2. Asosiy qism .
2.1. Shoir ijodida yetakchilik qilgan janrlar.
Pahlavon Mahmud lirik merosi asosan fors tilidagi asarlardan iborat . Fors va turkiy xalqlar adabiyotida Umar Xayyomdan soʻng faqat ruboiy yozgan shoir Pahlavon Mahmuddir . U Xayyomning oddiy taqlidchisi boʻlmay , mushohada kuchi jihatidan u bilan barobar turgan .
Darvoqe , Pahlavon Mahmud poʻstindoʻz va telpakdoʻz dedik , chunki u tariqat pirlaridan edi. Hazrat Bahouddin matoga gul solish kasbi bilan mashhur boʻlgan . Zero tariqat pirlari maʼlum bir kasbni oʻrganib , shundan rizq - roʻzlarini oʻtkazgan . Paygʻambar alayhissalomning : " Qurʼonni oʻqib , unga amal qilinglar . Undan undan uzoqlashib ham ketmanglar , uning maʼnosiga chuqur yetaman deb xato va mubolagʻaga berilmang , uni tirikchilik vositasi qilib , molu dunyo ortirishga ham oʻtmanglar " hadislariga tariqat pirlari amal qilgan .
" Arqon olib togʻdan oʻtin terib , uni sotib ,rizq - roʻzini topadigan va sadaqa qilgan odam , tilanchilik bilan kun kechirgandan yaxshiroqdir " , degan hadis tekinxoʻrlikka , taʼmagirlikka qarshidir .
Pahlavon Mahmud haqida juda koʻp rivoyatlar bor . Bu rivoyatlarni xalqimiz duru gavhar kabi asrab kelmoqda .
" Munoqiba " dagi xabarga koʻra , Pahlavon Mahmud Hindiston xalqi tomonida turib , Hindiston dushmanlariga qarshi jangda ishtrok etadi . Jangda oʻz jonini xatarga qoʻyib boʻlsa - da , Hind shohi Ray Ropoy Choʻnani oʻlimdan qutqaradi . Shunda shoh Pahlavon Mahmudning bu jasorati , mardligini taqdirlamoqchi boʻlib : " Tila tilagingni ! " - debdi . Pahlavon Mahmud : " Ey buyuk shoh ! Bundan ancha yillar muqaddam mening vatandoshlarim - xorazmiylar bu yerga asir qilib olib kelingan . Oʻshalarni ozod etsangiz . Birdan bir tilagim shu ! " - debdi . Shoh hayron boʻlib : Ey himmati baland pahlavon ! Agar yarim davlatimni tilaganingda edi ,uni gap soʻzsiz senga inʼom qilgan boʻlardim. Agar sohibjamol qizimni oʻz nikohinga olmoqni soʻraganingda edi , seni oʻzimga kuyov etib , toju taxtimni senga bagʻishlagan bluefin . Zero , jasorating ulkan mukofotga munosibdir . Mayli tilagingni bajo keltirdim . Vatandoshlaring ozod ! Ularni Xorazmga borgunlaricha yegulik oziq - ovqat , kiyimbosh, ulov bilan taʼminlashni ham buyuraman ! " - debdi .
Pahlavon Mahmud shohga qarab quyidagi ruboiysini oʻqibdi :
Oʻz nafsiga kim boʻlsa amir , uldur - mard .
Ham oʻzgaga boʻlmasa haqir , uldur - mard .
Oʻtmak sira magʻlubni tepib mardlik emas ,
Tutsa qoʻlidan zabunni er , uldur - mard .
Shoir ruboiysini eshitgan shoh qoyil boʻlib , unga sarpo va ulov inʼom qilibdi . Pahlavon Mahmud Hindistondan oʻz vatandoshlarini olib Xorazmga qaytgan . Moʻgʻul - totor bosqinchilariga qarshi jangda shahid boʻlgan vatandoshlarim qabri ustida shoir oʻz mablagʻi hisobidan maqbara qurdirgan va u yerni ozod ziyoratgoh etgan .
Sharqda ruboiy yozmagan shoir yoʻq hisobi. Lekin Xayyom , Pahlavon Mahmud ruboiylari jahonda keng shuhrat qozongan .
Oʻzbek shoirlaridan Lutfiy , Navoiy , Bobur , Ogahiylarning ham ruboiylari bor . Gʻarbda esa lohon Volfgang Gyote , Graf fon Platen , Fridrix Ryukkertlar nemischa ruboiy yozgan . Ular ruboiylari Rumiy , Saʼdiy , Hofiz , Jomiy , ijodi taʼsirida yaratilgan isbot etilgan .
Pahlavon Mahmud ruboiylariga oʻzining soʻfiyona qarashlarini singdirgan . Shoir asarlari qoʻlyozmasi Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi sharqshunoslik institutida koʻz qorachigʻidek asralmoqda va olimlar tomonidan tadqiqot etilmoqda .
Shoir ruboiylari mardlik , marhamat va shavqat , saxovat va oliyjanoblik kabi juvonmardlik prinsiplari asosida yozilgan . Asarlarida tasavvuf taʼlimotining nazariy gʻoyalari bilan juvonmardlik tariqatining amaliy qoidalari oʻzaro omuxta holda bayon qilingan . Unga koʻra , Olloh diydori koinotdagi barcha mavjudodlarga aks etadi .
Shoir ruboiylarining umumiy soni aniq emas . Chunki , hozirga qadar shoir ruboiylarini oʻz ichiga olgan birorta qadimiy qoʻlyozma topilganicha yoʻq . Shoir faqat ilohiy mavzular bilangina chegaralanmay , zaminiy dardni ham qalamga olgan . Pahlavon Mahmud ruboiylarida ilohiy va dunyoviy dard koʻpincha birga , oʻzaro qoʻshilib zuhur etadi .
Najmiddin Komilov : " Pahlavon Mahmud ruboiylarini toʻrt guruhga boʻlish mumkin :
birinchisi - zamona ahlidan nolish , ijtimoiy tengsizlikni ifodalovchi ruboiylar ;
ikkinchisi - tariqat suluki haqida yozilgan ruboiylar ;
uchinchisi - vahdati vujud falsafasi asoslarini tushunuvchi ruboiylari ;
toʻrtinchisi - ilohiy ishqni tarannum etgan ruboiylar " , - deb yozgan edi . Kezi kelganda biz shu paytgacha shoirning axloqiy qarashlariga nisbat berib tadqiq etgan pand - nasihat ruhidagi ruboiylari aslida futuvvat ruknlarining sheʼriy ifodasidan iboratekanligini taʼkidlab oʻtish lozim . Ha bunday sheʼrlarida u javonmardlar axloqini targʻib etgan , ulardan ibrat olishga chaqirgan .
Oh tortgan chogʻingda yoʻlga koʻz tutgil ,
Yoʻlda quduq bordir , ehtiyoding qil ,
Doʻst uyida mahram boʻlgan vaqtingda ,
Koʻnglingni , koʻzingni , dilni tiya bil .
* * * * *
Ul qodirki alpu aflok yaratdi ,
Koʻngilda dogʻ , dilni gʻamnok yaratdi .
Mushkin zulflarni yu yoqut lablarni
Yerga qorib , oxirda xok yaratdi .
* * * * *
Necha yil ilm - hunar payida boʻldik ,
Necha yil zar zevar payida boʻldik ,
Olam sirlaridan boʻlganda ogoh ,
Bari ishni tashlab qalandar boʻldik .
* * * * *
Tuproq toʻshagida yotgan koʻp koʻrdim ,
Yer qaro bagʻriga botgan koʻp koʻrdim ,
Yoʻqlik olamida koʻz tashlaganda ,
Kelmagan koʻp koʻrdim ,ketgan koʻp koʻrdim.
Pahlavon Mahmud ruboiylarida badbinlik , tushkunlik kayfiyatlari emas , balki hayot hodisotlariga ochiq koʻz bilan qarashga daʼvat etadi.
Pahlavon Mahmud ruboiylarini koʻzdan kechirgan taqdirda , ular uslubiga xos umumiy xususiyatlar yaqqol koʻzga tashlanadi . Jumladan ruboiylarida koʻrganimizdek , ularda asosan hayotiy falsafa inson umrining mazmun - mohiyati , mardlik hamda nomardlik bilan bogʻlangan tushunchalar mushohada etiladi . Sheʼrning mazmuni va shoirning ijtimoiy sheʼriyati bilan uzviy bogʻlangan bu hodisalar Pahlavon Mahmud sheʼriy uslubining muhim belgilaridan biridir .
Do'stlaringiz bilan baham: |