O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti “mehnat ta’limi” kafedrasi


Quymalarda uchraydigan asosiy nuqsonlar



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/114
Sana09.07.2022
Hajmi3,88 Mb.
#761469
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi u

4.5. Quymalarda uchraydigan asosiy nuqsonlar 
Ma’lumki, quymakorlik sanoatida hosil qilinadigan quymalarda ba’zan turli 
nuqsonlar, ya’ni kimyoviy tarkibi va strukturasining notekisligi, cho‘kish bo‘shligi, 
g‘ovaklik, gaz pufaklari, likvatsiya kabi nuqsonlar uchraydi. Bunday nuqsonlar 
quyidagicha hosil bo‘ladi, ya’ni quyma soviyotganda uning hajmi ma’lum darajada 
kichrayadi, natijada quymaning yuqoridagi qismida 
cho‘kish bo‘shlig‘i 
deb 
ataladigan bo‘shliq hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, suyuq eritmada erigan gazlar 
metall qotayotganda ajralib chiqib 
g‘ovaklar 
yoki chiqib keta olmay, 
gaz pufaklari 
hosil qiladi. Yuqoridagi quymalarning nuqsonlari sharoitga qarab, quymaning ustki 
qismi yoki butun hajmga tarqalgan holda bo‘lishi mumkin. 
Kimyoviy jihatdan turli jinslilik, ya’ni eritmadagi yoki qotishmadagi 
qo‘shimchalarning quymada notekis taqsimlanish hollari ham bo‘ladiki, bu xodisa 
likvatsiya 
va u tegishli qotishmaning mexaniq xossalarini pasaytiradi. Likvatsiya 
xodisasi suyuq qotishmaning (masalan, po‘latning) notekis kristallanishidan kelib 
chiqadi.
Ayniqsa, po‘lat quymalarda uchraydigan yana bir nuqson 
g‘uddalardir. 
G‘uddalar suyuq po‘lat qolipga quyilayotganda sachrashi va tomchilar tarzida 
quymaga yopishib qolishidan hosil bo‘ladigan notekislikdir. 
Endi yuqorida keltirilgan quymadagi ba’zi nuqsonlarning oldini olish uchun 
sanoat miqyosida qo‘llanilaniladigan chora-tadbirlar bilan tanishishni zarur deb 
hisblaymiz. 
Quymada 
cho‘kish bo‘shlig‘i 
hosil bo‘lmasligi uchun qolipda 
pribil 
deb 
ataladigan maxsus bo‘shliqlar qilinadi. Qolipga suyuq metall quyilganda u qolipni 
to‘ldirib, pribilga o‘tadi va cho‘kish bo‘shlig‘i quymada emas, balki pribilda hosil 
bo‘ladi, pribil esa quymadan kesib tashlanadi. 
Quymada gaz pufakchalari hosil bo‘lmasligi uchun: suyuq metallni qolipga 
quyishdan oldin unga maxsus qaytargichlar, masalan, ferrosilitsiy, ferromarganets, 
ferroalyuminiy, silikokaltsiy, qo‘shiladi, qolipda gaz chiqish kanallari soni 


200 
ko‘paytiriladi, quyish yo’llari to‘g‘ri tanlanadi, metallning qolipga quyish vaqtidagi 
temperaturasi to‘g‘ri belgilanadi. 
Quymalarda uchraydigan nuqsonlardan darz ketishi hamda yorilishlar 
ko‘pincha quymaning notekis sovishidan kelib chiqadi. Mayda darzlar, yorilishlar, 
sirtqi g‘ovakliliklar va shu kabilar metallizator yordamida suyuq metall purkash 
yo’li bilan tuztilishi mumkin. 
Bundan tashqari. quymada ko‘p miqdorda metallmas qo‘shilmalar-shlak, 
qolip aralashmasi, shuningdek, pech va kovishning o‘tga chidamli qoplamalaridan 
o‘tadigan qo‘shilmalar quymaning tuzatib bo‘lmaydigan nuqsonlari jumlasiga 
kiradi. 
Qolipga qo‘yilgan qotishma (masalan, suyuq cho‘yan)ning sovish tezligi katta 
bo‘lsa. quymaning sirtqi qatlami oqarib qoladi, ya’ni oq cho‘yanga aylanadi. Kesib 
ishlanishi lozim bo‘lan cho‘yan quymalari uchun bu hodisa nuqson hisoblanib, 
nuqsonlar bilan kesib ishlash qiyinlashadi. Bunday nuqsonni yo’qotish uchun 
quymalar (termik ishlash orqali) albatta yumshatilishi kerak.

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish