Olmon mumtoz estetikasi
Biz yuqorida ko‘rib o‘tgan ma‘rifatparvarlar va o‘sha davrdagi boshqa nafosatshunoslar nafosatshunoslikning
umumnazariy masalalari, estetik idrok eti shva san‘at falsafasi borasida Yevropa estetik tafakkuriga ozmi-ko‘pmi
nazariy Yangiliklar kiritdilar. Olmon mumtoz estetikasi ana shunday xazinadan foydalanish natijasida o‘zlari ham
tengsiz tafakkur durdonalari yaratib, uni mislsiz boyitdilar.
Olmon mumtoz estetikasi ibtidosida buyuk faylasuf Immanuil Kant (1724-1804) turadi. U «Go‘zallik va
ulug‘vorlik tuyg‘ulari ustidan kuzatishlar» (1764), «Sof aqlning tanqidi» (1781), «Amaliy aqlning tanqidi» (1788),
«Muhokama qobiliyatining tanqidi» (1796) asarlarida estetika muammolariga maxsus to‘xtaladi.
Kantning fikriga ko‘ra, estetik hissiyot manfaastiz, beg‘araz va narsa-hodisaga bevosita maftunlikka borib
taqaladi. Maftunlikning, muhabbatning ob‘ekti esa shakldan boshqa narsa emas. Xullas, go‘zallik manfaastiz
maftunlikning, muhabbatning ob‘ekti. Bu – go‘zallikning birinchi belgisi. Ikkinchi belgisi esa shundaki, u
tushunchalar yordamisiz, ya‘ni, aql kategoriyasiz, bizga umumiy maftunlikning narsa-hodisasi sifatida namoyon
bo‘ladi; estetik muhokama hech qachon mantiiq qonun-qoidalariga asoslanishi mumkin emas. Go‘zallikning
uchinchi belgisi shundaki, u maqsadga muvofiqlik shakliga egaligi, ya‘ni qandaydir aniq maqsad haqida tasavvur
hosil qilmasdan turib, narsa-hodisadagi maqsadga muvofiqlikni idrok etish mumkinligi bilan ajralib turadi. Demak,
go‘zallik – narsa-hodisaning maqsadga muvofiqlik shakli, zero u maqsad haqida tasavvurga ega bo‘lmasdan turib,
idrok etiladi. To‘rtinchi belgi shundaki, go‘zallik bizga tushunchasiz, zaruriy maftunlikning ob‘ekti, narsa-hodisasi
sifatida yoqimlidir. SHunday qilib, go‘zallik hammaga hech qanday manfaastiz, shundayligicha, o‘zining sof shakli
bilan yoqishi zarur bo‘lmagan narsa-hodisadir: «Nimaiki hammaga tushunchalar yordamisiz yoqimli bo‘lsa, o‘sha –
go‘zaldir»
.
Go‘zallik bilan bir qatorda Kant ulug‘vorlikni ham diqqat bilan tadqiq etadi. Uning fikriga ko‘ra, go‘zallikdan
olinadigan lazzat-sifat, ulug‘vorlikdan olinadigan lazzat-miqdorning namoyon bo‘lishi bilan bog‘liq. Ulug‘vorlikni
mutafakkir ikkiga ajratadi: matematik va dinamik ulug‘vorlik. Matematik ulug‘vorlik ekstensiv miqdorni – makon
va zamondagi ko‘lamli miqdorni, ikkinchisi kuch va qudrat miqdorini o‘z ichiga oladi. Birinchi xil ulug‘vorlikka
yulduzli osmonni, okeanni, ikkinchisiga – yong‘in, suv toshqini, dovul, zilzila, momaqaldiroqni misol qilib keltirish
mumkin. Har ikkala holatda ham ulug‘vorlik bizning hissiy tasavvurimizdan ustun keladi, uni uzib qo‘yadi. Keyin
ezilganlik hissi faoliyatimizning jonlanishi bilan almashinadi, Chunki bunda bizning faqat hissiyotimiz tang qoladi,
ma‘naviy jihatimiz, aksincha, yuksaladi. Aql hissiyot olamidagi barcha ulug‘liklardan-da yuksak bo‘lgan ulug‘likni
fikrlay bilishga qodir. Chunki biz o‘zimizni hissiyotli mavjudot sifatida buyuk va qudratli sezamiz. Haqiqiy
ulug‘vorlik – bu aql, insonning axloqiy tabiati, hissiy anglash chegarasidan narigi tomondagi nimagadir intilishi.
SHu bois Kant, haqiqiy ulug‘vorlikni muhokama qilayotgan kishining qalbidan qidirish kerak, deydi. «Nimaiki, u
haqda fikrlashning o‘ziyoq qalb qobiliyati har qanday miqyosdagi tashqi hissiyotlardan miqyosliroq ekanini
isbotlashi, o‘sha – ulug‘vorlikdir»
.
Kant san‘atni hunardan ajratib qaraydi: birinchisi – erkin, keyingisi pul topishga qaratilgan, yollangan san‘at.
Nimaiki tushunchaga asoslangan bo‘lsa, uni o‘rganish mumkin, lekin ilhomni o‘qib, o‘rganib bo‘lmaydi, deydi
faylasuf. Kant did muhokamasining umumiyligi va zarurliygini ta‘kidlaydi; buni u barcha uchun umumiy bo‘lgan
hissiyotlarning mavjudligi bilan asoslaydi: Hyumning «Did haqida bahslashish mumkin emas», degan shiori o‘rniga
«Did haqida bahslashish mumkin va bahslashish mumkin emas» degan shiorni o‘rtaga tashlaydi. Kant buni estetik
g‘oya tushunchasi bilan bog‘laydi; did muhokamasi asosida yotgan tushuncha noaniq, u har bir mushohada
zamiridagi nazariy jihatdan aniq ta‘riflab bo‘lmaydigan alo tuyg‘u haqidagi aqlning transstendental (ong va bilish
chegarasi ortidagi) tushunchasidir. Yoki boshqacha qilib aytganda: «Estetik g‘oyani tasavvurning tushuntirib
bo‘lmaydigan namoyon bo‘lishidir»
.
Kantning estetik nazariyalari ba‘zi bir «sub‘ektivlik» jihatlariga qaramay, keyingi davrlar Yevropa va jahon
nafosatshunosligi taraqqiyoti uchun eskirmaydigan ahamiyatga ega bo‘ldi. Shu jihatdan Fixte, Gyote, SHelling,
Gegel, Shopengauer va boshqa ko‘pgina buyuk nafosatshunoslarni muayyan ma‘noda «Kantdan o‘sib chiqqan»
deyish mumkin.
Bu davrning eng zabardast va o‘ziga xos nafosatshunoslaridan biri buyuk olmon shoiri va dramaturgi Fridrix
Do'stlaringiz bilan baham: |