Qatlamlar bilan ishlash
Qatlam (layer) – chizish uchun qoʻshimcha daraja shaffof halqaning metafarasi. Xar bir qatlam asosiy tasvirning barcha parametrlarini qaytaradi. Hajimlarni rangli modelni, kanal sonini, qatlamlarning sonini koʻpaytirgabda tasvir hajmi oshib boradi. Qatlamlar joyini almashtirish mumkin, ularni koʻrinmas qilish mumkin, shuning bitta qatlamda chizish mumkin. Tabiiyki agar qaysidir qatlamni rasm bilan yoki rang bilan boʻyab qoʻysa pastki qatlamlarda nima chizilgani koʻrinmaydi. Biroq kompyuter rassomchiligi qatlamni yarim koʻrinadigan qilishiga imkon beradi, bu esa oʻz yoʻlida tasvirni yangi imkonyatlarini ochadi.
Masalaning qoʻyilishi:
a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.
b) bеrilgan 2-topshiriqlarni har bir talaba oʻzi tanlash asosida amalda bajarsin.
1-topshiriqlar:
1. Adobe Photoshop dasturning hujjatlarni ochish tartibi.
2. Photoshop dasturida tasvir masshtabini oʻzgartirish.
3. Photoshop dasturida chizgʻichlar va ulardan foydalanish.
4. Photoshop dasturida hujjatni aks ettirish tartiblari.
5. Photoshop dasturida fayllarni saqlash.
6. Photoshop dasturida grafik obyektlarda ranglar bilan ishlash.
7. Photoshop dasturida grafik obyektlarda qatlamlar (sloy) bilan ishlash.
2-topshiriqlar:
1. Adobe Photoshop dasturida tasvirlar masshtabini oʻzgartirib koʻring.
2. Photoshop dasturida chizgʻichlardan foydalaning.
3. Photoshop dasturida yaratilgan fayllarni saqlang.
4. Photoshop dasturida grafik obyektlarni boʻyashda ranglardan foydalaning.
5. Photoshop dasturida qatlamlar (sloy) bilan ishlashni mashq qiling va uning xossalaridan foydalaning.
7–8- laboratoriya mashgʻuloti
mаvzu
|
Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish, Actionlardan foydalanish yoʻllari
|
Laboratoriya mashgʻulotining oʻqitish texnologiyasi
Vaqti: 4 soat
|
Talabalar soni: 12-15 nafar
|
Oʻquv mashgʻulotining shakli:
|
Laboratoriya mashgʻuloti
|
Laboratoriya mashgʻulotining rejasi:
|
1. Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish.
2. Actionlardan foydalanish.
|
Oʻquv mashgʻulotining maqsadi: talabalarda ma’ruza va amaliy mashgʻulotlarida olingan bilimlarni mustahkamlash, ularda amaliy koʻnikma va malakalar hosil qilish.
|
Pedagogik vazifalar
|
Oʻquv faoliyatining natijalari
|
1. Mavzu boʻyicha laboratoriya ishining maqsadi va topshiriqni bajarish tartibini tushuntirish.
2. Topshiriqlarni bajarishda koʻmaklashish, koʻnikma va malakalarni rivojlantirish.
3. Mustaqil topshiriqlarga e’tibor berish.
|
Talabalar
1. Mavzu boʻyicha laboratoriya ishining maqsadi va topshiriqlarni tushunib oladilar.
2. Topshiriqlarni bajaradilar, amaliy koʻnikma va malakalar hosil qiladilar.
3. Laboratoriya ishi va mustaqil topshiriqlarni topshiradilar.
|
Oʻqitish uslubu va texnikasi
|
Bahs-munozara, oʻzaro nazorat, aqliy hujum, (AKT).
|
Oʻqitish vositalari
|
Oʻquv-uslubiy majmua: laboratoriya ishi topshiriqlari, tarqatma materiallar, testlar, elektron darsliklar.
|
Oʻqitish shakli
|
Individual, kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi.
|
Oʻqitish shart-sharoiti
|
Proyektor va kompyuter bilan ta’minlangan auditoriya
|
Monitoring va baholash
|
Laboratoriya ishlari, ogʻzaki soʻrov, kompyuterda amaliy ishlab natija olish, natijalar tahlili (baholash)
|
Laboratoriya mashgʻulotining texnologik xaritasi (7-8– mashgʻulotlar)
Faoliyat bosqichlari
|
Faoliyat mazmuni
|
Pedagog
|
Talabalar
|
1 – bosqich: Kirish
(10 daqiqa)
|
1.1. Talabalar bilan salomlashish, davomadni aniqlash, laboratoriya xonasi va talabalarning darsga tayyorlik darajasi tekshiriladi.
1.2. Laboratoriya ishi topshiriqlarini beradi, mashgʻulotni oʻtish texnologiyasini, baholash turlari va mezonlarini e’lon qiladi.
|
Eshitadilar, laboratoriya ishi topshiriqlarini yozib oladilar.
|
2 – bosqich: Asosiy qism
(60 daqiqa)
|
2.1. Oʻqituvchi tarqatma materiallardan foydalangan holda laboratoriya mashgʻulotini davom ettiradi, ya’ni topshiriqlarni bajarish tartibini tushuntirgach, topshiriqlarni bajarishga kirishishlarini soʻraydi.
2.2. Talabalarning faoliyatlarini nazorat qiladi, savol beradi va zarur hollarda yordam beradi.
2.3. Oldingi laboratoriya yoki mustaqil ishlarni va talabalar tayyorlagan laboratoriya yoki mustaqil ishlarni qabul qiladi, savol-javob qiladi, baholaydi.
2.4. Talabalarga mustaqil ishlarni bajarish boʻyicha tushuncha va koʻrsatmalar beradi.
|
Tarqatilgan material bilan tanishib, guruhlarga boʻlingan holda mustaqil ravishda topshiriqni bajaradilar. Laboratoriya ishi va mustaqil ishlarni topshiradilar, savol-larga javob beradilar.
|
3 – bosqich: Yakunlash
(10 daqiqa)
|
3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar diqqatini yakuniy xulosalarga qaratadi.
3.2. Talabalarning dars davomidagi faoliyatini tahlil etadi va baholaydi. Mustaqil bajarishlari va mavzuni oʻzlashtirishlari uchun vazifalar beradi.
|
Topshirqni yozib oladi, bajarishga intiladilar
|
Ishning maqsadi: talabalarga Adobe Photoshop dasturida instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratishni; Action lardan foydalanib tayyor tasvirlar yaratishni oʻrgatish hamda ularda amaliy koʻnikma hosil qilish.
Laboratoriya mashgʻuloti materiallari:
Masalaning qoʻyilishi:
a) bеrilgan 1-topshiriq savollariga javob bering.
b) bеrilgan 2-topshiriqlarni har bir talaba oʻzi tanlash asosida amalda bajarsin.
1-topshiriqlar:
1. Adobe Photoshop instrumentlar yordamida maxsus effektlar yaratish.
2. Photoshop dasturida Action lardan foydalanishning ahamiyati.
3. Photoshop dasturida mavjud Action lardan foydalanish tartibi.
4. Photoshop dasturida yangi Actionlar oʻrnatish va ulardan foydalanish tartibi.
5. Photoshop dasturida yangi Action yaratish bosqichlari (ketma-ketligi).
2-topshiriqlar:
1. Mavjud Action lardan foydalanish.
2. Berilgan action ni dasturga oʻrnating va yangi tasvirlar hosil qiling (kitob, karobka tasvirini yarating).
3. Oʻzingiz yangi action hosil qiling (yarating).
Do'stlaringiz bilan baham: |