natijasida yuz ifodasini ozgartiradigan muskullar bular mimika
muskullari deyiladi.
Chaynov muskullariga 4 ta muskul kiradi. Ulardan ikkitasi
plastikaga aloqador. Ularga chaynov va chakka muskuli kiradi.
109
Chaynov muskuli (m.masseter) pastki jag suyagining tashqi
yon yuzasida yotadi va yonoq ravogining pastki chekkasidan
boshlanadi hamda pastki burchagining tashqi yuzasiga birikadi.
U tortburchak shaklda. Muskul qisqarganida pastki jagni kotaradi.
Muskul qisqargan holatda teri ostidan uning tolalarining shakli yaxshi
korinadi. Uni ushlab korish mumkin. Muskulning oldingi cheti
orqa tutamlariga nisbatan qalinroq. Chaynov muskuli lunj shaklini
hosil qiladi, turli odamlarda lunj shakli har xil, chunki quloq oldi
bezi bu muskulni malum miqdorda ustidan qoplab turadi. Kuchli
his-tuyguda yoki juda ogir buyumni kotarganda bu muskul
qisqaradi. Odam tinch turganida chaynov muskullarining tonusi
tufayli odam ogzi odatda yumiq boladi bunda muskullar ta-
ranglashmay turadi va ularning relyefi kam seziladi. Odam chayna-
yotgan paytida hamda «jagni qisib», ogzini yumib turganida, chay-
nov muskullari taranglashadi va relyefi seziladi. Bu muskul kuchli
jismoniy ish vaqtida, shuningdek, sabr-toqatda, jismoniy ogriq,
katta kongilsizlik yoki baxtsizlikka bardosh berish kerak bolganda,
odam gazablanganda, zarba berish yoki janjallashishga tayyorlana-
yotgan vaqtida ham tarang tortadi. Bu yuzda tahdid solish, nafratlanish
yoki jirkanish muskullarining taranglashuvi bilan birga namoyon
boladi. U odamning yuziga qatiyat, tahdid solish ifodasini beradi.
Chakka muskuli (m. temporalis) serbar va yassi bolib, chakka
yuzasining umumiy yuzasidan boshlanadi. Muskul tutamlari yel-
pigich shaklida yigilib, yonoq ravogidan ichkariga otadi va pastki
jagning toj osigiga birikadi. Muskul qisqarganda pastki jagni
kotaradi va orqaga tortadi. Chakka muskulini teri ostidan ushlab
korish mumkin, ayniqsa, ovqat chaynalganida chakkaning terisi
ritmik asosida qisqaradi. Odam ozganda muskul birmuncha yassi-
lashadi va chakka chizigi bilan yonoq ravogi u bilan birga kontrast
jihatidan relyefliroq boladi, natijada chakka chuqurchasi sezilarli
bolib qoladi («chakkalari ich-ichiga kirib ketgan» degan ibora bor).
Bunda chakka muskuli mimik ahamiyat kasb etadi. Yuqorida aytib
otilgan ikkala gruppa muskulining ustidan fassiya pardasi orab turadi.
Qolgan ikkita lateral (m.pterugoidues lateralis) va medial qa-
notsimon muskullar ponasimon suyak qanotining osigi va jag
burchagining medial yuzasiga birikadi. Lateral, qanotsimon mus-
110
yarim oy shaklidagi burmali parda korinadi. Bazi odamlarda bu
burma kuchli rivojlangan bolib, kozning tashqi korinishini va
plastikasini ozgartiradi.
Qovoq bu teri burmasi bolib, koz soqqasini himoya
qiladi. Koz doiraviy muskullarining tolalarining qisqarishi tufayli
qovoq yuqoriga va pastga siljiydi. Yuqori qovoq pastkisiga nisbatan
juda harakatchan. Har bir qovoqning asosini zich birikuvchi
toqima plastinkasi yoki qovoq togayi tashkil etadi. Qovoq ochil-
ganida bu plastinka teri ostiga kirib, u yerda burma hosil qiladi.
Bu burma (bortma)ning hajmi turlicha. Katta yoshli odamlarga
nisbatan yosh bolalarda bu holat kuchli ifodalangan. Qovoq-
ning tashqi va ichki chetlarida boylamlar bolib, ular koz kosasi-
ning suyagiga birikadi. Qoshning tashqi qismi silliq, yupqa teri
bilan qoplangan. Qariyalarda unga mayda-mayda burmalar,
ajinlar tushadi. Pastki qovoqning terisida kop miqdorda kichik
tomir kapillari bolib, terini toq rangga kiritadi va kozning
oziga koproq qiyofa beradi. Yuqori va pastki qovoqlar ostida
gumbaz bor. Qovoq konyunktivasining koz soqqasiga otgan
joyi gumbaz deyiladi. Qovoqlarning bosh chekkalarida kiðriklar
joylashgan. Kozning plastik xususiyati uning shakli, kattaligi,
soqqachasi, koz kosachasida joylashgan muskullarining rivojlan-
ganligiga, harakati, qovoq, kiðrik va qoshlarning holatlariga
bogliq. Koz kosachasining (chiganogi) shakli boyicha baland,
past, burchakli, yumaloq hamda uning oldingi cheti otkir, tom-
toq, egilgan yoki bukilgan holatida boladi.
Koz chiganogining anatomik xususiyati, oz navbatida,
qosh ustidagi yoy shaklidagi burmalar qosh holatiga va koz
kesmasiga tasir korsatadi. Koz kosachasining skeleti uch xil
boladi: gorizontal chiziq boylab, ortacha va yuqoriga kotarilgan
holatda. Koz olmasining holati yana kozning orqa tomonlari yog
toqimasining miqdoriga ham bogliq. Shu sababli, koz chiganoqqa
juda botgan (ichiga kirgan) yoki bortib chiqqan holatda boladi.
Koz olmasining holati yuz korinishi xarakterini belgilaydi.
Yuqori qovoq pastga tushirilganda charchoqlik, uyqu bosish
alomatlari, pastki qovoq yuqoriga kotarilganida esa yuzda kulgi,
tabassum alomatlari paydo boladi. Yuqori qovoq bilan peshana
111
terisining chegarasida qosh joylashgan bolib, u yoysimon, keng,
ingichka, uzun, tor, qalin, siyrak, togri va qiyshiq shaklda uch-
raydi. Qosh ozining harakatchanligi va shaklini ozgartirishi bo-
yicha mimikada katta rol oynaydi. Qoshning yuqoriga kotarilishi
peshana va qoshni harakatga keltiruvchi muskullarining qisqa-
rishi tufayli amalga oshadi. Bunday holat ajablanish, diqqat yoki
berilgan savollarga birdaniga javob berishda kuzatiladi. Qoshni
pastga tushirish kozning doiraviy muskullarining qisqarishi tufayli
amalga oshadi. Bunda inson xayol suradi, oylaydi, qoshlarini
bir-biriga yaqinlashtirganida esa biron narsani oylash yoki kasallik
alomati seziladi.
Kozning qovoqlar bilan birgalikda koz kosasi chetlari orasi-
dan chiqib turadigan sharsimon tana hosil qiladi. Shu sababli orta
chiziq otkazib olish va koz yorigi boshdan-oyoq simmetrik
emasligini nazarda tutib, koz bilan qovoqlarni shar shaklida tu-
zish kerak, chunki kozlar kopincha simmetrik bolmaydi va bir
xil balandlikda yotmaydi. Demak, ong va chap tomonning asim-
metriyasini va koz hamda qosh asimmetriyalarini rassom payqab
olishi zarur. Qoshlar peshana suyagining cheti boylab joylashi-
shida kopincha qiyshiq yuqoriroq yoki pastroqda yotadi. Shunga
kora, bosh rasmini chizishda, avvalo, peshananing shakli, songra
qoshlar chiziladi.
Burun uchburchak piramida shaklida va uchi noksimon te-
shikdan iborat. Burunning tashqi qismi va burun boshligi ichki
qismi bolib, burun suyaklari, togay va muskullardan tashkil
topgan (41-rasm). Burunning tashqi qismi ildizi deyiladi. U, aso-
san, yuqori qismida ikkita koz kosachasi suyaklari orasida joy-
lashgan. Burunning uchi esa burun katagini tashkil etadi. Burun-
ning tashqi shakli peshana suyagiga, burun suyagining shakli va
qiyofasiga, noksimon teshik hamda yumshoq toqimalar bilan
burun togayi holatiga bogliq. Burunning shakli va qiyofasini
chizishda, eng avvalo, uning noksimon teshigiga, oz navbatida,
peshana suyagining osigi hamda katta qanotsimon togaylari te-
shigiga qaraladi. Burunda bir qancha togaylar mavjud. Burun
tosigining togayi tortburchakli togay bolib, ikkita yon tarafdagi
togay va tepa yon tarafi devorini shakllantiradi. Uning pastrogida
112
katta va kichik qanotsimon togaylar bolib, burun uchi va burun
katagini tashkil etadi. Burun shakli boyicha: togri, puchuq va
qaqqaygan burunga tafovut qilinadi. Burun shakliga yuzning mimika
muskullari va burunning piramida muskuli tasir etadi. Burunning
41-rasm. Burunning tuzilishi: 1burun suyakchalari; 2burun tosigining
togayi; 3burunning yon tomonidagi uchburchak togayi; 4burun
qanotining katta togayi; 5burun qanotining kichik togaylari;
6koz kosasi.
!
#
$
"
113
piramida muskuli qay holda rivojlanganligi hamda burun suyagining
uzunligi uning qiyofasini tashkil etadi. Burun muskuli yupqa,
nozik bolganligi tufayli burun plastikasiga tasir etmaydi.
Yuzni tuzishda burunning orta chizigi belgilab olinadi va
burunning ong hamda chap tomonlari shakllantiriladi. Burun
uchining old qismi qirrasiga nisbatan oldinga kotarilib turishiga
etibor berish lozim. Burunning rasmini chizishda, uning ikki
yon yuzasi, qirrasi va pastki yuzasining shakli va burun teshik-
larining simmetriyasiga etibor qaratiladi.
Ogiz boshligidagi pastki va yuqori lablar ogizning doiraviy
muskullarini tashkil etadi. Labning oldingi yuzasi teri bilan
qoplangan, uning ostida teri yog kletchatkasi joylashgan, ichki
tarafidan shilliq parda qoplangan. Labning yuza qismi fibroz parda
bilan qoplangan. Yuqori lab pastki labdan shakli boyicha farq
qiladi. Yuqori lab cheti burunning asosini hosil qiladi, yon tarafi
burun bilan ogiz burmasini hamda yuqori labni lunjdan ajratadi.
Yuqori lab ortasida pastga qarab, biroz donglik mavjud. Donglik
kattalashganda ogizning orta chizigini ozgartiradi. Pastki lab
ostidan to engakkacha yoysimon egatcha mavjud.
Òurli odamlarda labning shakli, qalinligi, kengligi turlicha.
Lablar tort xil shaklga bolinadi: juda ingichka, ortacha, qalin,
doppayib chiqqan. Labning shakli muskullar bilan lunj, milk,
jaglar va ulardagi tishlarning holati hamda ovqatni chaynashda
yuqori va pastki tishlarning bir-biriga mos tushishiga bogliq. Ogiz
plastikasi koproq mimika muskullarining harakati orqali amalga
oshadi. Kulish yoki xafa bolish jarayonlari bir-biridan keskin farq
qiladi. Engak qismi plastikasi ogiz plastikasi bilan bogliq. Pastki
jag suyagi va uning burchagi engakni oldinga yoki orqaga suradi.
Pastki jag burchagi qanchalik togri bolsa, shunchalik engak
oldinga chiqmaydi, otmas burchak asosida bolsa, pastki jag va
engak pastga tushadi. Engak korinishi boyicha ikki xil boladi:
nozik va ogir. Ogir tiðdagi engak baland boyli, kuchli insonlarga
taalluqli. Lunj yuqoridan yonoq suyagi va yoyi hamda burun,
labning medial burmasidan va pastki jag bilan quloqning lateral
qismini egallaydi. Plastikasida lunjning ornashgan qismidagi
suyaklardagi donglik va chuqurlari ifodalanadi, ayniqsa, kulgi
114
chuqurchasi yoki yonoq yoyining burmasi kozga tashlanadi. Lunj
muskulining ustidagi yog kletchatkasi yuzga silliqlik beradi. Bu
holat yosh bolalarda va ayollarda yaxshi ifodalangan.
Òasvirlashda ogiz kesmasi chizigini aniqlab, simmetrik
lablar shaklini ong, chap tomonga va ichkariga qilib tuzib chi-
qish kerak. Ogiz kesmasi chizigi yuqori va pastki lab shakllarini
togri topish natijasida aniqlab olinadi. Yuqori lab odatda pastki
lab ustida sal kotarilib turadi. Òishlar tushib ketganda, lablar
ichkariga tortilib ketadi, kopincha, ogiz simmetrik holatda
bolmaydi. Shuning uchun rasm chizishda shu elementlarga alo-
hida etibor berish kerak.
Quloq. Plastik anatomiyada faqat quloq suprasi organiladi.
Quloq suprasi teri bilan qoplangan elastik togaydan tuzilgan.
Supraning togayi quloq chetida qayrilib, supra burmasini hosil
qiladi. Quloq suprasining ichida supra burmasiga parallel joy-
lashgan bortma bolib, ular oraligida ariqcha joylashgan. Quloq
suprasining pastki qismi togay plastinkasi ornida yumshoq
yog qatlami mavjud. Quloq suprasining ichkarisida quloq teshigi,
old va orqa tomonida joylashgan domboqlar chegaralaydi. Quloq
suprasining uzunligi, burunning umumiy uzunligiga, eni uzun-
ligining yarmiga teng. Chiroyli quloq suprasida quyidagi ele-
mentlariga etibor beriladi: uzunligi ortacha, chakka suyagining
sorgichsimon osigi atrofida, oval shaklida, supraning yuqori
qismi qoshning yoyidan otmasligi lozim. Quloq suprasi erkaklarda
ayollarga nisbatan katta. Quloq suprasining tashqi cheti biroz
tashqariga buriladi. Shu burmaga parallel holatda boshqa burma
mavjud. Òurli odamlarda burmalarning holati har xil, bazilarda
quloq suprasining burmasi kuchli oralgan yoki burmasi yoq,
bu esa kozga yaqqol tashlanadi. Quloq suprasining pastki qis-
midagi togay har xil kattalikda va shaklda bolib, har xil yosinda
birikkan. Quloqning boshda joylashishi rasmini chizishda ong
va chap quloqlarning ozaro munosibligi aniqlanadi, songra
quloqning uzun oqi pastki jag shoxiga parallel yotishi, quloq
ortigi yonoq ravogining boshlanish joyidan pastrogida joylash-
ganligi, quloq solinchogi esa pastki jag burchagidan birmuncha
yuqori turishiga etibor qaratiladi.
115
3.7. Òananing turli qismlari sathi. Ular nisbatlarining
anatomik tarifi va plastikadagi xususiyatlari
Odam gavdasining pastki kamar qismi doimo yuqori ka-
mariga nisbatan uzunroq, shuningdek, yelka bilak qismidan,
son esa boldir qismidan uzundir. Jinsga kora bolalar gavdasi
ham tuzilishi boyicha birmuncha farq qiladi. Rassom va hay-
kaltaroshlar odam tanasining turli qismlari va tashqi qiyofasiga
alohida etibor berganlar. Qadimgi misrliklar odam tanasining
ayrim qismlarini olchov birligi (bosh, panja, barmoq, tovon,
burun) hisobida tananing boshqa qismlariga taqqoslaganlar. Mo-
dul hisobida qol panjasining uzun barmogi butun boyiga nisba-
tan 19 marta togri kelishi lozim. Rimliklarning Poliklet moduli
olchoviga nisbatan qol kaftining kengligi olingan.
Odam boyining balandligi kallasiga nisbatan
1
/
8
, yuziga
nisbatan
1
/
10
va kalla bilan boyin birgalikda
1
/
6
nisbatida boladi.
Odam boyi tasvirini chizishda kindikdan pastki qismi 5 ga va yuqori
qismi 3 ga ajratiladi. Shunga kora, baquvvat, baland boyli, keng
yelkali qahramon-botirlar rasmini shakllantirishda rassomlar,
haykaltaroshlar uzun oyoq, keng yelkali odamning byustini (8
9 kalla) yaratadilar. 67 kallaga togri keladigan byust esa past
boyli odamniki, deb olingan. Katta odamlar boyi uzunligi or-
tacha 165170 sm hisoblanadi. Odam gavdasi shaklini yaratishda
esa 175180 sm uzunlik olinadi, shunda umurtqa pogonasining
uzunligi 40 % ni tashkil etadi yoki tortta yuzga togri keladi.
Lekin umurtqa pogonasining uzunligi odamning baland yoki past
boyligiga tasir etmaydi. Odamning past yoki baland boyli bo-
lishi uning pastki kamar qismiga bogliqdir. Baland boyli odam-
larda umurtqa pogonasi kalta, past boylilarda esa u aksincha bo-
lishi mumkin. Kindik esa tanasining markazini belgilamaydi. Odam
qanchalik balandligi orqa tarafdan dumba muskullarining yuqori
va pastki burmalarining qismlari bilan ajraladi. Shunga kora,
oyoq orqadan kaltaga oxshaydi. Yelka kengligi erkaklarda 39 sm,
tos suyagining kengligi esa 31 sm chamasida.
Yelkaning indeksi 75 sm.ga teng. Panjaning uzunligi yuqori
kamarning
1
/
4
qismiga yoki u yuzning uzunligiga tengdir. Son suyagi
116
boshqa oyoq suyaklarining
1
/
4
qis-
miga teng. Kallaning balandligi
ortacha 22 sm, kallani tortga bol-
ganda burunning uzunligi chiqadi,
bu peshana holatiga, ogiz va iyak
hamda burunning uzunchoqligiga
ham bogliq. Shuni takidlash lo-
zimki, kalla 7 bolakka ajratiladi:
1
/
7
qismi sochga,
2
/
7
qismi peshana,
burun, ogiz, iyakka tegishli. Koz
burchagi va koz oraligi har biri
kalla balandligining
1
/
8
qismini, ogiz
aylanasi koz oraligi bilan
1
/
3
qis-
mini hamda quloq suprasi bilan
koz qorachigi va burunning pastki
chegarasi mavjud (42-rasm).
Ayollar tanasi erkaklarnikidan
farq qiladi. Ularning boyi past,
yuqori va pastki kamari kalta, tos
qismi keng, yelkasi tor, panja tovoni
kalta, boshining miya qismi yuz
qismiga nisbatan kattaroq. Ayollar
yelkasining kengligi ortacha 35 sm,
tos-son qismining kengligi32 sm.
Ayollarning boyni uzun va in-
gichka, kokrak qafasi torroq, kokrak bezlarining sorgichlari ora-
ligi ham qisqa. Oyoqlari kalta bolgani sababli, ayollarda kindik
yuqoriroq joylashgan. Kallasi ham erkaklarnikiga nisbatan kichik.
Òana qismlarining nisbati yosh bola va osmirlarda voyaga yetgan
odamlarga nisbatan keskin farq qiladi. Chaqaloqlarning boshi ta-
nasining
1
/
4
qismini, yuqori kamar qismlari
2
/
5
,
pastki kamar
qismining uzunligi esa
1
/
3
, kindigi tanasining markazini tashkil
etadi. Kallasining kengligi yelka va tos-son kengligiga teng, boshining
aylanasi, kokrak qafasining aylanasiga teng. Odam yoshi ulgayishi
bilan tana qismlari ortacha 125 sm ortadi. Bunda tana qismlari bir-
biridan farq qiladi, kalla balandligi ikki, tanasi uch, qol tort,
3
1
3
7
5
6
1
3
3
1
4
7
42-rasm.
117
oyoq besh, boyi yetti marta ortadi. Kallaning aylanasi 1,5 marta,
kokrak qafasining aylanasi 3 marta ortadi. Shunga kora, yetti
yoshli ogil bolaning boyi 122 sm, kallasining balandligi 21 sm,
yuzining balandligi 10 sm, panjasining uzunligi 14 sm, yelka
kengligi 28 sm, tos kengligi 26 sm, kindigidan to tovongacha
67 sm, tepa suyagigacha 66 sm boladi.
Yaxshi shakllangan odamlarning ong yoki chap tarafidan
sinchiklab qaralganida ayrim kamchiliklar tavofut qilinadi. Òana-
ning ayrim qismlarining ong yoki chap taraflaridagi bazi nuqsonlari
asimmetriya deyiladi. Yuz qismidagi burunning noksimon chiga-
nogi yoki chap tomondagi miya qutisining skeleti, burunning uchi
ongga koproq qayrilganligi yoki burun qiyshiq bolishi bunga misol
boladi. Kopchilik odamlarda (70 %) ong kokrak qafasi kokrak
aylanasi boyicha chapiga nisbatan 0,52,0 sm. ga farq qiladi. Ong
qovurga chapiga nisbatan uzunroq, tosh suyagi chap tomonga
surilgan va kokrak bezlari har xil balandlikda joylashgan boladi.
75 % odamlarda ong qol chap qolga nisbatan uzun. Chap oyoq,
odatda, ong oyoqdan uzunroqdir. Oqibatda tos kamari yon tarafga
egilgan, u esa umurtqa pogonasini va yelka kamarini qiyshaytiradi.
Òana ogirligining taqsimlanish markazlari va muvozanatni saq-
lash xususiyatlari har qanday organizmga tana ogirlik kuchi va
ogirlik markazlarini bir xil miqdorda taqsimlaydi. Òana ogirligining
taqsimlanish markazi dumgaza suyagining ikkinchi umurtqasi
sohasida boladi va u turli fiziologik jarayonlarda ozgarib turadi.
Bundan tashqari, odamning yoshi, jinsi, tana qiyofasining tuzilishi
va semizlik holatiga ham bogliq (43-rasm). Umumiy tana ogirli-
gidan tashqari, tananing ayrim qismlari ogirlik markazlari ham
mavjud. Inson tanasi turli vaziyatda ham tayanch nuqtasiga ega
boladi. Odam tik turganida tayanch nuqtasi tik holatida, tana egilgan
holatida esa bu ogirlik nuqtasi ozgaradi. Gavda muvozanat saq-
lashida, tananing ogirligi tik holatda tayanch nuqtasiga tushishi
lozim, aks holda tana ogirligini ushlay olmaslikdan yiqilib ketishi
mumkin. Òayanch nuqtasining hajmi qanchalik kop bolsa, tana
muvozanati mustahkam boladi. Bu holat oyoqlarni kerib turganda
yaqqol bilinadi. Bir oyoqda turganda bu holatning aksi boladi.
Buning sababi esa turli muskul gruppalarining taranglashishi yoki
118
boshashishidadir. Odam tik turganda uch holatdagi korinishga
ega boladi: normal, qulay, noqulay.
Normal holatdatik vertikal oqqa tushayotgan ogirlik
markazi kondalang sathi boyicha tos-son bogimlari orqali
frontal kondalang sathga tushadi. Òananing qulay vaziyatida tik
vertikal oqqa tushayotgan ogirlik markazi tos-son bogimining
orqadagi kondalang sathiga tushadi, ogirlikning kuchi tanani
orqaga tortadi. Bunga yonbosh bel muskuli va bogim, boyla-
malar yordam beradi. Natijada tana holati birmuncha orqaga
rostlanadi, qorin biroz oldinga chiqadi. Gavdaning noqulayligi tik
vertikal oqqa tushayotgan ogirlik markazi tos-son bogimining
oldingi kondalang sathiga tushishida sodir boladi. Bunda tana
rostlangan, biroz oldinga bukilgan, lekin tos-son muskullarining
kuchli qisqarishi tufayli muvozanatni saqlaydi.
Bu vaziyatda bosh birmuncha kotarilgan, qol esa pastga tu-
shirilgan, yelka orqaga tortilgan, kokrak qafasi oldinga chiqarilgan,
qorin esa ichkariga tortilgan boladi. Odam otirgan holatida tananing
ogirligi quymuch osigi va son suyagining orqa yuzasiga, bazan
oyoq kaftiga tushadi. Odam otirganda tos suyagi oldinga yoki orqaga
bukilgan bolishi mumkin. Òos suyagi oldinga chiqqan bolsa,
tayanch ogirligining son suyagi orqali tarqalishi bir xilda boladi.
43-rasm. Tana ogirligining taqsimlanish sxemasi.
119
Otilgan mavzularni takrorlash boyicha savollar
1. Muskullarning umumiy tuzilishi, shakli, ishlashi, richaglar qo-
nuniyatlari haqida sozlab bering. Ularning shaklini rasmda tas-
virlang.
2. Gavda muskullari: kokrak va qorin muskullari hamda fassiyalari,
ularning plastik xususiyatlari togrisida sozlab bering.
3. Odam gavdasining orqa muskullari va fassiyalari, ularning plastikasi
haqida sozlang, rasmini chizib korsating.
4. Chanoq-son sohasidagi muskullarning umumiy korinishi qanday?
5. Òos-son bogimidagi harakatlarni tariflang.
6. Oyoq muskullari va fassiyalarini, chanoq sohasining plastikasini
sozlab bering va rasmda korsating.
7. Oyoq-panja muskullari va ularning plastikasi qanday shaklga ega?
Ularni model bilan taqqoslagan holda rasmini chizing.
8. Yelka kamari muskullari va ularning plastikasi togrisida gapirib,
rasmini chizing.
9. Yelka kamari va qol muskullari, ularning bogimlar bilan bog-
lanishi va harakatlanishi qanday?
10. Qolning harakatlanish paytida muskullar holati va ularning plas-
tikasi qanday amalga oshadi?
11. Bilak, tirsak va panja muskullari haqida malumotlar bering va ular-
ning plastikasini chizib korsating.
12. Òurli his-tuygu vaziyatida mimika muskullarining holati va ular-
ning plastikasi qanday? Ularning korinishlarini chizing (oyna
oldida ozingizning turli emotsional holatlardagi yuzingiz ifo-
dasi ozgarishini tasvirlashga harakat qiling).
13. Bosh muskullari va fassiyalarining oziga xos anatomik xususiyatlari
qanday?
14. Yuzning yuqori, orta va pastki qismidagi muskullari va ularning
plastikasini bayon eting.
15. Mimika muskullarining tasviriy sanatdagi ahamiyati qanday?
16. Boyin muskullari va fassiyalari deganda nimalarni tushunasiz?
17. Boyinning plastik xususiyatlarini rasmda korsating.
18. Yuzning tasviriy sanatdagi ahamiyati qanday? Psixologik portret
deganda nimalarni tushunasiz?
19. Koz tuzilishi va plastikadagi ahamiyati togrisida aytib bering.
120
20. Qovoq va qoshning plastikasi va portret ishlashda uning ahamiyati
togrisida gapirib bering.
21. Ogiz va lablarning tuzilishi va plastikadagi ahamiyatini sozlab
bering. Ularning shakllarini chizib korsating.
22. Quloqning tuzilishi va plastikada tutgan orni qanday?
23. Koz kosasining tuzilishi va plastikasi qanday? Unda koz soqqasi-
ning joylashuvi togrisida malumot bering.
24. Burun, quloq, ogiz va labning tuzilishi, shakli, ularning plastikada
tutgan orni haqida gapirib bering.
25. Inson tanasining qismlari nisbatlarining plastik xususiyatlari
qanday?
26. Gavdaning turli qismlari bir-biriga nisbatlarining yoshga va jinsga
kora farqi nimada?
27. Òananing asimmetrik holatlariga kora, plastik xususiyatlarini
sozlab bering va rasmini chizib korsating.
28. Odam tana ogirligining taqsimlanish nuqtalari va muvozanat
saqlanish xususiyatlari haqida gapirib bering va chizib korsating.
29. Odam tanasining turli qismlari nisbatlari va anatomik tarifi de-
ganda nimalarni tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |