Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi


Foydalanilgan adabiyotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 24 - b



Download 27,74 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2021
Hajmi27,74 Kb.
#66732
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAFOQULOVA NILUFAR

4. Foydalanilgan adabiyotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 24 - b










1. Kirish.

1.1. Pahlovon Mahmud hayoti haqida tushuncha.


Pahlavon Mahmud 13 asrning ikkinchi yarimi va 14 asrning boshlarida yashab ijod etgan mutafakkir - faylasuf shoirdir. Mahmud ota - onasi Koʻhna Urganchdan Xivaga koʻchib kelayotganlarida , 645 ( 1248 ) yilda Xiva yaqinida tugʻiladi.

Mahmud jismoniy jihatdan juda baquvvat yigit boʻlib yetishadi , polvonlik bilan shugʻullanadi. Xorazmning koʻp shaharlari va Hindistonga borib kurash tushadi , doim gʻalaba qozonadi.

Pahlovon Mahmud ilm - fan va badiiy adabiyot bilan shugʻullanadi. Pahlavon Mahmud moʻgʻillar istilosidan keyin yuzaga kelgan Xorazm madaniyatining atoqli vakillaridan biri edi . Shahar hunarmandlari orasida yetishib chiqqan bu koʻp qirrali isteʼdod egasi oʻzining shaxsiy fazilatlari va badiiy ijodiyoti bilan keng shuhrat qozongan va keyinchalik koʻplab rivoyatlarni yuzaga chiqarishga sababchi boʻlgan .

Pahlavon Mahmudning bir qancha ruboiylari uning qabri ustiga oʻrnatilgan maqbara devorlari peshtoqlariga badiiy naqsh sifatida tushurilgan . Ularning bizgacha yetib kelishida ana shu maqbaradagi yozuvlar muhim oʻrin tutadi . Adibning asarlari turli qoʻlyozmalar orqali yetib kelgan boʻlishiga qaramay , ular asosan 19- asrda koʻchirilgan . Qadimgi manbalar haligacha topilgan emas.

Shoirning va uning taxalluslari xususida " Charogʻi hidoyat " , " Bahori " hamda " Gʻiyos ul - lugʻat " singari asarlarda ayrim maʼlumotlar uchraydi . 1881 - yilda Bombayda nashr etilgan " Otashkadai Ozariy " nomli mashhur Sharq tazkirasida Pahlavon Mahmud haqida quyidagi maʼlumot uchraydi : " Ismi Pahlavon Mahmud , Piryorvaliy laqabi bilan shuhrat topgan , uning pahlavonlik ovozasi olamni tutgan . Oʻz asrining yagonasi boʻlgan. Sheʼriyatda qudratli ; " Kanzul haqoyiq " nomli masnaviysi bir. Keyingi vaqtlarda tasavvuf mavzusida yozgan ruboiylari ancha yaxshi chiqqan . ( Bu haqida qarang : Toʻxtasin Jalolov " Nafosat olamida " T-t 1974 yil 105- bet )

Kamoliddin Husayniy Fanoyidan boshlab Pahlavon Mahmud nomini tilga olgan barcha tazkiranavislar uning " Kanzul - haqoyiq " nomli masnaviy yozganligini qayd etadi . " Majolis ul - ushshoq " ( Kamoliddin Husayni Fanoyi ) da esa mazkur asardan olti bayt keltirgan . Shunday boʻlsa - da mazkur asarning toʻliq nusxasi hali topilmagan .

Mashhur turk olimi Shamsiddin Somibek ham " Qomus ul - aʼlom " 5 va 6 jildlarida Pahlavon Mahmud xususida baʼzi maʼlumotlar keltirgan .

Xorazmda yozilgan qoʻlyozma manoqiblarda shoir hayoti haqida maʼlumotlar keltiriladi . Shoirning hayoti va adabiy merosining oʻrganilishga asosan 20 - asrda kirishildi . Sadriddin Ayniy oʻzining " Namunai adabiyoti tojik " asarida , Yahyo Gʻulomovning " Pamyatniki goroda Xiva " nomli tarixiy monografiyasida , shuningdek adabiyotshunos Toʻxtasin Jalolovning bir qator tadqiqotlarida Pahlavon Mahmud adabiy merosi oʻrganilgan . Uning ruboiylari Ulfat ( Imomiddin Qosimov ) , Boqir ( Omonulla Valixonov ) , Muinzoda , Shoislom Shomuhammedov , Toʻxtasin Jalolov , Vasfiy , Matnazar Abdulhakim , Ergash Ochilovlar tarjima qilishgan .

Pahlavon Mahmud " Qitoliy " taxallusida ham ijod qilgan . Uning bu taxallusi ham polvonlik bilan bogʻliq boʻlib , " qitol " ning maʼnosi " bir - biri bilan jang qilmoq , kurashmoq " demakdir .

" Kanzul - haqoyiq " tasavvuf masalalari va uning mazmun mohiyatini sharhlashga muhokama yuritishga bagʻishlangan sheʼriy asardir. Unda muallif oʻzining mulohazalarini rivoyatlar , kichik hikoyalar bilan asoslashga harakat qiladi . Shu jihatdan u tasavvuf sheʼriyatining atoqli vakillari Jaloliddin Rumiy va Farididdin Attor anʼanalari zaminida yaratilgan oʻziga xos faylasufiy didaktik asar hisoblanadi .

Shoir ruboiylari fikrning ravshanligi , mazmunining teranligi , obrazlarning rang - barangligi bilan ajralib turadi .

Dunyo bamisoli bir zararin koʻza ,

Suvi goh shirinu , goh achchiq boʻza .

Ey gʻofil , umringa bino qoʻyma koʻp ,

Qazoyi muallaq turar bosh uza .

Adib sheʼriyati hayotiy falsafa bilan yoʻgʻrilgan. Ularni oʻqish orqali hayotdagi sabab va oqibat butun va qism , tasodif va qonuniyat orasidagi bogʻlanishlar tahliliga duch kelamiz.

Gurkiragan olov - dilim yoʻldoshi ,

Toʻlqin urgan daryo - koʻzlarim yoshi.

Koʻzagarlar yasayotgan har koʻza ,

Koʻhna doʻstlar xoki - qoʻli yo boshi.





Download 27,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish