O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/168
Sana19.01.2022
Hajmi3,88 Mb.
#392357
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   168
Bog'liq
2 5294294602528855217

  
 
 


52 
 
Glossariy  
 
Metal  qotishmalar
  -  bir  necha  xil  metallarni  yoki  metallarni  metall  bo‘lmagan 
jismlar bilan suyuqlantirib (yoki qizdirib) aralashtirish natijasida olingan murakkab 
modda. 
Qattiq eritmalar -
  bir jinsli suyuq eritmalarning qattiq holatga o‘tishi.  
Ximiyaviy  birikmalar
.  Turli  metallardan  yoki  metall  va  metallmas  moddadan 
hosil bo‘lgan qotishma. 
 
5-MAVZU  TEMIR-SEMENTITLI XOLAT DIAGRAMMASI 
Reja: 
 
1.
 
Qotishmalarning xolat diagrammasi to‘g‘risida umumiy ma’lumot. 
2.
 
Xolat diagrammasini tuzish 
3.
 
Tuzilgan diagrammaning taxlili 
 
            Toza  metallarning  mustahkamlik  chegarasi  kichik  bo‘lganligidan 
mashinasozlikda  asosan  ularning  qotishmalari  ishlatiladi.  Metal  qotishmalari  deb, 
bir  necha  xil  metallarni  yoki  metallarni  metall  bo‘lmagan  jismlar  bilan 
suyuqlantirib  (yoki  qizdirib)  aralashtirish  natijasida  olingan  murakkab  moddaga 
birmuncha  qattiq  bronza  olinadi.  Bunda  metall  materialning  ekspluatatsion  va 
texnologik xossalari yaxshilanadi.  
Qotishmalarda 
sodir 
bo‘ladigan 
protsessni 
o‘rganish, 
shuningdek 
qotishmalarning tuzilishini tushuntirish uchun metallshunoslikda komponent, faza, 
sistema  kabi  tushunchalardan  foydalaniladi.  Sistemani  hosil  qiluvchi  moddalarga 
komponentlar  deyiladi.  Toza  metall  bir  komponentli  sistemani,  ikkita  metalldan 
hosil  bo‘lgan  qotishma  esa  ikki  komponentli  sistemani  hosil  qiladi  va  h.k.  Shu 
jumladan,  ko‘rilayotgan  temperatura  oralig‘ida  tashkil  etuvchi  qismlarga 


53 
 
dissotsiyalanmaydigan barqaror moddalar – ximiyaviy birikmalar ham komponent 
bo‘lishi  mumkin.  Masalan,  rangli  metall  qotishmalari  komponentlariga  metallar 
(masalan,  rux,  mis  bilan  birikkanda  latun  hosil  bo‘ladi),  temir  uglerodli 
qotishmalar  komponentlariga  tarkibida  oz  miqdorda  metallmas  moddalarda 
bo‘lgan  metallar  (temir  uglerod  bilan  birikkanda  chuyan  va  po‘lat  hosil  bo‘ladi) 
kiradi.  
Holat 
diagrammalari 
qotishmalarning 
temperatura 
va 
komponentlar 
konsepsiyasiga  bog‘liq  holda  faza  holatining  grafik  tasviridan  iboratdir.  Holat 
diagrammalari muvozanat holatlari uchun, ya’ni juda kichik sovish teziligida yoki 
o‘zoq  muddat  qizdirilganda  qotishma  erishadigan  holat  uchun  quriladi. 
Qotishmalarning  muvozanat  holatdagi  holat  diagrammalari  nazariy  diagrammalar 
hisoblanadi,  chunki  amalda  haqiqiy  muvozanat  holat  juda  kam  uchraydi. 
Ko‘pincha  qotishmalar  metastabil  holatda,  ya’ni  cheklangan  turg‘un  holatda 
bo‘ladi.  
Har  qanday  qotishmani  holat  diagrammasini  chizish  uchun  masshtabda 
gorizantal  bo‘yicha  qotishmani  %  miqdori,  (chap  tomani  toza  qo‘rg‘oshin,  o‘ng 
tomoni toza surpma qotishmalari) quyiladi. 
Vertikal  bo‘yicha  kritik  nuqtalarni  hamda  surma  va  qo‘rg‘oshin  erish  nuqtasini 
(327
0
S,630
0
 S) masshtabda belgilab chizamiz.  
       Pastdagi  kritik  nuqtalarni  birlashtirib  (246)  DE  chiziqni,  a  yuqoridagi  kritik 
nuqtalarni  birlashtirib  AV  va  VS  egri  chiziqlarini  olamiz.  Ikkila  egri  chiziq  V 
nuqtada yapni DE to‘ri chiziqda kesishadi. 
Diagrammadan ko‘rinib turibdiki. Qotishmalar qotish boshlanishi nuqtalari har 
xil  bo‘lib,  qotish  va  kristallanishi  bir  nuqtada  ekan.  Aralashmalarni  ichida  faqat 
13%  surma  va  87%  qo‘rg‘oshin  kristallanishini  boshi  va  oxiri  kritik  nuqtasi  bitta 
bo‘lib,  bir  nuqtada  qotar  ekan.Diagrammani  taxlil  qilamiz.  AVS  chiziqdan 
yuqorida hamma qotishmalar suyuq holda bo‘lib. Bu chiziqni Likvidus  chiziq deb 
aytiladi.(Lotin  tilida  –  suyuq  manoni  bildiradi).  DVE  chiziqni  pastki  qismida 


54 
 
hamma  qotishmalar  qattiq  holatda  bo‘lib,  DVE  chiziqni  Solidius    deb  aytiladi  ( 
solidius- lotincha qattiq mapnoni bildiradi) 
Holat  diagrammasida  V  tochkada  (13%  surma  va  87%  qo‘rg‘oshin).  Surma 
bilan  qo‘rg‘oshinni  kristallanishi  ayni  vaqtda  bo‘ladi  va  surma  va  qo‘rg‘oshin 
kristallaridan iborat mayin mexanik aralashma hosil bo‘ladi. 
Bunday qotishmani evtektik  aralashma deb aytiladi . Evtetik qotishmalar eng 
past  erish  temperaturasiga  ega  bo‘lib,  mikrostrukturasi  yaxshi  aralashgan  bo‘ladi. 
13%  kam  surma  bo‘lgan  qotishmani  evtetik  tikkaga  40
0
  va  13%  ko‘p  surma 
bo‘lgan qotishma evtetikadan keyingi qotishma deb yuritiladi. 
Evtetikadan  keyingi  qotishmalarni  qotish  jarayon  VS  chiziq  bo‘ylab  suyuq 
qotishmada  surma  kristallari  ajralib  boradi.  DE  chiziq  bo‘ylab  esa  evtetika  qota 
boshlaydi.  Evtektikagacha  bo‘lgan  qotishmalarda  AV  chiziq  bo‘ylab  quryoshin 
kristallari ajrala boshlaydi, DE chiziq buyicha esa evtektika qota boshlaydi. 
Agarda  qotishma  sekinroq  sovutilsa  DV  bo‘yicha  quryoshin  zarralari 
solishtirma  og‘irligi  og‘ir  bo‘lgani  uchun  cho‘kma  shaklida  aralashmani  pastqi 
qismiga  to‘planib  qolishi  mumkin.Bunday  xodisani  likvatsiya  deb  yuritiladi. 
Evtetikani  esa  solishtirma  og‘irligi  kichik  bo‘lgani  uchun  yuqori  qatlam  hosil 
qiladi.  Qotgandan  sung  hosil  bo‘lgan  qotishma  quyma  buyumlar  olish  uchun 
yaroqsizdir, chunkm  struktura bir  xil emas. Xuddi  shunday  xodisani  evtektikadan 
keyingi  qotishmalarda  ko‘rish  mumkin.  Bunday  qotishmani  asta-sekin  sovushida, 
evtektika  aralashmasini  solishtirma  og‘irligi  katta  bo‘lgani  uchun  chukma  hosil 
bo‘ladi.  Surmaning  solishtirma  og‘irligi  kichik  bo‘lgani  uchun  quyma  yuzida 
katlam hosil bo‘ladi. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish