mohiyatiga qaramay, faqat tor doiradagi diniy mavzular bilan cheklanib qolgan emas. Chunonchi, «Tobutlar
matnlari»da, undan keyin «Mayyitlar kitobi»ning 78-bobida Gor va boshqa mifologik personajlar ishtirok etgan
komediyadan parchalar saqlanib qolgan. Unda ma‘bud Gorning elchisi qator holatlarda kulgili ahvolga tushib
qoladi. «Mayyitlar kitobi»ning 39-bobida ham Misr iblisi – ilon Appop ishtirok etgan kulgili sstenariydan parcha
berilgan. SHunday qilib, qadimgi Misr misteriyalarida faqat fojeaviylik emas, balki kulgililik ham o‘z o‘rniga ega
bo‘lgan.
Dunyoviy teatrning qadimgi Misrda mavjud ekani g‘oyatda e‘tiborga sazovor. Undagi rollarni kohinlar emas,
mutaxassis-aktyorlar bajargan. Edfulik Enxeb degan kimsaning tarjimai holi yozilgan bitikdan uning sayyor aktyor va
musiqachi bo‘lganligini anglash mumkin. Hozirgacha bu bizga etib kelgan shu xildagi yagona matndir. U qadimgi Misrda
professional teatrlarning, ya‘ni dunyoviy teatrlarning mavjudligini isbotlashi bilan qimmatli. Demak, teatr san‘ati qadimgi
yunon va qadimgi hind teatridan ancha avval ham Sharqda mavjud bo‘lgan ekan.
Qadimgi Misrda musiqa va musiqachilar hurmat-e‘tiborga sazovor bo‘lishgan. Qadimgi misrliklarning
musiqaga katta qiziqishi bilan qaraganliklarini bizgacha etib kelgan yodgorliklar to‘la isbotlab beradi. Qadimgi
cholg‘u asboblaridan tashqari, bizgacha cholg‘u chalayotgan musiqachilarning nomlari ham saqlanib qolgan. Mirza-
xattotga nasihatlardan birida uning nay va sibizg‘a chalishi, chiltorga jo‘r bo‘lishni bilishi, next deb atalgan musiqiy
asbob yordamida qo‘shiq ayta olishi kerak, deyiladi. Qo‘shiqchilar va musiqachilar ham erkaklardan, ham
ayollardan bo‘lgan. Demak, musiqa qadimgi Misr maktablari dasturidan o‘rin olgan, ularda estetik tarbiya
masalalariga alohida e‘tibor berilgan. Etnografik ma‘lumotlar, shuncha uzoq tarixiy davr o‘tishiga qaramay, YUqori
Misr fallohlari, qadimgi Misrdagi musiqiy unsurlarni saqlab qolganliklarini ko‘rsatadi. Mushuk va sichqon haqidagi
xalq qo‘shig‘i buning dalilidir.
Shunday qilib, qadimgi Misrda vujudga kelgan estetik g‘oyalar, ijodiy tamoyillar, janrlar keyingi davrlar
nafosat ilmi rivojiga harakatlantiruvchi ma‘naviy kuch sifatida ta‘sir ko‘rsatganiga shubha yo‘q.
Sharqda vujudga kelgan boshqa qadimgi davlatlarda yashagan xalqlar ilgari surgan estetik g‘oyalar ham katta
ahamiyatga ega. Chunonchi, muqaddas «Bibliy» kitobining avvalgi qismi bo‘lmish «Ahd ul-qadim»ni qadimgi
yaxudiylar dini bilan bog‘liq so‘z san‘atining ulkan yodgorligi deb atash mumkin. Unda va keyinchalik qo‘shilgan
boshqa qismlarda qadimgi adabiyotning diniy asotirlar, tarixiy afsonalar, qahramonlik eposi shakllarida aks etganini
ko‘rsa bo‘ladi. Ularda go‘zallik haqidagi tasavvur o‘zini diniy-mifologik shaklda namoyon qiladi. Bibliyadan o‘rin
olgan asarlarning ko‘pchiligida Shumer-Bobil va Misrda ilgari surilgan g‘oyalar ta‘sirini ilg‘ash qiyin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: