O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 3,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet361/408
Sana07.07.2021
Hajmi3,89 Mb.
#111120
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   408
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Qadimgi Xitoy estetikasi 
Qadimgi Xitoy estetikasi deganda, biz odatda, miloddan avvalgi VII asrdan milodning V asrigacha bo‘lgan 
davrni nazarda tutamiz. Mana shu davrda Xitoyda, garchand estetik tafakkur mustaqil fan maqomiga ega bo‘lmasa-
da, lekin asosiy falsafiy-estetik tushunchalar shakllangan edi. Biroq, dastlabki nafosatga doir tasavvurlar, g‘oyalar, 
tushunchalar bundan ancha avval «Shuszin» («Tarixlar kitobi»  – miloddan avvalgi XII asr), «Shiszin («Qo‘shiqlar 
kitobi»  –  miloddan  avvalgi  XI-VI  asrlar),  «Iszi»  («O‘zgarishlar  kitobi»  –  miloddan  avvalgi  VIII-VII  asrlar)  deb 
nomlangan yodgorliklarda uchraydi. Ularni eng avvalo, mazkur kitoblardan joy olgan asotirlar-miflarda va she‘riy 
eposlarda ko‘rish mumkin. 
Bular orasida «Shiszin» («Qo‘shiqlar kitobi») alohida o‘rin tutadi. Zero u qadimgi Xitoy xalqi tarixini ko‘pgina 
tarixiy,  etnografik  va  boshqa  yodgorliklarga  nisbatan  to‘laroq,  chuqurroq  aks  ettiradi,  desak  Yanglishmaymiz. 
«Shiszin» 305 she‘riy asarni o‘z ichiga oladi. Ular to‘rt qismga bo‘lingan: «Gofun» («Saltanatlar odatlari»), «Syao ya» 
(«Kichik qasidalar»), «Da ya» («Ulkan qasidalar») va «Sun» («Alqovlar»), «Shiszin»dagi she‘riy asarlar asosan xalq 
og‘zaki ijodining yozib olingan variantlaridir, to‘g‘rirog‘i, musiqaga solingan she‘rlardir. Agar qadimda musiqa va raqs 
bir-biridan ajralib chiqmaganini nazarda tustak, bu yodgorlikda ham so‘z san‘ati, ham musiqa san‘ati, ham raqs san‘ati 
ruhini,  unsurlarini  ko‘rish  mumkin.  Chunonchi,  «YUeszin»  («Musiqa  haqida  kitob»)  deb  atalgan  qadimgi 
yodgorliklardan  bizgacha  etib  kelgan  bir  parchada  shunday  deb  yoziladi:  «She‘riyat,  bu  –  so‘zga  aylangan  intilish. 
Qo‘shiq uni tovush orqali ifodalaydi; raqs badiiy qiyofani harakat orqali etkazadi. Har uchala tur yurakda ildiz otadi, 
keyin  ularga  musiqiy  asboblar  ergashadi»
161
.  Bu  parchadan  o‘sha  paytlarda  so‘z  san‘ati  kuy  va  raqs  talablariga 
bo‘ysundirilgani ko‘rinib turibdi. 
«Shiszin»dagi folklor qo‘shiqlarida muhabbat va do‘stlik tuyg‘ulari o‘ziga xos, rang-barang ifoda topgan. Bu 
tuyg‘ular bejamadorlikdan, balandparvozlikdan, soxtalikdan  yiroq, o‘zida  shakliy  go‘zallikning ajoyib namunasini 
aks ettiradi. Ana shu xalq qo‘shiqlari xitoy yozma adabiyotiga asos bo‘ldi: uch yarim ming yil avval xitoy yozuvi – 
ierogliflari  yaratildi.  SHuni  aytish  kerakki,  ieroglif  yozuv  rang-barang,  bazo‘r  ilg‘anadigan  nozik  ishoralarni 
tasvirlashda mavhum va ko‘pyoqlamali tushunchalarni, turli ma‘no urg‘ularini va qirralarini ifodalash uchun cheksiz 
imkoniyatlarga  ega.  Masalan,  mey  ieroglifi  (go‘zal,  badiiy,  estetik)  degan  ma‘nolarni  anglatadi.  U  ikki 
piktogramadan  –  rasmlashgan  yozuvdan  iborat;  yan  (qo‘chqor,  qo‘y)  va  da  (katta,  ulkan).  Dastlab  bularning 
qo‘shiluvi  «katta qo‘chqor» degan jo‘n tushunchani,  ya‘ni, tengi  kam,  go‘shti lazzatli,  juni kamyob, go‘zal tashqi 
ko‘rinishga  ega  bo‘lgan  hayvonlarning  g‘ayri  odatiy  nusxasini  anglatgan.  Go‘zallik  haqidagi  tushunchaning 
keyinchalik  rivojlanib  borishi  bilan  «mey»  ieroglifining  nisbatan  murakkab  va  mavhum  ifodasi  bo‘lmish  go‘zal, 
badiiy,  estetik  degan  ma‘nolar  yuzaga  kelgan.  SHu  tarzda  muayyan  timsol  shakllana  borish  jarayonida 
umumlashgan, tipiklashgan va mavhumlashgan tushunchaning paydo bo‘lishiga xizmat qilgan. 
Ieroglif-belgilar  odamlarning  reallikka  estetik  munosabati  taraqqiyotini,  badiiy  ijod  umumiy  qonunlari 
shakllanishining manzarali belgisi sifatida namoyon bo‘ladi. SHu bois so‘zning she‘riy ma‘nosi ko‘p hollarda aniq 
va  cheklangan  doiralarda  emas,  balki  asosiy  ma‘noga  o‘xshashligi,  yaqinligi,  ba‘zan  esa  zidligi  bilan    ochiladi. 
Satrlarda tugallangan majoz o‘rnida, o‘sha majozning ko‘lankasi, ishora, badiiy asosgina aks etadi; atayin qilingan 
nim  ifoda,  notugallik,  ko‘pma‘nolilik,  bir  chizgi,  belgida  homaki  matn  tarzida  in‘ikos  topgan  ishora  ba‘zan  asl 
ma‘nodan muhimroq ahamiyat kasb etadi. Natijada ijodiy hamkorlik tug‘iladi, o‘quvchi san‘atkorning asosiy fikriga 
bo‘ysunuvchi,  uni  inkor  etmaydigan  rang-barang  bo‘yoqlarni  tasavvur  qiladi.  Bunda  muallif  qancha  kam  so‘z  
ishlatgan  bo‘lsa,  shuncha  ko‘p  ifoda  vositalari  iqtisod  qilinadi,  fikrlashga,  tasavvurga,  manzara  yaratishni 
tugallashga  shuncha  katta  imkon  tug‘iladi.  SHu  bois  kamso‘zlik,  qisqalik,  nozik  ishora  qimmatli  hisoblanadi. 
Qadimgi Xitoy shoirlarining o‘zlarini cheklashga,  iloji boricha kam so‘z ishlatishga, ifodaviy vositalarga «xasislik» 
qilishlariga intilishlari shundan. 
Qadimgi  Xitoy  estetikasida  ikki  yo‘nalish  alohida  ajralib  turadi.  Bular  –  daochilik  va  konfustiychilik. 
Daochilik yo‘nalishining muhim belgisibu –fazo (kosmos) hamda tabiatning azaliy va abadiy go‘zalligi; jamiyat va 
inson  go‘zalligi  darajasi  esa  ana  shu  borliq  go‘zalligiga  qanchalik  o‘xshash,  yaqin  ekanligi  bilan  belgilanadi. 
Konfustiychilik  xulqiy  go‘zallik  muammosini  o‘rtaga  tashlaydi;  axloqiy-estetik  ideal  uning  eng  muhim  belgisi 
sanaladi. 
                                                 
161
 Федоренко Н.Т. Избранные произведения в 2 х т. Т.1. М., ИХЛ, 1987. С. 56. 


Daochilikning («dao» – yo‘l degani) asoschisi Laostzi (miloddan avvalgi VI-V asrlar) fikriga ko‘ra, uyg‘unlik 
(xe)  «tinchlik»,  «kelishuv»,  «yumshoqlik»,  «kelishtirish»  ma‘nolarini  anglatadi.  «Me‘yor»  so‘zini  esa  u  etarlilik 
ma‘nosida  qo‘llaydi.  CHjuansi  (IV-III  asrlar)  uyg‘unlikning  ta‘sir  doirasini  Laosziga  nisbatan  kengaytiradi;  u 
nafaqat  ibtidoni  vujudga  keltiruvchi  hodisa,  balki  butun  kosmosning  asosidir;  u  olamning  bir  butun  yaxlitligini 
tashkil  etgan  unsurlar  va  qismlarning  jo‘r  bo‘lib  chiqargan  ohangdor  tovushi  tarzida  tushuniladi.  Bu  anglash 
CHjuanszida badiiy shaklda ifodalanadi: koinotni u har bir parchasi alohida ohang chiqaruvchi va birgalikda hamroz 
kuyni tashkil etuvchi nayga o‘xshatadi. CHjuanstzining go‘zallik haqidagi tasavvuri tabiatga uyg‘un va mukammal 
yaxlitlik tarzidagi munosabat bilan bog‘liq, Osmon va Er ulug‘ go‘zallikka ega, deydi u. Donishmand asl go‘zallik 
va go‘zallik bo‘lib tuyuluvchi hodisalarni farqlaydi. 
Laoszi izidan borib, Chjuanstzi san‘atni bir odamdan ikkinchi odamga o‘tkazib bo‘lmaydigan, ya‘ni o‘rganib 
bo‘lmaydigan oliy hodisa sifatida talqin etadi. San‘at o‘z ichki niyatiga tabiatdagi o‘xshashlikni (aynanlikni) ilg‘ab 
olish;  «tutib  qolish»  qobiliyatidir.  Niyatning  o‘zi  san‘atkor  qalbida  biror-bir  ma‘suliyastiz,  hech  qanday  shaklu 
shamoyilsiz tug‘iladi, shaklni esa u o‘ziga yaqin (qardosh) bo‘lgan tabiat bilan uyqashib (xe) ketgan lahzada oladi. 
Ijodiy  jarayon  barcha  botiniy  kuchlar  oliy  darajada  jamlangan  lahzada  vujudga  keladigan  nogahoniy  «bashorat» 
(«karomat») tarzida tushuniladi. 
Go‘zallik  haqida  «Dao  va  De»  kitobida  («Dao  de  stzin»)  ham  diqqatga  sazovor  fikrlar  bayon  etilgan. 
Jumladan,  unda  shunday  deyiladi;  «Butun  Osmonosti  go‘zallikning  go‘zal  ekanini  bilib  olganida  o‘sha  payt 
xunuklik  ham  paydo  bo‘ladi.  Qachonki  hamma  ezgulik,  ezgulik  ekanini  bilib  olganida,  o‘sha  payt  yovuzlik  ham 
tug‘iladi»
162

«Xuaynanstzi»  («Xuaynanlik  faylasuflar»)  deb  atalgan  qadimgi  Xitoy  matni  ham  estetik  g‘oyalar 
taraqqiyotini  ko‘rsatuvchi  manba  sifatida  muhimdir.  Unda  mualliflar  go‘zallikning  me‘yor  bilan  belgilanishini 
ta‘kidlaydilar.  Me‘yor  bilan  belgilangan  go‘zallik  va  nuqs  bo‘lgani  uchun  ham  bu  dunyoda  yaxlitlik  mavjud; 
«Go‘zallik me‘yor bilan belgilanadi, nuqs o‘zini foydalanish jarayonida namoyon etadi. Shu tufayli to‘rt bahri muhit 
oralig‘idagi makon birlashishi mumkin»
163

«Xuaynanstzi»da  san‘atning  uch  xil  darajasini  ko‘rsa  bo‘ladi.  Birinchisi,  daoga  asoslangan  san‘at,  bu  – 
donishmandlik.  U  eng  yuksak  darajadagi  narsalar  bilan  bog‘liq;  bular  yaxlitlik,  yo‘qlik,  dao,  olam  (kosmos).  Bunday 
san‘atning maqsadi «oliy uyg‘unlikka» (toy xe) erishish va oxir-oqibatda tabiat bilan barobar darajada narsalar ijod qilish. 
Ikkinchi  darajadagi  san‘at  hisob-kitobga,  ya‘ni  me‘yorga  asoslanadi.  Bu  –  «boshqarish»  (odamlarnimi,  narsalarnimi  – 
baribir)  san‘ati.  Uchinchi  xil  san‘at  esa  bizning  tushunchamizdagi  hunarga  to‘g‘ri  keladi;  u  yuzaki  mohirlik  oqibati 
bo‘lmish tashqi bezak sifatida talqin etiladi. 
Xuaynanlik  faylasuflar  yuqoridagi  san‘at  xillarining,  ayniqsa,  ikkinchisiga  alohida  e‘tibor  qiladilar  va  shu 
munosabat bilan estetik muammolarni Yangicha talqin etadilar. Bu xil san‘at darajasi haqida fikr yuritar ekan, ular 
o‘rinlilikka,  yohud  joizlilikka  (i,  byan,  shi)  diqqatni  qaratadilar.  Bu  tushuncha  mualliflarning  go‘zallik  haqidagi 
tasavvurlari bilan mustahkam bog‘liq. «YUzdagi kulgichlar go‘zal, – deyiladi risolada, – agar ular manglayda bo‘lsa 
– xunuk; kiyimdagi kashta – go‘zal, qalpoqdagisi esa – xunuk». O‘rinlilik ayni vaqtida degan ma‘noda ham talqin 
etiladi. San‘at «lahzaga munosabatdan», «vaqtga ergashishdan» (in shi) tashkil topadi. 
Mualliflar san‘at texnika bilan, mahorat qurolini egallash bilan bog‘liqligini alohida ta‘kidlaydilar, san‘at va 
uning vositasini qat‘iy  farqlaydilar. Mahorat, umuman olganda, daochilar fikriga  ko‘ra, botiniy  ma‘naviy  ma‘noni 
moddiy  shakl  orqali  ifodalash  qobiliyatidan  iborat.  Ayni  paytda  faqat  «shakl  deb  atalgan  hojani  bo‘ysindirmay 
turib»,  birgina  tashqi  shaklga  shunchaki  taqlid  qilish  odamlarda  istehzo  uyg‘otadi.  Har  bir  san‘at    asari  ruh  bilan 
sug‘orilgani va  u orqali san‘atkor qalbi tilga  kirgani uchun go‘zaldir. Ana  shu ruh  mazmundan  holi bo‘lgan shakl 
o‘likdir, o‘likning esa go‘zal bo‘lishi mumkin emas. 
Daochilar uchun ibtido nuqtasi olam (kosmos) bo‘lsa, Konfustiy (miloddan avvalgi 551 – 479 yillar) va uning 
izdoshlari  o‘z  estetik  qarashlarini  ijtimoiy-siyosiy  nuqtayi  nazardan  kelib  chiqib  shakllantiradilar.  Konfustiy 
«jo‘mard o‘g‘lon» tushunchasini kiritadi. Jo‘mard o‘g‘lon eng avvalo axloqiy va fuqarolik burchlarini chin dildan, 
namunali  bajaruvchi  jamiyatning  ideal  a‘zosi.  Jo‘mard  o‘g‘lon  tarbiyasining  asosini  Konfustiy  uch  narsada  – 
«qo‘shiq»,  «udum»  va  «musiqa»da  ko‘radi.  Demak,  donishmand  nuqtayi  nazaridan  tarbiya  estetik  asosda  olib 
borilishi lozim. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Qadimgi Xitoy estetikasi nafaqat O‘rta asrlarga kelib yuksak pog‘onaga 
ko‘tarildi, balki Yaponiya, Quriya, Vetnam xalqlari estetikasiga ham asos bo‘ldi. 

Download 3,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   357   358   359   360   361   362   363   364   ...   408




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish