Yevropa ma‟rifatparvarlari estetikasi
Yangi davrdagi Yevropa ma‘rifatparvarlari orasida shotland mutafakkiri Deyvid Hyum (1711 – 1776)
alohida o‘rin tutadi. Uning «Didning me‘yori xususida», «Fojea xususida», «Skeptik», «San‘atlar borasida
takomilga erishish xususida» kabi asarlarida estetik muammolar o‘rtaga tashlangan. U nafosatni bilishdan
tashqaridagi hissiyot olamiga taalluqli deb hisoblaydi. Hyumning fikriga ko‘ra, go‘zallik asosan idrok etuvchining
ongida, ruhida mavjud bo‘ladi, aniq ob‘ektiv asosga ega emas. «Go‘zallik, – deb yozadi u, – narsalarning o‘zida
mavjud bo‘lgan sifat emas; u istisnosiz tarzda o‘zini mushohada etayotgan ruhda mavjud, har bir insonning ruhi esa
go‘zallikni boshqacha idrok etadi. Boshqalar go‘zallik degan narsani birovlar hatto xunuklik deb qabul qilishi
mumkin, shuning uchun har bir idrok etuvchi o‘zi his qilayotgan holatni o‘zgalarga zo‘rlab uqtirishga intilmasligi
kerak»
193
.
191
История эстетической мысли в 6 т. Т. 2. М., Искусство, 1985. С. 155.
192
O‘sha manba. S. 156.
193
Истории эстетической мысли. Т. 2. С. 285.
Go‘zallikning aniq, ya‘ni ob‘ektdagi asosini Hyum asosan tan olmasa-da, sub‘ektdan tashqarida ham
go‘zallik tuyg‘usini uyg‘otuvchi, «estetik reakstiya» qo‘zg‘atuvchi omillar borligini butunlay inkor etmaydi.
Maqsadga muvofiqlikni u ana shunday asos-omil deb hisoblaydi. Uning nazdida go‘zallik foydalilik va maqsadga
muvofiqlikni idrok etish asosida vujudga keladigan kechinmadir.
Hyum «Inson tabiati xususida» asarida go‘zallikni lazzat va huzur bag‘ishlovchi, xunuklikni yoqimsiz
taassurot uyg‘otuvchi ruhiy-estetik hodisa sifatida olib qaraydi hamda ular talqiniga alohida bob bag‘ishlaydi. Bu
ikki xususiyatni u axloqiylik bilan bog‘laydi. Chunonchi, vujudimiz go‘zalligi bizda g‘urur, xunukligi esa xoksorlik
hissini uyg‘otadi, go‘zalligimizdan mag‘rurlanamiz, xunukligimizdan uyalamiz, zero go‘zallik ham, xunuklik ham
bizning «men»imiz bilan mustahkam bog‘liq. «Go‘zallik, bu – qalbimizda lazzat, huzur uyg‘otadigan qismlarning
joylashuvi va moslashuvidir... YOqimsiz kayfiyat uyg‘otadigan xususiyatga ega xunuklikdan uning farqi ana
shunda. Shunday qilib, lazzat va yoqimsizlik nafaqat go‘zallikning zaruriy hamrohlari hisoblanadi, balki ularning
mohiyatini ham tashkil etadi. Go‘zallikni xuddi hozirjavoblik kabi aniqlashtirishning iloji yo‘q, biroq faqat alohida
did yoki sezgi yordamida uni ajratish mumkin, shundan kelib chiqib, biz go‘zallik lazzat bag‘ishlaydigan shakldan
boshqa narsa emas, xunuklik esa qismlarning yoqimsiz kayfiyat uyg‘otadigan tarzda joylashuvidir... SHunday ekan,
bu ikki sifatning barcha ta‘siri ana shu sezgilarimizdan keltirib chiqarilishi lozim...»
194
.
Ana shu go‘zallikning faqat tasavvur qilish mumkin bo‘lgan ob‘ektiv asosidan Hyum estetik did me‘yorini
keltirib chiqaradi. Uning fikriga ko‘ra, inson go‘zallikning alohida ko‘rinishlari va darajalarini o‘zaro taqqoslash
hamda shu borada mulohaza yuritishi natijasida tajribasi oshadi, o‘z hissiyotini, estetik didini takomillashtirib
boradi. Did borasidagi mulohazalardan u shunday xulosa chiqaradi: birinchidan, hamma odamlarda did bir xil emas,
ikkinchidan, shunday shaxslar borki, ular butun insoniyat tomonidan o‘zgalardan ustuvor turadigan insonlar sifatida
tan olinadi. SHuningdek, didning har xilligi bir tomondan, alohida odamlar maylining o‘zaro farqi bilan bog‘liq
bo‘lsa, ikkinchi tomondan, turli zamon va mamlakatlarda odatlar hamda tafakkur yo‘sinining turlichaligi didning
manbai hisoblanadi.
Hyumning nazdida estetik did va uning xilma-xilligi axloqiy muhitdan kelib chiqadi. Ayni paytda san‘at
jamiyatning axloqiy hayotiga juda katta ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi; u insonparvarlikning keng yoyilishiga, insonning
hilmlashuvi va faollashuviga xizmat qiladi. Hyum san‘at asarlarini falsafiy nazariyalar, diniy tizimlar bilan
solishtirib san‘atga ustuvorlik mavqeini beradi: mavhumiylikka asoslangan falsafiy nazariyalar va diniy tizimlar
muvaqqat ekanini, hatto bir asr mobaynida birining o‘rnini ikkinchisi, ikkinchisining o‘rnini uchinchisi egallashini,
eskirishini lekin haqiqiy san‘at asarlari doimo dolzarb, Yangi bo‘lib qolaverishini ta‘kidlab o‘tadi, badiiy bilishni
hamma bilish turlaridan yuksak qo‘yadi. Nafis san‘at turlarini idrok etish – hayotning turli hodisalari to‘g‘risida
mulohaza yuritish va hukm chiqarishga bo‘lgan qobiliyatimizni takomillashtiradi, didimizni charxlaydi: «Hech narsa
she‘riyatda,
suxandonlikda,
musiqa
va
rangtasvirda
go‘zallikni
o‘rganish
darajasida
fe‘l-atvorni
takomillashtirmaydi, – deb yozadi Hyum. – Bu san‘atlar hissiyotlarga muayyan nafislik bag‘ishlaydi... nozik,
yoqimli hayajon uyg‘otadi. Ular ruhni turli tirikchilik tashvishlaridan, xudbinlarcha intilishlardan chalg‘itadi,
tafakkur qilishga, orom olishga yo‘naltiradi, barcha ruhiy holatlardan ko‘ra ko‘proq muhabbat va do‘stlikka
moyillikni, uyg‘otadigan yoqimli ma‘yuslikni yuzaga keltiradi»
.
Hyumning estetik qarashlari, ko‘rib o‘tganimizdek, muayyan nuqsonlariga qaramasdan, estetik did, go‘zallik
va san‘atning inson ma‘naviy olamiga beqiyos ta‘sirini nazariy isbotlab berishi bilan diqqatga sazovordir. Uning
asarlari shuning uchun ham A.Smit, E.Byork va G.Kant kabi mutafakkirlarning ta‘limotlariga katta ta‘sir ko‘rsatdi.
Ma‘rifatparvarlik estetikasida ingliz mutafakkiri Edmund Byork (1729 – 1797) qarashlari katta ahamiyatga ega.
Uning «Ulug‘vorlik va go‘zallik to‘g‘risidagi g‘oyalarimizning falsafiy tadqiqi» asarida estetikaning asosiy
umumnazariy masalalari o‘rtaga tashlanadi. Byork nimaiki, qandaydir darajada dahshatli bo‘lsa yoki dahshat uyg‘osta,
o‘sha narsa-hodisa ulug‘vorlikning asosiy, manbai hisoblanadi, deya ta‘kidlaydi. Boshqa hissiyotlarni esa aloqaga nisbat
beradi. Aloqaning asosida muhabbat yotadi. Tor ma‘noda u – inson zotini davom ettirishga qaratilgan jinsiy aloqa, keng
ma‘noda butun borliq bilan aloqa. SHunday qilib, Byorkning fikriga ko‘ra, insonda ikki xil asosiy intilish bor: o‘zini asrashga
va aloqaga intilish. SHunga ko‘ra, birinchisi – ulug‘vorlikning, ikkinchisi esa – go‘zallikning manbai hisoblanadi.
Buyuk franstuz faylasufi, estetik va adib Deni Didro (1813 –1884) Yevropaning eng taniqli
ma‘rifatparvarlaridan biri hisoblanadi. Didro estetik qarashlarining g‘oyatda o‘ziga xosligi shu bilan belgilanadiki,
uning merosida falsafiy masalalar va badiiy amaliyot orasida keskin farq sezilmaydi. Uning ba‘zi badiiy asarlari
falsafiy risolaga, ayrim falsafiy asarlari va estetik risolalari esa badiiy asarga o‘xshatib yozilganini ko‘ramiz,
xususan, chuqur falsafiy-nazariy fikrlarini u badiiy dialoglar shaklida ifodalaydi. U san‘atga umumfalsafiy-nazariy
jihatdan yondashar ekan, ayni paytda o‘z davridagi ijodkorlar amaliyotiga suyanib ish ko‘radi: uni qarashlari
alohida, sof nazariya emas, balki san‘at taraqqiyotining dolzarb masalalari bilan bog‘liq nazariy fikrlardir.
Didro go‘zallikni alohida bir narsa yoki o‘z-o‘zini tashkil etuvchi hodisa sifatida olib qaramaydi. Uning
uchun go‘zallik munosabat bilan bog‘liq. «Go‘zallikning vujudga kelishi va tabiati to‘g‘risida falsafiy tadqiqlar»
risolasida: «SHunday qilib, men, – deb yozadi mutafakkir, – aqlimda munosabatlar g‘oyasini uyg‘otadigan
qobiliyatni o‘zida mujassam qilgan mendan tashqaridagi hamma narsani deb atayman»
. Bu bilan Didro mutlaq
go‘zallikning yo‘qligini, u doimo nisbiy ekanini, kimgadir go‘zal ko‘ringan narsa boshqa odamga go‘zallik bo‘lib
194
Юм. Д. Трактат о человеческой природе. Минск, Попурри, 1988. С. 350-351.
История эстетической мысли. Т.2. С.289.
Дидро Д. Эстетика и литературная критика. М.. ИХЛ, 1980. С. 117.
tuyulmasligi mumkinligini ta‘kidlamoqchi. «SHundan kelib chiqib, – deb davom etadi u, – mutlaq go‘zal narsaning
o‘zi yo‘q esa-da, lekin bizga nisbatan olganda ikki xil go‘zallik mavjud: real go‘zallik va bizning idrokimizdagi
Do'stlaringiz bilan baham: |