Ovozning ishtirok etish darajasiga ko‘ra. Bu belgi asosida undoshlar sonorlar va shovqinlilarga bo‘linadi:
Sonorlarda ovoz shovqinga nisbatan ustun boiadi (shovqin juda kam miqdorda qatnashadi). Hozirgi o‘zbek adabiy tilida m, n, q, 1, r, y undoshlari sonor tovushlar (sonantlar) hisoblanadi. Sonorlar rezonator ton manbayi nuqtayi nazaridan ikki guruhga boiinadi: a) burun sonantlari — m, n, ng; b) og‘iz sonantlari — r, 1, y. Bulardan 1) «m» ni talaffuz qilishda bo‘g‘izdan kelayotgan un (ovoz) ikki lab orasidagi to‘siqqa urilib, orqaga qaytadi, shu tarzda yana halqum orqali burun bo‘shlig‘iga yo‘l oladi. Bu jarayonda bo‘g‘iz, halqum, og‘iz bo‘shlig‘i va burun bo‘shlig‘i rezonator ' ton manbayiga aylanadi: shularda qo‘shimcha tonlar paydo bo‘lib, ovozning shovqinga nisbatan ustun bo‘lishi ta’minlanadi; 2) «n» ni talaffuz qilishda bo‘g‘izdan kelayotgan un (ovoz) tilning uchki qismi bilan yuqori milk orasidagi to‘siqqa urilib, orqaga (halqumga) qaytadi, so‘ng burun bo‘shlig‘iga o‘tadi (bunda burun yo‘lidagi to‘siq ochilganbo‘ladi). Natijada og‘iz, halqum, bo‘g‘iz, burun bo‘shliqlari rezonator ton manbayi vazifasini bajaradi. Ammo og‘iz bo‘shlig‘ining rezonatorlik imkoniyati «m» dagi holatdan kamroq boiadi (chunki hajm va shakl o‘zgaradi); 3) «ng» ni talaffuz qilishda kelayotgan un (ovoz) tilning orqa qismi bilan yumshoq tanglayning boshlanish qismi orasidagi to‘siqdan orqaga qaytib, yana halqum va bo‘g‘izga boradi, halqum orqali burun bo‘shlig‘iga o‘tadi (bunda ham burun yo‘lidagi to‘siq ochilgan boiadi), natijada og‘iz, bo‘g‘iz, halqum va burun bo‘shliq- larida qo‘shimcha tonlar paydo bo‘lib, ovozning ustunligi ta’minlanadi. Bunda shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, «ng»ning artikulatsiyasida og‘izning rezonatorlik imkoniyatlari «m» va «n» sonorlaridagi holatdan ancha cheklangan boiadi, chunki bo‘g‘izdan kelayotgan un tilning orqa qismidagi to‘siqdanoq orqaga qaytganligi tufayli, og‘iz bo‘shlig‘ining rezonatorlik maydoni juda qisqaradi; 4) «1» ni talaffuz qilishda to‘siq (fokus) tilning uchki qismi bilan ustki tish (milk) orasida yuzaga keladi, ammo tilning ikki yoni ochiq boiadi. Undan sirg‘alib o‘tgan un lunj devoriga tegib, qo‘shimcha tonlar hosil qiladi, bunday qo‘shimcha tonlar halqum va hiqildoqda (bo‘g‘izda) ham yuzaga keladi, ammo burun bo‘shlig‘i rezonator manbayi sifatida ishtirok etmaydi, chunki yumshoq tanglay oxiridagi kichik til burunga o‘tadigan yo‘lni to‘sib qo‘yadi. Shuning uchun «1» og‘iz sonanti hisoblanadi; 5) «r» ni talaffuz qilishda tilning uchi qattiq tanglayning old qismi tomon ko‘tariladi, bo‘g‘izdan kelayotgan havo oqimi tilning uchiga urilib, uni bir-ikki silkitadi, natijada havo tebranishi yuzaga keladi. Ayrim izohlar: 1) sonorlarning barcha turlarida: a) un paychalari faol qatnashadi; b) rezonatorlar ishtirok etadi; d) ovoz shovqindan ustun bo‘ladisonorlarda hatto bo‘g‘in hosil qilish xususiyati ham bor. Masalan: za-yl (za-yil), ma-yl (ma-yil), sha-kl (sha-kil), ha-jm (ha-jim), ba-zm (ba- zim), va-zn (va-zin), ze-hn (ze-hin), da-vr (da-vir), sa-yr (sa-yir), sa-br (sa- hirl kabi. Demak, sonorlarning bir jihati (bo‘g‘in hosil qila olishi) unlilarga, uusiiqaj.natlari esa undoshlarga o‘xshaydi. Bu holat ularni unlilarga ham, undoshlarga ham zid qo‘yish mumkin bo‘lgan alohida guruhga birlashtirish imkonini beradi3'. Biroq bunday fikrga qo‘shilmaydigan tilshunoslar ham bor. Chunonchi, taniqli fonolog N.S. Trubetskoy bu haqda shunday deydi: «Unli», «undosh»lar tovushga oid bo‘lgan akustik tushunchalardir. Ularni ta’riflashda akustik yoki artikulatsion tushunchalarni hisobga olmaslik, albatta, muvaffaqiyatsizlikka olib keladi27.Adabiyotlarda o‘zbek tilidagi sonor tovushlarning tarkibi ham har xil ko‘rsatilib kelinmoqda. Xususan, m, n, ng, 1, r undoshlarining sonantligi fonetika va fonologiyaga oid adabiyot- larning deyarli barchasida qayd etilgan bo‘lsa, «y» ning sonantligi ayrim adabiyotlardagina ta’kidlangan28, taniqli turkolog E.V. Sevortyan esa o‘zbek tili sonorlari qatoriga v, g‘ undoshlarini ham kiritadi29, «v» ning sonantligi
S. Otamirzayeva va A. Abduazizov ishlarida ham qayd etilgan. M. Mirtojiyev sayoz til orqa «ng» dan tashqari, chuqur til orqa «q» ning borligini ham ko‘rsatadi, ammo «y» ni sonorlar qatoriga kiritmaydi30.
Shovqinlilarda ovoz shovqinga nisbatan kam bo‘ladi yoki mutlaqo qatnashmaydi. Masalan: b, g, d, j, j (dj), z undoshlarida ovoz kam, shovqin ko‘p, ammo k, p, s, t, f, x, ch, sh, q, h undoshlarida ovoz yo‘q, bu undoshlar faqat shovqin hisobiga tarkib topgan.4
Do'stlaringiz bilan baham: |