O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti tarix fakulteti 182-guruh Tarix fakulteti Tarix yo’nalishi talabasi Ibragimov Otabekning Manbashunoslik va tarixshunoslik fanidan tayyorlagan kurs ishi


Yahyo G’ulomovning Mohandaryodagi ekspeditsiyasi



Download 147,67 Kb.
bet5/6
Sana08.07.2022
Hajmi147,67 Kb.
#758797
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Yahyo G’ulomovich G’ulomov ilmiy me`rosi

2.2. Yahyo G’ulomovning Mohandaryodagi ekspeditsiyasi
Yahyo G’ulomov 1950-yil kuzida qadim Buxorodagi ko’hna madaniyat osori-atiqalarini izlab topish maqsadida shogirdlari Zarafshon vodiysining quyi qismiga yo’l oladi. Fanda Moxondaryo ekspeditsiyasi deya atalgan va moziy bag’ridagi ko’plab sirlarni kashf qilgan arxeologlar guruhining tadqiqot ishlariyam natijali bo’ldi. Arxeologlar Varaxsha, Moxondaryo, Gurdush va Bujayli kabi Zarafshondan ajralib chiqqan o’zanlarda tadqiqotlar olib borib, katta natijalarga erishdilar.
Arxeologiyada katta tajriba orttirgan Yahyo aka Bujaylining quruq o’zani yoqalab Qorako’l tumanidan shimoliy g’arbda joylashgan Zamonbobo ko’liga katta umid bog’lardi. Negaki, Bujayli o’zanidagi toshqinlardan hosil bo’lgan ushbu ko’l qurib, sho’r bosib yotgan bo’lsada, o’tmishdagi ovchi-baliqchi, ibtidoiy dehqonchilik bilan shug’ullangan ajdodlarimiz uchun rizq maskani hisoblanganligi taxmin qilinardi.
Biroq dastlab arxeologlar hafta davomida ko’lning atrofida qazishma ishlarini olib borib biron natijaga erishaolmay tashvishga tusha boshlashdi.
Biroq hammadan ham ko’p Yahyo G’ulomov topilmalardan umidvor edi19. Domlaning sadoqatli shogirdlaridan Abdulahad Muhammadjonov bu haqda shunday yozadilar: -Bunday bo’lishi mumkin emas, bu yerdan qadimgi madaniyat izlari topilishi kerak, ularni topmasdan biror qadam ham oldinga ekspeditsiya siljimaydi, degan fikrda qa’tiy turib olgan edi. Nihoyat, YA.G’ulomovning fikri to’g’ri bo’lib chiqdi.
Haftaning oxiriga borib palatkani ( arxeologlarning palatkasi nazarda tutilmoqda-U.B) yonidan maydalanib ketgan suyaklar va sopol idish parchalari sochilib yotgan joy topildi. 300 kvadrat metrlik maydon zudlik bilan qumdan tozalandi. Yaxshilab supurilgan taqir ustida diametri 1,2-1,5 metr keladigan betartib joylashgan chuqurlarning og’zi ko’zga yaqqol tashlanardi. Bu asrlar davomida bizgacha saqlanib kelgan, gumbazini shamol uchirib ketgan qadimgi qaristonning qoldiqlari- btidoiy madaniyat obidalaridan biri edi. Nihoyatda ehtiyotlik bilan go’rlar birin-ketin kavlab ochila boshlandi. Ularda qo’l-oyoqlari bukilib, g’ujanak holda ko’milgan odam skeletlari bilan birga, sopol idishlar va chaqmoqtoshdan yasalgan kamon o’qi paykonlari, turli xil toshmunchoq va marjonlar, jez zebi-ziynatlar qo’shib ko’milgan edi. Bu miloddan avvalgi 2 minginchi yillikning o’rtalarida dehqonchilik va chorvachilik bilan kun kechirgan ibtidoiy qishloq ahlining qabristoni bo’lib, fanga “Zamonbobo madaniyati” nomi bilan kiritildi” (A.Muhammadjonov, “Yahyo G’ulomovni xotirlab”, T, 2008 yil, “Sharq” nashriyoti, 35 bet). Bunday noyob topilmalar ekspeditsiyaning keyingi yillardagi faoliyatida yana topildi. Zamonbobodan g’arbdagi Kichik va Katta Tuzkon nomlari bilan atalgan qadimiy ko’llar atrofidan miloddan avvalgi 5-3 minginchi yillarda yashagan ovchi- baliqchi aholining chaylalari o’rni topilganiyam fan uchun katta yangilik edi.
Keyinchalik bu hududlarda domlaning shogirdlaridan Ahmadali Asqarov, O’tkir Islomovlar ham tadqiqot ishlarini olib borib, tarixning yangi sahifalarini boyitdilar. Xullas, Moxondaryo ekspeditsiyasi tufayli katta va kichik Tuzkonda neolit davriga ( miloddan avvalgi 5-3 ming yillik ) mansub ovchilar va baliqchilar manzilgohi, bronza davrida ( miloddan avvalgi 2 ming yillik) yashagan ko’chmanchi chorvadorlar qarorgohi, antik zamonlarga oid ashyolar, Axsikentdagi nodir topilmalar o’rganildi20. Shu kabi Obirahmat, Ko’lbuloq, Takalisoyda ko’plab ibtidoiy manzilgohlar topildi. Ushbu obidalarni tadqiq qilish tufayli ibtidoiy davrda yashagan ajdodlarimiz hayoti, ibtidoiy dehqonlar yaratgan qadimgi madaniyat, urf-odatlari, e’tiqodi, xo’jalik yuritish tizimiga oid ma’lumotlar, o’zbek fanining, tarixshunosligining obro’si oshishiga xizmat qildi.

Xulosa
Xulosam shuki, O’zbekiston uning davlatchilik asoslari bir necha minglik tarixiy ildizga ega. Ushbu tarixiy ildizlar zamirida vatanimizning buyuk qudrati aks etadi. Tariximizni o’rgangan sari uning yana yangi qirralari ochilib boradi, bu bebaho tariximizni boyitishga xizmat qiluvchi muhim omildir. Akademik Yahyo G’ulomov butun umri davomida Xorazm bilan bir qatorda O’zbekistonning ko’plab hududlari Samarqand, Farg’ona, Jizzax, Surxondaryo hududlari yodgorliklarini o’ranilib tadqiqot qilinishida bosh-qosh bo’ldi va bugungi avlod uchun yangi sahifalarni yorita oldi.
Davlatchiligimiz asosi bo’lgan hududni qudratini ochib berishda beqiyos darajada hissa qo’shgan buyuk salohiyat egasi Yahyo G’ulomovich G’ulomov esa Xorazmning shonli tarixi faqatgina xorazm xalqi uchun emas balki butun O’zbekiston, yoinki Markaziy osiyoga shuhrat keltirganidek , bu shaxsning xizmatlari ham faqat Xorazmni tadqiq qilish bilan kifoyalanib qolmasdan balki O’zbekiston arxeologiyasining vujudga kelishida yetakchi rol o’ynadi.Ilmiy faoliyatini juda katta qismi tashkiliy ishlardan iborat bo’lgan olim 1967-yil Respublika tarixiy obidalarini saqlash bo’yicha tuzilgan jamiyatning tasis syezdi bo’lib o’tadi va unda Y.G’ulomov hay’at a’zoligiga saylanadi.1971 yildan esa , shu jamiyatning arxeologiya sektsiyasining raisi etib tayinlanadi.
Y.G’ulomov mazkur seksiya ishining asosiy vazifasi qilib respublika hududidagi arxeologik obidalarni xaritasini tuzishni asosiy vazifa qilib belgilaydi . Bu o’ta muhim va zarur ishga barcha ilmiy muassasalar, va o’lka muzeylari jalb qilinadi . Ushbu sa’y-harakatlarning natijasi o’laroq 1950-70-yillarda tarixchi va arxeologlarning o’ziga xos “G’ulomov maktabi” dunyoga keldi va shu asosda “ o’zbek arxeologiya maktabi” ga asos solindi. Olim nomi shonli tarixga muhrlandi. Ana shunday teran tafakurli akademik 1977-yilning 12-yanvarida 69 yoshida vafot etgan bo’lsada, u yaratgan asarlar umriboqiydir. Shu bilan birga o’z davrining mafkuraviy bosimlariga qaramay milliy qadriyatlar, ajdodlarimiz yaratgan obidalarni asrab qolishga intilgani, davrdoshlari, shogirdlariga ko’rsatgan insoniy g’amxo’rligi uning ibratli SHAXS ekanligini, millat uchun esa chinakam ZIYOLI timsoli bo’lganligini bildirib turadi.Bularning bari esa bugungi va kelajak avlod uchun hayot maktabi, fan va insoniy saboqlardir.Xullas, 69 yillik Yahyo G’ulomovning hayot yo’li ilmga ixlos, matonat va fidoyilikdan iboratdir.



Download 147,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish