Rus mumtoz nafosat falsafasi
Bu davrga kelib Rossiyada ham falsafiy tafakkur yuksak darajaga ko‘tarildi, rus san‘ati ham mislsiz
taraqqiyotga etishdi. SHu bois XIX asr oxiri va XX asr boshlarida rus tafakkurini tom ma‘noda mumtoz deb atash
mumkin. Ana shu mumtoz tafakkurning etakchi vakillaridan biri – shoir, ilohiyotchi, faylasuf Vladimir Sergeevich
Solovyovdir (1853-1900).
Solovyov go‘zallikni o‘zining ziddidan, ya‘ni xunuklikdan (go‘zal insoniy vujud xunuk embriondan vujudga
kelganidek), bir-biriga qarama-qarshi ikki ibtido – modda va nurning o‘zaro birikuvidan tug‘iladi deb hisoblaydi.
Qaerdaki modda nurafshon bo‘lsa, o‘sha erda go‘zallik hodisasini uchratish mumkin. Modda va nurning uzviy
omuxtaligi – hayot, deydi Solovyov. SHu bois qaerda hayotning ichki to‘laqonligiga erishilsa yoki uning hodisalari
Qarang: Шопенгауер А. Мир как воля и представление. Т.1. Минск, Попурри, 1998. С. 312-316.
196
Шопенгауер А. Введение в филосифию. Новые паралипомены. Об интересном. Минск, Попурри, 2000. С.
397.
«jonli kuchlar o‘yini taassurotini» qoldirsa, tabiat o‘sha erda o‘zining bor go‘zalligi bilan namoyon bo‘ladi. Nur va
hayot - tabiatdagi estetik mazmunni baholashning ikki asosiy mezoni.
Buyuk rus mutaffakiri tabiiy go‘zallikni uning noorganik dunyodan organik dunyoga, undan insonga qarab
taraqqiy etib borishida ko‘radi. Noorganik dunyoda go‘zallik ikki turda mavjud bo‘ladi; ziyoiy go‘zallik (yulduzli
osmon, kamalak, olmos) va hayotni oldindan anglatuvchi hodisalar aurasi - ufurishi (shildiragan irmoq, sharshara v.h.)
sifatidagi go‘zallik. Nabotot dunyosidagi estetik makonda hayratda qoldiradigan bezakdorlikka esa bo‘lgan go‘zallik
etakchilik qiladi. Bunday go‘zallikning oliy ifodasi gullardir. Hayvonot dunyosida go‘zallik naqshlar (ranginlik) va
musiqiy shakllarda namoyon bo‘ladi. U go‘zallikni ob‘ektiv asosdan ajrata olmaydi, aksincha u, eng avvalo xususiyat,
keyin tushuncha: «Go‘zallik, – deb yozadi V.Solovyov «Tabiatdagi go‘zallik» asarida, – haqiqiy voqelik, dunyoda ro‘y
berayotgan tabiiy jarayonlar asaridir»
. Bu bilan u tor doiradagi «estetlar» va estetik nazariyalarga radiya bildirmoqchi
bo‘ladi. SHu sababli L.Tolstoy: «Zero go‘zallikka asoslangan, estetik risolalarda bayon etilgan va jamoatchilik
tomonidan ilg‘ar-ilg‘amas tarzda tushuniladigan san‘at nazariyasi, bizga, ya‘ni ma‘lum bir davradagi odamlarga nima
yoqqan bo‘lsa va yoqsa o‘shani yaxshi deb tan olinishidan boshqa narsa emas», – deb yozadi o‘zining «San‘at nima?»
risolasida
. Tabiiy go‘zallik o‘zining oliy ifodasini insonda topadi; u tabiat dunyosidagi estetik idealning eng
mukammal ko‘rinishi; ong ato etilgan inson tabiati voqeligini ijodiy o‘zlashtirishga qodir. Biroq, Solovyovning
fikricha, so‘nggi paytlarda tabiat va inson orasida qarama-qarshilik chuqurlashib bormoqda; inson tabiatga, qandaydir
qiyofasiz bir narsaga qaraganday munosabatda bo‘lmoqda. SHu bois faylasuf ekologik muammoni axloqiy jihatdan hal
etishning yagona usulini go‘zallikda ko‘radi. Bu o‘rinda san‘at asosiy tarbiyachi rolini o‘taydi.
Vladimir Solovyov «San‘atning umumiy ma‘nosi» asarida san‘at oldiga uch yoqlama vazifa qo‘yadi; 1)
tabiatning estetik ifodasida ifoda topilmaydigan jonli g‘oyani, uning ichki mazmunini moddiylashtirish; 2) uning
estetik borlig‘ini ruhoniylashtirish; 3) uning muayyan hodisalarini mangulikka dahldor hodisalarga aylantirish. –
Mana shu vazifani bajarib borish jarayonida san‘at
ilhomli kafolatga aylanadi, voqelikning o‘zida esa moddiylikni
ma‘naviylashtirish jarayonlari kuchayadi. Inson san‘ati insonning o‘zini komil go‘zallikdan bevosita va bilvosita
ogoh etadi. Bevosita ogoh etish musiqa va lirik she‘riyatda ifodalanadi. Bilvosita ogoh etishning shakli ikki xil
bo‘ladi: a) tabiiy go‘zallikni kuchaytirish, ideallashtirish (me‘morlik, rangtasvirli manzaralar); b) ideal va
voqelikning mos kelmasligini ifodalash (qahramonlik eposi, fojea, kulgi (komediya). Xullas, Vladimir
Solovyovning san‘at falsafasi dunyoni estetik tarzda ro‘yobga chiqarish, voqelikni badiiy jihatdan qayta bunyod
etish g‘oyasiga asoslanadi.
Biz mumtoz deb atagan rus estetikasida o‘nlab ulug‘ faylasuflar bilan birgalikda F.M.Dostoevskiy,
Ya.N.Tolstoy, I.S. Turgenev, A.Fet, A.P.Chexov singari buyuk yozuvchi-shoirlar ham o‘z o‘rniga ega.
Shulardan biri – Lev Tolstoy (1828 – 1910) qarashlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Tolstoy san‘atning mohiyatini aniq-ravshan ifodalashga yo‘l ochish uchun «hamma narsani chalkashtirib
yuboradigan go‘zallik tushunchasini» bir chetga surib qo‘yishni taklif etadi. Uning fikriga ko‘ra, san‘atning nima
ekanini aniqlab olish uchun, avvalo unga lazzat vositasi emas, balki inson hayotining shartlaridan biri sifatida qarash
lozim. San‘at Tolstoyning ta‘biricha, shunday insoniy fazilatki, unda bir kishi ongli ravishda ma‘lum tashqi belgilar
bilan o‘zi boshidan kechirgan hislarni etkazadi, boshqa odamlar esa o‘sha hislarni o‘ziga yuqtirib, ularni qayta
ko‘ngildan o‘tkazadi.
Buyuk rus mutafakkiri ijodning maqsadini «fikrni badiiy ifodalash» deydi. Fan va san‘at bir-biri bilan xuddi
o‘pka va yurakdek o‘zaro bog‘liq, agar bir a‘zo buzilsa, ikkinchisi ham to‘g‘ri harakat qilolmaydi. Fanning ishi
muhim haqiqatlarni izlab topish va ularni kishilar ongiga singdirish. San‘at esa ana shu haqiqatlarni ilm-fan
olamidan hissiyot olamiga o‘tkazish bilan shug‘ullanadi. Tolstoy san‘atdagi g‘oyasizlikni inkor etadi. SHu
munosabat bilan mazmun va shaklning o‘zaro aloqalariga to‘xtaladi. U shakl va mazmun yaxlitligini tan oladi
hamda bir tomondan, mazmunni asosiy hodisa sifatida talqin etar ekan, badiiy shaklsiz san‘at asarining bo‘lishi
mumkin emasligini ta‘kidlaydi.
Tolstoy Yangilikni haqiqiy san‘at asarining asosiy belgisi deb ataydi. Asl san‘atkor doimo odamlarga
noma‘lum nimadir, Yangi narsa topishga harakat qiladi. Mazmunni yorqin ifodalash uchun san‘atkor Yangi shakllar
izlaydi. Tolstoy dekadansni «bema‘nilikning so‘nggi bosqichi» deb ataydi. Nitstsheni dekadansning nazariy
yo‘lboshchisi sifatida tanqid qiladi, ularning san‘atini, xuddi o‘zlaridek tentaklardan tashkil topgan kichkinagina
to‘garak a‘zolarigagina yoqadigan «ijod mahsullari», deb ataydi. Haqiqiy san‘at esa eng keng sohalarni qamrab
oladi. Inson qalbining mohiyatini o‘ziga rom etadi. YUksak va asl san‘at doimo shunday bo‘lib kelgan.
Ko‘pchilikni hayratda qoldiradigan yana bir narsa borki, bu Tolstoyning SHekspirga munosabati. Buyuk rus
yozuvchisi «San‘at nima?» risolasi va «SHekspir va drama haqida» maqolasida SHekspirni nafaqat tanqid qiladi,
balki batamom inkor etadi. Tolstoyning fikriga ko‘ra, SHekspir pesalari asosida «eng tuban, eng qabih dunyoqarash
yotadi», ularda oliy tabaqalar ko‘klarga ko‘tarilib, omma nafratiga munosib qilib tasvirlanadi, mavjud tuzumni
o‘zgartirishga bo‘lgan har qanday intilish, xususan, insonparvarlik yo‘nalishidagi intilishlar ham qoralanadi.
SHekspir ijodi aksildemokratik mohiyatga ega, uning asarlari axloqsiz asoslarga qurilgan. Ular beistisno tarzda
yuqori sinflar san‘atini tashkil etadi.
Соловѐв В. Сочинения в 2 т. Второе издание. Т. 2. М., Мысл, 1990. С. 359.
Толстой Л. Собрание сочинения в 22 т. Т. XV, М., ИХЛ, 1983. С. 74.
Do'stlaringiz bilan baham: |