§. Til oldi undoshlari tavsifi
«T» fonemasi - til oldi-alveolar, portlovchi (sof portolovchi), jarangsiz, shovqinli undosh, «d» ning jarangsiz jufti. Bu undosh so‘zning barcha pozitsiyalarida uchraydi: so‘z boshida (tosh, tog% so‘z o‘rtasida (iota, botir) va so‘z oxirida (ot, qavat) kabi. Bu undosh tojik tilidan o‘zlashgan daraxt, do‘st, go‘sht, musht, mast, past kabi so‘zlar oxirida (sirg‘aluvchi x, s, sh undoshlaridan so‘ng qo‘llanganda) talaffuz etilmasligi ham mumkin. Bunday hodisa turkiy so‘zlarda, shuningdek, ruscha- baynalmilal o‘zlashmalarda kamroq uchraydi; yurist > yuris, aferist > aferis, avgust > avgus, artist > artis, to ‘rt > to ‘r kabi. Ammo‘ ost, ust, tort (tortrnoq), yurt kabi turkiy so‘zlarda va port, post, tort (konditer mahsuloti) kabi ruscha o‘zlashmalarda so‘z oxiridagi «t» tushirib qoldirilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |