2 . 3. Axloqiy - taʼlimiy hamda falsafiy ruboiylari haqida.
Borma aytmaganning dasturxoniga ,
Qoʻl uzatsang , qadring tushar noniga .
Qoʻshma oʻzgalarning barra kabobin
Qotgan non - u sovuq suvning soniga .
Bu yerda oddiygina hayotiy voqea asosida inson oʻzligini , oʻz qadrini anglamogʻi juda yorqin va taʼsirchan tarzda ifodalanmoqda . Taklif qilinmagan joydagi oʻzlarining barra kabobini oʻzining qotgan noni va sovuq suvga teng koʻrmaslik aslida inson maʼnaviyati , aniqrogʻi uning baland himmati bilan belgilanadi .
Maʼrifatli inson , maʼnaviyati boy shaxs butun insoniyatni ulugʻlaydi . Har bir insonning qadriga yetadi , inson manfaatlari uchun xizmat qilishdan tolmaydi , bularning barchasi oʻz - oʻzidan buyuk insonparvarlikni yuzaga keltiradi .
Podsholik istasang boʻl el gadosi ,
Oʻzingni unut - u , boʻl el oshnosi .
El toj kabi boshiga koʻrsatsin desang
El qoʻlin tutgin - u boʻl xoki posi .
Bularning hammasi Pahlavon Mahmudning inson maʼnaviyatini naqadar teran va nozik his etganini , insonlarning ana shunday buyuk fazilatlar bilan ziynatlanmogʻini qanchalik orzu qilganini koʻrsatadi. Bunday fazilatlar egasi boʻlish zamondoshlarimizning ham muqaddas burchidir .
" Sayyod " ruboiylar xususida Ruboiy janri ulugʻ Xayyom sharofatidan , uning moʻʼjizakor qalami qudratidan shuhrat topgani hammaga maʼlum .
Ruboiyot shoirning nomi - taxallusi kamdan - kam zikr qilinadi . Bu hol tazkirachilarni mushkul ahvolga solib , ayrim ruboiylarni , ularning biri , bir shoirga nisbat bersa , boshqasi ikkinchi shoirga nisbat beradi : bu xil taxminlar natijasida bir qancha sayyor ruboiylar vujudga kelib , ular kitobdan - kitobga koʻchib yuradi . Shunday sayyod ruboiylarning baʼzilari Pahlavon Mahmud ruboiylari majmuasiga ham kirib qolgan . Chunonchi , Pahlavonning 1962 - yilda nashr etilgan " Ruboiylar " kitobiga 56 ta ruboiysi oʻzbekcha tarjima qilib kiritilgan . Yosh olimlarimizdan Yoqubjon Isoqov bir yillik umrini sarf qilib , shu ruboiylarni forsiy ruboiynavislarning asarlariga choʻgʻintirib qarasa , Pahlavon Mahmudga nisbat berilgan 56 ta ruboiyning beshtasi boshqa shoirlarning sayyor ruboiylari boʻlib chiqibdi .Garchi bu ish oʻta sermehnatu kamhosil boʻlsa ham shoyoni tahsindur .
Professor Ye .E . Bertels " Soʻfizm va soʻfiylik adabiyoti " nomli kitobida : " Futuvvat hunarmandlarning yashirin tashkiloti " deb ataydi .
Yosholimlarimizdan Yoqubjon Isoqov Futuvvat - juvonmardlik harakatidan bahs etib : " Hunarmandlar guruhining ilgʻor qarashlari va intilishlarini ifodalagan bu yoʻnalish oʻsha davrdagi ilgʻor kuchlarning maʼlum qismi uchun maʼnaviy zamin boʻlgan " deydi .
Pahlavon Mahmud futuvvat - juvonmardlik harakatining tashkilotchisigina emas , uning maʼnaviy rahnamosi edi . Shoirning mardlik va oliyjanoblik ruhidagi ruboiylari shundan dalolat berib turibdi .
Olam fili qaytarolmas jurʼatimiz ,
Charxdan zoʻrroq qudratimiz , shavkatimiz .
Gar chumoli kirib qolsa safimizga -
Sher etajak uni darhol davlatimiz ,
Oʻz nafsingga boʻlgin amir , shunda mardsan ,
Oʻzgalarga boʻlma haqir , shunda mardsan , -
Yiqilganni tepib oʻtish mardlik emas ,
Aftodaga boʻlsang dastgir , shunda mardsan .
Ustoz Navoiy ham bu borada gʻoyat porloq bir fikr aytganlar , tabarruk uchun shu baytni keltirganlar :
Muruvvat barcha bermoqdur , yemoq yoʻq ,
Futuvvat barcha qilmoqdur , demoq yoʻq .
Pahlavon Mahmud ruboiylaridan namunalar .
Yomon bilan ulfat boʻlma , yur yiroq ,
Yoʻlingga don sochib , qoʻyadi tuzoq .
Yoyni egri koʻrib , toʻgʻriligidan -
Oʻq undan qanchalik qochganiga boq !
Oh tortgan chogʻingda yoʻlga koʻz tutgil ,
Yoʻlda quduq bordir , ehtiyoting qil .
Doʻst uyida mahram boʻlgan vaqtingda
Qoʻlingni , koʻzingni dilni tuya bil .
Dil koʻyini kezdim , bu menga odat ,
Pokki ham yuvuqsiz etdim ziyorat .
Ramazon roʻzasin tutmaganimda -
Yuvuqsiz namozim boʻldi kaforat .
Pahlavon Mahmud hayotining soʻnggi yillarida oʻz ruboiylarida moddiy borliqning manguligi va insonhamda tabiat haqida fikr yuritadi , axloq - odob , vatan ishtiyoqi ,sevgining shavq - zavqi va boshqalar soʻzlaydi , riyokor ruboiylarni fosh etadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |