Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi
Laboratoriya mashgʻulotining oʻqitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 12-15 nafar
|
Oʻquv mashgʻulotining shakli:
|
Laboratoriya mashgʻuloti
|
Laboratoriya mashgʻulotining rejasi:
|
1. Grafik axborotlar bilan tanishish.
2. Grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasi.
|
Oʻquv mashgʻulotining maqsadi: talabalarda ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlash, ularda amaliy koʻnikma va malakalar hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar
|
Oʻquv faoliyatining natijalari
|
1. Mavzu boʻyicha laboratoriya ishining maqsadi va topshiriqni bajarish tartibini tushuntirish.
2. Topshiriqlarni bajarishda koʻmaklashish, koʻnikma va malakalarni rivojlantirish.
3. Mustaqil topshiriqlarga e’tibor berish.
|
Talabalar
1. Mavzu boʻyicha laboratoriya ishining maqsadi va topshiriqlarni tushunib oladilar.
2. Topshiriqlarni bajaradilar, amaliy koʻnikma va malakalar hosil qiladilar.
3. Laboratoriya ishi va mustaqil topshiriqlarni topshiradilar.
|
Oʻqitish uslubu va texnikasi
|
Bahs-munozara, oʻzaro nazorat, aqliy hujum, (AKT).
|
Oʻqitish vositalari
|
Oʻquv-uslubiy majmua: laboratoriya ishi topshiriqlari, tarqatma materiallar, testlar, elektron darsliklar.
|
Oʻqitish shakli
|
Individual, kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi.
|
Oʻqitish shart-sharoiti
|
Proyektor va kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Laboratoriya ishlari, ogʻzaki soʻrov, kompyuterda amaliy ishlab natija olish, natijalar tahlili (baholash)
|
Laboratoriya mashgʻulotining texnologik xaritasi (2- mashgʻulot)
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
Pedagog
|
Talabalar
|
1 – bosqich: Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Talabalar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, laboratoriya xonasi va talabalarning darsga tayyorlik darajasi tekshiriladi.
1.2. Laboratoriya ishi topshiriqlarini beradi, mashgʻulotni oʻtish texnologiyasini, baholash turlari va mezonlarini e’lon qiladi.
|
Eshitadilar, laboratoriya ishi topshiriqlarini yozib oladilar.
|
2 – bosqich: Asosiy qism
(60 daqiqa)
|
2.1. Oʻqituvchi tarqatma materiallardan foydalangan holda laboratoriya mashgʻulotini davom ettiradi, ya’ni topshiriqlarni bajarish tartibini tushuntirgach, topshiriqlarni bajarishga kirishishlarini soʻraydi.
2.2. Talabalarning faoliyatlarini nazorat qiladi, savol beradi va zarur hollarda yordam beradi.
2.3. Oldingi laboratoriya yoki mustaqil ishlarni va talabalar tayyorlagan laboratoriya yoki mustaqil ishlarni qabul qiladi, savol-javob qiladi, baholaydi.
2.4. Talabalarga mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha tushuncha va koʻrsatmalar beradi.
|
Tarqatilgan material bilan tanishib, guruhlarga boʻlingan holda mustaqil ravishda topshiriqni bajaradilar. Laboratoriya ishi va mustaqil ishlarni topshiradilar, savol-larga javob beradilar.
|
3 – bosqich: Yakunlash
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar diqqatini yakuniy xulosalarga qaratadi.
3.2. Talabalarning dars davomidagi faoliyatini tahlil etadi va baholaydi. Mustaqil bajarishlari va mavzuni oʻzlashtirishlari uchun vazifalar beradi.
|
Topshirqni yozib oladi, bajarishga intiladilar
|
Ishning maqsadi: talabalarga grafik axborotlar haqida tushuncha berish va ularda grafik axborotlar bilan ishlash texnologiyasini oʻrgatish hamda ularda amaliy koʻnikma hosil qilish.
Laboratoriya mashgʻuloti materiallari:
Masalaning qoʻyilishi:
a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.
b) bеrilgan 2-topshiriqlarni har bir talaba oʻzining jurnaldagi oʻrniga (nomeriga) qarab, tanlash asosida amalda bajarsin.
1-topshiriqlar:
1. Informatikaga oid biror kitob tasvirini chizing.
2. Tеlеvizor tasvirini chizing.
3. Yеngil avtomobil tasvirini chizing.
4. Oʻzbеkiston bayrogʻi tasvirini chizing.
5. Samolyot tasvirini chizing.
6. Kompyutеr tasivirini chizing.
7. Koʻp qavatli uy tasvirini chizing.
8. Daraxt tasvirini chizing.
9. Stol va stul tasvirini chizing.
10. Futbol maydonini tasvirini chizing.
11. Uy anjomlarini tasvirlang.
12. Oshxona buyumlarini tasvirlang.
13. Biror qushni tasvirlang.
14. Biror faslni tasvirlang.
15. Biror manzarani tasvirlang.
2-topshiriqlar:
1. Mustaqil ravishda ta’lim yoʻnalishingizga oid tasvir chizing.
3– laboratoriya mashgʻuloti
Do'stlaringiz bilan baham: |