Sovuqlayin payvandlash
katta darajadagi plastik deformasiya hisobiga
amalga oshriladi. Bunda deformasiya zonasi oksid plyonkalari va adsorbsiya
tufayli kirib qolgan qo‘shimchalardan tozalanib, metallar yuzalari orasida
atomyaararo bog‘lanish yuz beradi. Bu usudda alyuminiy, mis, nikel’, qalay,
qo‘rg‘onish, rux va ularning qotishmalari payvandlanadi; kAbellarning
alyuminiy g‘iloflari, sim va shinalarni birlashtirishda elektromontaj ishlarida
foydalaniladi.
Glossariy
Preslash
- bunda tayyorlama avval tsilindir konteynerga kiritilib, uning matritsa deb
ataluvchi asbobi ko‘zidan transop yordamida siqib chiqariladi. Bu usulda turli o‘lchamli
givichlar, yogonlar, simlar, quvurlar va turli profilli boshqa maxsulotlar tayyorlanadi
Prokatlash
- bunda qizdirilgan tayyormani prokatlash mashinasining qarama-qarshi
tomonga aylanuvchi tsilindirik juvalari orasida ezib o‘tkazib, ishlanadi. Bunda
tayyorlamaning ko‘ndalang kesim yuzasi kichrayib, bo‘yiga uzayadi.
Shtamplash
– bu jarayonida ko‘pincha zarur temperaturagacha qizdirilgan tayyorlama
shtampning pastki palla bo‘shlig‘iga qo‘yilib, bolg‘a o‘rnatilgan shtampning ustki pallasi
bilan zarbalanadi.
Diffuzion legirlash
- og‘ir sharoitda ishlaydigan detallar (shtamp, matritsa, kirya truba va
boshqalar) ni korroziyaga, issiqlikka, kislotalar ta’siriga hamda yeyilishga chidamliligini
oshirish maqsadida sirtqi yuzalari
Sg, Al, Mo, W,SI
va boshqa elementlarga to‘yintir.
226
18- MAVZU METALLARGA MEXANIK ISHLOV BERISH TO‘G‘RISIDA
MA’LUMOT. METALLARNI MEXANIKAVIY KESIB ISHLASH
TURLARI, METALL KESISH STANOKLARI VA ASBOBLAR.
1. Kesib ishlash to‘g‘risida tushuncha.
2. Kesib ishlash turlari.
3. Kesib ishlash rejimlarining elementlari
Keskichning, parmaning, freza va boshka kesuvchi asboblarning ishlash
prinsipi ponaning ishlashiga asoslangan. Kesuvchi asboblarning kanday kism va
elementlardan iboratligi, ularning geometrik parametrlari, kesish jarayonining asosiy
elementlari, kesishda hosil buladigan kuchlar va boshkalarni eng oddiy kesuvchi
asbob tokarlik keskichi misolida kurib chikamiz.
Keskichning asosiy kism va elementlari. Keskich, asosan uch kismdan - kallak, tana
va tubdan iborat. Keskichning kallagi ish kismi hisoblanadi, tubi keskichni
tayanchga o‘rnatish, tanasi esa keskich tutqichga mahkamlash uchun xizmat qiladi.
Keskichning asosiy elementlari jumlasiga oldingi yuza, bosh ketingi yuza,
yordamchi ketingi yuza, bosh kesuvchi qirra yordamchi kesuvchi qirra va
keskichning uchi kiradi. Keskichning
oldingi yuzasi
kirindi chikarish uchun xizmat
qiladi;
bosh ketingi yuza
xomaki detalning kesish yuzasiga tomon,
yordamchi
ketingi yuza
esa xomaki detalning yo‘nalgan yuzasiga tomon karagan buladi.
Keskichning
bosh kesuvchi qirrasi
oldingi yuza bilan bosh ketingi yuzaning
kesishuvidan,
yordamchi kesuvchi qirrasi esa
oldingi yuza bilan
yordamchi ketingi
yuzaning
kesishuvidan hosil buladi.
Keskichning geometrik parametrlari. Metallarni kesishda keskichning geometrik
parametrlari muhim ahamiyatga ega. Keskichning geometrik parametrlariga, asosan,
uning burchaklari kiradi. Keskichning burchaklarini aniqlash uchun esa kesish
tekisligi, bosh tekislik, normal tekislik, bosh va yordamchi kesuvchi tekisliklardan
foydalaniladi.
227
Kesish yuzasiga urinma qilib, bosh qirradan o‘tkazilgan tekislik
Do'stlaringiz bilan baham: |