tasavvur qilish qiyin. YOki nasroniylar cherkovida mehrob (altar), devor-shiftlarda Bibi Maryam, Iso
alayhissalomning tasvirlari, gumbazlar, qo‘ng‘iroqxona singari unsurlar albatta bo‘lishi kerak.
Ma‘lumki, diniy marosimlarda fotiha o‘qilganda, ayniqsa ibodat paytida inson qalbida forig‘lanish, tozarish
ro‘y beradi. Inson kundalik tashvishlar, g‘azab, gina singari maydakashliklardan forig‘ bo‘ladi, ularning o‘rnini
ilohiy orzular, ezgu – amallar qilish fikri egallaydi. Diniy-badiiy asarni estetik idrok etish jarayonida ham xuddi
shunday holat ro‘y beradi. Lekin bu forig‘lanish ibodat jarayonidagiga nisbatan ancha uzoq davom qiladi; diniy-
badiiy asarning ta‘siri hatto bir necha kunga cho‘zilishi mumkin. Diniy forig‘lanishni qalbda tutib turish uchun esa
ibodat har kuni takrorlanadi. Buning sababi shundaki, ibodat faqat ruhiy holatning o‘zi, san‘at esa, ya‘ni badiiy yoki
diniy-badiiy asar ruhiy holat bilan moddiylikning omuxtaligi ruh va vujud birligidir. SHu bois u insonga yaqinroq,
zero inson ruh va vujud birligidan tashkil topgan.
Barcha umumjahoniy dinlar, yuqorida aytganimizdek, san‘at bilan aloqador. SHu sababli ba‘zi bir
aqidaparastlarning islom dini san‘at bilan sig‘ishmaydi, degan gaplari butunlay noto‘g‘ri. Zero, Qur‘oni karimning
o‘zi har jihatdan mutlaq ilohiy san‘atdir. Undagi ohang, qofiyalar, uslub, qissalar hammasi mo‘minlar qalbida
Allohning buyuk, qudratli va go‘zal zot ekaniga ishonch tuyg‘usini, Uning go‘zalligidan hayratlanish hissini
uyg‘otadi. Chunonchi, «Yusuf» surasidagi YUsuf alayhissalom qissasi badiiy asar sifatida ham kishini tong
qoldiradi. Suraning 3-oyatida Alloh shunday marhamat qiladi: «(Ey Muhammad) Biz Sizga ushbu Qur‘on surasini
vahiy qilish bilan qissalarning eng go‘zalini so‘ylab berurmiz». Taniqli islomshunos, Qur‘onga sovuq tadqiqotchi
nigohi bilan emas, balki ulkan hayajon va ehtirom ila murojaat qilib, uni bosh harflar bilan yoziladigan «Kitob» deb
atagan Mixail Borisovich Piotrovskiy YUsuf qissasi haqida so‘z yuritar ekan, uni bir umumiy ohangga ega, deyarli
bir qofiyadagi yaxlit badiiy asar deb ta‘riflaydi; uning, boshqa qur‘oniy hikoyatlardan farqli o‘laroq, tinglovchilarga
shakliy-badiiy jihatdan ham lazzat baxsh etishga mo‘ljallanganini ta‘kidlaydi. Darhaqiqat, Qur‘oni karimdagi
Yusuf
qissasi Allohning o‘zi tomonidan so‘ylangan ilk islomiy diniy-badiiy asardir, islomiy san‘atning ilk va go‘zal
namunasidir. Demak, san‘atning, xususan, so‘z san‘atining ibtidosi Allohdandir.
Shu o‘rinda yana bir narsani alohida ta‘kidlash joiz. Ba‘zi Yevropalik Sharqshunoslar va san‘atshunoslar
islomiy san‘atga jiddiy e‘tibor qilmasdan, mensimasdan munosabatda bo‘ladilar. Buning asosiy sabablaridan birini,
bizningcha, islomiy san‘atning mohiyatini, o‘ziga xos uslubiy sirlarini tushunib etmaslikdan, ikkinchisini
Yevropaparastlikdan va uchinchisini islomni nasroniylikka nisbatan quyi darajadagi din deb qarashdan izlamoq
lozim. Ularning fikriga ko‘ra, go‘yoki islomiy diniy-badiiy asarlar chuqur falsafiy mohiyatdan yiroq, olam haqida
bir butun, yaxlit tasavvur bera olmaydigan nisbatan mavhum san‘at. J. Dyuamel, X. Gibb, L. Massinon, A. Myuller,
N. Xanikov singari Yevropalik olimlar ana shunday fikr bildiradilar. Xo‘sh aslida ham shundaymi?
Bu savolga javob berish uchun mavlaviya tariqatining zikriga murojaat qilib ko‘raylik. Ma‘lumki, bu
sulukning zikri o‘zining nihoyatda estetiklashtirilgani bilan ajralib turadi: unda ham she‘r, ham musiqa, ham qo‘shiq,
ham teatr san‘ati unsurlari mujassam. Alloma E.E. Bertels mavlaviya tariqati darvishlari zikr tushadigan asrimiz
boshlaridagi takya teatrga o‘xshash sahnali bino ekanini, unga kirayotganda besh piastrga chipta olish, soyabon,
qalin ust-boshlarini topshirish kerakligini aytadi. Na faqat bino va unga kirish usuli, balki zikrning o‘zi ham teatrni
eslatadi. Tomoshabinlar joylashib bo‘lgan zalga to‘qqiz, o‘n bir yoki o‘n uch darvish va ularning ketidan shayx
kiradi. Darvishlar bir-biridan ma‘lum masofada tashlab qo‘yilgan po‘staklar ustiga o‘tiradilar, uzoq muddat jim
qoladilar. Jimlikni shayx buzadi: dastlab fotiha o‘qiladi, so‘ng nay ohista qayg‘uli ohangda yangrab, bemavrid
hayotdan ko‘z yumgan SHamsiddini Tabriziy haqida nola qiladi. Undan keyin hofiz darvishlik hayotini madh
etuvchi g‘azalni nayga jo‘r tarzda kuylaydi, qo‘shiq ohanglari ostida darvishlar o‘rinlaridan turib, mehrobga
yaqinlashadilar va Jaloliddin Rumiy nomi bitilgan lavh-taxtaga ta‘zim bajo keltirib, zal bo‘ylab aylanma harakat
boshlaydilar. Musiqa kuchayadi. Tanbur jo‘r bo‘ladi. Darvishlar moviy yopinchilarini echib, konus shaklidagi oq
ko‘ylaklarida qoladilar.
Albatta bu zikrni oddiy e‘tiqodiy manzara, islomiy ibodatning bir turi sifatida, mensimasdan kuzatgan odam
unda yaxlitlik ko‘rmaydi. Lekin kimda-kim unga muayyan bilim va oqilona nigoh bilan qarasa, u albatta yaxlit
olamni ilg‘ab oladi: o‘rtadagi shayx – Allohga bo‘lgan muhabbat ramzi, atrofdagi darvishlar esa – o‘sha muhabbat
o‘qi tegrasida aylanayotgan sayyoralar. Inson ham, tashqi dunyo ham – hammasi bir butun olamdan iborat,
hammasini Xudoga bo‘lgan muhabbat harakatga keltiradi. Bu zikr teatr san‘atining ajoyib namunasi sifatida ham
e‘tiqodiy-falsafiy, ham badiiy-estetik yaxlitlikka, teranlikka ega.
SHunday qilib, umumjahoniy dinlar vujudga kelgach, san‘at bilan hamkorlik qila boshladilar, san‘atdan vosita sifatida
foydalanish barobarida uning ravnaqiga o‘ziga xos hissa qo‘shdilar, estetika taraqqiyotiga ham katta ta‘sir ko‘rsatdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: