ta‘sir etmak... Shuning uchun buning yoxshilig‘iga, yoxshilig‘ emas go‘zallik deydilar. Bunday san‘atlarga «go‘zal
san‘atlar» deyiladir»
.
Mutafakkir adib bu bilan bevosita bo‘lmasada, bilvosita go‘zallikning manfaastizlik xususiyatini ham
ta‘kidlayotgani ko‘rinib turibdi. Ayni paytda u go‘zallik yaratishga qaratilgan san‘atlarning muayyan madaniy
darajaga ko‘tarilgan xalqlarda mavjud bo‘lishini va uning asosiy vazifasi idrok etuvchini bir tomondan, ovuntirish,
ikkinchi tomondan, tarbiyalash ekanini aytib o‘tadi: «Miyasi yuksalmagan bolalar, san‘atdan xabarsiz kishilar
shodliqli, qayg‘uli tuyg‘ularini sakrab, o‘ynab, kulib, yig‘lab, talpinib jonlantiradilar, ochiqqa chiqarib boshqalarg‘a
onglatadilar-da, shu yo‘l bilan ovuntirilg‘an bo‘ladirlar, san‘at egalari esa turli tovar (material)lar yordami bilan
o‘zlarining tuyg‘ularini jonlantirib maydong‘a chiqaradi. SHu yo‘lda boshqalarni o‘z tuyg‘ulari bilan
tuyg‘ulantirishga tirishadirlar». San‘atning ana shu xususiyatlari va vazifalari to‘g‘risida fikr yuritib bo‘lgach, Fitrat
yana «go‘zal san‘atlar» ta‘rifini, lekin endi boyigan, mukammallashgan ta‘rifini keltiradi: «Mana shunday «yurak,
fikr, tuyg‘u to‘lqunlarini so‘z, tovush, bo‘yov, shakl, harf, harakat kabi tovarlar (materiallar) yordami bilan
jonlantira chiqarib, boshqalarda ham shu to‘lqunni yaratmoq» hunariga «go‘zal san‘atlar» deyiladir».
Shundan so‘ng Fitrat har bir «go‘zal san‘at»ning materialiga, substratiga (moddiy asosiga) qarab, ularni olti
tur va ikki xilga (turkumga) bo‘ladi. U musiqani birinchi o‘ringa qo‘yadi, undan keyin «rasm, haykalchilik,
me‘morlik, o‘yun (tans), adabiyot» keladi. «Go‘zal san‘atlarning mana shu olti turlari bir-birlariga yaqinlashmoq
e‘tibori bilan ikki turkumga ayriladir, – deb yakunlaydi muallif o‘z xulosasini. – Adabiyot, musiqa, o‘yun (tans) bir
turkum; rasm, haykal, me‘morlik bir turkum bo‘ladir»
.
«Adabiyot qoidalari»da Fitrat uslub masalasiga ham atroflicha to‘xtaladi. Uslubning zamonga, makonga va
shaxsga xoslik xususiyatlarini aytib o‘tadi, uni uyg‘unlik bilan, ohang bilan uzviy bog‘liq ravishda tadqiq etadi.
Shuningdek, muallif kitob oxirida, «Adabiyotda oqim istilohlari» sarlavhasi ostida klassistizm, rastionalizm,
romantizm, simvolizm, realizm, modernizm singari tarixiy va zamonaviy yo‘nalishlarning qisqacha tavsifini beradi.
Fitratning «Adabiyot qoidalari»dan tashqari musiqamiz tarixi va aruz nazariyasiga bag‘ishlangan alohida-
alohida risolalari ham borki, ular ham estetika nuqtayi nazaridan qimmatlidir.
Turkiston badiiy tafakkuriga ulkan xissa qo‘shgan yana bir jadid mutafakkiri Abdulhamid Cho‘lpondir.
Cho‘lponning go‘zallik haqidagi tushunchasi o‘ziga xos, asosan u shoir she‘rlarida «go‘zal» so‘zi orqali aks
etadi. o‘z fikrini sho‘rolar stenzurasidan yashirib ifodalash maqsadida shoir «go‘zal» so‘ziga turli xil ma‘nolar
yuklaydi: u, bir tomondan, qo‘l etmas go‘zal yor, ikkinchi tomondan sururiy (romantik) go‘zallik. Lekin har ikki
holatda ham tagma‘no tutqunlikka mahkum go‘zallikni, go‘zal Turkistonni o‘zida mujassam etadi.
U bir tomondan go‘zal asar, ikkinchi tomondan asarda go‘zallik yaratish uchun birgina iste‘dodning kamlik
qilishini, qattiq mehnat qayta ishlashlar – rejalashtirilgan estetik faoliyat ham zarurligini ta‘kidlaydi. Chunonchi,
Lutfulla Narzullaev ijodiga bag‘ishlangan «Sahna sirlariga oshno san‘atkor» maqolasida u aktyorning rol ustida
ishlashini umumlashtirib, uning estetika talabi ekanini, ya‘ni, san‘at uchun xususiy emas, balki umumiy hodisa
ekanini juda chiroyli ifodalaydi:
«Har qanday ijodiy asarni ham ishlab pishitadilar, – deb yozadi Cho‘lpon. – SHoirning she‘ri, nasrchining
roman yo hikoyasi, bastakorning cholg‘u asari, cholg‘uchining bajarmasi, hatto zargarning chiroylik baldoq va
shokilasi, yo‘nmachi ustaning yo‘nmakor asari... — bular hammasi ishlanish orqasidan pishadi, etiladi, qiymatli asar
holiga keladi»
.
YUqoridagi misollardan ko‘rinib turibdiki, Cho‘lpon ham boshqa jadid mutafakkirlari kabi millatni estetik
tarbiya vositasida uyg‘otishni birlamchi vazifa deb bilgan. SHu bois uning asosiy diqqati o‘sha davrlarda nisbatan
ommaviy bo‘lgan san‘at turlari – badiiy adabiyot va teatrga qaratildi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Turkiston jadid-ma‘rifatchilari qisqa vaqt ichida nafis san‘at targ‘ibotini
yo‘lga qo‘ydilar. Afsuski, Yangi mustamlakachilik siyosati asosiga qurilgan sho‘rolar davlati ularni qatag‘on qilib,
asarlarini ta‘qiqlab, Turkiston xalqlari Uyg‘onishi harakatiga chek qo‘ydi. Shunga qaramay, jadidlar qoldirgan
meros bugungi kunda ham o‘z ahamiyati va ta‘sir kuchini yo‘qotgan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: