23-24-25-26 - Ma’ruza Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaga kirish. Hayvonlar psixik faoliyatining umumiy tavsifi
Zoopsixologiya fan sifatida tarkib topishi. Hayvonlar xatti-harakatlarini o‘rganishdagi yondashuvlari. Bixeviorizm, etologiya. Zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyani Rossiyada o‘rganilishi (V.A.Vanger, N.N.Ladigina-Kots va boshqalar). Hayvonlar xatti- harakatlarini ob’ektiv o‘rganish imkoniyati. Tabiiy shart-sharoitlarni kuzatishda aniq ilmiy metodlarning turlicha ekanligi (N.Tinbergen, G.Guddol va boshqalar), laboratoriya eksperimenti (N.N.Ladigina-Kots va boshqalar), maxsus o‘rgatish yoki shakllantiruvchi eksperiment (K.Prayor, L.I.Ulanova va boshqalar).
Zoopsixologiyada psixikani paydo bo‘lishi. Filogenezning bosqichlarida xatta-harakatlarning paydo bo‘lishi. Hayvonlar xatti-harakatlarini o‘rganish bosqichi. J.O.Lamettri, J.LByuffonning qarashlari. Evolyusion bilimlar nuqtai nazarida instinktlarni o‘rganish. (J.B.Lamark, K.F.Rule, CH.Darvin).
Instinktlarga zamonaviy yondashuv. Instinktiv xatti-harakatlar. Instinktiv xatti-harakatlar hayvonlar xatti-harakatining asosi sifatida.
Instinktiv xatti-harakatlarning ichki omillari. Instinktiv xatti-harakatlar va muloqot. Instinktiv xatti-harakatlarning ichki omili. Instinktiv xatti-harakatlarning tashqi omili. Instinktiv xatti-harakatlarning psixik komponenti. O‘rgatish. O‘rgatishning umumiy xarakteristikasi. Ko‘nikma. O‘rgatish va muloqot. Taqlid qilish.
Qiyosiy psixologiya – psixologiya sohasi. Psixikaning filogenetik (kelib chiqish), ontogenetik (inson umriga oid) holatlar va ularning shakllarini tadqiq qiladi. Qiyosiy psixologiyada hayvonlar psixologiyasi odamlarniki bilan qiyoslanadi, ularning xulq-atvoridagi o‘xshashliklar va tafovutlarning sabablari tekshiriladi, harakatlantiruvchi biologik va tabiiy kuchlar, ijtimoiy muhitdagi ta’sir o‘tkazuvchi vositalar, omillar aniqlanadi.
Zoopsixologiya qiyosiy psixologiyaning asosiy bo‘limi (tarkibiy qismi)dan iborat bo‘lib, u turli guruhlarga, turlarga mansub hayvonlar, jonivorlar psixikasini, ularning xatti-harkatlarini o‘rganadi.
Etologiya – biologik va psixologik jabhalar qorishmasidan iborat bo‘lib, hayvonlarning xatti-harakatidagi tug‘ma (irsiy) alomatlar, mexanizmlar insonniki bilan umumiy negizga ega ekanligini o‘rganuvchi soha.
Qiyosiy psixologiya insonda ongning vujudga kelishi bilan bog‘liq bo‘lgan psixologik muammolarni qamrab oladi. SHuningdek, u inson xatti-harkatining biologik, ijtimoiy, turmushda orttirilgan jabhalarini tadqiq etuvchi psixologiya tarmog‘i. Insonda mehnat faoliyatining vujudga kelishi va takomillashuvi, kishilik jamiyatining rivojlanishi, odamlar orasida o‘zaro munosabat vositasi sifatida nutkning paydo bo‘lishi ijtimoiy-psixologik omillar, shart-sharoitlar turkumini tashkil qiladi. Insonda ongning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zini o‘zi anglashini aniqlovchi psixologik omillarni hisobga olish, bola kamoloti to‘g‘risidagi qonuniyatlarga asoslanish qiyosiy taxdilning mahsulidir.
MGU professori Kurt Ernestovich Fabri (1923-1990) Venada tug‘ilgan, 1932 yilda SSRga ko‘chib o‘tadi. Nadejda Nikolaevna Ladыgina-Kotsning shogirdi. 1940-1960 yillarda zoopsixologiya “yolg‘on fan”ga chiqarilgan, 1966 yilda A.N.Leontev Fabrini MGUga chaqiradi. 1971 yilda kafedra katta o‘qituvchisi, keyin dotsent, 1983 yilda professor bo‘lgan.
1977 yilda Fabri “Zoopsixologiya asoslari” kitobi uchun fan doktori darajasini oladi.
Hayvon psixikasini o‘rganadigan fan zoopsixologiya deyiladi. Zoopsixologiyaning ob’ekti hayvonlar psixik faoliyatini o‘rganishdir. Zoopsixologiyaning predmeti- psixik aks etirishning hayvonlar darajasidagi evolyusiyasi va qonuniyatlarini paydo bo‘lishini, hayvonlarda psixik jarayonlarning filo va ontogenetik rivojlanishi va inson ongining paydo bo‘lishi va tarixiy rivojlanishini o‘rganadi. Rus olimi L.S.Vыgotskiy V.Gyotening “Hamma o‘simliklar bir o‘simlikdan tarqalgan” iborasini perefraza qilib, “Psixik hodisalarning barcha shakllari ta’sirlanuvchanlikdan kelib chiqqan” degan.
Ilmiy zoopsixologiya va qiyosiy psixologiyaning vujudga kelishi va rivojlanishi XVIII –asrning oxiri va XIX asrining boshlariga to‘g‘ri keladi, o‘sha davrdagi atoqli fransuz biologlari J. L. Byuffona va J. B. Lamarklarning ishlari tadqiqotlari bilan bog‘liq.Byuffon hayvonlarning turli turlarida nafaqat turli morfologik xususiyatlarini, balki xulqiy xususiyatlariniham o‘rgangan. Hasharatlarni o‘rganib (ari, chumoli) ularning harakatlari toza mexanik ekanligini aytadi. Masalan, ari va chumolilar zaxira ozuqa to‘plashi zarurut yoki maqsadli emasligi aytadi.. Bu vaqtda boshqa naturalistlar bunday “aqliy” va “tayyorlanganlik” deb atagan. Ayniqsa CH.Darvinning tadqiqotlari natijasi fanni rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Rus olimi A.N Leontev psixikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarida tirik materiya psixikagacha darajada o‘zining “oddiy ta’sirlanuvchanlik” xususiyati bilan xarakterlanishini ta’kidlaydi. Biologik evolyusiya modda almashinuvining murakkablashishi bilan bog‘liq. Tashqi muhitning ta’siri natijasida ta’sirlanishning har xil turlari vujudga keladi, ya’ni organizm tashqi muhitdan katta miqdorda moddalar va quvvatning shakllarini singdiradi.
Leontevning ko‘rsatishicha, ta’sirlanuvchanlikning rivojlanishi evolyusiya natijasida sezuvchanlikni rivojlanishiga turtki bo‘lgan.Inson va hayvon psixikasida katta farqlar mavjud bo‘lib, bu avvalo umum-mehnat faoliyati va nutqga egaligida ko‘rinadi.
Rus zoopsixologiyasining asoschisi V.A Vagner yarim asr oldin inson hayotidagi biologik va ijtimoiy omillarni barcha tomondan tahlil qilgan. Vagner inson va hayvon psixikasidagi umumiy elementlarni inkor qilmagan, lekin inson va hayvon o‘rtasida sifat jihatdan katta farqlarni ta’kidlagan.
Vagner zoopsixologiyada antropomorfizm tarafdori bo‘lgan. Antropomorfizm hayvon va inson psixik hodisalarini analogiya yo‘li bilan tadqiq qilib, ba’zi psixik xossalar faqatgina insonga xos ekanligini ta’kidlaydi.
Inson va hayvon xulqidagi umumiy va farqli jihatlarni tavsiflab, Vыgotskiy ta’kidlaydiki “oliy psixik funksiyalar inson biologik tipining o‘zgarishlarisiz rivojlanadi vaholanki, biologik tipning o‘zgarishi evolyusion tip rivojlanishing asosi hisoblanadi”. Inson psixik faoliyatining hayvonnikidan asosiy farqi, umummehnat tajribasi va u bilan bog‘liq insoniy nutq bilan bog‘liq bo‘lib, natijada ob’ektiv reallikni 2 planda aks ettiradi-hissiy va fikriy tushuchalar yordamida aks ettiradi, shuningdek, bevostia hissiy aks ettrishdan tashqari unda abstrakt-mantiqiy tafakkur ham mavjud. Aynan mana shu ongining mavjudligini ko‘rsatadi. Hayvonlarga bo‘lsa, hatto ularning yuqori rivojlangan vakillarida ham atrofdagi olamni faqat hissiy planda aks ettiradi, ikkinchi abstrakt-mantiqiy plan ularda mavjud emas.
Biologlar turli tur va jinslarni o‘rganib “xulqning biologiyasi” tushunchasini kiritadilarki, asosiy markaziy o‘rinda instinktiv xulqning zamonaviy konsepsiyasi egalllaydi. Ular funksional morfologiya, populyasiyali ekologiya, hayvonlarning sistematikasi, zoogeografiya, turli tadbiqiy tarmoqlar (hayvonshunoslik, ovchilik, baliqchilik, tabiatni saqlash, bionika va boshqalar) kabilarni o‘rganish bilan evolyusion ta’limga katta hissalarini qo‘shdilar.
Zoopsixologlar xulqning psixik jihatlarini o‘rganishga, etologlar bo‘lsa biologik jihatlarini o‘rganishga diqqatini yo‘naltiradi. Bu 2 ta aspekt shartli ajratilgan, psixik faktorlarni hisobga olmay turib, xulqning biologik jihatlarini qamrab olishning ilojisi yo‘q. Taniqli rus zoologi akademik A.N.Seversov ta’kidlaydiki, evolyusiya natijasida psixika aniq vaziyatlarda hal qiluvchi adaptiv rol uynaydi. SHuning uchun hayvon psixikasining rivojlanishi tarixiy zarurat hisoblanadi va aytish mumkinki, borliqni psixik aks ettirishlarsiz hayvonot dunyosining ham evolyusiyasi bo‘lmasdi.
Zoopsixologiya fiziologiya bilan aloqadorlikda rivojlanadi.
Zoopsixologiya asosiy metodi tabiiy holda kuzatish hisoblanadi. Rus zoopsixologi Ladigina-Kots 1917-1919 yillarda “muammoli qafas” metodi yordamida makaka maymunning motor ko‘nikmalarini o‘rgangan. U zoopsixolog hayvon nimani qiladi emas, shuningdek qanday bajaradi degan savolni o‘rganishi kerak, deb uqtiradi. U o‘ta ehtiyotkorlik bilan hayvonlarni ustida tajriba olib borgan.
1913-1914 yillarda hayvon xulqini o‘rganuvchi K.Gess va K.Frishlar arilarning ranglarni farqlashlarini o‘rganganlar. Gess arilarni qorong‘ida qo‘yib yuboradi va ular 2 xil rangga uchishi mumkin bo‘ladi, har xil rangli va turli yorug‘likdagi. Olim shuni aniqlaganki. Arilar to‘lqin uzunligidan qat’iy nazar, yorug‘roq manbaaga uchadilar. Bu tajribadan u arilar rangni ajrata olmaydilar degan, to‘xtamga keladi.
Frish bo‘lsa boshqacharoq tajriba o‘tkazib, qarama-qarshi xulosaga keladi. Uning tajribasida arilar yorug‘likda turli oq, qora va kulrang qog‘oz bo‘laklari orasidan rangli (masalan, sariq) ranglisini tanlaydilar. Bu bo‘lsa, arilarda rangni sezish qobiliyati borligini ko‘rsatadi.
Gessning kamchiligi arilar uchun biologik noadekvat sharoit-qorong‘ida tajriba o‘tkazgani bo‘lgan.
Bundan shu narsa kelib chiqadiki, hayvonlar tashqi stimulga turli hayotiy vaziyatlardan kelib chiqib reaksiya bildiradilar.
Labirint metodi.
Muammoli qafas(yashik) metodi.
Do'stlaringiz bilan baham: |